O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 1-dekabrdagi PQ–229-son qarorini bajarish yuzasidan, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirishning amaldagi tizimini yanada takomillashtirish, ular mehnatiga haq to‘lash miqdorlarining bajarilayotgan ishlarning murakkabligi va yuklanmasi darajasiga, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bog‘liqligini kuchaytirish, shuningdek tibbiyot xodimlarining kasb darajasi va malakasini uzluksiz oshirib borishlari uchun rag‘batlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat hokimiyati mahalliy organlari, sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlari vakillari, tibbiyot muassasalari rahbarlari ishtirokidagi majlisida tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi har tomonlama muhokama qilinganligi va ma’qullanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2006-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi tomonidan Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning kelishilgan loyihasi ishlab chiqilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari o‘rnak ko‘rsatgan tibbiyot xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va muassasaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, uni modernizatsiya qilish va ta’mirlash uchun yo‘naltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma mablag‘laridan samarali, aniq tarzda foydalanish to‘g‘risidagi qarorlar tibbiyot muassasalari huzurida tegishli tibbiyot muassasasi rahbari boshchiligida va kasaba uyushmasi tashkiloti vakillari ishtirokida tashkil etiladigan maxsus komissiya qarori asosida qabul qilinadi;
sog‘liqni saqlashni boshqarish hududiy organlarining maxsus komissiyalar faoliyatiga va ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi 2005-yil 25-dekabrgacha bo‘lgan muddatda:
Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni;
Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini tasarruf etish uchun tibbiyot muassasalari huzuridagi maxsus komissiyalar to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.
Bunda Jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizomda Jamg‘arma mablag‘larini sarflashning ikki yo‘nalishi o‘rtasidagi foizlar nisbati tibbiyot muassasalari to‘rt (I—IV) guruhining har biri uchun 3-ilovaga muvofiq bo‘lishi nazarda tutilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda:
tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini joriy etish yuzasidan zarur tayyorgarlik va tushuntirish ishlarini 2006-yil 1-yanvargacha amalga oshirsinlar;
2006-yil mobaynida 4-ilovaga muvofiq Dasturga binoan qishloq vrachlik ambulatoriyalarini qishloq vrachlik punktlariga aylantirishni tugallasinlar;
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi hamda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Salomatlik-II” loyihasi doirasida 5-ilovaga muvofiq Dasturga binoan sog‘liqni saqlash boshlang‘ich bo‘g‘inining ambulatoriya-poliklinika tarmog‘ida umumiy amaliyot vrachi tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilishini ta’minlasinlar.
Ambulatoriya-poliklinika tarmog‘ini qishloq vrachlik punktlariga qo‘yiladigan talablarga muvofiq umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga bosqichma-bosqich o‘tkazish dasturining bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri (Nazirov) zimmasiga yuklansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ular mehnatini rag‘batlantirishning takomillashtirilgan tizimini joriy etish bilan bog‘liq chora-tadbirlarning amalga oshirilishi ustidan qattiq, tizimli monitoring o‘rnatsinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga mazkur qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘z vaqtida va to‘liq moliyalashtirilishi to‘g‘risida belgilangan tartibda, tizimli monitoring asosida har chorakda axborot bersinlar.
7. Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturini amalga oshirishni tashkil etish va nazorat qilish Respublika komissiyasi (Qosimov) ikki oy muddatda davolash-profilaktika muassasalaridan foydalanishning ahvolini puxta o‘rganib chiqsin hamda aholining tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashni hisobga olgan holda, ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini oshirishni va sifatini yaxshilashni ta’minlash uchun ularning tarmog‘i va quvvatlarini maqbullashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Nodavlat tibbiyot muassasalariga 2006-yil 1-yanvardan boshlab tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tarif setkasini joriy etishga o‘tish tavsiya qilinsin.
Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1995-yil 2-martdagi 75-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “Aholiga shoshilinch tibbiy yordam xizmatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 2-dekabrdagi 537-son qarori 4-bandining tibbiyot xodimlariga oid qismi 2006-yil 1-yanvardan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 9-son, 51-modda) bilan tasdiqlangan Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibining 29-bandiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilsin:
ikkinchi xatboshiga “foizi” so‘zidan keyin “(sog‘liqni saqlash budjet tashkilotlarida kamida 50 foizi)” so‘zlari qo‘shilsin;
uchinchi xatboshiga “foizi” so‘zidan keyin “(sog‘liqni saqlash budjet tashkilotlarida 50 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda)” so‘zlari qo‘shilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.A. Golishev va R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatga haq to‘lash razryadlari | Tarif koeffitsiyentlari |
1 | 3,022 |
2 | 3,325 |
3 | 3,656 |
4 | 4,023 |
5 | 4,424 |
6 | 4,867 |
7 | 5,354 |
8 | 5,943 |
9 | 6,597 |
10 | 7,323 |
11 | 8,054 |
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-oktabrdagi 218-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 43-44-son, 428-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasiga muvofiq (keyingi o‘rinlarda “tarif setkasi” deb yuritiladi), ularni moliyalashtirish manbalaridan qat’i nazar mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan davlat muassasalarining tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lashning, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha to‘lov, ustamalar va rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan boshqa to‘lovlarni to‘lashning yagona prinsiplarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur Nizomga 1-ilovada ko‘rsatilgan davlat muassasalarining notibbiyot mutaxassislariga (biologlar, zoologlar va parazitologlar hamda mutaxassislarning boshqa toifalariga) nisbatan ham qo‘llaniladi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 26-fevraldagi PF–3214-son Farmoni bilan tashkil etilgan respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlariga tatbiq etilmaydi;
budjet tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha Yagona tarif setkasi asosida haq to‘lanadigan sog‘liqni saqlash muassasalarining ishchi va xizmatchilariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2. Davlat muassasalari rejali budjet mablag‘lari doirasida ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlar va rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega bo‘lgan boshqa to‘lovlar miqdorlarini belgilangan tartibda belgilaydi. Bunda xodimlarning malakasi va ular tomonidan bajariladigan ishlarning murakkabligi tarif setkasi asosida belgilanadigan lavozim maoshlari (stavkalar) miqdorlarida hisobga olingan.
3. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalari tarif setkasi asosida ish haqining belgilangan eng kam oylik miqdorini mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tegishli guruhlarga kiritilgan sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsiyentiga va tuzatish koeffitsiyentiga ko‘paytirish yo‘li bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Ish haqi miqdorlarini belgilash barcha hollarda asosiy, o‘rindoshlik va o‘rnini bosadigan lavozimlar (ishlar turi) bo‘yicha amalga oshiriladi.
