LexUZ sharhi
Mazkur Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 27-avgustdagi 681-II-sonli “Adabiy va badiiy asarlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Bern Konvensiyasiga qo‘shilish haqida”gi Qaroriga asosan qo‘shilgan.
Ittifoqqa kiruvchi mamlakatlar mualliflarning o‘z adabiy va badiiy asarlariga bo‘lgan huquqlarining muhofazasini eng samarali va bir xil usullar vositasida ta’minlash yo‘lida umumiy maqsaddan ruhlanib va 1967-yili Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Konvensiyani qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha Konferensiya ishining ahamiyatini e’tirof etgan holda, Stokgolmda qabul qilingan Aktni, uning 1 dan 20 gacha va 22 dan 26 gacha bo‘lgan moddalarini o‘zgarishsiz qoldirgan holda, qayta ko‘rib chiqishga qaror qildilar.
Shunga muvofiq quyida o‘z imzolarini qo‘ygan muxtor vakillar, o‘zlarining tegishli tartibda va talabdagi shaklda topshirildi deb topilgan vakolatlarini taqdim etgan holda, quyidagilar haqida kelishdilar:
Ushbu Konvensiya tatbiq qilinadigan mamlakatlar mualliflarning o‘z adabiy va badiiy asarlariga bo‘lgan huquqlarini muhofaza qilish bo‘yicha Ittifoq tashkil qiladilar.
(1) “Adabiy va badiiy asarlar” atamasi adabiyot, fan va san’at sohasidagi har qanday mahsulotni, uning qanday usul va shaklda ifodalanganidan qat’i nazar, o‘zida qamraydi, shu jumladan: kitoblar, broshyuralar va boshqa yozma asarlar; ma’ruzalar, murojaatlar, va’zlar va boshqa shu kabi asarlar; dramatik va musiqali dramatik asarlar; xoreografik asarlar va pantomimalar; musiqa asarlari, mtanli yoki matnsiz; kinematografik asarlar, ularga kinemotografiyaga aynan o‘xshash usulda ifodalangan asarlar tenglashtiriladi; rasmlar, shuningdek rassomlik, arxitektura, skulptura, o‘ymakorlik va litografiya asarlari; fotografiya asarlari, ularga fotografiyaga aynan o‘xshash usulda ifodalangan asarlar tenglashtiriladi; amaliy san’at asarlari; illyustratsiyalar, kartlar, planlar, eskizlar hamda geografiya, topografiya, arxitektura yoki fanlarga tegishli plastik asarlar.
(2) Biroq Ittifoqqa kiradigan mamlakatlar qonunchiligida adabiy va badiiy asarlar yoki ularning biron bir muayyan kategoriyalari, agar ular u yoki bu moddiy shaklda biriktirilmagan bo‘lsa, muhofaza qilinmaydi, deb ko‘rsatib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
(3) Tarjimalar, adaptatsiyalar, musiqaviy oranjirovkalar hamda qayta ishlangan boshqa adabiy va badiiiy asar original asarlar qatorida, original asar muallifining huquqlariga ziyon yetkazmagan holda, muhofaza qilinadi.
(4) Ittifoqqa a’zo mamlakatlar qonunchiligida qonunchilik, ma’muriy va yuridik xarakterdagi rasmiy matnlarga hamda bunday matnlarning rasmiy tarjimalariga taqdim etiladigan muhofaza belgilanishi mumkin.
(5) Adabiy va badiiy asarlar to‘plamlari, masalan, materialning tanlanishi va joylashtirilishi bo‘yicha intellektual ijod namunasi bo‘lgan ensiklopediyalar va antologiyalar, xuddi shunday asarlar sifatida, bunday to‘plamlarning bir qismini tashkil qilgan har bir asar muallifi huquqlariga zarar yetkazmagan holda, muhofaza qilinadi.
(6) Mazkur moddada ko‘rsatilgan asarlar Ittifoqqa a’zo hamma mamlakatlarda muhofazadan foydalanadilar. Bu muhofaza mualliflar va ularning huquqiy vorislari foydasiga amalga oshiriladi.
(7) Mazkur Konvensiyaning 7 (4)-modasini hisobga olgan holda, Ittifoqqa a’zo mamlakatlar qonunchiligida o‘z qonunlarining amaliy san’at asarlari va sanoat namunalari hamda foydali modellarga nisbatan qo‘llanish darajasi, shuningdek bunday asarlar, namunalar va modellarni muhofaza qilish shartlari belgilanadi. Kelib chiqish mamlakatida faqat namunalar va modellar sifatida muhofaza qilinadigan asarlarga nisbatan Ittifoqqa a’zo boshqa mamlakatlarda ushbu mamlakatda namunalar va modellarga taqdim etiladigan maxsus muhofaza talab qilinishi mumkin, biroq, agar mazkur mamlakatda bunday maxsus muhofaza taqdim etilmasa, bu asarlar badiiy asarlar sifatida muhofaza qilinadi.
(8) Mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan muhofaza kun yangiliklariga yoki oddiy matbuot axboroti xarakteriga ega bo‘lgan turli voqea-hodisalarga daxldor bo‘lmaydi.
(1) Ittifoqqa a’zo mamlakatlar qonunchiligida avvalgi moddada nazarda tutilgan siyosiy nutqlar va sud jarayonlarining borishida aytilgan nutqlar muhofazadan to‘liq yoki qisman chiqarib yuborilishi mumkin.
(2) Ittifoqqa a’zo mamlakatlar qonunchiligida mazkur Konvensiyaning 11bis (1)-moddasida nazarda tutilgan yana shunday shartlar belgilanishi mumkinki, ularga ko‘ra ma’ruzalar, chiqishlar va ommaviy e’lon qilingan shu turdagi boshqa asarlar matbuotda takrorlanishi, efirga uzatilishi, elektr simlari bo‘yicha hammaga bildirish uchun xabar qilinishi va ommaviy xabarlar predmetini tashkil qilishi mumkin, agar axborot maqsadlari bunday foydalanishni oqlasa.
(3) Biroq muallif avvalgi bandlarda aytib o‘tilgan o‘z asarlarining to‘plamlarini tayyorlashda favqulotlla huquqdan foydalanadi.
(a) Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari bo‘lgan mualliflarning asarlariga nisbatan, ular bosib chiqarilgan yoki bosib chifarilmaganligidan qat’i nazar,
(b) Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari bo‘lmagan mualliflarning ushbu mamlakatlardan birida yoki Ittifoqqa kirmagan va Ittifoq a’zosi bo‘lgan mamlakatda birinchi marta bosib chiqarilgan asarlariga nisbatan qo‘llanadi.
(2) Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari bo‘lmagan, ammo shunday mamlakatlardan birida o‘zlarining odatiy turar joylariga ega bo‘lgan mualliflar mazkur Konvensiya maqsadlarida ushbu mamlakat fuqarolariga tenglashtiriladi.
(3) “Bosib chiqarilgan asarlar” deganda, ularning ekzemplyarlari qanday usulda bosib chiqarilganidan qat’i nazar, mualliflarning roziligi bilan bosib chiqarilgan, muomalada bo‘lgan ekzemplyarlar soni, asar xarakterini e’tiborga olgan holda, o‘quvchilarning oqilona talablarini qoniqtira oladigan asarlarni tushunmoq kerak. Dramatik, musiqaviy dramatik yoki kinematografik asar namoyishi, musiqa asarining ijrosi, adabiy asarning ommaviy o‘qilishi, adabiy yoki badiiy asarlarning sim orqali xabar qilinishi yoki efirga uzatilishi, san’at asarining namoyishi va arxitektura asari inshooti bosib chiqarish hisoblanmaydi.
(4) Asar, agar u birinchi nashrdan keyin o‘ttiz kun davomida ikkita yoki undan ortiq mamlakatlarda bosib chiqarilgan bo‘lsa, bir paytning o‘zida bir necha mamlakatlarda bosib chiqarilgan hisoblanadi.
(a) yaratuvchisi Ittifoq mamlakatlaridan birida o‘zining asosiy ish joyiga va odatiy turar joyga ega bo‘lgan kinematografik asarlar mualliflariga,
(b) Ittifoq mamlakatlaridan birida qurilgan arxitektura asarlarining yoki Ittifoq mamlakatlaridan birida joylashgan binoning yoki boshqa inshootning bir qismi bo‘lgan boshqa biron-bir badiiy asarlarning mualliflariga nisbatan bajarilmagan taqdirda ham qo‘llanadi.
(1) Mazkur Konvensiya bo‘yicha mualliflarga muhofaza taqdim etiladigan asarlarga nisbatan Ittifoq mamlakatlarida mualliflar, asar kelib chiqqan mamlakatdan tashqari, ushbu mamlakatlarning tegishli qonunlarida o‘z fuqarolariga hozirgi vaqtda taqdim etiladigan yoki keyinchalik taqdim etilishi mumkin bo‘lgan huquqlardan, shuningdek mazkur Konvensiyada maxsus taqdim etiladigan huquqlardan foydalanadilar.
(2) Ushbu huquqlardan foydalanishlik va ularning amalga oshirilishi biron-bir rasmiyatchiliklarning bajarilishi bilan bog‘liq emas; bunday foydalanishlik va amalga oshirilish asar kelib chiqqan mamlakatda muhofazaning mavjudligiga bog‘liq emas. Dyemak, mazkur Konvensiyada belgilangan qoidalardan tashqari, muallifga o‘z huquqlarini muhofaza qilish uchun taqdim etiladigan muhofaza hajmi, shu jumladan muhofaza vositalari ham, faqatgina muhofaza so‘ralayotgan mamlakat qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
(3) Asar kelib chiqqan mamlakatda muhofaza ichki qonunchilik bilan tartibga solinadi. Biroq, agar muallif mazkur Konvensiyaga muvofiq muhofaza so‘ralayotgan asarga nisbatan asar kelib chiqqan mamlakat fuqarosi bo‘lmasa, u ushbu mamlakatda uning fuqarolari bo‘lgan mualliflar qatorida xuddi shunday huquqlardan foydalanadilar.
(4) (a) Ittifoq mamlakatlaridan birontasida birinchi marta bosib chiqarilgan asarlar uchun — mana shu mamlakat; har xil muhofaza muddatlarini taqdim etadigan Ittifoq mamlakatlarining bir nechtasida bir paytning o‘zida bosib chiqarilgan asarlar uchun — qonunchiligida eng qisqa muhofaza muddati belgilangan mamlakat,
(b) Ittifoqqa kirmagan bironta mamlakatda va Ittifoq mamlakatlaridan birida bir paytning o‘zida bosib chiqarilgan asarlar uchun — ushbu oxirgi mamlakat,
(s) bosib chiqarilmagan asarlar uchun yoki, Ittifoq mamlakatlaridan birontasida bir vaqtning o‘zida bosib chiqarilmay turib, Ittifoqqa kirmagan mamlakatda birinchi marta bosib chiqarilgan asarlar uchun — muallifi fuqarosi bo‘lgan Ittifoq mamlakati asar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadi, bunda (s)-band uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
(i) ishlab chiqaruvchisi Ittifoq mamlakatlaridan birontasida o‘z shtab-kvartirasiga yoki oddiy turar joyga ega bo‘lgan kinematografik asarlarga nisbatan shu mamlakat asar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadi, va
(ii) Ittifoq mamlakatlaridan birontasida qurilgan arxitektura asarlari yoki Ittifoq mamlakatlaridan birontasida joylashgan bino yoki biron inshootning bir qismi bo‘lgan boshqa badiiy asarlarga nisbatan shu mamlakat asar kelib chiqqan mamlakat hisoblanadi.
(1) Agar Ittifoqqa kirmagan har qanday mamlakat Ittifoq mamlakatlaridan birining fuqarolari bo‘lgan mualliflar asarlariga yetarli muhofazani ta’minlamayotgan bo‘lsa, bu holda ana shu ikkinchi mamlakat ushbu asarlarning birinchi bosib chiqarish sanasiga boshqa mamlakat fuqarolari bo‘lgan va Ittifoq mamlakatlaridan birida o‘zlarining odatiy turar joylariga ega bo‘lmagan mualliflar asarlariga taqdim etiladigan muhofazani cheklashi mumkin. Agar asarni birinchi marta bosib chiqargan mamlakat bu huquqdan foydalansa, boshqa Ittifoq mamlakatlari bunday alohida tartibga bo‘ysungan asarlarga nisbatan birinchi bosib chiqarilgan mamlakatda ularga taqdim etilagidan kengroq muhofazani taqdim etishga majbur emas.
(2) Avvalgi band asosida belgilangan hech qanday cheklovlar Ittifoq tarkibidagi biron-bir mamlakatda bunday cheklov amalga kiritilganidan oldin bosib chiqarilgan asarga muallif ega bo‘lgan huquqlarga dahldor bo‘lmaydi.
