29.08.1996 yildagi 257-I-son
1. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining birinchi qismi va ikkinchi qismi (bundan buyon Kodeks deb yuritiladi) 1997 yilning 1 martidan amalga kiritilsin.
4. Kodeksdagi bitimlar haqiqiy emasligining asoslari va oqibatlari to‘g‘risidagi normalar (109, 112128-moddalar), tegishli bitimlar qachon tuzilganidan qat’i nazar, haqiqiy emas deb topish hamda haqiqiy emasligining oqibatlari to‘g‘risidagi talabnomani sud 1997 yilning 1 martidan keyin ko‘rib chiqadigan bitimlarga nisbatan qo‘llaniladi.
6. Kodeks 187-moddasining qoidalari (egalik qilish huquqini vujudga keltiruvchi muddat) mulkka egalik qilish 1997 yilning 1 martiga qadar boshlangan va Kodeks amalga kiritilayotgan vaqtda davom etayotgan hollarga ham tatbiq etiladi.
7. Kodeksning 27-bobida belgilangan shartnomalar tuzish tartibi 1997 yilning 1 martidan keyin kiritilgan takliflarga binoan tuziladigan shartnomalarga nisbatan qo‘llaniladi.
10. Kodeks 760-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarining qoidalari omonatlarga pul mablag‘larini jalb etish bilan bog‘liq munosabatlar Kodeks amalga kiritilgunga qadar yuzaga kelgan hollarga ham tatbiq etiladi va Kodeks amalga kiritilgan vaqtda saqlab qolinadi.
11. Kodeks 990 va 991-moddalarining qoidalari agar jabrlanuvchiga ziyon etkazish 1997 yilning 1 martiga qadar, ammo uzog‘i bilan 1994 yilning 1 martigacha yuz berib, etkazilgan ziyon o‘rni qoplanmay qolgan hollarga ham tatbiq etiladi.
Kodeks 10051016-moddalarining qoidalari fuqaroning hayoti va sog‘lig‘iga ziyon etkazish 1997 yilning 1 martiga qadar, ammo uzog‘i bilan 1994 yilning 1 martigacha yuz berib, etkazilgan ziyon o‘rni qoplanmay qolgan hollarga ham tatbiq etiladi.
12. Kodeks 1112 1157-moddalarining qoidalari Kodeks amalga kiritilgunga qadar ochilgan bo‘lib, ammo 1997 yilning 1 martiga qadar merosxo‘rlarning hech biri tomonidan qabul qilib olinmagan va meros huquqi bo‘yicha davlat yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mulkiga o‘tkazilmagan merosga nisbatan ham tatbiq etiladi.
14. O‘zbekiston Respublikasining qonunlari ilovaga muvofiq 1997 yilning 1 martidan e’tiboran to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.