5. Tarif setkasi bo‘yicha razryadlar tibbiyot, farmatsevtika va rahbar xodimlar lavozimlari bo‘yicha belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga muvofiq eng kam oylik ish haqi miqdori o‘zgarganda — ushbu Farmon kuchga kirgan oydan boshlab;
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni berilganda — faxriy unvon berilgan kundan boshlab;
malaka toifasi berilganda — huzurida attestatsiya komissiyasi tashkil etilgan organ (muassasa)ning buyrug‘iga muvofiq;
ilmiy daraja berilganda — Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining diplom berish to‘g‘risidagi qarori chiqqan kundan boshlab;
Keyingi tahrirga qarang.
staj uchun ustama miqdorini ko‘paytirish huquqini beradigan stajning uzluksizligini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lganda — stajning uzluksizligi to‘lgan kundan boshlab amalga oshiriladi.
7. Muassasa rahbari xodimlar mehnatiga o‘z vaqtida va to‘g‘ri haq to‘lanishi uchun javob beradi. Mehnat haqi noto‘g‘ri to‘langani aniqlangan taqdirda rahbar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq xatolarni zudlik bilan tuzatish va butun davr uchun kam hisoblangan (ortiqcha hisoblangan) to‘lovni to‘lash (ushlab qolish) choralarini ko‘rishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi | Razryad |
1. Barcha nomlardagi sanitarka va boshqa kichik tibbiyot xodimlari | 1 |
2.Bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshira | 1 |
3. Xo‘jalik bekasi | 2 |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Tuman kasalxonalari va ixtisoslashtirilgan klinikalarning reanimatsiya bo‘limlari (intensiv terapiya bo‘limlari)da ishlaydigan, bemorlarni parvarish qiluvchi kichik hamshiralarga tarif setkasi bo‘yicha 2-razryad belgilanadi.
Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan davolovchi jismoniy tarbiya yo‘riqchisiga va metodistiga tarif setkasi bo‘yicha ikkinchi razryad belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi | Razryad |
1. Tibbiy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi, dezinfektor | 2 |
2. Barcha nomlardagi tibbiyot hamshirasi, shafqat hamshirasi, feldsher, akusherka, laborant, rentgen laboranti, tibbiyot statistigi, tish texnigi, tibbiy-ijtimoiy xodim | |
— toifasiz | 2 |
— II toifa | 3 |
— I toifa | 4 |
— oliy toifa | 5 |
3. Operatsiya hamshirasi, anestezist-hamshira, reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari hamshirasi, tug‘uruqxona (bo‘lim)ning akusherkasi, sanitariya vrachining yordamchisi, parazitolog vrachning yordamchisi, entomologning yordamchisi | |
— toifasiz | 3 |
— II toifa | 4 |
— I toifa | 5 |
— oliy toifa | 6 |
4. Bo‘lim (filial) feldsheri, akusherkasi; katta tibbiy hamshira, katta feldsher, katta akusherka; tish vrachi, shoshilinch yordam katta feldsheri, hamshiralik ishi mutaxassisi, yetakchi tibbiy hamshira | |
— toifasiz | 4 |
— II toifa | 5 |
— I toifa | 6 |
— oliy toifa | 7 |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi | Razryad |
1. Mutaxassis vrach | |
— toifasiz | 6 |
— II toifa | 7 |
— I toifa | 8 |
— oliy toifa | 9 |
2. Bemorlarni operatsiya qiladigan barcha nomlardagi vrach-xirurg; tezkor faoliyatni ta’minlaydigan va reanimatsiya chora-tadbirlarini amalga oshiradigan anesteziolog-reanimatolog vrach; davolash tadbirlarini amalga oshiradigan endoskopist vrach; tez tibbiy yordam ko‘chma brigadasi mutaxassis vrachi; umumiy amaliyot vrachi | |
— toifasiz | 7 |
— II toifa | 8 |
— I toifa | 9 |
— oliy toifa | 10 |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
Protez-ortopediya korxonalari va birlashmalarining mutaxassis vrachlariga, vrach-xirurglariga, anesteziolog-reanimatolog vrachlariga II guruh muassasalar (umumiy ixtisoslikdagi turg‘un muassasalar) uchun nazarda tutilgan tuzatish koeffitsiyentlari belgilanadi.
Diagnostika markazlarida va jarrohlik aralashuvini amalga oshirmaydigan boshqa muassasalarda ishlaydigan barcha nomlardagi vrach-xirurglarga mutaxassis vrach sifatida tarif belgilanadi.
11. Sog‘liqni saqlash muassasalarining rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot hamshiralari uchun mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasi bo‘yicha razryad sog‘liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabaqalashtiriladi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarini tiplarga ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek mazkur qaror bilan tasdiqlangan tarif setkasiga muvofiq xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsiyentlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini, ambulatoriya-poliklinika tarmog‘i uchun — xizmat ko‘rsatiladigan aholi sonini hamda kasalxona muassasalari uchun — davolanib chiqqan bemorlar sonini hisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan tasdiqlanadi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarining asosiy ixtisoslikka tegishli bo‘lmagan va davolash, diagnostika yoki profilaktika faoliyatini amalga oshirmaydigan yordamchi bo‘linmalari (bo‘limlari)ning (buxgalteriya, iqtisodiy bo‘limlar, kadrlar bo‘limi, muhandislik inshootlari, asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat ko‘rsatish, avtomobil parki va boshqalar) rahbarlari mehnatiga haq to‘lash Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha yagona tarif setkasi asosida amalga oshiriladi.
12. Davolash-profilaktika muassasalarining farmatsevtika xodimlari uchun tarif setkasi bo‘yicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi | Razryad |
1. Provizor | |
— toifasiz | 4 |
— II toifa | 5 |
— I toifa | 6 |
— oliy toifa | 7 |
2. Farmatsevtika xodimlari | |
— toifasiz | 1 |
— II toifa | 2 |
— I toifa | 3 |
— oliy toifa | 4 |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
13. Tibbiyot muassasalarida vrachlikdan boshqa faoliyatni bajarayotgan oliy ma’lumotli mutaxassislar uchun tarif setkasi bo‘yicha quyidagi razryadlar belgilanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Lavozimlar nomi | Razryad |
1. Psixolog, biolog, zoolog, parazitolog, entomolog, ionlashtiruvchi va noionlashtiruvchi nurlanish manbalari ustidan nazorat qilish bo‘yicha ekspert-fizik; davolovchi jismoniy tarbiya bo‘yicha yo‘riqchi; davolovchi jismoniy tarbiya bo‘yicha metodist | 6 |
(jadval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 20-iyuldagi 144-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 28-29-son, 274-modda)
14. Tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari (TMEK), nogironlar va keksalar internat-uylari, nogironlar uchun pansionatlar, o‘quv yurtlari, nogironlar uchun reabilitatsiya markazlari, shuningdek bolalar maktabgacha muassasalari, barcha tipdagi maktab-internatlar, “Mehribonlik uyi” bolalar uylari, sanatoriy-o‘rmon maktablari tibbiyot xodimlarining tarif stavkalari muassasalarning birinchi guruhi bo‘yicha belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Mehnatning sog‘liq uchun xavfliligi va o‘ta og‘ir sharoitlari uchun tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga qo‘shimcha to‘lovlar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq miqdorlarda va ro‘yxat bo‘yicha belgilanadi.