(3) Ushbu moddaga muvofiq mualliflik huquqining taqdim etilishini cheklayotgan Ittifoq mamlakatlari Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Bosh direktorini (bundan buyon “Bosh direktor” deb ataladi) muhofaza cheklanayotgan mamlakatlar, shuningdek ushbu mamlakatlarning fuqarolari bo‘lgan mualliflar huquqlari duch kelaayogan cheklashlarni belgilab beradigan ariza orqali bu haqda xabardor qiladilar.
(1) Muallifning mulkiy huquqlaridan qat’i nazar va u xatto bu huquqlardan voz kechgan taqdirda ham muallif o‘z muallifligining e’tirof etilishini talab qilish hamda ushbu asarni sohtalashtirish, buzib ko‘rsatish yoki boshqa o‘zgartirishlarga qarshi chiqish, shuningdek muallifning izzat-nafsi yoki obro‘siga ziyon yetkaza oladigan har qanday boshqa tajovuzlarga qarshilik ko‘rsatish huquqiga ega bo‘ladi.
(2) Avvalgi band asosida muallifniki deb e’tirof etilgan huquqlar uning vafotidan keyin aqalli mulkiy huquqlarining amal qilish muddati to‘xtatilgunga qadar o‘z kuchini saqlab qoladi va ushbu asarga nisbatan muhofaza talab qilib olingan mamlakat qonunchiligi huquqlarga vorislik qilish vakolatini bergan shaxslar yoki idoralar tomonidan amalga oshiriladi. Biroq qonunchiligida mazkur Aktni ratifikatsiya qilish yoki unga qo‘shilish paytida avvalgi bandda sanab o‘tilgan hamma huquqlarning muhofazasini muallifning vafotidan keyin ta’minlaydigan qoidalarga ega bo‘lmagan davlatlar bunday huquqlardan ayrimlari muallif vafotidan keyin o‘z kuchini saqlab qolmasligini oldindan ko‘zda tutib qo‘yishlari mumkin.
(3) Mazkur modda bilan taqdim etiladigan huquqlarning ta’minlanishi uchun himoya vositalari muhofaza so‘raladigan mamlakat qonunchiligiga asosan tartibga solinadi.
(1) Mazkur Konvensiya tomonidan taqdim etiladigan muhofaza muddati muallifning butun hayotini va uning vafotidan keyin ellik yilni tashkil qiladi.
(2) Biroq kinemotografik asarlar uchun Ittifoq mamlakatlari muallif roziligi bilan asar barchaning e’tiboriga yetkazilganidan keyin ellik yil o‘tib muhofaza muddati tugashini, yoki, agar bunday asarning yaratilgan vaqtidan e’tiboran ellik yil mobaynida bu voqea sodir bo‘lmasa, asar yaratilganidan keyin ellik yil o‘tib muhofaza muddati tugashini nazarda tutishga haqlidir.
(3) Anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asarlar uchun mazkur Konvensiya bo‘yicha taqdim etiladigan muhofaza muddati asar barchaning e’tiboriga haqli ravishda yetkazilganidan keyin ellik yil o‘tib tugaydi. Biroq, agar muallif qabul qilgan taxallus uning shaxsiga nisbatan shubha qoldirmasa, (1)-bandda nazarda tutilgan muddat muhofaza muddati bo‘ladi. Agar anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asar muallifi yuqorida ko‘rsatilgan muddat davomida o‘z shaxsini fosh etsa, bu holda (1)-bandda nazarda tutilgan muhofaza muddati qabul qilinadi. Ittifoq mamlakatlari anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asarlarni, ushbu asarlar mualliflarining vafotidan keyin ellik yil o‘tdi dyeyishga hamma asoslar bo‘lsa, muhofaza qilishga majbur emaslar.
(4) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida badiiy asarlar sifatida muhofaza qilinadigan fotografik asarlar va amaliy san’at asarlarining muhofaza muddati belgilanishi mumkin; biroq bu muddat bunday asar yaratilgan vaqtdan e’tiboran yigirma besh yildan qisqaroq bo‘lishi mumkin emas.
(5) Muallif vafotidan keyin taqdim etiladigan muhofaza muddati, hamda (2)-, (3)- va (4)-bandlarda nazarda tutilgan muddatlar muallif vafot etgan kundan e’tiboran yoki ushbu bandlarda ko‘rsatilgan voqealar sodir bo‘lgan kundan e’tiboran hisoblanadi, biroq muddatlarni hisoblash muallif vafot etgan yildan yoki bunday voqea sodir bo‘lgan yildan keyingi yilning 1-yanvaridan e’tiboran boshlanadi.
(6) Ittifoq mamlakatlari avvalgi bandlarda nazarda tutilgan muddatdan ortiqroq muhofaza muddatini belgilashlari mumkin.
(7) Mazkur Konvensiyaning Rim akti bilan bog‘langan hamda mazkur Aktni imzolash paytida amalda bo‘lgan o‘zlarining milliy qonunchiliklarida avvalgi bandlarda nazarda tutilganidan qisqaroq muhofaza muddatlarini belgilagan Ittifoq mamlakatlari mazkur Aktga qo‘shilishda yoki uni ratifikatsiya qilishda bu muddatlarni saqlab qolishlari mumkin.
(8) Har qanday holatda ham muddat muhofaza so‘ralgan mamlakat qonuni bilan belgilanadi; agar ushbu mamlakat qonunchiligida boshqasi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bu muddat asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan muddatdan osha olmaydi.
Avvalgi moddaning qoidalari hammualliflikda yaratilgan asarlar uchun ham qo‘llanadi, bunda muallifning vafot etgan vaqtidan e’tiboran belgilanadigan muddatlar boshqa hammualliflardan ortiq yashagan oxirgi muallifning vafot etgan vaqtidan e’tiboran hisoblanadi.
Mazkur Konvensiya bilan muhofaza qilinadigan adabiy va badiiy asarlarning mualliflari original asarga nisbatan o‘z huquqlarining amal qilish muddati davomida o‘z asarlarini tarjima qilish va tarjima qilishga ruxsat berish favqulotda huquqidan foydalanadilar.
1) Mazkur Konvensiya bilan muhofaza qilinadigan adabiy va badiiy asarlarning mualliflari bu asarlarni har qanday holatda va har fanday shaklda takrorlashga ruxsat berishdek favqulotda huquqdan foydalanadilar.
(2) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida bunday asarlarni muayyan maxsus vaziyatlarda takrorlashga ruxsat beriladi, qachonki bunday takrorlash asardan normal foydalanishga ziyon yetkazmasa va muallifning qonuniy manfaatlarini asossiz cheklab qo‘ymasa.
(3) Har qanday ovozli yoki vizual yozuv mazkur Konvensiya maqsadlari uchun takrorlash sifatida e’tirof etiladi.
(1) Barchaning e’tiboriga havola qilib bo‘lingan asardan, shu jumladan, gazeta va jurnallardan matbuot obzori ko‘rinishida iqtibos olishga yo‘l qo‘yiladi, qachonki bu vijdonan va qo‘yilgan maqsad oqlagan hajmda amalga oshirilsa.
(2) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligiga va ushbu mamlakatlar o‘rtasida tuzilgan yoki tuzilajak maxsus bitimlarga binoan alabiy yoki badiiy asarlardan nashrlarda illyustratsiya sifatida, radio va televizion eshittirishlarda va o‘quv xarakteridagi ovoz yoki tasvirni yozishda, qo‘yilgan maqsad oqlaydigan hajmda va bu ish vijdonan amalga oshirilishi sharti bilan, foydalanishga ruxsat berilishi mumkin.
(3) Asarlardan mazkur moddaning avvalgi bandlariga muvofiq foydalanishda manba va, ushbu manbada belgilangan bo‘lsa, muallif familiyasi ko‘rsatiladi.
(1) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida kundalik iqtisodiy, siyosiy va diniy masalalar bo‘yicha gazeta yoki jurnallarda chop etilgan maqolalarni matbuotda takrorlash, sim orqali efirga uzatish yoki hammaning e’tiboriga xabar qilishga yoxud xuddi shunday xarakterdagi asarlarni bu kabi takrorlash, efirga uzatish yoki xabar qilish oldindan maxsus kelishib olinmay turib, efirga uzatishga ruxsat berilishi mumkin. Biroq manba hamma vaqt aniq ko‘rsatilishi shart; ushbu majburiyatni bajarmaslikning huquqiy oqibatlari muhofaza so‘ralgan mamlakat qonunchiligi tomonidan belgilanadi.
(2) Ittifoq mamlakatlari qonunchiligida shunday shartlar belgilanadiki, ularga binoan kundalik voqealar davomida ko‘rsatilgan yoki e’lon qilingan adabiy va badiiy asarlar kundalik voqealar obzorida fotografiya yoki kinemotografiya vositalari bilan, yoxud axboriy vazifalar oqlaydigan hajmda efirga uzatish yoki hammaning e’tibori uchun sim orqali xabar qilish yo‘li bilan takrorlanishi yoki hammaning e’tiboriga yetkazilishi mumkin
(i) o‘z asarlarining omma oldida namoyish qilinishi va ijro etilishiga, shu jumladan har qanday vositalar yoki usullar bilan amalga oshiriladigan omma oldida namoyish qilinishi va ijro etilishiga,
(ii) o‘z asarlarining ko‘rsatuvlari va ijrolarini har qanday vositalar bilan hammaning e’tibori uchun xabar qilinishiga ruxsat berishdek favqulotda huquqdan foydalanadilar.
(2) Dramatik yoki musiqali dramatik asarlar mualliflariga o‘z asarlarining tarjimalariga nisbatan ham original asarlarga bo‘lgan huquqlarining amal qilish muddati dvomida xuddi shunday huquqlar beriladi.
(i) o‘z asarlarini efirga uzatishga yoki ushbu asarlarni belgilar, tovushlar yoki tasvirlarni simsiz uzatishning boshqa har qanday usullari bilan barchaning e’tiboriga ma’lum qilishga;
(ii) efirga uzatilgan asarni sim orqali yoki simsiz aloqa vositalari bilan barchaning e’tiboriga ma’lum qilishga, agar bunday xabar, dastlabki tashkilotga ko‘ra, boshqa tashkilot tomonidan amalga oshirilsa;
(iii) efirga uzatilgan asarni radiokarnay yoki belgilar, tovushlar va tasvirlarni uzatadigan har qanday shunga o‘xshash boshqa qurilma yordamida ma’lum qilishga ruxsat berishdek alohida huquqdan foydalanadilar;
(2) Ittifoq mamlakatlarining qonunchiligida avvalgi bandda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirish shartlari belgilanadi; biroq ushbu shartlar ularni belgilagan mamlakatlardagina qo‘llanadi. Ushbu shartlar hech qanday holatda ham muallifning shaxsiy nomulkiy huquqlarini yoki, kelishuv bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan belgilanadigan haqli mukofot olishga bo‘lgan muallifga tegishli huquqni cheklab qo‘yishi mumkin emas.
(3) Mazkur moddaning (1)-bandiga muvofiq taqdim etiladigan ruxsat, agar boshqa shart belgilanmagan bo‘lsa, tovushlar yoki tasvirlarni yozib oluvchi qurilmalar yordamida efirga uzatilgan asarni yozib olish uchun ruxsatni o‘z ichiga olmaydi. Biroq Ittiifoq mamlakatlarining qonunchiligida eshittiruvchi tashkilot tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga va o‘z eshittirishlari uchun amalga oshiriladigan qisqa muddatli yozuvlardan foydalanish tartibi belgilanishi mumkin. Ushbu qonunchilikda bunday yozuvlarning, ular alohida hujjatli xaraktyerga ega bo‘lganligi uchun, rasmiy arxivlarda saqlanishiga ruxsat berilishi mumkin.
(i) o‘z asarlarining omma oldida o‘qilishiga, shu jumladan har qanday vositalar yoki usullar bilan amalga oshiriladigan omma oldida o‘qilishiga,
(ii) o‘z asarlarining o‘qilishini har qanday vositalar bilan ommaning e’tiboriga ma’lum qilishga ruxsat berishdek alohida huquqdan foydalanadilar.
(2) Adabiy asarlarning mualliflari o‘zlarining original asarlariga bo‘lgan huquqlarining amal qilish muddati davomida bu asarlarning tarjimalariga nisbatan ham xuddi shunday huquqlardan foydalanadilar.
Adabiy va badiiy asarlarning mualliflari o‘z asarlarini qaytadan ishlash, aranjirovkalar va boshqa turdagi qayta ishlashlarga ruxsat berishdek favqulotda huquqdan foydalanadilar.
