Ushbu Qonunning maqsadi davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirishdan iborat.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga tegishli tuzatishlar, shuningdek amaldagi qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish uchun asosdir.
(1-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Siyosiy partiya fraksiyasi siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan deputatlar tomonidan partiya manfaatlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ifodalash maqsadida tuziladigan va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan deputatlar birlashmasidir.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunining 24-moddasi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti”ning 58-moddasi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ko‘pchilik o‘rinni egallagan siyosiy partiya fraksiyasi parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘z dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chiqqan holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari parlamentdagi ko‘pchilikni tashkil etishi mumkin.
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yo‘li va dasturiga yoki uning ayrim yo‘nalishlariga qo‘shilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari o‘zlarini muxolifat deb e’lon qilishi mumkin.
(2-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-sentabrdagi O‘RQ-563-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2019-y., 03/19/563/3685-son — 2020-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Siyosiy partiyalar fraksiyalarining blokka birlashishi qonunda nazarda tutilgan huquqlarni amalga oshirishda ularning mustaqilligini cheklab qo‘ymaydi.
O‘zini parlamentdagi muxolifat deb e’lon qilgan siyosiy partiya fraksiyasi qonunda fraksiyalar uchun nazarda tutilgan vakolatlar bilan bir qatorda quyidagi huquqlarga ega:
Oldingi tahrirga qarang.
qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqilguniga qadar o‘sha masalaga doir qonun loyihasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qarori loyihasining muqobil tahririni kiritish;
(2-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda)
muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining alohida fikrini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisi bayonnomasiga kiritish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan rad etilgan qonun bo‘yicha kelishuv komissiyasida o‘z vakillarining kafolatli ishtirok etishi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2005-yil 8-noyabrdagi 152-I-son va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2005-yil 3-dekabrdagi 112-I-sonli qarorlari bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining kelishuv komissiyasini tuzish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi”.
Parlamentdagi muxolifatning qonun bilan kafolatlangan huquqlari parlamentdagi ko‘pchilik tomonidan kamsitilishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylangan deputat faqat shu partiya fraksiyasining a’zosi bo‘lishi kerak.
(2-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 18-dekabrdagi O‘RQ-883-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2023-y., 03/23/883/0949-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi majlislarida ko‘rib chiqilayotgan masalalar yuzasidan siyosiy partiya fraksiyasining kelishilgan nuqtai nazarini bayon etadi, ular bo‘yicha rasmiy bayonotlar bilan chiqadi (siyosiy partiya fraksiyasining qaroriga ko‘ra mazkur vakolat siyosiy partiya fraksiyasining boshqa a’zolari zimmasiga ham yuklatilishi mumkin);
Qonunchilik palatasi, uning organlari va mansabdor shaxslari bilan siyosiy partiya fraksiyasi nomidan muzokaralar olib boradi;
davlat organlari, chet davlatlar, xalqaro va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda siyosiy partiya fraksiyasi nomidan ish yuritadi;
siyosiy partiya fraksiyasi majlislarining kun tartibini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar beradi hamda muhokamaga kiritilgan masalalarni tayyorlash ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi;
siyosiy partiya fraksiyasining ishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi a’zolarini va boshqa davlat organlarining rahbarlarini, ekspertlarni, fuqarolik jamiyati institutlarining vakillarini taklif etadi;
siyosiy partiya fraksiyasi oldida turgan vazifalardan kelib chiqqan holda, siyosiy partiya fraksiyasining a’zolariga ularning o‘z saylov okruglaridagi faoliyatini tashkil etishda har tomonlama ko‘maklashadi;
siyosiy partiya fraksiyasining samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti shart-sharoitlariga ko‘ra Spiker o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari siyosiy partiya fraksiyasining majlisida saylanadigan o‘rinbosariga (o‘rinbosarlariga) ega bo‘ladi.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari yo‘qligida uning vakolatlarini siyosiy partiya fraksiyasi rahbarining o‘rinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Siyosiy partiya fraksiyasining rahbari vakolatlarining muddatidan ilgari tugatilishi to‘g‘risidagi qaror siyosiy partiya fraksiyasining majlisida qabul qilinadi.
(21-modda O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.
Siyosiy partiyalar vakillari kengashi taqdim etgan nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, Siyosiy partiyalar vakillari kengashi deputatlar orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari Qonunchilik palatasi qo‘mitalari tarkibiga saylanishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosarlari o‘z vazifalarini bajarish davrida siyosiy partiyaga a’zolikni to‘xtatib turadi hamda fraksiya tarkibiga kirishi mumkin emas.
(3-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2016-yil 29-yanvardagi 368-III-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Reglamenti”ning III bo‘lim 1-bobi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaxslari saylangandan va organlari shakllangandan so‘ng bir oy ichida yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimidan ozod etilganidan keyin yoxud O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining amaldagi tarkibi iste’foga chiqqanidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi va ma’qullashi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng taqdim etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini taqdimnoma kiritilgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ko‘rib chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimiga nomzod O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida uning nomzodi ko‘rib chiqilayotganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi tomonidan ovoz berilgan taqdirda ma’qullangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pining ovozini to‘play olmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti barcha fraksiyalar bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga taqdim etilgan nomzod uch marta rad etilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni tayinlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasini tarqatib yuborishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish to‘g‘risidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi, agar uning uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bersa, qabul qilingan hisoblanadi. Bu holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri bilan birga iste’foga chiqadi.
(4-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan quyidagi hollarda lavozimidan ozod etiladi:
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibida uning normal faoliyatiga tahdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda, shuningdek Vazirlar Mahkamasi bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid qarorlar qabul qilgan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
g) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ko‘rib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega bo‘lgan bunday tashabbusni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qo‘llab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida ovozga qo‘yilganda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy soni uchdan ikki qismidan ko‘prog‘ining ovozini olsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
(5-modda birinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda.
(5-modda birinchi qismining “d” bandi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 19-fevraldagi O‘RQ-909-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 19.02.2024-y., 03/24/909/0133-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining lavozimdan ozod etilishi bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining iste’foga chiqishiga sabab bo‘ladi.
Viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruhlarining har biri bilan maslahatlashuvlar o‘tkazilganidan so‘ng xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini olgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.
Agar ovoz berish vaqtida viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlari tegishli xalq deputatlari Kengashi deputatlari umumiy sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mazkur lavozimlarga nomzodlarni partiya guruhlari bilan qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng bir oy ichida yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega.
Tegishli xalq deputatlari Kengashi taqdim etilgan viloyat va Toshkent shahar hokimi nomzodlarini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti viloyat va Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchini tayinlash, tegishli xalq deputatlari Kengashini tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlariga saylov tarqatib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xalq deputatlari viloyat va Toshkent shahar Kengashlarining qaroriga muvofiq hokim nomzodi bo‘yicha farmon qabul qiladi.
Nazorat qilish vazifalari samaradorligini oshirish maqsadida xalq deputatlari viloyatlar, Toshkent shahar Kengashlaridagi partiya guruhlariga viloyat va Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan shaxslarning qoniqarsiz faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga asoslangan xulosalar taqdim etish tashabbusi huquqi beriladi. Bunday tashabbus yetakchi partiya guruhlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bu tashabbusning xalq deputatlari Kengashidagi muhokamasini tayinlaydi va muhokama natijalariga muvofiq qaror qabul qiladi.