shtatida vrachlar lavozimi 6 tagacha bo‘lganda — oyiga eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
shtatida vrachlar lavozimi 6 tadan ortiq bo‘lganda — oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kabinetlarga mudirlik qilganlik uchun vrachlarga oyiga eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Tuman, tumanlararo va shahar TMEKlarining raislari bo‘lgan vrachlarga komissiyaga rahbarlik qilganlik uchun oyiga eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Qishloq vrachlik punktlari filial (bo‘lim)lariga mudirlik qilganlik uchun vrachlar, feldsherlar, akusherkalar, tibbiyot hamshiralariga oyiga eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Vrachlik mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan tibbiyot muassasalari rahbarlariga, ularning o‘rinbosarlari — vrachlarga:
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Tibbiyot muassasalarining mutaxassisligi bo‘yicha tegishli toifaga ega bo‘lgan bosh tibbiyot hamshiralariga:
Keyingi tahrirga qarang.
birinchi malaka toifasi mavjudligi uchun — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Muassasalar rahbarlariga va ularning o‘rinbosarlari — vrachlarga, shuningdek tegishli ravishda vrachlik va provizorlik lavozimlarini egallab turgan vrachlar va provizorlarga, nomlaridan qat’i nazar, hamda ilmiy darajaga ega bo‘lgan:
tibbiyot va farmatsevtika fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 70 foizi miqdorida;
tibbiyot va farmatsevtika fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lganligi uchun — eng kam oylik ish haqining 45 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
22. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi” faxriy unvoni uchun — eng kam oylik ish haqining 60 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Turg‘un tipdagi muassasalar xodimlariga tungi vaqtda ishlaganligi uchun egallab turgan lavozimi bo‘yicha lavozim maoshi tarif stavkasi hisob-kitobidan kelib chiqib tungi vaqtda ishlangan har bir soat uchun soatbay tarif stavkasining 50 foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
231. Oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga tarif stavkasining 10 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.
(Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-dekabrdagi 269-son qaroriga muvofiq 231-band bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 516-modda)
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining vrachlariga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;
Oldingi tahrirga qarang.
shoshilinch tibbiy yordam xizmatining oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralariga: uzluksiz ishlangan stajning birinchi uch yili uchun hamda har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz”;
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-dekabrdagi 269-son qarorigaasosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 516-modda)
qishloq vrachlik punktlari vrachlariga, qishloq joylardagi ambulatoriyalar va uchastka kasalxonalari vrachlariga uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 50 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
poliklinikalarning hududiy uchastkalari uchastka terapevtlariga, o‘smirlar vrachlariga, uchastka pediatrlariga va uchastka tibbiyot hamshiralariga, poliklinikalardagi terapiya va pediatriya bo‘limlari mudirlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 40 foiz;
Keyingi tahrirga qarang.
tez yordam xizmati va sanitariya aviatsiyasining ko‘chma brigadalari katta vrachlari, vrachlari va o‘rta tibbiyot xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 30 foiz;
o‘latga qarshi muassasalarning va alohida xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurash olib borish muassasalarining tarkibiy bo‘linmalari xodimlariga: uzluksiz ishlangan birinchi uch yil uchun va har bir keyingi ikki yil uchun tarif stavkasiga nisbatan 10 foizdan miqdorda belgilanadi, ustamaning eng ko‘p miqdori — 80 foiz;
leprozoriya muassasalari va tarkibiy bo‘linmalarining xodimlariga uzluksiz ish staji uchun: 3 yildan 5 yilgacha bo‘lganda tarif stavkasining 15 foizi; 5 yildan 10 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 25 foizi; 10 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlariga, shuningdek sog‘liqni saqlash barcha muassasalari farmatsevtika xodimlariga quyidagi ustamalar:
Oldingi tahrirga qarang.
uzluksiz ish staji 15 yildan 20 yilgacha bo‘lganda — tarif stavkasining 15 foizi miqdorida, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 20 foizi miqdorida;
(25-band to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-dekabrdagi 269-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 516-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
uzluksiz ish staji 20 yildan ortiq bo‘lganda — tarif stavkasining 20 foizi miqdorida belgilanadi, sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlarining mazkur Nizomning 24-bandida ko‘rsatilgan alohida toifalari bundan mustasno, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan tibbiyot hamshiralari uchun esa tarif stavkasining 30 foizi miqdorida.
(25-band beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 25-dekabrdagi 269-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 516-modda)
26. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mutaxassisligi bo‘yicha uzluksiz ishlaganligi uchun ustama olish huquqini beradigan ish stajini hisoblab chiqish tartibi mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq belgilanadi.
professor, tibbiyot fanlari doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lganda — tarif stavkasining 3 foizi miqdorida;
dotsent, tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega bo‘lganda — tarif stavkasining 2 foizi miqdorida;
Keyingi tahrirga qarang.
28. Xodimlarning tarif stavkalariga ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar miqdori tarif stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqiladi.
29. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini mehnatga vijdonan munosabati va ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning yuqori sifati uchun tarif stavkasiga har oylik ustamalar belgilash yo‘li bilan moddiy rag‘batlantirish va taqdirlash, ularga mukofotlar berish va bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
7. Sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati muassasalari (respublika, viloyat, shahar va tuman sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, karantin va o‘ta xavfli infeksiyalar profilaktikasi markazi va uning filiallari, dezinfeksiya stansiyalari)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Respublika neyroxirurgiya, onkologiya (jumladan xospislar), allergologiya, suyak xastaligi va jarohat oqibatlarini davolash, yiringli xirurgiya va qandli diabet asoratlarini davolash, bolalar ortopediyasi tibbiyot markazlari
20. Ftiziatriya va pulmonologiya, epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar, virusologiya, endokrinologiya va parazitologiya ilmiy-tadqiqot institutlari klinikalari
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazi — uning viloyatlardagi filiallari, tumanlar (shaharlar) markaziy kasalxonalaridagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Keyingi tahrirga qarang.
1.1. Yuqumli kasalliklar shifoxonalari, surunkali infeksiyalarga chalingan bemorlar uchun bolalar sanatoriylari.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, provizorlar lavozimlari, shu jumladan ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarning (tarkibiy bo‘linmalarining) dorixonalari mudirlari.