(1) Ittifoq mamlakatlaridan har qaysisi musiqa asarining muallifiga va har qanday matn muallifiga, agar matn muallifi uning musiqa asari bilan birgalikda yozilishiga ruxsat berib bo‘lgan bo‘lsa, taqdim etiladigan mutlaq huquqqa nisbatan o‘zi uchun izohlar va shartlar belgilashi, musiqa asarining shunday matn bilan birga, agarda shunday matn mavjud bo‘lsa, ovozli yozib olinuviga ruxsat berishi mumkin; biroq bu hamma izohlar va shartlar ularni belgilagan mamlakatlardagina qo‘llanadi, va ushbu mualliflarning, tegishli bitim bo‘lmagan taqdirda, vakolatli organ tomonidan belgilanadigan adolatli mukofot olishga bo‘lgan huquqlarini hech bir cheklay olmaydi.
(2) 1928-yil 2-iyunda Rimda va 1948-yil 26-iyunda Bryusselda imzolangan Konvensiyalarning 13 (3)-moddasiga muvofiq biron bir Ittifoq mamlakatida amalga oshirilgan musiqa asarlarining yozuvlari ushbu mamlakatning o‘zida muallifning roziligisiz mazkur Akt bu yerda amalga kiritilgan kundan e’tiboran ikki yil o‘tganidan so‘ng takrorlanishi mumkin.
(3) mazkur moddaning (1) va (2)-moddalariga muvofiq amalga oshirilgan hamda manfaatdor tomonlardan beruxsat mamlakatga olib kirilgan va ushbu mamlakatda qonunga xilof deb hisoblangan yozuvlar xatga olinadi.
(i) o‘z asarlarining kinematografik qayta yaratilishiga va shu tarzda qayta yaratilgan va takrorlangan asarlarining tarqatilishiga,
(ii) qayta yaratilgan yoki shu tarzda takrorlangan asarlarini sim orqali hammaning e’tiboriga ommaviy taqdim etish, ijro qilish va ma’lum qilishga ruxsat berish mutlaq huquqiga egalar.
(2) Adabiy yoki badiiy asarlar asosida yaratilgan kinematografik asarlarni har qanday boshqa badiiy shaklda qayta yaratish, kinematografik asarlar mualliflarining ruxsati bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, original asarlar mualliflarining ruxsatini talab qiladi
(1) Kinematografik asar, qayta yaratilishi yoki takrorlanishi mumkin bo‘lgan har qanday asarga nisbatan mualliflik huquqlariga zarar yetmagan holda, original asar sifatida muhofaza qilinishi lozim. Kinematografik asarga nisbatan mualliflik huquqining egasi original asar muallifi ega bo‘lgan huquqlardan, shu jumladan, avvalgi moddada nazarda tutilgan huquqlardan foydalanadi.
(2) (a) Kinematografik asarga nisbatan mualliflik huquqining egalari bo‘lgan shaxslarni aniqlash muhofaza so‘ralgan mamlakat qonunchiligi ixtiyorida bo‘ladi.
(b) Biroq qonunchiligida kinematografik asarlarga nisbatan mualliflik huquqining egalari qatoriga uning yaratilishiga hissa qo‘shgan mualliflar ham kiritilgan Ittifoq mamlakatlarida, ushbu mualliflar, agar ular bunday hissani qo‘shish majburiyatini olgan bo‘lsalar, biron-bir qarshi yoki maxsus shart bo‘lmagan taqdirda, barchaning e’tibori uchun asarning takrorlanishi, tarqatilishi, omma oldida namoyish va ijro etilishi, barchaning e’tibori uchun simlar orqali ma’lum qilinishi, efirga uzatilishi yoki barchaning e’tiboriga asarni boshqa har qanday yo‘l bilan ma’lum qilinishi, shuningdek asar matnining subtitrlanishi va dublyaj qilinishiga qarshilik ko‘rsatish huquqiga ega bo‘lmaydilar.
(s) Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan majburiyat avvalgi (b)-bandni qo‘llash uchun yozma bitim yoki bir xil qimmatga ega bo‘lgan yozma akt bilan rasmiylashtirilishi sharmi, degan savol kinematografik asar tayyorlovchisi o‘zining asosiy ish joyiga yoki odatiy turar joyga ega bo‘lgan mamlakat qonunchiligida belgilanadi. Biroq muhofaza so‘ralayotgan Ittifoq mamlakatining qonunchiligida bunday holat yozma bitim yoki bir xil qimmatga ega bo‘lgan yozma akt bilan rasmiylashtirilishi nazarda tutilishi mumkin. Qonunchiligida shular nazarda tutilgan mamlakatlar Bosh direktorni yozma bayonot yuborish yo‘li bilan xabardor qiladilar, Bosh direktor bu haqda zudlik bilan hamma boshqa Ittifoq mamlakatlariga xabar qiladi.
(d) “Qarshi yoki maxsus shart” deganda, yuqorida aytib o‘tilgan majburiyatga tegishli har qanday cheklovchi shart tushuniladi.
(3) Agar milliy qonunchilikda boshqa narsa belgilanmagan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan (2)(b)-bandning qoidalari kinematografik asarni qo‘yish uchun yaratilgan ssenariylar, dialoglar va musiqali asarlar mualliflariga yoki uning sahnalashtiruvchi rejissoriga nisbatan qo‘llanmaydi. Biroq qonunchiligida aytib o‘tilgan (2)(b)-bandning sahnalashtiruvchi rejissorga nisbatan qo‘llanishini nazarda tutuvchi qoidalar bo‘lmagan Ittifoq mamlakatlari bu haqda Bosh direktorni yozma bayonot yuborish yo‘li bilan xabardor qiladilar, Bosh direktor bu haqda zudlik bilan hamma boshqa Ittifoq mamlakatlariga xabar qiladi.
(1) San’at asarlarining asl nushalari va yozuvchi va kompozitorlar asarlarining asl qo‘lyozmalariga nisbatan muallif, uning vafotidan keyin esa milliy qonunchilik tomonidan huquqiy vakolat berilgan shaxslar yoki muassasalar, asar muallifi tomonidan amalga oshirilgan birinchi voz kechishdan keyin asarning har bir sotuvida o‘zlarining musodara qilinmaydigan hissasi bilan qatnashish huquqidan foydalanadilar.
(2) Avvalgi bandda nazarda tutilgan muhofaza, agar muallif mamlakatining qonunchiligi bunday muhofazani nazarda tutgan bo‘lib, u ushbu muhofaza so‘ralayotgan mamlakat qonunchiligida yo‘l qo‘yilgan hajmda bo‘lsa, har qanday Ittifoq mamlakatida so‘ralishi mumkin.
(1) Mazkur Konvensiya tomonidan muhofaza qilinayotgan adabiy va badiiy asarlarning muallifi, qarshi isbotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, muallif deb qaralishi va shunga muvofiq holda o‘z huquqlarining buzilganligi sababli Ittifoq mamlakatlarida sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lishi uchun, muallifning ismi asarda odatiy holda ko‘rsatilgan bo‘lishi kifoya. Mazkur band ushbu ism xatto taxallus bo‘lgan taqdirda ham qo‘llanadi, agar muallif tomonidan qabul qilingan taxallus uning shaxsiga nisbatan hech qanday shubha tug‘dirmasa.
(2) Kinematografik asarda ismi yoki nomi oddiy holatda ko‘rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs, qarshi isbot mavjud bo‘lmasa, ushbu asarning tayyorlovchisi hisoblanadi.
(3) Anonim tarzda yoki taxallus ostida chiqarilgan asarlarga nisbatan, yuqorida (1)-moddada ko‘rsatilganlardan tashqari, asarda ismi ko‘rsatilgan noshir, qarshi isbotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, muallifning vakili deb e’tirof etiladi, bu sifatda u muallif huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilinishini ta’minlashga haqlidir. Muallif o‘z shaxsini oshkor qilib, asarga o‘z muallifligi to‘g‘risida e’lon qilsa, mazkur band qoidalarining amal qilishi to‘xtatiladi.
(4) (a) Muallifi noma’lum bo‘lgan, ammo u Ittifoq mamlakatining fuqarosi ekanligini tahmin qilishga hamma asoslar mavjud bo‘lgan nashr qilinmagan asarlarga nisbatan mazkur mamlakat qonunchiligida ushbu muallifning vakili bo‘lgan va uning huquqlarini himoya qilish va ularning Ittifoq mamlakatlarida rioya qilinishini ta’minlaydigan vakolatli organ belgilanishi mumkin.
(b) Ushbu qoidaga muvofiq, bunday tayinlovni amalga oshirgan ittifoq mamlakatlari, Bosh direktorni yozma deklaratsiyasi bilan shu tarzda tayinlangan organning to‘liq ma’lumotlarini o‘z ichiga oladi Bosh direktor bu deklaratsiyani ittifoqning boshqa barcha mamlakatlariga zudlik bilan yetkazadi.
(1) Asarning kontrafakt ekzemplyarlari ushbu asar huquqiy muhofazadan foydalanadigan har qanday Ittifoq mamlakatida xatlanadi.
(2) Avvalgi bandning qoidalari asar muhofaza qilinmaydigan yoki muhofazadan foydalanishi to‘xtatilgan mamlakatlardan olib chiqilgan takrorlashlarga nisbatan ham qo‘llanadi.
Mazkur Konvensiya qoidalari vakolatli organ ushbu huquqni ularga nisbatan amalga oshirish zarur deb e’tirof etgan har qanday asar yoki sahna asarining tarqatilishi, taqdim etilishi, ko‘rsatilishini qonunchilik asosida yoki ma’muriy tartibda ruxsat etish, nazorat qilish yoki taqiqlashga bo‘lgan har bir Ittifoq mamlakati hukumatining huquqiga hech bir dahl qilmaydi.
(1) Mazkur Konvensiya muhofaza muddati tugaganligi sababli Konvensiya kuchga kirgan vaqtda kelib chiqqan mamlakatda ijtimoiy mulk bo‘lib ulgurmagan hamma asarlarga nisbatan qo‘llanadi.
2) Biroq, agar asar ilgari berilgan muhofaza muddati tugaganligi sababli, muhofaza so‘ralayotgan mamlakatda ijtimoiy mulkka aylanib bo‘lgan bo‘lsa, bu holda ushbu asarning muhofazasi yangidan tiklanmaydi.
(3) Ko‘rsatilgan tamoyilning qo‘llanishi Ittifoq mamlakatlari o‘rtasida tuzilgan yoki ushbu maqsadda tuziladigan maxsus konvensiyalarning qoidalarida belgilanadi. Bunday qoidalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, tegishli mamlakatlar har birlari o‘zlari uchun ushbu tamoyilni qo‘llash shartlarini belgilab oladilar.
(4) Ilgarigi qoidalar shuningdek Ittifoqqa yangi qo‘shilishlar holatida va muhofaza 7-moddani qo‘llashda yoki izohlarning rad etilishi sababli muhofaza kengaytirilgan holatda qo‘llanadi.
Mazkur Konvensiyaning qoidalari Ittifoq mamlakatining qonunchiligi taqdim etishi mumkin bo‘lgan yanada kengroq muhofazani so‘rashga to‘sqinlik qilmaydi.
Ittifoq mamlakatlarining hukumatlari mualliflarga mazkur Konvetsiyaga nisbatan kengroq huquqlar taqdim etadigan yoki mazkur Konvensiyaga zid bo‘lmagan boshqa qoidalarni o‘z ichiga olgan o‘zaro maxsus bitimlar tuzish huquqini o‘z zimmalarida qoliradilar. Ushbu talablarni qoniqtiradigan amaldagi bitimlarning qoidalarini qo‘llash davom etaveradi.
(2) 28(1)(b)-modda qoidalarini hisobga olgan holda, Qo‘shimcha bo‘lim nmazkur Aktning ajralmas qismini tashkil qiladi.
(1) (a) Ittifoq 22- dan 26- gacha moddalar bilan bog‘langan Itifoq mamlakatlaridan iborat Asssambleyaga ega.
(b) Har bitta mamlakatning hukumati nomidan o‘rinbosarlar, maslahatchilar va ekspertlarga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitta delegat qatnashadi.
