Ushbu Qonun har kimning axborotni erkin va moneliksiz izlash, olish, tadqiq etish, uzatish hamda tarqatishga doir konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan, ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida axborot olish kafolatlari va erkinligi sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Har kimning axborotni izlash, olish, tadqiq etish, uzatish va tarqatish huquqi davlat tomonidan himoya qilinadi.
Axborot olish erkinligining asosiy prinsiplari axborotning oshkoraligi, hamma olishi mumkinligi, ochiqligi va haqqoniyligidan iboratdir.
Har kim axborot olishni so‘rab bevosita o‘zi yoxud qonuniy vakillari orqali murojaat etish huquqiga ega.
Yozma so‘rovda murojaat etuvchining ismi, otasiniig ismi, familiyasi, manzili, so‘ralayotgan axborotning nomi yoki xususiyati ko‘rsatiladi.
So‘rovga iloji boricha qisqa muddatda, agar qonun hujjatlarida boshqa hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, so‘rov olingan sanadan boshlab o‘ttiz kundan kechiktirmay javob qaytarilishi kerak.
Agar so‘rov tushgan organ yoki mansabdor shaxs so‘ralayotgan axborotga ega bo‘lmasa, murojaat etuvchiga bu haqda so‘rov olingan sanadan boshlab yetti kundan kechiktirmay ma’lum qilishi, shuningdek, imkoniyatga qarab, unga bunday axborotga ega bo‘lgan organning yoki mansabdor shaxsning nomini ma’lum qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar har kimga o‘zining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor bo‘lgan qonun hujjatlari bilan, shuningdek hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishga majburdir. Axborot olish imkoniyati qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Murojaat etuvchining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot uning so‘roviga binoan tekinga beriladi.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirdan iborat axborotni berishlari mumkin emas.
Ommaviy axborot vositalari axborot manbaini va taxallusini qo‘ygan muallifning kimligini uning roziligisiz oshkor etishga haqli emas. Axborot manbai yoki muallifning kimligi faqat sud qarori bilan oshkor etiladi.
Ommaviy axborot vositalari e’lon qilinayotgan axborotning to‘g‘riligini tekshirib ko‘rishlari shart va ular axborot beruvchi bilan birgalikda uning to‘g‘riligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, jamoat birlashmalarining, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslarning fuqarolarning axborot olishga doir huquqlarini kamsituvchi xatti-harakatlari yoki harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Axborot olish xuquqining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.