Nomlaridan qat’i nazar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Nomlaridan qat’i nazar, kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari, yuqumli kasalliklar shifoxonalari shtatidagi dorixonalarning yordamchi xodimlari lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
1.2. Yuqumli kasalliklarga chalingan va gelmintlar bilan zararlangan bemorlar uchun bo‘limlar, palatalar, shuningdek kunduzgi gelmintologiya statsionarlari, yuqumli kasalliklar kabinetlari, vokzallardagi tibbiyot punktlari.
Palatalar bo‘limlari ichida ishlaydigan va bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
1.3. Chaqaloqlar uylari va bolalar bog‘chalari, bolalar yaslilari, yasli-bog‘chalar, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar: tayanch-harakatlanish apparati funksiyalari buzilgan va ruhiy nuqsoni bo‘lmagan, jismoniy rivojlanishida boshqa nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun; markaziy nerv tizimida organik shikastlanishlari, shu jumladan ruhiy nuqsoni bo‘lmagan, bolalar tserebral falaji bo‘lgan bolalar uchun; kar-soqovlik nuqsoni bo‘lgan (kar-soqov, kar, qulog‘i og‘ir) bolalar uchun; nutqida nuqsoni bo‘lgan (duduqlar, allaliyali va nutqida boshqa nuqsonlari bo‘lgan) bolalar uchun; ko‘rish nuqsonlari bo‘lgan (ko‘r, yaxshi ko‘rmaydigan) bolalar uchun.
1.4. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparatlari funksiyalarida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun sanatoriylar, markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparatlari funksiyalarida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davolash-profilaktika muassasalari bo‘linmalari, palatalari (guruhlari).
1.5. Barcha ixtisoslardagi xirurgiya bo‘limlari (palatalari) va statsionarlarning operatsiya bloklari.
Barcha nomlardagi vrach-xirurglar lavozimlari (kardioxirurglar, neyroxirurglar va mikroxirurglardan tashqari), bemorlarni operatsiya qiluvchi operatsiya hamshiralari va bog‘lovchi hamshiralar, shu jumladan tug‘uruq bloklarida tug‘uruqlarni qabul qilib olish bilan bog‘liq vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.6. Bo‘limlar (palatalar): yangi tug‘ilgan chaqaloqlar uchun; gemodializ, bemorlarni gemodializ, gemosorbsiya, plazmoforez, ultrafiltratsiya metodlarini qo‘llangan holda davolash uchun; vizual nazorat qilgan holda operativ aralashuvlarda rentgen apparatlaridan foydalaniladigan barcha ixtisoslardagi xirurgiya bo‘limlari.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, gemodializ bo‘limlari apparatlariga xizmat ko‘rsatuvchi mutaxassislar.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
1.8. Fizioterapiya bo‘limlari, balneologiya kabinetlari, balchiq bilan davolash xonalari (bo‘limlari, kabinetlari).
Nomlaridan qat’i nazar, serovodorod, natriy sulfid va ugleserovodorod vannalari va balchiq xonalarida bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan vrachlar lavozimlari.
Nomlaridan qat’i nazar, quyidagilar uchun nazarda tutilgan o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari (medstatistiklar va medregistratorlardan tashqari):
serovodorod, natriy sulfid va ugleserovodorod vannalari va balchiq xonalarida bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun;
har qanday quvvatdagi UVCh generatorlarida ishlaydiganlar uchun (har smenada oyiga kamida o‘rtacha 10 ta protsedura berishda).
Balchiqlarni isitish va keltirish, sun’iy serovodorod suvini tayyorlash uchun nazarda tutilgan xodimlar lavozimlari.
Serovodorod, natriy sulfid va uglevodorodli, radonli vannalarga doimiy xizmat ko‘rsatish, asbob-uskunalar hamda binolar va inshootlar, asbob-uskunalar priborlarini joriy ta’mirlash hamda fizioterapiya shifoxonalarini (bo‘limlarini), yerto‘lalar asbob-uskunalarini, binolardagi vannalarning isitish priborlarini, serovodorod, natriy sulfidli va uglevodorodli, radonli vannalarning tutashtiruvchilari va rezervuarlari, quvurlari hamda burg‘ulash quduqlari bosh qismini joriy ta’mirlash uchun nazarda tutilgan xodimlar kasblari.
Nomlaridan qat’i nazar, ionlashtiruvchi nurlanish sohasida ishlaydigan vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari, mutaxassislar lavozimlari.
1.11. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalari va ularning tarkibiy bo‘linmalari, internat-uylar, shu jumladan bolalar, keksalar va nogironlar internat-uylari, urush va mehnat faxriylari pansionatlari, yolg‘iz, keksa va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyida ijtimoiy yordam ko‘rsatadigan pansionatlar, bo‘limlar, nogironlarni tibbiy-sanitariya jihatidan sog‘lomlashtirish markazlari.
Barcha nomlardagi, bo‘ysunishidan qat’i nazar, ular shtatida turadigan ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarda bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan rahbarlar, vrachlik lavozimlari, ushbu muassasalarning kontingentlarga xizmat ko‘rsatadigan va ular bilan ishlaydigan o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari, mutaxassislari, xizmatchilari va ishchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
1.12. Sog‘liqni saqlash muassasalarining barokameralari va kessonlari, erosti bo‘limlari (palatalari), sog‘lomlashtirish punktlari, tibbiyot punktlari (shu jumladan metropoliten inshootlaridagi).
Qon komponentlarini va suyak iligini muzlatilgan holda tayyorlash va saqlash ishlari uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
1.16. Ko‘zi ojiz va kar-soqov bolalar hamda eshitish va nutqida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun bolalar uylari, kar va ko‘zi ojizlar uchun sanatoriylar, internat-uylar, Kar-soqov bolalarni reabilitatsiya qilish markazi.
Bo‘ysunishidan qati nazar, ular shtatida turadigan ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarda bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
1.17. Eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar, bolalar bog‘chalari, yasli-bog‘chalar, kar-soqov ishchilar tayyorlash bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o‘quv muassasalari. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, tayanch-harakatlanish apparati funksiyalari buzilgan bolalar uchun maktablar, maktab-internatlar, bolalar bog‘chalari, yasli-bog‘chalar, jismoniy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun internat-uylar.
Bo‘ysunishidan qati nazar, ular shtatida turadigan ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarda bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan, nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Lazer qurilmalarida ishlaydigan vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi hamda ushbu qurilmalarga xizmat ko‘rsatadigan mutaxassislar lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Epidemiologiya, parazitologiya, bakteriologiya, virusologiya, sanitariya-nazorat (karantin), dezinfeksiya bo‘linmalari (bo‘limlari) mudirlari lavozimlari (profilaktika dezinfeksiyasi bo‘limlari, bo‘linmalaridan tashqari).