(i) Ittifoqning ishlashini ta’minlash va uni rivojlantirishga hamda mazkur Konvensiyaning qo‘llanishiga oid hamma masalalarni ko‘rib chiqadi;
(ii) Butunjahon intellektual mulk tashkilotini (bundan buyon “Tashkilot” deb ataladi) ta’sis etuvchi Konvensiyada nazarda tutilgan Xalqaro intellektual mulk byurosiga (bundan buyon “Xalqaro byuro” deb ataladi), 22- dan 26-gacha moddalar bilan bog‘lanmagan Ittifoq mamlakatlarining mulohazalariga kerakli e’tibor qaratgan holda, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlashga doir ko‘rsatmalar beradi;
(iii) Ittifoqqa tegishli hisobotlarni va tashkilot Bosh direktorining faoliyatini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda unga Ittifoq vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha zarur yo‘l-yo‘riqlar beradi;
(v) o‘z Ijroiya qumitasining hisobotlarini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi hamda uning faoliyatini ma’qullaydi, shuningdek unga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadi;
(vi) dasturlarni belgilaydi, Ittifoqning ikki yillik budjetini qabul qiladi va uning natijaviy moliyaviy hisobotlarini tasdiqlaydi;
(viii) Ittifoq faoliyati uchun kerak bo‘lgan ekspertlar qumitalari va ishchi guruhlarni tashkil qiladi;
(ix) Ittifoq a’zolari bo‘lmagan qanday mamlakalar hamda qanday hukumatlararo va xalqaro nodavlat tashkilotlar uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qo‘yilishi mumkinligini belgilaydi;
(xi) Ittifoq maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan kerakli har qanday boshqa xatti-g‘arakatlarni amalga oshiradi;
(xiii) uning roziligi sharti bilan Tashkilotni ta’sis etadigan Konvensiya o‘ziga qanday huquqlarni taqdim etsa, shularni amalga oshiradi.
(b) Ma’muriy funksiyalarini Tashkilot bajaradigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqarli bo‘lgan masalalar bo‘yicha Assambleya, Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qumitasi fikrini eshitib, qarorlar qabul qiladi.
(s) (b)-ostbandning qoidasiga qaramay, agar biron bir sessiyada vakil qilingan mamlakatlar miqdori umumiy miqdorning yarmidan kamini tashkil qilsa-yu ammo Assambleya a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning uchdan biriga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, u qarorlar qabul qilishi mumkin, biroq Assambleyaning, o‘z protsedura qoidalariga tegishli qarorlaridan tashqari, hamma qarorlari quyidagi shartlarga rioya qilingan holdagina kuchga kiradi. Xalqaro byuro tilga olingan qarorlarni Assambleyada vakillik qilmagan a’zo-mamlakatlarga yuboradi hamda ularga qarorlar yuborilgan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida ular ushbu qarorlarga ovoz beradilarmi, qarshimilar yoki betaraf qoldilarmi yozma ravishda xabar qilishni so‘raydi. Agar bu muddat tugaganidan keyin, o‘zlarining betaraf ekanliklarini shu tarzda ovoz berib yoki xabar qilib bildirgan mamlakatlar soni kvorumga yetishi uchun sessiyaning o‘zida yetishmagan songa yetsa, bunday qarorlar bir paytning o‘zida kerakli ko‘pchilik ovoz saqlanishi sharti bilan kuchga kiradi.
(d) 26 (2)-modda qoidalariga rioya qilinganlik sharti bilan, Assambleya o‘z qarorlarini berilgan ovozlarning uchdan ikkiga teng ko‘pchiligi bilan qabul qiladi.
(g) Assambleya a’zolari bo‘lmagan Ittifoq mamlakatlari uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qo‘yilishi mumkin.
(4) (a) Assambleya o‘zining navbatdagi sissiyasiga ikki yilda bir marta Bosh direktor chaqirig‘i bo‘yicha to‘planadi va, favqulotda holatlardan tashqari, Tashkilotning Bosh Assambleyasi o‘tkazilgan vaqtda va joyda o‘taziladi.
(b) Assambleya Bosh direktor tomonidan chaqiriladigan o‘zining favqulotda sessiyasiga Ijroiya qumitasining talabi bilan yoki Assambleyaga a’zo mamlakatlarning to‘rtdan bir qismining talabi bilan to‘planadi.
(2) (a) Ijroiya qumitasi Assambleya a’zolari bo‘lgan mamlakatlar sonidan Assambleya tomonidan saylab olingan mamlakatlardan tarkib topadi. Bundan tashqari, hududida Tashkilotning o‘z shtab-kvartirasi bo‘lgan mamlakat, 25 (7) (b)-modda qoidalariga rioya qilinishi sharti bilan, Qumitada bitta ex officio joyga ega bo‘ladi.
(b) Ijroiya qumitasining a’zosi bo‘lgan har bir mamlakat hukumatining o‘z o‘rinbosarlari, maslahatchilari va ekspertlariga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan bitta delegatdan iborat vakili bo‘ladi.
(3) Ijroiya qumitasiga a’zo mamlakatlarning soni Assambleyaga a’zo mamlakatlar sonining to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi. To‘ldirilishi kerak bo‘lgan joylarning sonini aniqlashda, to‘rtga bo‘lgandan keyin qoldag qoldiq hisobga olinmaydi.
(4) Ijroiya qumitasi a’zolarini saylashda Assambleya keraklicha e’tiborni adolatli geografik taqsimotga, shuningdek qatnashchi mamlakatlar uchun, Ittifoq bilan bog‘liq holda tuzilishi mumkin bo‘lgan, Ijroiya qumitasini tashkil qilgan mamlakatlar qatorida bo‘lish bo‘yicha maxus bitimlar zarurligiga qaratadi.
(5) (a) Ijroiya qumitasining a’zolari o‘z funksiyalarini Assambleyaning o‘zlari saylangan sessiyasi yopilganidan to Assambleyaning keyingi navbatdagi sessiyasi yopilgunga qalar amalga oshiradilar.
(b) Ijroiya qumitasining a’zolari qayta saylanishlari mumkin, biroq bunda ularning soni qumita tarkibining uchdan ikki qismidan oshmasligi kerak.
(s) Assambleya Ijroiya qumitasi a’zolarining saylovi va ehtimoldagi qayta saylovining batafsil qoidalarini belgilaydi.
(ii) Assambleyaga Bosh direktor tomonidan tayyorlangan Ittifoq dasturi va ikki yillik budjet loyihalariga tegishli takliflarni taqdim etadi;
(iv) Assambleyaga Bosh direktorning davriy hisobotlari va moliyaviy taftishlarning har yillik aktlarini tegishli mulohazalar bilan taqdim etadi;
(v) Assambleya qarorlariga muvofiq va Assambleyaning ikkita navbatdagi sessiyasi o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatlarni hisobga olgan holda, Bosh direktor tomonidan Ittifoq dasturining bajarilishini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni ko‘radi;
(b) Ma’muriy funksiyalari Tashkilot tomonidan bajariladigan boshqa Ittifoqlar uchun ham qiziqarli bo‘lgan masalalar bo‘yicha Ijroiya qumitasi, Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qumitasi fikrini eshitgach, qarorlar qabul qiladi.
(7) (a) Ijroiya qumitasi o‘zining navbatdagi sessiyasiga yilda bir marta Bosh direktor chaqirig‘i bilan imkon darajada Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi qumitasi to‘planadigan vaqtda va joyda to‘planadi.
(b) Ijroiya qumitasi o‘zining favqulotda sessiyasiga Bosh direktor tomonidan uning o‘z tashabbusi bilan, yoki Rais yo Ijroiya qumitasi a’zolarining to‘rtdan birining talabiga binoan to‘planadi.
(9) Ijroiya qumitasining a’zolari bo‘lmagan Ittifoq mamlakatlari uning majlislariga kuzatuvchilar sifatida qo‘yiladi.
(1) (a) Ittifoqning ma’muriy masalalari Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha xalqaro Konvensiya tomonidan ta’sis etilgan Ittifoq byurosi bilan birlashgan Ittifoq byurosining vorisi bo‘lgan Xalqaro byuro tomonidan bajariladi.
(2) Xalqaro byuro malliflik huquqlarining muhofazasiga tegishli axborotni to‘playdi va bosib chiqaradi. Har bitta Ittifoq mamlakati har bir yangi qonunning matni va mualliflik huquqining muhofazasiga tegishli hamma rasmiy matnlarni zudlik bilan Xalqaro byuroga topshiradi.
(4) Xalqaro byuro har qanday Ittifoq mamlakatining so‘roviga binoan mualliflik huquqining muhofazasiga tegishli masalalar bo‘yicha ma’lumotlarni taqdim etadi.
(5) Xalqaro byuro mualliflik huquqlarining muhofazasini osonlashtirishga mo‘ljallangan tadqiqotlar olib boradi va xizmatlar ko‘rsatadi.
(6) Bosh direktor va u belgilagan har qanday xodim Assambleya, Ijroiya qumitasi va har qanday ekspertlar qumitasi va ishchi guruhining majlislarida ovoz berish huquqisiz qatnashadilar. Bosh direktor yoki u belgilagan xodim lavozimi bo‘yicha ushbu organlarning kotibi bo‘ladi.
(7) (a) Xalqaro byuro, Assambleyaning ko‘rsatmalariga muvofiq va Ijroiya qumita bilan hakorlikda, Konvensiya qoidalarini, 22- dan 26-gacha bo‘lgan moddalar bundan mustasno, qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlaydi.
(b) Xalqaro byuro hukumatlararo va xalqaro nohukumat tashkilotlar bilan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha konferensiyalarni tayyorlash masalalari bo‘yicha maslahalashishi mumkin.
(s) Bosh direktor va u belgilagan shaxslar ushbu konferensiyalarning ishida ovoz berish huquqisiz qatnashishlari mumkin.
(b) Ittifoq budjeti Ittifoqning o‘z tushumlari va xarajatlarini, uning Ittifoqlar uchun umumiy bo‘lgan xarajatlar budjetiga to‘lovini, shuningdek tegishli vaziyatlarda Tashkilot Konferensiyasi budjetiga chegirmalarni o‘z ichiga oladi.
(s) Ittifoqlar uchun umumiy xarajatlar deb faqat ushbu Ittifoqqa tegishli bo‘lmagan, biroq ma’muriy funksiyalari Tashkilot tomonidan amalga oshiriladigan bitta yoki bir nechta boshqa Ittifoqlarga bir paytning o‘zida tegishli bo‘lgan xarajatlar hisoblanadi. Ushbu umumiy xarajatlardagi Ittifoq ulushi uning bu xarajatlarga ehtiyojmandligiga mos keladi.
(2) Ittifoq budjeti ma’muriy funksiyalari Tashkilot tomonidan bajariladigan boshqa Ittifoqlar budjetlari bilan moslashish talablari keraklicha hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(ii) Xalqaro byuro tomonidan taqdim etilayotgan Ittifoqqa tegishli xizmatlardan keladigan tushumlar va to‘lovlar;
(iii) Xalqaro byuro tomonidan Ittifoqqa tegishli nashrlarni sotishdan va bunday nashrlarga huquqlarni berishdan keladigan tushumlar;
(4) (a) O‘zining budjetga to‘lanadigan badalini belgilash uchun har bitta Ittifoq mamlakati muayyan sinfga mansub bo‘ladi va o‘zining yillik badalini quyidagicha belgilangan birliklar soni asosida to‘laydi:
(b) Har bitta mamlakat, agar u avval shu ishni qilmagan bo‘lsa, ratifikatsion yorliq yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktni saqlash uchun topshirish bilan bir paytda o‘zi mansub bo‘lishni xohlagan sinfni ham ko‘rsatadi. Har qanday mamlakat o‘z sinfini o‘zgartirishi mumkin. Agar mamlakat pastroq sinfni tanlasa, u Assambleyaning navbatdagi sessiyasida bu haqda xabar qilishi kerak. Bunday o‘zgarish ko‘rsatib o‘tilgan sessiyadan keyingi kalendar yilning boshidan e’tiboran kuchga kiradi.
(s) Har bir mamlakatning yillik badali shunday summaga tengki, bu summa ushbu mamlakat birliklarining soni badal to‘laydigan mamlakatlar birliklarining umumiy soniga qanday nisbatda bo‘lsa, Ittifoq budjetiga hamma mamlakatlar to‘lashi lozim bo‘lgan umumiy badallar summasi shunday nisbatga teng bo‘ladi.
(e) Badallarni to‘lash bo‘yicha qarzdorligi bo‘lgan mamlakat, agar uning qarzdorlik summasi avvalgi ikkita to‘liq yil uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan badallar summasiga teng yoki undan ortiq bo‘lsa, o‘zi a’zo bo‘lgan Ittifoqning hamma organlarida ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ladi. Biroq ushbu organlarning istalgan har qaysisi bunday mamlakatga ovoz berish huquqidan foydalanishni davom ettirishga ruxsat berishi mumkin, agar va shu paytga qadarki, bu organ to‘lov muddati favqulotda va muqarrar vaziyatlar natijasida sodir bo‘lgan deb hisoblasa.
