O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Jasorat” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmatining va ichki ishlar organlarining xodimlari respublikaning milliy xavfsizligini ta’minlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashda, harbiy burchni yoki xizmat burchini ado etish vaqtida ko‘rsatgan mardlik va jasoratlari uchun mukofotlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Jasorat” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar tabiiy ofat, yong‘in va boshqa favqulodda holatlar vaqtida jamoat tartibini saqlashda, odamlar hayotini, davlat va jamoat mulkini saqlab qolishda ko‘rsatgan jasoratlari uchun mukofotlanishlari mumkin.
2. “Jasorat” medali bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mukofotlaydi. Medal bilan mukofotlash to‘g‘risidagi Farmon matbuotda va boshqa ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Z. “Jasorat” medali bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Jasorat” medalini va bu mukofotga oid tegishli hujjatni tantanali vaziyatda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki uning nomidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshirig‘iga binoan boshqa shaxslar topshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “Jasorat” medali bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining o‘n karrasi miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
“Jasorat” medali bilan mukofotlangan shaxslar qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan imtiyozlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. “Jasorat” medali bilan vafotidan keyin mukofotlangan taqdirda medal, mukofotlash to‘g‘risidagi tegishli hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlanganning oilasiga topshiriladi.
“Jasorat” medali dastlab 0,5 mikron qalinlikda nikel, keyin esa 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan mis qotishmasidan tayyorlanadi va diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Medalning havo rang emal bilan qoplangan old tomonida quyosh va taralayotgan nurlar fonida shon-shuhrat va mardlik ramzini ifodalovchi qalqon va qilich tutgan otliq jangchi tasvirlangan.
Medalning quyi qismida qizil emal fonida qabariq harflarda “JASORAT” degan yozuv berilgan. Harflarning balandligi 2 millimetr. Medalning chetlari ikki tomonidan ham qabariq doira bilan, old tomonidan qo‘shimcha qalinligi 0,8 millimetr qizil yo‘l bilan o‘ralgan.
Medalning orqa tomonida O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Pastda medalning raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozilgan.
Medal uch rangli yo‘l-yo‘l shoyi mato (lenta) sirilgan besh qirrali qadag‘ich (kolodka)ga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi. Matoning eni 24 millimetr. Matoning o‘rtasidan eni 4 millimetrli yashil rang yo‘l o‘tgan. Uning ikki yonidan eni 1 millimetrli oq yo‘l joy olgan. Oq yo‘llarning yonidan eni 2 millimetrli yashil rang yo‘llar va eni 5 millimetrli qizil yo‘llar o‘tadi. Matoning chekkalaridan eni 2 millimetrli yashil rang yo‘llar o‘tgan.