Vrach-epidemiologlar, dezinfeksiyalovchilar, parazitologlar, entomologlar, virusologlar, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘limlari (bo‘linmalari), punktlari, sanitariya-nazorat (karantin) va dezinfeksiya stansiyalari vrachlari lavozimlari.
Elektromagnit maydonlari laboratoriyalarining mudirlari, sanitariya vrachlari, muhandislari lavozimlari.
Radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) bo‘limlari mudirlari, laboratoriyalari sanitariya vrachlari, vrach-laborantlari, muhandis-texnik xodimlari.
Kommunal gigiyena va mehnat gigiyenasi bo‘yicha sanitar vrachlar, metropolitenlarning sanitariya-epidemiologiya stansiyalari (bo‘limlari, guruhlari) ventilatsiyasi bo‘yicha muhandislar lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq simobli apparatlarda ishlash uchun nazarda tutilgan (shu jumladan polyarograflarga xizmat ko‘rsatadigan) vrach-laborantlar va muhandislar lavozimlari.
Toksikologiya laboratoriyalari vrach-laborantlari, lavozim maoshlari zararli mehnat sharoitlari munosabati bilan oshiriladigan, kon-ruda, kon qazish va kimyo sanoati korxonalariga, muhandis-texnik xodimlarga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan sanitariya vrachlari lavozimlari. Muassasada vrach-epidemiolog lavozimi bo‘lmagan taqdirda ushbu vazifa tegishli ustama to‘lagan holda bosh vrach zimmasiga yuklanadi.
Nomlaridan qat’i nazar, o‘ta xavfli infeksiyalar bo‘limlari (bo‘linmalari) kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan virusologiya, parazitologiya va dizenfeksiya sifatini nazorat qilish bo‘yicha laborantlar.
Sanitariya-nazorat (karantin) bo‘limlari, dezinfeksiya stansiyalari (bo‘limlari, punktlari) o‘rta tibbiyot xodimlari, shu jumladan dezinfektorlar, dezinstruktorlar, gidrotexniklar lavozimlari.
Vrach-epidemiologlar, entomologlar, parazitologlar, sanitariya vrachlari yordamchilari, elektromagnit maydonlari laboratoriyalari texniklari va laborantlari lavozimlari.
Kommunal gigiyena bo‘limlarining, metropolitenlarning sanitariya-epidemiologiya stansiyalari mehnat gigiyenasi (bo‘limlari, guruhlari) bo‘lim (guruh)larining sanitariya vrachlari yordamchilari va laborantlari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq simobli apparatlarda (shu jumladan polyarograflarga xizmat ko‘rsatuvchi), radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) laboratoriyalarida ishlash uchun nazarda tutilgan o‘rta tibbiyot xodimi, shu jumladan laborantlar va texniklar lavozimlari.
Yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni, shu jumladan toksikologiya laboratoriyalari laborantlarini tashiydigan o‘rta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Kon-ruda, kon qazish va kimyo sanoati, lavozim maoshlari xavfli mehnat sharoitlari munosabati bilan oshiriladigan muhandis-texnik xodimlarga xizmat ko‘rsatadigan mehnat gigiyenasi bo‘yicha sanitariya vrachlari yordamchilari lavozimlari.
O‘ta xavfli infeksiyalar; sanitariya-nazorat (karantin) bo‘linmalari (bo‘limlari, punktlari), ochiq simobli apparatlarda ishlash uchun mo‘ljallangan (shu jumladan polyarograflarga xizmat ko‘rsatuvchi), toksikologiya laboratoriyalari (shu jumladan parazitologiya, virusologiya, bakteriologiya laboratoriyalari) hamda radiatsiya gigiyenasi (xavfsizligi) preparatlari laboratoriyalari sanitarkalari lavozimlari.
Omborlar mudirlari, omborchilar, dezinfeksiyalash vositalarini idishga joylovchilar, dezinfektorlar vazifasini birga qo‘shib bajaradigan avtomobil haydovchilari, zararlangan hayvonlar bilan ishlaydigan vivariylar xodimlari, shuningdek yuqumli kasallikka chalingan bemorlarni tashiydigan sanitarkalar va avtomobil haydovchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
2.1. Jarrohlik aralashuvlarini kamaytirgan va xarajatlarni maqbullashtirgan holda bemorning sifatli va tez sog‘ayib ketishiga ko‘maklashuvchi eng yangi texnologiyalarni va zamonaviy asbob-uskunalarni bevosita qo‘llab tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi vrachlar lavozimlari, — 25 foiz.
2.2. Jarrohlik aralashuvlarini kamaytirgan va xarajatlarni maqbullashtirgan holda bemorning sifatli va tez sog‘ayib ketishiga ko‘maklashuvchi eng yangi texnologiyalarni va zamonaviy asbob-uskunalarni bevosita qo‘llab tibbiy xizmatlar ko‘rsatuvchi o‘rta tibbiyot xodimlari lavozimlari, — 15 foiz.
Ularda ishlash vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimlari lavozim maoshlariga ustamalar huquqini beruvchi yuqori texnologiyali asbob-uskunalar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan qo‘shma qarori bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
3.1. Sil kasalliklari (sil kasalligiga qarshi) shifoxonalari, dispanserlari, sanatoriylari, sanatoriy-profilaktoriylari, bolalar bog‘cha va yaslilari, chaqaloqlar uylari, nogironlar va urush faxriylari uchun gospitallar.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar lavozimlari, provizorlar, shu jumladan ko‘rsatib o‘tilgan muassasalar (tarkibiy bo‘linmalar) dorixonalari mudirlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qat’i nazar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimi lavozimlari, shu jumladan mutaxassislar va xizmatchilar, kutubxona va klub xodimlari, evakuatorlar.
Nomlaridan qat’i nazar, kichik tibbiyot xodimi, sil kasalliklari muassasasi shtatida turadigan dorixonalarning yordamchi xodimi lavozimlari, barcha kasblardagi xodimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan direktor, bosh muhandis va boshqalar).
Nomlaridan qat’i nazar, o‘rta tibbiyot xodimi lavozimlari; mutaxassislar va xizmatchilar (shu jumladan sexlarning boshliqlari, masterlar va boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
3.3. Davolash-profilaktika muassasalarining silga chalingan bemorlar uchun bo‘limlari, palatalari, izolyatorlari, sil kasalliklari kabinetlari.
Nomlaridan qat’i nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari; bo‘lim ichida ishlashda bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi barcha kasblardagi xodimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3.4. Sanatoriy maktab-internatlari, chaqaloqlar uylari va bolalar bog‘chalari, bolalar yaslilari, yasli-bog‘chalardagi, umumiy tipdagi chaqaloqlar uylaridagi guruhlar, shu jumladan sil kasaliga, sil kasali intoksikatsiyasiga, sil kasalining yengil va yo‘qoladigan shakllariga chalingan bolalar uchun.