(f) Yangi moliyaviy davrgacha budjet qabul qilinmagan hollarda, moliyaviy reglament tomonidan nazarda tutilgan tartibga muvofiq, o‘tgan yil darajasidagi budjet amal qiladi.
(5) Ittifoq nomidan Xalqaro byuro tomonidan taqdim etilayottgan xizmatlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan yig‘imlar va to‘lovlar miqdori Bosh direktor tomonidan belgilanadi, u bu haqda Assambleya va Ijroiya qumitasiga ma’lum qiladi.
(6) (a) Ittifoq aylanma mablag‘lar fondiga ega bo‘lib, u Ittifoqning har bir mamlakati tomonidan kiritiladigan bir martalik to‘lovlardan tarkib topadi. Agar aylanma mablag‘lar fondi yetarli bo‘lmay qolsa, Assambleya uni ko‘paytirish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi.
(b) Har bir mamlakatning aytib o‘tilgan fondga dastlabki to‘lovining miqdori yoki uning ushbu fondni ko‘paytirishdagi ulushi fond tashkil qilingan yoki uni ko‘paytirish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan yildagi ushbu mamlakat to‘loviga proporsionaldir.
(s) Ushbu proporsiya va to‘lov shartlari Assambleya tomonidan Bosh direktor taklifiga binoan, Assambleya Tashkilotning Muvofiqlashtiruvchi kengashining fikrini eshitgach, belgilanadi.
(7) (a) Tashkilot, qaysi mamlakat hududida o‘z shtab-kvartirasiga ega bo‘lsa, shu mamlakat bilan shtab-kvartira to‘g‘risida tuziladigan bitimda, agar aylanma mablag‘lar fondi yetarli bo‘lmay qolgan taqdirda, bu mamlakat avanslar taqdim etishi nazarda tutiladi. Ushbu avanslar miqdori va ular taqdim etiladigan shartlar har bir holatda o‘sha mamlakat va Tashkilot o‘rtasida alohida bitim predmeti bo‘ladi. Shunday mamlakat avanslar taqdim etish majburiyati bilan bog‘liq bo‘lgan vaqtga qadar. u o‘z holati bo‘yicha Ijroiya qumitada bitta joyga ega bo‘ladi.
(b) (a)-ostbandda aytib o‘tilgan mamlakat ham, Tashkilot ham yozma bildirish orqali avanslar taqdim etish to‘g‘risidagi majburiyatni denonsatsiya qilish huquqiga ega bo‘ladi. Denonsatsiya bildirish berilgan yil tugaganidan keyin, uch yil o‘tib amalga kiradi.
(8) Moliyaviy taftish moliyaviy reglament qoidalariga muvofiq bir yoki bir nechta Ittifoq mamlakatlari tomonidan yoki ularning roziligi bilan Assambleya tomonidan tayinlangan tashqi revizorlar tomonidan amalga oshiriladi.
(1) 22-, 23-, 24-, 25-bandlar va mazkur bandga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflar Assambleya a’zosi bo‘lgan har qanday mamlakat, Ijroiya qumitasi yoki Bosh direktor tomonidan kiritilishi mumkin. Bunday takliflar Bosh direktor tomonidan Assambleya a’zosi bo‘lgan mamlakatlarga ularni Assambleya ko‘rib chiqishidan kamida olti oy oldin yuboriladi.
(2) (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga kiritiladigan har qanday tuzatish Assambleya tomonidan qabul qilinadi. Qabul qilish uchun berilgan ovozlarning ko‘pchilik to‘rtdan uch qismi kerak bo‘ladi, biroq 22-moddaga va ushbu bandga har qanday tuzatish berilgan ovozlarning ko‘pchilik beshdan to‘rt qismi bilan qabul qilinadi.
(3) (1)-bandda nazarda tutilgan moddalarga kiritiladigan har qanday tuzatish har bir mamlakatning konstitutsion protsedurasiga muvofiq bu tuzatish amalga oshirilganligi to‘g‘risidagi yozma xabarnoma Bosh direktor tomonidan Assambleya bu tuzatishni qabul qilgan vaqtda Assambleya a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning to‘rtdan uch qismidan olinganidan bir oy o‘tib kuchga kiradi. Ko‘rsatib o‘tilgan moddalarga shu tarzda qabul qilingan har qanday tuzatish u kuchga kirgan vaqtda Assambleya a’zolari bo‘lgan yoki ushbu sanadan keyin uning a’zolari bo‘lgan mamlakatlarning hammasi uchun majburiydir; biroq Ittifoq mamlakatlarining moliyaviy majburiyatlarini oshirayotgan har qanday tuzatish shunday tuzatishni qabul qilganliklari to‘g‘risida ma’lum qilgan mamlakatlar uchungina majburiy bo‘ladi.
(1) Mazkur Konvensiya unga Ittifoq tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlarni kiritish maqsadida qayta ko‘rib chiqilishi mumkin.
(2) Ushbu maqsadlarda Ittifoq mamlakatlarida navbatma-navbat ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar vakillarining konferensiyalari o‘tkazilishi mumkin.
(3) 22- dan 26-gacha moddalarga tuzatishlar kiritishda qo‘llanadigan 26-modda qoidalarini hisobga olgan holda, mazkur Aktning, shu jumladan Qo‘shimcha bo‘limning, ko‘rib chiqilishi berilgan ovozlarning birligini talab qiladi.
(1) (a) Mazkur Aktni imzolagan Ittifoq mamlakatining har bittasi uni ratifikatsiya qilishi, yoki, agar u Aktni imzolamagan bo‘lsa, unga qo‘shilishi mumkin. Ratifikatsion yorliqlar va qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlar Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(b) Ittifoq mamlakatining har bittasi o‘zining ratifikatsion yorlig‘i va qo‘shilish to‘g‘risidagi aktida ratifikatsiya yoki qo‘shilish 1- dan 21-gacha moddalarga va Qo‘shimcha bo‘limga tatbiq etilmasligini e’lon qilishi mumkin; biroq, agar bunday mamlakat, VI (1)-moddaga va Qo‘shimcha bo‘limga muvofiq, bayonot berib bo‘lgan bo‘lsa, bunday holatda mazkur yorliq yoki aktda u o‘zining ratifikatsiyasi yoki qo‘shilgani 1 dan 20 gacha moddaga nisbatan qo‘llanmasligi to‘g‘risidagina e’lon qilishi mumkin.
(s) (b)-ostbandga muvofiq aytib o‘tilgan tegishli qoidalarni o‘z ratifikatsiyasi yoki qo‘shilishining amal qilish doirasidan chiqarib tashlagan Ittifoq mamlakatining har qaysisi keyinroq istalgan vaqtda o‘z ratifikatsiyasi yoki qo‘shilishining amal qilishini ushbu qoidalarga tatbiq etilishini ma’lum qilishi mumkin. Bunday bayonot Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(2) (a) 1 dan 21 gacha bo‘lgan moddalar va Qo‘shimcha bo‘lim quyidagi ikkita shart bajarilgandan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi:
(i) kamida beshta Ittifoq davlati (1) (b)-bandda nazarda tutilgan bayonotni qilmay turib, mazkur Aktni ratifikatsiya qiladi yoki unga qo‘shiladi;
(ii) Ispaniya, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi va Shimoliy Irlandiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari va Fransiya 1971-yil 24-iyulda Parijda qayta ko‘rib chiqilgan Mualliflik huquqi bo‘yicha Butunjahon konvensiyasi bilan bog‘lanadilar.
(b) (a)-bandda aytib o‘tilgan kuchga kirish o‘zlarining ratifikatsion yorliqlari yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlarini aytib o‘tilgan kuchga kirishdan kamida uch oy avval, (1 (b)-bandda nazarda tutilgan bayonot qilinmasdan turib, saqlash uchun topshirgan Ittifoq mamlakatlariga tegishli.
(s) (b)-ostband o‘ziga nisbatan qo‘llanmaydigan va mazkur Aktni ratifikatsiya qilgan yoki (1)(b)-bandda nazarda tutilgan bayonotni qilmay turib, aktga qo‘shilgan Ittifoq mamlakatining har qaysisiga nisbatan 1 dan 21 gacha bo‘lgan moddalar va Qo‘shimcha bo‘lim tegishli ratifikatsion yorliq yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi akt saqlash uchun topshirilganligi to‘g‘risida Bosh direktor tomonidan xabar qilingan sanadan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi, agar topshirilgan yorliq yoki aktda kechroq sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa. So‘nggi holatda 1 dan 21 gacha bo‘lgan moddalar va Qo‘shimcha bo‘lim mazkur mamlakatga nisbatan shu tarzda ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran kuchga kiradi.
(d) (a)- va (s)-bandlarning qoidalari Qo‘shimcha bo‘lim VI moddasining qo‘llanishiga ta’sir ko‘rastmaydi.
(3) (1)(b)-bandda nazarda tutilgan bayonotni qilib yoki qilmay turib, mazkur Aktni ratifikatsiya qiladigan yoki unga qo‘shiladigan Ittifoq mamlakatining har qaysisiga nisbatan 22 dan 38 gacha bo‘lgan moddalar tegishli ratifikatsion yorliq yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi akt saqlash uchun topshirilganligi to‘g‘risida Bosh direktor tomonidan xabar qilingan sanadan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi, faqat agar topshirilgan yorliq yoki aktda ancha kechki sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa. So‘nggi holatda 22 dan 38 gacha bo‘lgan moddalar ushbu mamlakatga nisbatan shu tarzda ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran kuchga kiradi.
(1) Ittifoq a’zosi bo‘lmagan har qanday mamlakat mazkur Aktga qo‘shilishi va bu bilan Mazkur Konvensiya tarafi va Ittifoq a’zosi bo‘lishi mumkin. Qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlar Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(2) (a) (b)-ostbandni hisobga olgan holda, mazkur Konvensiya Ittifoq a’zosi bo‘lmagan har qanday mamlakatga nisbatan uning qo‘shilish to‘g‘risidagi akti saqlash uchun topshirilganligi to‘g‘risida Bosh direktor tomonidan xabar qilingan sanadan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi, faqat agar qo‘shilish to‘g‘risidagi aktda ancha kechki sana ko‘rsatilmagan bo‘lsa. So‘nggi holatda mazkur Konvensiya ushbu mamlakatga nisbatan shu tarzda ko‘rsatilgan sanadan e’tiboran kuchga kiradi.
(b) ) Agar(a)-ostbandga muvofiq kuchga kirish 1 dan 21 gacha bo‘lgan moddalarning kuchga kirishidan oldin sodir bo‘lgan bo‘lsa, 28(2)(a)-moddaga muvofiq aytib o‘tilgan mamlakat, shu vaqtning o‘zida, 1 dan 21 gacha moddalari va Qo‘shimcha bo‘lim o‘rniga, mazkur Konvensiya Bryussel aktining 1 dan 20 gacha moddalari bilan bog‘langan bo‘ladi
Mazkur Konvensiyaning Stokgolm aktining 22 dan 38 gacha bo‘lgan moddalari bilan bog‘lanmagan har qanday mamlakat uchun mazkur Aktning ratifikatsiyasi yoki unga qo‘shilish, faqat Tashkilot tomonidan ta’sis etiladigan Konvensiya 14(2)-moddasining maqsadlari uchungina, aytib o‘tilgan Stokgolm aktining ratifikatsiyasiga yoki ushbu aktga, uning 28(1)(b)(i)-moddasida nazarda tutilgan cheklovlar bilan, qo‘shilish bilan teng.
(1) Mazkur moddaning (2)-bandi, 28(1)(b)-modda, 33(2)-modda va Qo‘shimcha bo‘lim bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan chiqarib olishlardan tashqari, ratifikatsiya yoki qo‘shilish avtomatik tarzda mazkur Konvensiya tomonidan belgilanadigan hamma qoidalarning e’tirof etilishini talab qiladi va hamma imtiyozlardan foydalanishga yo‘l qo‘yadi.
(2) (a) Mazkur Aktni ratifikatsiya qiladigan yoki unga qo‘shiladigan har qanday Ittifoq mamlakati, Qo‘shimcha bo‘limning V(2)-moddasini hisobga olgan holda, o‘zi tomonidan avvalroq ifodalangan eslatmalar imtiyozlarini, agar u ratifikatsion yorliq yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktni saqlash uchun toprishishda bu haqda bayonot bergan bo‘lsa, saqlab qolishi mumkin.
(b) Ittifoq a’zosi bo‘lmagan har qanday mamlakat mazkur Konvensiyaga qo‘shilishda hamda Qo‘shimcha bo‘limning V(2)-moddasini hisobga olgan holda, mazkur Aktning tarjima huquqiga tegishli 8-moddasini, kamida vaqtincha, 1896 yili Parijda to‘ldirilgan 1886 yildagi Ittifoq konvensiyasining 5-moddasidagi qoidalar bilan almashtirish niyati borligi to‘g‘risida, bu qoidalar ushbu mamlakatning keng iste’moldagi tiliga amalga oshiriladigan tarjimalargagina qo‘llanishini aniq anglagan holda, bildirishi mumkin. Qo‘shimcha bo‘limning I(6)(b)-moddasini hisobga olgan holda, Ittifoq mamlakati kelib chiqish mamlakati shunday eslatmadan foydlangan mamlakat bo‘lgan asarlarning tarjimasiga huquqqa nisbatan ushbu oxirgi mamlakat taqdim etgan muhofazaga teng muhofazani qo‘llash huquqiga ega.
(s) Har qanday mamlakat istalgan vaqtda Bosh direktorga xabarnoma yuborish yo‘li bilan bunday eslatmalarni chiqarib tashlashi mumkin.
(1) Har qanday mamlakat o‘zining ratifikatsion yorlig‘i yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktida yoki keyingi har qanday vaqtda mazkur Konvensiya shu mamlakat bayonotda yoki bildirishnomada ko‘rsatilgan va xalqaro munosabatlari uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olgan hududlarning hammasi yoki ayrimlariga nisbatan qo‘llanishi to‘g‘risida Bosh direktor nomiga yozma bildirish yuborishi mumkin.
(2) Shunday bayonot bilan chiqqan yoki shunday bildirish yuborgan har qanday mamlakat Bosh direktorni har qanday vaqtda shunday hududlarning hammasida yoki ayrimlarida mazkur Konvensiyaning to‘xtatilishi to‘g‘risida xabardor qilishi mumkin.
(3) (a) (1)-bandga muvofiq amalga oshirilgan har qanday bayonot shunday bayonotni o‘z ichiga olgan ratifikatsiya yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi hujjatlar kuchga kirgan sanadan e’tiboran kuchga kiradi, aytib o‘tilgan bandga muvofiq yuborilgan har qanday bildirishnoma esa Bosh direktor tomonidan uning to‘g‘risida berilgan bildirishdan keyin uch oy o‘tib kuchga kiradi.
(b) (2)-bandga muvofiq yuborilgan har fanday bildirishnoma Bosh direktor uni olganidan keyin o‘n ikki oy o‘tib kuchga kiradi.
(4) Mazkur modda, (1)-bandga muvofiq qilingan bayonot tufayli, mazkur Konvensiya boshqa Ittifoq mamlakati tomonidan qo‘llanadigan hududga nisbatan yuzaga kelgan haqiqiy holatning har qanday Ittifoq mamlakati tomonidan indamay e’tirof etilishi yoki qabul qilinishini bildiradi deb hech bir holatda sharhlab bo‘lmaydi.
(1) Mazkur Akt Ittifoq mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda va xuddi o‘zi qo‘llanadigan darajada 1886 yil 9-sentabrdagi Bern konvensiyasining va uni qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha hamma keyingi aktlarning o‘rnini bosadi. Avvalroq kuchga kirgan aktlar to‘liq holda yoki mazkur Aktni ratifikatsiya qilmaydigan yoki unga qo‘shilmaydigan Ittifoq mamlakatlari o‘rtasidigi munosabatlarda ilgarigi taklif tufayli mazkur Akt ularning o‘rnini qay darajada bosmasa, shu darajada, qo‘llanishda davom etadi.
(2) Ittifoq a’zolari bo‘lmagan, mazkur Aktning tarafdorlari bo‘lgan mamlakatlar, (3)-bandni hisobga olgan holda, mazkur Akt bilan bog‘lanmagan har qaysi Ittifoq mamlakatiga nisbatan, yoki, o‘zini mazkur Akt bilan bog‘lagan bo‘lsa-da, biroq 28(1)(b)-moddada nazarda tutilgan bayonotni qilgan mamlakatga nisbatan mazkur Aktni qabul qiladi. Bunday mamlakatlar aytib o‘tilgan Ittifoq mamlakati ular bilan o‘z munosabatlarida:
(ii) Qo‘shimcha bo‘limning 1(6)-moddasini hisobga olgan holda, muhofaza darajasini mazkur Aktda nazarda tutilgan darajaga muvofiq o‘zgartirish huquqiga ega ekanini e’tirof etadilar.
(3) Qo‘shimcha bo‘limda nazarda tutilgan imkoniyatlarning istalganidan foydalangan har bitta mamlakat mazkur Akt bilan bog‘lanmagan Ittifoq mamlakatining istalgani bilan o‘z munosabatlarida foydalangan imkoniyatlarga tegishli Qo‘shimcha bo‘lim qoidalarini, ushbu so‘nggi davlat aytib o‘tilgan qoidalarning qo‘llanishiga yo‘l qo‘ygan taqdirda, qo‘llashi mumkin.
(1) Ikkita yoki bir nechta Ittifoq mamlakatlari o‘rtasida mazkur Konvensiyani sharhlash yoki qo‘llashga doir yuzaga kelgan, muzokaralar yo‘li bilan hal qilinmagan har qanday baxs ko‘rsatib o‘tilgan har qanday mamlakat tomonidan, faqat agar ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar baxsni hal qilishning boshqa usuli to‘g‘risida kelisha olmasalar, Xalqaro sudga Sud Statutiga muvofiq ariza topshirish yo‘li bilan uzatilishi mumkin. Ariza topshiruvchi mamlakat Sud muhokamasiga topshirilgan baxs to‘g‘risida Xalqaro byuroni xabardor qilishi kerak; Xalqaro byuro bu to‘g‘rida qolgan Ittifoq mamlakatlariga ma’lum qilishi kerak.
(2) Mazkur Aktni imzolash yoki ratifikatsion yorliq yoxud qo‘shilish to‘g‘risidagi aktni saqlashga topshirish paytida istalgan mamlakat o‘zining (1)-band qoidalari bilan bog‘langan deb hisoblamasligini bildirishi mumkin. Bunday mamlakat va boshqa har qanday Ittifoq mamlakati o‘rtasidagi baxsga kelinadigan bo‘lsa, (1)-band qoidalari ularga dahldor bo‘lmaydi.
(3) (2)-band qoidalariga muvofiq bayonot bergan har qanday mamlakat uni istalgan vaqtda Bosh direktorga bildirishnoma jo‘natish yo‘li bilan chaqirib olishi mumkin.
(1) 29bis-moddani hisobga olgan holda, bironta mamlakat, 1 dan 21 gacha moddalar va Qo‘shimcha bo‘lim kuchga kirganidan keyin, mazkur Konvensiyaning avvalgi aktlarini ratifikatsiya qila olmaydi yoki ularga qo‘shila olmaydi.
(2) 1 dan 21 gacha moddalar va Qo‘shimcha bo‘lim kuchga kirganidan keyin, bironta mamlakat rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan Stokgolm aktiga ilova qilingan Protokolning 5-moddasida nazarda tutilgan bayonotni bera olmaydi.
(2) Har qanday mamlakat mazkur Aktni Bosh direktor nomiga yuborilgan bildirishnoma orqali denonsatsiya qilishi mumkin. Bunday denonsatsiya shuningdek hamma avvalgi aktlarning denonsatsiyasini bildiradi va uni amalga oshirgan mamlakatga nisbatangina qo‘llanadi, shu vaqtning o‘zida boshqa Ittifoq mamlakatlariga nisbatan Konvensiya o‘z kuchida qoladi va bajarilishi lozim.
(4) Mazkur moddada ko‘zda tutilgan denonsatsiya huquqidan bironta mamlakat, ushbu mamlakat Ittifoqqa a’zo bo‘lgan sanadan e’tiboran besh yil o‘tmasdan turib, foydalana olmaydi.
(1) Mazkur Konvensiyaning qatnashchisi bo‘lgan mamlakat o‘z Konstitutsiyasiga muvofiq mazkur Konvensiyaning qo‘llanishini ta’minlash uchun hamma zarur choralarni qabul qilish majburiyatini oladi.
(2) Har qanday mamlakat mazkur Konvensiya bilan bog‘langan momentdan e’tiboran o‘zining ichki qonunchiligiga muvofiq mazkur Konvensiya qoidalarini amalga oshirishga qodir bo‘lishi kerakligi nazarda tutiladi.
(1) (a) Mazkur Akt bir nushadan ingliz va fransuz tillarida imzolanadi va, (2)-bandni hisobga olgan holda, Bosh direktorga saqlash uchun topshiriladi.
(b) Rasmiy matnlar Bosh direktor tomonidan, manfaatdor hukumatlar bilan maslahatlashgandan keyin, arab, ispan, italyan, olmon va portugal tillarida, shuningdek Assambleya tomonidan belgilanadigan boshqa tillarda ishlab chiqiladi.
(s) turli matnlarni sharhlashda ziddiyatlar kelib chiqqan hollarda, fransuz tilidagi matn afzallika ega bo‘ladi.
(2) Mazkur Akt 1972-yilning 31-yanvarigacha imzolash uchun ochiq bo‘ladi. Bu sanadan oldin 1(a)-bandda ko‘rsatilgan nusha Fransiya hukumatiga saqlash uchun topshiriladi.
(3) Bosh direktor mazkur Aktning imzolangan matnidan ikkitadan nushasini tasdiqlaydi hamda hamma Ittifoq mamlakatlarining huqumatalariga va, so‘rov bo‘yicha, boshqa har qanday mamlakat hukumatiga yuboradi.
(5) Bosh direktor hamma Ittifoq mamlakatlarining hukumatlarini ratifikatsion yorliqlar va qo‘shilish to‘g‘risidagi aktlarning imzolangani va saqlash uchun topshirilgani to‘g‘risida, hamda ushbu hujjatlar tarkibida bo‘lgan yoki 28(1)(s)-, 30(2)(a)- va (b)- va 33(2)-moddalarga muvofiq amalga oshirilgan bayonotlar to‘g‘risida, mazkur Aktning har qanday qoidasining kuchga kirganligi to‘g‘risida, denonsatsiya to‘g‘risidagi bildirishnomalar va 30(2)(s)-, 31(1)- va (2), 33(3)- va 38(1)-moddalarga muvofiq yuborilgan bildirishnomalar to‘g‘risida, shuningdek Qo‘shimcha bo‘limda nazarda tutilgan bildirishnomalar to‘g‘risida xabardor qiladi.
(1) Mazkur Aktni ratifikatsiya qilmagan yoki unga qo‘shilmagan, yoxud mazkur Konvensiyaning Stokgolm aktining 22 dan 26 gacha bo‘lagan moddalari bilan bog‘lanmagan Ittifoq mamlakatlari 1975-yil 26-aprelgacha, agar o‘zlari buni istasalar, ko‘rsatib o‘tilgan moddalar tufayli taqdim etiladigan huquqlardan, xuddi ushbu qoidalar bilan bog‘langandek, foydalanishlari mumkin. Shunday huquqlardan foydalanishni istagan har qanday mamlakat shu maqsadda Bosh direktor nomiga, olingan sanadan e’tiboran amal qila boshlaydigan, yozma bildirish yuboradi. Bunday mamlakatlar ko‘rsatib o‘tilgan muddatdan oldin Assambleya a’zolari hisoblanadilar.
(2) Ittifoq mamlakatlarining hammasi Tashkilot a’zolari bo‘lmagunlariga qadar, Tashkilotning Xalqaro byurosi Ittifoq byurosi sifatida ham harakat qiladi, Bosh direktor esa ushbu Byuroning Direktori sifatida ham faoliyat ko‘rsatadi.
(3) Hamma Ittifoq mamlakatlari Tashkilot a’zolari bo‘lishlari bilan, Ittifoq Byurosining huquqlari, majburiyatlari va mulki Tashkilotning Xalqaro byurosiga o‘tadi.
(1) Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining qaror topgan amaliyotiga muvofiq, rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanadigan, ushbu Qo‘shimcha bo‘limning ajralmas qismini tashkil qilgan mazkur Aktni ratifikatsiya qiladigan yoki unga qo‘shiladigan, hamda o‘zining iqtisodiy holatini va o‘zining ijtimoiy va madaniy ehtiyojlarini hisobga olgan holda, mazkur Aktda nazarda tutilgan hamma huquqlarning muhofazasini darhol ta’minlash imkonsiz deb hisoblagan har qanday mamlakat keyingi istalgan vaqtda ratifikatsion yorliq yoki qo‘shilish to‘g‘risidagi aktni depozitlashda Bosh direktorga saqlash uchun topshirilayotgan xabar yo‘li bilan yoki V(1)(s)-moddani hisobga olgan holda, u II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanishini yoki III moddada nazarda tutilgan imtiyozdan yoki ularning ikkalasidan foydalanishini bildirishi mumkin. Bu mamlakat II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanish o‘rniga, V(1)(a)-moddaga muvofiq bayonot berishi mumkin.