Keyingi tahrirga qarang.
Reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limlari (palatalari), ekspress-diagnostikani ta’minlovchi laboratoriya (guruh).
3.9. Psixiatriya (psixonevrologiya), narkologiya muassasalari va boshqa muassasalar, ularning bo‘linmalari (ruhiy bemorlarni hamda alkogolizm va giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash uchun mo‘ljallanmagan bo‘limlar, kabinetlar, palatalardan tashqari). Ruhiy bemorlarni hamda alkogolizm va giyohvandlikka (shu jumladan ularning surunkali shakllariga) duchor bo‘lgan shaxslarni davolash uchun mo‘ljallangan bo‘limlar, palatalar va kabinetlar.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida, yordamchi qishloq xo‘jaligida bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun vrachlar lavozimlari (ruhiy bemorlarni hamda surunkali alkogolizm va giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash uchun mo‘ljallanmagan bo‘limlar, kabinetlar, palatalar vrachlari lavozimlaridan tashqari).
Nomlaridan qat’i nazar, o‘rta tibbiyot xodimlari, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida, yordamchi qishloq xo‘jaligida bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun vrachlar lavozimlari (ruhiy bemorlarni hamda surunkali alkogolizm va giyohvandlikka duchor bo‘lgan shaxslarni davolash uchun mo‘ljallanmagan bo‘limlar, kabinetlar, palatalar vrachlari, arxivning tibbiy registratorlari lavozimlaridan tashqari).
Nomlaridan qat’i nazar, shu jumladan davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalarida va yordamchi qishloq xo‘jaligida bemorlarga xizmat ko‘rsatadigan kichik tibbiyot xodimi lavozimlari; bo‘limlar ichida ishlaydigan ishchi kasblari, sartaroshlar, kiyim-bosh omborchilari, liftyorlar hamda bemorlarga xizmat ko‘rsatadigan ishchi kasblari.
Mutaxassislar va xizmatchilar lavozimlari, shu jumladan bosh vrachning iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, kutubxona va klub xodimlari, psixologlar, yuridik maslahatchilar, xo‘jalik mudirlari.
3.10. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsonli bolalar uchun bo‘limlar va palatalar, narkologiya bo‘limlari, palatalari va kabinetlari. Alkogoldan qattiq zaharlangan yoki kuchli alkogolli psixoz oqibatida shikastlangan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan davolash-profilaktika muassasalarining ixtisoslashgan qabul bo‘limlari.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimi va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shu jumladan bemorlarga xizmat ko‘rsatuvchi sartaroshlar.
3.12. Markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun bolalar yaslilari va sanatoriylari. Nerv sistemasi organik shikastlangan, ruhiy nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun chaqaloqlar uylari.
Vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimi va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, shuningdek tibbiy yordam ko‘rsatish va ruhiy kasallangan bemorlarni tashish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan brigadalar avtomobillarining haydovchilari.
Keyingi tahrirga qarang.
3.14. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan va markaziy nerv sistemasi shikastlangan, ruhiy nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktablar, maktab-internatlar, bolalar bog‘chalari, yasli-bog‘chalar va xalq ta’limi boshqa muassasalari.
Barcha nomlardagi, bo‘ysunishidan qat’i nazar, ular shtatida turadigan ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarda bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimlari lavozimlari.
3.15. Barcha ixtisoslikdagi rentgen, radiologiya va rentgenoradiologiya (kompyuter tomografiyasidan tashqari) bo‘limlari, bo‘linmalari, laboratoriyalari, guruhlari va kabinetlari. Toshlarni rentgen to‘lqini zarbi bilan masofadan turib maydalash bo‘linmalari. Kontrast va ichki yurak metodi bilan rentgen tadqiqotlari o‘tkazish markazlari, bo‘linmalari, kabinetlari.
Nomlaridan qat’i nazar, ionli nurlanish yoki radioaktiv moddalar bilan ishlash sohasidagi vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi, mutaxassislar lavozimlari.
Nomlaridan qat’i nazar, yuqumli kasalliklarning jonli qo‘zg‘atuvchilari (yoki kasal hayvonlar), kasalliklar paydo qiluvchi viruslar bilan ishlashda, qon, najas va siydikni analiz qilishda ishlaydigan, shu jumladan oq treponema immobilizatsiyasi reaksiyasini o‘tkazish bo‘yicha doimiy ishlash uchun nazarda tutilgan vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimi lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qat’i nazar, yuqumli kasalliklarning jonli qo‘zg‘atuvchilari (yoki kasal hayvonlar), kasalliklar paydo qiluvchi viruslar bilan ishlashda, qon, najas va siydikni analiz qilishda ishlaydigan, shu jumladan oq treponema immobilizatsiyasi reaksiyasini o‘tkazish bo‘yicha doimiy ishlash uchun nazarda tutilgan kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, o‘rta tibbiyot xodimi (shu jumladan bo‘limlar, bo‘linmalar, laboratoriyalar rahbarlari, mudirlari (boshliqlari) va sanitarlar lavozimlari.
3.18. Patologoanatomiya byurolari (bo‘limlari, bo‘linmalari), murda to‘qimalari, organlari va qon tayyorlash (konservatsiyalash) bo‘limlari.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar (vrach-patologoanatomlardan tashqari) o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
3.19. Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun psixonevrologiya internat-uylari va internat-uylar, jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun internat-uylar, aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan shaxslar uchun reabilitatsiya markazlari (bo‘limlari), keksalar va nogironlar maxsus uylari.
Keyingi tahrirga qarang.
Bo‘ysunishidan qat’i nazar, ular shtatida turadigan ko‘rsatib o‘tilgan muassasalarda bemorlarga xizmat ko‘rsatish uchun nazarda tutilgan barcha nomlardagi vrachlar va o‘rta tibbiyot xodimi lavozimlari; direktorlar, direktor o‘rinbosarlari, mutaxassislar va xizmatchilar, shu jumladan kutubxona va klub xodimlari.
Nomlaridan qat’i nazar, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, bo‘limlar ichida ishlaydigan barcha kasblardagi ishchilar.
3.20. Sog‘liqni saqlash psixiatriya (psixonevrologiya muassasalari va 3.19-bandda sanab o‘tilgan ijtimoiy ta’minot muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish (mehnat) ustaxonalari.
Direktor, bosh muhandis, sex boshlig‘i, katta master va master, hisobchi, barcha kasblardagi ishchilar, ishlab chiqarish ta’limi yo‘riqchilari, brigadir lavozimlari.
3.21. Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun psixiatriya (psixonevrologiya) muassasalari, psixonevrologiya internat-uylari, reabilitatsiya markazlari,keksalar va nogironlar maxsus uylari huzuridagi yordamchi qishloq xo‘jaligi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xo‘jaliklar rahbarlari, mutaxassislar, shu jumladan agronomlar, zootexniklar, xizmatchilar, hisobchilar, barcha kasblardagi ishchilar, ommaviy kasblar ishchilarining ishlab chiqarish ta’limi yo‘riqchilari, brigadirlar.
3.22. Ruhiy kasal bemorlar va sil kasalligiga chalingan bemorlar uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qat’i nazar, vrachlar, shu jumladan tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
Nomlaridan qat’i nazar, o‘rta tibbiyot xodimi, kichik tibbiyot xodimi lavozimlari, kiyim-bosh omborchilari.
3.23. Militsiya bo‘linmalari kuchlari bilan qo‘riqlanadigan teri-tanosil dispanserlari statsionarlari.
Keyingi tahrirga qarang.
3.24. Orqa miyasi shikastlangan, oyoq yoki qo‘llari va oyoqlari ishlamaydigan va chanoq-tos organlari funksiyasi buzilgan bemorlar uchun muassasalar (bo‘limlar, palatalar).
3.25. Sog‘liqni saqlash muassasalarining: kuygan bemorlar; kuchli zaharlangan bemorlar; miyada qon aylanishi buzilgan nevrologik bemorlar; chala tug‘ilgan bolalar uchun bo‘limlari (palatalari).
3.26. Internat-uylardagi o‘rnidan turolmaydigan bemorlar uchun ijtimoiy ta’minot ixtisoslashtirilgan muassasalari va ularning bo‘linmalari, bo‘limlari (palatalari).
O‘rnidan turolmaydigan bemorlarga bevosita xizmat ko‘rsatadigan vrachlar, o‘rta va kichik tibbiyot xodimi lavozimlari.
Protez-ortopediya birlashmalari va korxonalari rahbarlari, muhandis-protezistlar, texnik-protezistlar, vrachlar, o‘rta va kichik xodimlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Ro‘yxatning I va III bo‘limlarida nazarda tutilgan ikki va undan ko‘p asoslar bo‘yicha lavozim maoshini oshirish huquqini beradigan ishlarda band bo‘lgan xodimlar.
Masalan: rentgenologiya bo‘limida ishlaydigan vrachlarga, o‘rta va kichik tibbiyot xodimiga lavozim maoshi 25 foizga oshiriladi. Tibbiyot xodimiga lavozim maoshlari 25 foizga oshiriladigan psixiatriya shifoxonasidagi ishini hisobga olgan holda esa zararli mehnat sharoitlari uchun jami 50 foiz emas, balki faqat 40 foiz ustama belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni diagnostika qilish, davolash va ularga bevosita xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq kasblardagi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
7.2. OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolash uchun mo‘ljallangan sog‘liqni saqlash muassasalari va muassasalarining ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari.
OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlarni diagnostika qilish, davolash va ularga bevosita xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni bajaruvchi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
7.3. Sog‘liqni saqlash organlari tomonidan zimmasiga aholini OIV infeksiyasi yuzasidan tekshirish hamda OITS va OIV infeksiyasiga chalinganlardan olinadigan qon va biologik suyuqliklarni tekshirish yuklangan laboratoriyalar va sog‘liqni saqlash muassasalari guruhlari.
Aholi qonini va OITSga chalingan bemorlardan olinadigan materiallarni laboratoriyada barcha turdagi tekshirishlarni o‘tkazish ishlarini bajaruvchi tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblari xodimlari lavozimlari.
Ilmiy xodim lavozimlari (shu jumladan bo‘linmalar rahbarlari, bosh, yetakchi, katta va kichik ilmiy xodimlar).
OITS muammosi bo‘yicha ilmiy mavzuni bajarish ishlariga jalb etilgan hamda OIV infeksiyasiga va OIV materiallari (shu jumladan hayvonlar) bilan potensial zararlangan bemorlar bilan bog‘liq ishlarni bajaradigan mutaxassislar, xizmatchilar va ishchilar (shu jumladan hayvonlarni parvarishlash bo‘yicha ishchilar) lavozimlari.
7.5. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalar va ularning tarkibiy bo‘linmalari, shu jumladan bakteriya va virus preparatlari ishlab chiqarish sexlari.
OITS virusi va OIV infeksiyasi materiali bilan bog‘liq ishlarni bajaruvchi rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblar xodimlari lavozimlari.
8.1. OITSga va OIV infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan bevosita kontaktda bo‘lish natijasida konsultatsiyalar, ko‘zdan kechirish, tibbiy yordam ko‘rsatish, sud-tibbiy ekspertiza va boshqa ishlarni amalga oshirishda band bo‘ladigan tibbiyot xodimi, rahbarlar, mutaxassislar, xizmatchilar va ishchi kasblari lavozimlari.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
3-ILOVA
1. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mutaxassisligi bo‘yicha uzluksiz ish stajiga kiritiladigan vaqt davrlari.
vrachlar va provizorlar uchun — oliy yoki o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika ma’lumoti mavjud bo‘lganda, vrachlik, farmatsevtika va o‘rta tibbiyot xodimlari lavozimlarida, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga tenglashtirilgan notibbiyot lavozimini egallab turgan mutaxassislar uchun:
oliy yoki o‘rta tibbiyot yoki farmatsevtika ma’lumoti mavjud bo‘lganda, vrachlik, farmatsevtika va o‘rta tibbiyot xodimlari lavozimlaridagi, shu jumladan rahbarlik lavozimlaridagi ish vaqti;
vrachlar, provizorlar, o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari uchun — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, ichki ishlar va milliy xavfsizlik organlarida tibbiyot va farmatsevtika xodimlari shtat lavozimlaridagi xizmat vaqti.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Quyida sanab o‘tilgan davrlardan bevosita oldin va bevosita keyin ustama haq olish huquqini beradigan ishda ishlaganlik sharti bilan uzluksiz ish stajiga kiritiladigan vaqt davrlari:
mutaxassisligi bo‘yicha malakasini takomillashtirish va oshirish kurslarida, shuningdek magistraturada, aspiranturada hamda doktoranturada o‘qish vaqti;
xodim amalda ishlamagan, lekin uning ish joyi (lavozimi) va ish haqi to‘liq yoki qisman saqlanib qolgan vaqti, shu jumladan noto‘g‘ri ishdan bo‘shatish yoki boshqa ishga o‘tkazishda va keyinchalik uni ishga qayta tiklashda majburiy ishlamagan vaqti;
xodim ishlamagan, lekin o‘zining ish joyi (lavozimi)ni saqlab qolgan va davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa olgan vaqti, bola 2 (3) yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’tilda bo‘lgan davrlardan tashqari;
davlat yoki jamoat vazifalarini bajarishdagi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan jamoat tashkilotlari topshiriqlarini bajarishdagi ish vaqti.