(2) (a) 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qo‘shimcha bo‘lim kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran o‘n yillik muddat o‘tkunga qadar (1)-bandga muvofiq topshirilgan har qanday bayonot 28(2)-moddaga muvofiq aytib o‘tilgan muddat tugagunga qadar kuchga ega bo‘ladi. Har qanday shunday bayonot joriy o‘n yillik muddat tugamasdan turib, ko‘pi bilan o‘n besh kami bilan uch oy oldin Bosh direktor nomiga saqlash uchun yuborilgan xabarnoma orqali butunicha yoki qisman har biri o‘n yil muddatga davom ettirilishi mumkin.
(b) 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qo‘shimcha bo‘lim kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran o‘n yillik muddat o‘tgandan keyin (1)-bandga muvofiq topshirilgan har qanday bayonot 28(2)-moddaga muvofiq joriy o‘n yillik muddat tugagunga qadar o‘z kuchida qoladi. Har fanday shunday bayonot, (a)-ostbandning ikkinchi gapida nazarda tutilganidek, davom ettirilishi mumkin.
(3) (1)-bandga muvofiq rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolgan har qanday Ittifoq mamlakati (2)-bandda nazarda tutilganidek va o‘z bayonotini rasman chaqirib olishi yoki olmasligidan qat’i nazar, joriy o‘n yillik muddat tugaganidan keyin yoki rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolganidan uch yil muddat o‘tib, (1)-bandda aytib o‘tilgan imtiyozlardan foydalana olmaydi; bunda kechikibroq tugaydigan muddat qo‘llanadi.
(4) (1)- va (2)-bandlarga muvofiq amalga oshirilgan bayonot o‘z ta’sirini to‘xtatgan vaqtga kelganda, mazkur Qo‘shimcha bo‘lim tufayli taqdim etilgan litsenziya bo‘yicha tayyorlangan zahiradagi nushalar mavjud bo‘ladi, ushbu nushalar ularning zahiralari butunlay tarqalib ketkunga qadar tarqatishda davom ettirilishi mumkin.
(5) Mazkur Aktning qoidalari bilan bog‘langan hamda 31(1)-moddaga muvofiq holati (1)-bandda ko‘rsatib o‘tilgan mamlakatlar holatiga aynan o‘xshash deb qaralishi mumkin bo‘lgan biron-bir hududda mazkur Aktning qo‘llanishiga tegishli bayonot yoki bildirishni saqlash uchun topshirgan har qanday mamlakat bunday hududga nisbatan (1)-bandda aytib o‘tilgan bayonotni va (2)-bandda aytib o‘tilgan davom ettirish to‘g‘risidagi bildirishni amalga oshirishi mumkin. Mazkur Qo‘shimcha bo‘limning qoidalari bunday hududga nisbatan ushbu bayonot yoki bildirishning butun amal qilish muddati davomida qo‘llanadi.
(6) (a) Biron-bir mamlakat (1)-bandda nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanayotgani bilan bog‘liq holat, boshqa mamlakat uchun kelib chiqish mamlakati birinchi mamlakat bo‘lgan asarlarga nisbatan 1 dan 20 gacha moddalarga muvofiq taqdim etilishi shart bo‘lgan hajmdan kamroq xajmdagi muhofazani taqdim etishi mumkinligini bildirmaydi.
(b) 30(2)(b)-moddada (ikkinchi gap) nazarda tutilgan ekvivalent muhofazani qo‘llash huquqidan kelib chiqish mamlakati V(1) (a)-moddaga muvofiq bayonot bergan mamlakat bo‘lgan asarlarga nisbatan 1(2)-moddaga muvofiq qo‘llanadigan muddat tugaydigan sanadan ilgariroq foydalanishi mumkin emas.
(1) Mazkur moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanishini e’lon qilgan har qanday mamlakat bosma holda yoki takrorlashning boshqa aynan o‘xshash shaklida chiqarilgan asarlarga nisbatan 8-moddada nazarda tutilgan tarjimaga bo‘lgan alohida huquqlarni, quyida ko‘rsatib o‘tilgan shartlarda va IV moddani hisobga olgan holda, vakolatni organlar tomonidan beriladigan qayta voz kechish huquqisiz alohida litsenziyalar tizimiga almashtirishi mumkin
(2) (a) (3)-bandni hisobga olgan holda, agar aytib o‘tilgan mamlakatning milliy qonunchiligida belgilangan va asar nashr qilingan birinchi sanadan e’tiboran hisoblanadigan uch yilliy muddat yoki har qanday boshqa uzoqroq muddat tugaganidan keyin, bunday asarning tarjimasi tarjima huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan ushbu mamlakatda umumiy iste’molda bo‘lgan tilda nashr qilinmagan bo‘lsa, bunday mamlakatning har qanday fuqarosi asar tarjimasini aytib o‘tilgan tilga tarjima qilishga litsenziya olishi va bunday tarjimani bosma shaklda yoki aynan o‘xshash takrorlash shaklida bosib chiqarishi mumkin.
(b) Mazkur moddada nazarda tutilgan shartlar asosida, litsenziya ushbu tilda bosib chiqarilgan tarjimaning butun nashri batamom tarqab ketgan hollarda ham berilishi mumkin.
(3) (a) Ittifoq a’zolari bo‘lgan bitta yoki bir nechta rivojlangan mamlakatda umumiy iste’molda bo‘lmagan tilga tarjima qilingan bo‘lsa, (2)(a)-bandda nazarda tutilgan uch yillik muddat bir yilga almashtiriladi.
(b) (1)-bandda tilga olnigan har qanday mamlakat, Ittifoq a’zolari bo‘lgan hamda o‘sha tilning o‘zi ularning hammasida umumiy iste’molda bo‘lgan rivojlangan davlatlar bilan kelishuv mavjud bo‘lgan taqdirda, asar ushbu tilga tarjima qilingan taqdirda, (2)(a)-bandda nazarda tutilgan uch yillik muddatni qisqaroq muddatga almashtirishi mumkin, biroq bu muddat bunday shartlashuvda kelishilgan muddatga qaraganda bir yildan kam bo‘lmasligi kerak. Biroq yuqoridagi gapning qoidalari inglis, fransuz va ispan tillariga dahldor emas. Bosh direktor har qanday shunday bitimga erishgan hukumatlar tomonidan bu haqda xabardor qilinadi.
(i) talabnoma beruvchi IV(1)-moddada sanab o‘tilgan talablarni bajargan sanadan e’tiboran, qo‘shimcha olti oylik muddat o‘tmasdan turib, bir yildan keyin olinadigan litsenziyalar esa:
(ii) agar tarjima huquqiga ega bo‘lgan shaxsning kimligi yoki manzili ma’lum bo‘lmasa, litsenziyaga talabnoma beruvchi, IV(2)-moddada nazarda tutilganidek, litsenziya beradigan vakolatli organga topshirilgan o‘z arizasining nushasini jo‘natgan sanadan e’tiboran, qo‘shimcha to‘qqiz oylik muddat o‘tmasdan turib, berila olmaydi:
(b) Agar qaysi tilga tarjima uchun ariza berilgan bo‘lsa, shu tilga amalga oshirilgan tarjima tarjima huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning ruxsati bilan ko‘rsatib o‘tilgan olti oylik yoki to‘qqiz oylik muddat davomida nashr qilingan bo‘lsa, mazkur moddada nazarda tutilgan litsenziya berilmaydi.
(5) Har qanday litsenziya, mazkur moddaning qoidalariga muvofiq, faqat maktablar, universitetlar yoki ilmiy-tadqiqot ishlarida foydalanish uchun beraladi.
(6) Agar asar tarjimasi tarjima huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan mamlakatda shunga o‘xshash asarlarga nisbatan odatda belgilanadigan narxlar bo‘yicha bosib chiqarilayotgan bo‘lsa, mazkur moddaga muvofiq beriladigan har qanday litsenziya, agar bunday tarjima litsenziya bo‘yicha bosib chiqarilgan asar tilida bajarilgan va asosan bir xil mazmunga ega bo‘lsa, o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Litsenziya o‘z faoliyatini to‘xtatishidan oldin bosib chiqarib bo‘lingan asarning hamma nushalari ular batamom tarqalib ketguniga qadar tarqatilishi mumkin.
(7) Asosan illyustratsiyalardan tarkib topgan asarlar uchun matnni tarjima qilish va bosib chiqarish hamda illyustratsiyalarni takrorlash va bosib chiqarish uchun litsenziya, III modda shartlari bajarilgandagina, taqdim etiladi.
(8) Agar muallif o‘z asarining hamma nushalarini muomaladan chiqarib olgan bo‘lsa, litsenziya mazkur moddaga muvofiq berilmaydi.
(9) (a) Bosma yoki shunga o‘xshash takrorlash shaklida bosib chiqarilgan asar tarjimasiga litsenziya, (1)-bandda aytib o‘tilgan mamlakatda o‘z shtab-kvartirasiga ega bo‘lgan har qanday efirga uzatuvchi tashkilot ham, ko‘rsatib o‘tilgan tashkilot ushbu mamlakatning vakolatli organiga ariza topshirishi bilan, berilishi mumkin, agar bunda quyida keltirilgan hamma shartlar bajarilsa:
(i) tarjima asarning mazkur mamlakat qonunlariga muvofiq tayyorlangan va ega bo‘lingan nushasidan amalga oshirilayotgan bo‘lsa;
(ii) tarjima faqat ta’lim maqsadlari uchun mo‘ljallangan eshittirishlarda foydalanish uchun yoki maxsus texnik va ilmiy tadqiqotlar natijalarini konkret kasb mutaxassislari o‘rtasida tarqatish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa;
(iii) tarjima faqat (ii)-shartda sanab o‘tilgan maqsadlar uchun, mazkur mamlakat hududida tinglovchilar uchun mo‘ljallangan qonunan amalga oshirilgan eshittirishlarda, shu qatorda qonunan va faqat shunday eshittirishlarning maqsadlari uchun qilingan ovozli yoki vizual yozuvlar vositasida amalga oshirilgan eshittirishlarda qo‘llansa;
(b) Mazkur banddan kelib chiqib berilgan litsenziya asosida efirga uzatuvchi tashkilot tomonidan qilingan tarjimaning ovozli yoki vizual yozuvlari, (a)-ostbandda sanab o‘tilgan maqsadlar uchun va shartlarni hisobga olgan holda va ushbu tashkilotning roziligi bilan, vakolatli organi ushbu litsenziyani bergan mamlakatda shtab-kvartirasi bo‘lgan har qanday boshqa efirga uzatuvchi tashkilot tomonidan ham qo‘llanishi mumkin.
(s) (a)-ostbandda bayon qilingan hamma kriteriylar va shartlar bajarilayapdi degan shart bilan, lichenziya shuningdek radioeshittish tashkilotiga, faqatgina muntazam ta’lim uchun foydalanish maqsadida tayyorlangan va bosib chiqarilgan audiovizual yozuvga kiritilgan har qanday matnni tarjima qilish uchun berilishi mumkin.
(d) (a)-(s)-ostbandlar hisobga olingan holda, ilgarigi bandlarning qoidalari mazkur bandga muvofiq berilgan litsenziyani berish va amalga oshirishda qo‘llanadi.
(1) Mazkur moddada nazarda tutilgan imtiyozlardan foydalanishini e’lon qilgan har qanday mamlakat 9-moddada nazarda tutilgan takrorlashga nisbatan maxsus huquqni, IV moddani hisobga olgan holda va quyidagi shartlarda, vakolatli organ tomonidan taqdim etilgan maxsus bo‘lmagan va boshqaga berilmaydigan litsenziyalar tizimiga almashtirish huquqiga ega bo‘ladi:
(i) asarning mazkur nashri dastlab bosib chiqarilgan sanadan e’tiboran (3)-bandda belgilangan tegishli muddat, yoki
(ii) xuddi o‘sha sanadan e’tiboran (1)-bandda eslatib o‘tilgan mamlakatning milliy qonunchiligida belgilangan har qanday uzoqroq muddat tugaganidan keyin, bunday nashr nushalari takrorlash huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan shu kabi asarlar uchun mazkur davlatda odatda belgilanadigan narxlarga mos keladigan narxlarda ushbu mamlakatda omma orasida yoki muntazam ta’lim tufayli tarqatilmagan bo‘lsa, bunday mamlakatning har qanday fuqarosi asarni takrorlashga va muntazam ta’lim bilan bog‘liq holda foydalanish uchun xuddi o‘sha yoki pastroq narxda tarqatishga litsenziya olishi mumkin.