Keyingi tahrirga qarang.
muassasalardan (bo‘linmalardan) ularni tugatish (qayta tashkil etish) yoki lavozimni qisqartirish, yoxud doimiy yashash joyini o‘zgartirish bilan bog‘liq holda ishdan bo‘shatilgan kundan boshlab 3 oydan kechikmay;
muassasalardan (bo‘linmalardan) o‘z xohishiga ko‘ra (uzrli sababga ko‘ra), shu jumladan eri yoki xotini boshqa joyga o‘tkazilganda (o‘tkazish vaqti bir oy muddatga kiritilmaydi) ishdan bo‘shatilgan kundan boshlab bir oydan kechikmay. O‘z xohishiga ko‘ra bo‘shatilishida uzrli sabab deb e’tirof etish amaldagi qonun hujjatlari tomonidan belgilanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
agar bevosita oldin ishlagan sog‘liqni saqlash muassasalarida (bo‘linmalarida) bir oydan ko‘p bo‘lmagan tanaffus bilan ta’lim olgan bo‘lsa, oliy, o‘rta maxsus tibbiyot o‘quv yurtlari, klinik ordinatura yoki aspiranturani tugatgandan keyin bir oydan kechikmay;
agar xizmat bevosita oldin muassasalarda (bo‘linmalarda) o‘tgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan bo‘shatilgan vaqtdan boshlab ko‘chib o‘tishga ketgan vaqtni hisobga olmagan holda 3 oydan kechikmay;
harbiy xizmatchi erini (xotinini) boshqa joyga o‘tkazishda ishdan bo‘shatilgan yoki O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan bo‘shatilishi munosabati bilan erining (xotinining) ko‘chib o‘tishi bilan bog‘liq holda ishdan bo‘shatilgan kundan boshlab 3 oydan kechikmay;
muassasalardan (bo‘linmalardan) bo‘shatilishiga sabab bo‘lgan vaqtinchalik nogironligi yoki kasalligi tugagandan keyin, shuningdek ushbu asoslarga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazilgan hollarda bir oy mobaynida;
agar bevosita oldin ishlagan muassasalardan (bo‘linmalardan) pensiyaga chiqqan bo‘lsa, yoshga doir pensiyaga, nogironlik pensiyasiga yoki uzoq yil xizmat qilganlik uchun pensiyaga chiqqanda;
agar xorijda bevosita oldin muassasalarda (bo‘linmalarda) ishlagan bo‘lsa, chet ellardagi muassasalarda, boshqa davlatlarga texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha mutaxassis sifatida xalqaro tashkilotlardagi ishdan O‘zbekiston Respublikasiga qaytgandan keyin 2 oydan kechikmay ishga kirganda uzluksiz ish staji saqlab qolinadi. Chet eldan yashash joyiga kelish hamda chet elda ishlagan vaqtida foydalanilmagan ta’tilda bo‘lish vaqti mazkur ikki oylik muddatga kiritilmaydi.
Tibbiyot muassasalari guruhlari | Moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish manbalari: | Moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari: | |||
moddiy rag‘batlantirishga | moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga | ||||
I guruh | tibbiyot muassasasi uchun ajratiladigan umumiy budjet mablag‘larining 5 foizigacha | homiy va donor tashkilotlardan, shuningdek pulli davolash va xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar | mehnatga haq to‘lash uchun mo‘ljallangan budjet mablag‘laridan tejam | 25% | 75% |
II guruh | 35% | 65% | |||
III guruh | 40% | 60% | |||
IV guruh | 50% | 50% |
Oldingi tahrirga qarang.
(izoh O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ–532-son qaroriga muvofiq kiritilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 51-52-son, 507-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hududlar nomi | QVA, jami | shu jumladan 2006-yil mobaynida qayta o‘zgartiriladiganlari | |||
I chorak | II chorak | III chorak | IV chorak | ||
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 22 | 2 | 4 | 7 | 9 |
Andijon viloyati | 0 | ||||
Buxoro viloyati | 11 | 1 | 2 | 3 | 5 |
Jizzax viloyati | 11 | 1 | 2 | 4 | 4 |
Qashqadaryo viloyati | 81 | 8 | 21 | 24 | 28 |
Navoiy viloyati | 9 | 1 | 2 | 3 | 3 |
Namangan viloyati | 6 | 1 | 2 | 3 | |
Samarqand viloyati | 18 | 2 | 4 | 6 | 6 |
Surxondaryo viloyati | 58 | 6 | 12 | 18 | 22 |
Sirdaryo viloyati | 0 | ||||
Toshkent viloyati | 34 | 3 | 8 | 11 | 12 |
Farg‘ona viloyati | 54 | 7 | 10 | 16 | 21 |
Xorazm viloyat� | 21 | 2 | 5 | 6 | 8 |
Respublika bo‘yicha hammasi | 325 | 33 | 71 | 100 | 121 |
T/r | Ma’muriy hududlar | Sog‘liqni saqlash birlamchi bo‘g‘ini muassasalari soni | shu jumladan: | Umumiy amaliyot vrachi ish prinsipiga o‘tkaziladigani | shu jumladan yillar bo‘yicha: | |||
ambulatoriya-poliklinika muassasalari | 2006 yilda | 2007-yilda | 2008-yilda | 2009-yilda | ||||
1 | Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 188 | 174 | 66 | 14 | 16 | 18 | 18 |
2 | Andijon viloyati | 378 | 352 | 352 | 80 | 84 | 90 | 98 |
3 | Buxoro viloyati | 350 | 339 | 337 | 78 | 80 | 85 | 94 |
4 | Jizzax viloyati | 195 | 183 | 183 | 41 | 44 | 48 | 50 |
5 | Qashqadaryo viloyati | 329 | 312 | 312 | 73 | 75 | 81 | 83 |
6 | Namangan viloyati | 265 | 251 | 251 | 59 | 60 | 65 | 67 |
7 | Navoiy viloyati | 157 | 149 | 60 | 11 | 15 | 16 | 18 |
8 | Samarqand viloyati | 437 | 423 | 403 | 91 | 101 | 104 | 107 |
9 | Surxondaryo viloyati | 282 | 261 | 261 | 55 | 61 | 71 | 74 |
10 | Sirdaryo viloyati | 155 | 145 | 24 | 4 | 5 | 7 | 8 |
11 | Toshkent viloyati | 280 | 260 | 258 | 59 | 62 | 66 | 71 |
42 | Farg‘ona viloyati | 290 | 270 | 56 | 11 | 12 | 14 | 19 |
13 | Xorazm viloyati | 181 | 171 | 50 | 11 | 12 | 13 | 14 |
Respublika bo‘yicha hammasi | 3487 | 3290 | 2613 | 587 | 627 | 678 | 721 |