(b) (a)-ostbandda bayon qilinganidek tarqatilgan nashrning takrorlanishi va chop etilishi uchun litsenziya mazkur moddada nazarda tutilgan shartlarda ham berilishi mumkin, agar qabul qilingan muddat tugaganidan keyin, ushbu nashrning ruxsat etilgan bironta nushasi ushbu mamlakatda omma orasida yoki muntazam ta’lim bilan bog‘liq holda olti oylik davr mobaynida mazkur mamlakatda shunga o‘xshash asarlar uchun odatda o‘rnatiladigan narxlarga mos keladigan narxda sotilmagan bo‘lsa.
(3) (2)(a)(i)-bandda ko‘rsatilgan muddat besh yilni tashkil qiladi, quyidagi holatlar bundan mustasno:
(i) tabiiy va aniq fanlar uchun, shu hisobda matematika va texnikaga oid asarlar uchun, bu muddat besh yilni tashkil qiladi
(ii) badiiy, poetik, dramatik va musiqiy asarlar, shuningdek san’atga oid asarlar uchun bu muddat yetti yilni tashkil qiladi.
(ii) agar takrorlash huquqiga ega bo‘lgan shaxsning kimligi yoki manzili noma’lum bo‘lsa, IV(2)-moddada nazarda tutilganidek, talabnoma beruchi tomonidan litsenziya berish vakolatiga ega bo‘lgan organga taqdim etilgan arizasining nushaslari jo‘natilgan sanadan e’tiboran olti oylik davr tugamasdan turib berilmaydi.
b) Agar litsenziyalar boshqa davrlardan keyin ham ommabop bo‘lsa va IV(2)-modda qo‘llashga yaroqli bo‘lsa, hech qanday litsenziya ariza nushalari jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch oylik davr o‘tmaguncha berilmaydi.
(s) Agar (a)- va (b)-ostbandlarda ko‘rsatilgan olti oylik yoki uch oylik davrlar mobaynida, (2)(a)-bandda bayon qilinganidek, tarqatish sodir bo‘lgan bo‘lsa, mazkur bandga muvofiq hech qanday litsenziya berilmaydi.
(d) Agar muallif takrorlash va nashr qilishga litsenziya so‘ralayotgan asarining hamma nushalarini muomaladan chiqarib olgan bo‘lsa, hech qanday litsenziya berilmaydi.
(5) Asar tarjimasini takrorlash va bosib chiqarishga litsenziya mazkur moddaga muvofiq quyidagi hollarda berilmaydi:
(i) tarjima tarjima qilish huquqiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan yoki uning ruxsati bilan bosib chiqarilgan bo‘lmasa, yoki
(6) Takrorlash huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning ruxsati bilan kimdir shunday nashr nushalarini (1)-bandda eslatib o‘tilgan mamlakatda omma orasida yoki muntazam ta’lim bilan bog‘liq holda shunday asarlar uchun mazkur mamlakatda odatda belgilanadigan narxlarga mos keladigan narxlarda tarqatadigan bo‘lsa, mazkur moddaga muvofiq beriladigan har qanday litsenziya o‘z kuchini yo‘qotadi, agar bunday nashr litsenziya bo‘yicha bosib chiqarilgan tilda va asosan o‘sha mazmunda bosib chiarilgan bo‘lsa. Litsenziya o‘z kuchini yo‘qotkunga qadar bosib chiqarib bo‘lingan hamma nushalar batamom tarqalib ketmaguncha tarqatilishda davom ettirilishi mumkin.
(7) (a) (b)-bandni hisobga olgan holda, mazkur modda dahldor bo‘lgan asarlar bosma yoki o‘xshash tarqatilish shaklida bosib chiqarilgan asarlar bilan cheklanadi.
(b) Mazkur modda audio-vizual shakldagi takrorlashlarga, qonuniy amalga oshirilgan audio-vizual yozuvlarga, shu hisobda ularning tarkibidagi mualliflik huquqi bilan muhofaza qilinadigan har qanday asarlarga, hamda ularning tarkibiga kiritilgan matnning litsenziya so‘ralgan mamlakatda umumiy iste’molda bo‘lgan tilga tarjimasiga ham dahldordir, faqat ushbu holatlarning hammasida audio-vizual asarlar faqatgina muntazam ta’lim uchun qo‘llash maqsadida tayyorlangan va bosib chiqarilganligi sharti bilan.
(1) II yoki III moddalarga muvofiq, agar talabnoma beruvchi ushbu mamlakatda joriy qilingan protseduraga muvofiq, tarjimani tayyorlash va bosib chiqarish yoki nashrni takrorlash yoki bosib chiqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxsga ruxsat uchun murojaat qilganini va undan rad javobi olganini, yoxud vijdonan amalga oshirilgan urinishlariga qaramay, ushbu huquqqa ega bo‘lgan shaxsni aniqlay olmaganini isbotlasa, litsenziyalar faqat shu shart bilan berilishi mumkin. Litsenziyani olish uchun murojaat qilganda, talabnoma beruvchi (2)-bandda eslatib o‘tilgan har qanday milliy yoki xalqaro axbrot markazini bu haqda xabardor qiladi.
(2) Huquq egasini aniqlash imkoni bo‘lmaganida, litsenziyaga talabnoma beruvchi litsenziya berish huquqiga ega bo‘lgan organga topshirgan o‘z arizasining nushalarini buyurtma aviapochta orqali asarda familiyasi ko‘rsatilgan noshirga, shuningdek chamasi noshirning asosiy muassasasi joylashgan mamlakat hukumatining Bosh direktorga yuborgan tegishli bildirishnomasida ko‘rsatilishi mumkin bo‘lgan har qanday milliy va xalqaro markazga jo‘natadi.
(3) Muallifning familiyasi II modda yoki III moddaga muvofiq berilgan litsenziya bo‘yicha bosib chiqarilgan tarjima yoki takrorlashning hamma nushalarida ko‘rsatiladi. Ushbu nushalarning hammasida asar nomi ko‘rsatilishi shart. Tarjima qilishda asar asl nushasining sarlavhasi ko‘rsatib o‘tilgan hamma nushalarda hamma vaqt bosiladi.
(4) (a) II modda yoki III moddaga muvofiq berilgan litsenziyalar asar nushalarining eksportiga dahldor emas va faqatgina tarjimani va, mos ravishda, takrorlashni litsenziya so‘ralgan mamlakat chegaralarida bosib chiqarish uchun amal qiladi.
(b) (a)-ostbandning maqsadlari uchun, eksport tushunchasi asar nushalarini har qanday hududdan I(5)-bandga muvofiq ushbu hududga nisbatan bayonot bergan mamlakatga jo‘natilishini anglatadi.
(s) Agar II moddaga muvofiq ingliz, ispan yoki fransuz tillaridan boshqa har qanday tilga tarjima qilish uchun litsenziya bergan mamlakatning davlat yoki boshqa tashkiloti bunday litsenziya bo‘yicha bosib chiqarilgan tarjima nushalarini boshqa mamlakatga yuborsa, bu holda nushalarning bunday yuborilishi (a)-ostband maqsadlari uchun eksport hisoblanmaydi, agar quyida keltirilgan hamma shartlar bajarilgan bo‘lsa:
(i) oluvchilar qonuniy huquqqa ega organi litsenziya bergan mamlakat fuqarolari yoki shunday fuqarolarni birlashtirgan tashkilot bo‘lishi kerak;
(iii) nushalarning yuborilishi va ularning oluvchilar o‘rtasida keyingi tarqatilishi tijoriy maqsadlarni ko‘zlamasligi kerak; va
(iv) asar nushalari yuborilayotgan mamlakat vakolatli organi litsenziya bergan mamlakatga ularning olinishi yoki tarqatilishiga, yoki unisiga ham, bunisiga ham, ruxsat berishi kerak, va Bosh direktor litsenziya berilgan mamlakatning hukumati tomonidan shunday kelishuv to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak.
(5) II modda yoki III moddaga muvofiq berilgan litsenziya bo‘yicha nashr qilingan hamma nushalar ushbu nushalar mazkur litsenziya dahldor bo‘lgan mamlakatda yoki hududda tarqatilishi kerakligini ko‘rsatuvchi tegishli tilda yozilgan bildirishnomaga egalar.
(i) litsenziya tarjima qilish, yoki, mos ravishda, takrorlash huquqiga ega bo‘lgan shaxs foydasiga ikkita tegishli davlatda shaxslar o‘rtasidagi erkin muzokaralarda litsenziyalarga nisbatan odatda qo‘llanadigan gonorarlar normasiga mos keladigan adolatli kompensatsiya to‘lanishini nazarda tutishi uchun; va
(ii) kompensatsiyani to‘lab berish va o‘tkazish uchun: agar alohida milliy valyuta qoidalari mavjud bo‘lsa, vakolatli hokimiyat organlari xalqaro mexanizm yordamida kompensatsiyani konvertatsiya qilinadigan valyutada yoki uning ekvivalentida o‘tkazib berishni ta’minlashga bor kuchini sarflasa.
(b) Milliy qonunchilik tomonidan muayyan nashrning to‘g‘ri tarjima qilinishini yoki, mos ravishda, takrorlanishini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘riladi.
(1) (a) II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalanishi to‘g‘risida bayonot berish huquqiga ega bo‘lgan har qanday mamlakat, buning o‘rniga, mazkur Aktni ratifikatsiya qilish yoki unga qo‘shilish paytida:
(i) agar u o‘ziga nisbatan 30(2)(a)-modda qo‘llanadigan mamlakat bo‘lsa, ushbu qoidaga muvofiq tarjima huqqiga nisbatan bayonot berishi mumkin;
(ii) agar u o‘ziga nisbatan 30(2)(a)-modda qo‘llanmaydigan mamlakat bo‘lsa, va xatto agar u Ittifoqqa kirmaydigan mamlakat bo‘lsa, 30(2)(b)-moddadaning birinchi iborasida nazarda tutilganidek, bayonot berishi mumkin.
(b) Agar mamlakat, I(1)-modada nazarda tutilganidek, rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolsa, mazkur bandga muvofiq berilgan bayonot I(3)-moddaga muvofiq qo‘llanadigan muddat tugagan sanagacha amal qilishda davom etadi.
(s) Mazkur moddaga muvofiq bayonot bergan biron bir mamlakat, xatto agar u ko‘rsatib o‘tilgan bayonotni chaqirib olgan taqdirda ham, II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan keyinchalik foydalana olmaydi.
(2) (3)-bandni hisobga olgan holda, II moddada nazarda tutilgan imtiyozdan foydalangan har qanday mamlakat keyinchalik (1)-bandga muvofiq bayonot bera olmaydi.
(3) I(1)-moddada nazarda tutilganidek, rivojlanayotgan mamlakat deb hisoblanmay qolgan har qanday mamlakat I(3)-moddaga muvofiq qo‘llanadigan davr tugashidan ikki yildan kechikmay, u Ittifoqqa kirmaydigan mamlakat emasligiga qaramay, 30(2)(b)-moddaning birinchi iborasida nazarda tutilgan maqsadlarda bayonot berishi mumkin. Bunday bayonot I(3)-moddaga muvofiq qo‘llanadigan muddat tugagan sanada kuchga kiradi.
(1) Har qanday Ittifoq mamlakati, mazkur Akt sanasidan e’tiboran va 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qo‘shimcha bo‘lim bilan bog‘langan bo‘lishidan oldin har qanday vaqtda quyidagilarni bayon qilishi mumkin:
(i) agar u 1 dan 21 gacha moddalar va mazkur Qo‘shimcha bo‘lim bilan bog‘langan mamlakat bo‘lganida edi, I(1)-moddada aytib o‘tilgan imtiyozlardan foydalanish huquqiga ega mamlakat bo‘lsa, u II modda yoki III modda, yoki ushbu ikkala modda qoidalarining, kelib chiqish mamlakati bo‘lib, quyida tilga olingan (ii)-ostbandga muvofiq, ushbu moddalarning shunday asarlarga nisbatan qo‘llanishiga yo‘l qo‘yadigan mamlakat bo‘lgan, yoki 1 dan 21 gacha moddalar hamda mazkur Qo‘shimcha bo‘lib bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakat bo‘lgan asarlarga nisbatan qo‘llashini; bunday bayonot II moddaga havola o‘rniga V moddaga havola qilishi mumkin;
(ii) u mazkur Qo‘shimcha bo‘limning kelib chiqish mamlakati o‘zi bo‘lgan asarlarga nisbatan (i)-ostbandga muvofiq bayonot bergan yoki I moddaga muvofiq bildirishnoma bergan mamlakatlar tomonidan qo‘llanashiga yo‘l qo‘yadi.