LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-sonli “Fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinalarining qo‘llanishini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Tovarlar va xizmatlar haqi sifatida aholidan tushadigan naqd pul mablag‘larini qabul qilish hamda hisobga olishni tartibga solish, pul muomalasini mustahkamlash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1995-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llash joriy etilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, 1995-yilning 1-iyulgacha nazorat-kassa mashinalari o‘rnatmagan mulkchilikning barcha shakllaridagi savdo korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining faoliyatlari to‘xtatiladi.
1995-yilning 1-yanvaridan boshlab kassa mashinalariga ega bo‘lmagan yohud ro‘yxatga olish paytida O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritilmagan nazorat-kassa mashinalariga ega bo‘lgan yangidan tashkil etilgan savdo korxonalari va tashkilotlarini ro‘yxatga olish taqiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur qoida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxatga ko‘ra savdo korxonalari, tashkilotlari, muassasalarining ayrim toifalariga joriy etilmaydi. Bular o‘z faoliyatlari xususiyatiga qarab aholi bilan hisob-kitobni nazorat-kassa mashinalarisiz amalga oshirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, turg‘un savdo tarmoqlari orqali savdo qiluvchi jismoniy shaxslar nazorat-kassa apparatlaridan foydalanishga majburdir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-dekabrdagi 575-sonli qaroriga muvofiq beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan)
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi o‘n kun muddatda:
aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqsinlar;
o‘z faoliyati xususiyatiga ko‘ra aholi bilan hisob-kitoblarini nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan amalga oshirishi mumkin bo‘lgan savdo korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining alohida toifalari ro‘yxatini aniqlasinlar.
3. Nazorat-kassa mashinalari joriy etish bo‘yicha Davlat idoralararo komissiyasi tarkibi hamda “Nazorat-kassa mashinalarini joriy etish bo‘yicha Davlat idoralararo komissiyasi to‘g‘risida Nizom” 1* va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan nazorat-kassa mashinalarining modeli Nazorat-kassa mashinalari bo‘yicha Davlat idoralararo komissiyasi tomonidan belgilanadi va O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanishga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritiladi, so‘ngra matbuotda e’lon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. “O‘zeltexsanoat” uyushmasining nazorat-kassa mashinalarining 1995-yildan boshlab “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan bosqichma-bosqich ishlab chiqarish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki butlovchi, texnologiya va nazorat-sinash asbob-uskunalarini xorijiy firmalardan sotib olish uchun “O‘zeltexsanoat” uyushmasi tomonidan taqdim etilgan texnik-iqtisodiy asoslashlar bo‘yicha belgilangan tartibda kredit ajratish imkoniyatini ko‘rib chiqsin.
6. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi, O‘zbekbirlashuv nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati ko‘rsatish bo‘yicha mintaqaviy markazlar va shoxobchalar barpo etishni, ushbu shoxobchalarning tashkil qilinish va faoliyat ko‘rsatishini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqish va chiqarishni 1995-yilning 1-fevraligacha bo‘lgan muddatda ta’minlasinlar.
joylarda nazorat-kassa mashinalariga texnika xizmati ko‘rsatuvchi mintaqaviy markazlar va punktlarni barpo etishda yordam ko‘rsatsinlar;
nazorat-kassa mashinalariga ega bo‘lmagan yoxud O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanish uchun ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalarining Davlat reyestriga kiritilmagan aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshiruvchi yangi tashkil etilayotgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Savdo qilishda va xizmatlar ko‘rsatishda nazorat-kassa mashinalarini qo‘llamasdan aholi bilan pul hisob-kitoblarini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar hisob-kitob schyotidan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida jarima chorasi qo‘llanilgandan keyin bir yil mobaynida huquq buzish takroran sodir etilganda esa eng kam oylik ish haqining 200 baravari miqdorida, undan undirilgan summa budjet daromadiga o‘tkazilgan holda jarima undiriladi.
Savdo-sotiqda va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha qat’iy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozmasdan, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar bermasdan (bunday hujjatlarni yozish yoki berish majburiy bo‘lgan taqdirda) amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan belgilangan eng kam oylik ish haqining 100 baravari miqdorida, jarima choralari qo‘llangandan so‘ng yil mobaynida qonunni buzish takroran sodir etilganda esa — 200 baravari miqdorida jarima undiriladi, u belgilangan tartibda budjetga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Buzuq nazorat-kassa mashinasi tuzatishda bo‘lgan davrda savdo-sotiq faoliyatini turg‘un savdo shoxobchalari orqali amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar savdo-sotiqda va xizmatlar ko‘rsatishda aholi bilan pul hisob-kitoblarini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakllar bo‘yicha qat’iy hisobot beriluvchi hujjat hisoblanuvchi kvitansiyalar yozish, talonlar, chiptalar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklar berish yo‘li bilan amalga oshirishga majburdirlar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21 maydagi 264-sonli qaroriga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilari bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11-apreldagi 195-son qarori 15 bandining uchinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari B. S. Hamidov, Y. F. Paygin va M. Z. Usmonov zimmasiga yuklansin.
(8 va 9-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 19-maydagi 219-sonli qaroriga muvofiq 9 va 10-bandlarga o‘zgartirilgan)
1. O‘zbekiston Respublikasida nazorat-kassa mashinalarini joriy etish bo‘yicha davlat idoralararo komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari asosida ishlaydi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Vazirlar Mahkamasi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishlari va farmonlariga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasidan qo‘llashga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalariga nisbatan texnikaviy talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash;
respublikada qo‘llashga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalari modellarini Davlat reyestri tarzida belgilash;
respublikada qo‘llashga ruxsat etilgan nazorat-kassa mashinalari Davlat reyestrini shakllantirish, joriy etish va unga doimo tuzatishlar kiritib borish;
respublikani nazorat-kassa mashinalari bilan ta’minlash, nazorat-kassa mashinalaridan foydalangan holda aholi bilan pul hisob-kitoblari tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar rejasini va innovatsiya dasturini ishlab chiqish hamda ushbu tadbirlarni amalga oshirish;
nazorat-kassa mashinalarini respublikadagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilishi uchun ularning modellarini tasdiqlash;
xizmatlar ko‘rsatish sohasini nazorat-kassa mashinalari bilan ta’minlash va ulardan foydalanishga doir idoralararo masalalarni hal etish.
savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarining nazorat-kassa mashinalarini qo‘llagan holda aholi bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish, joriy etish va faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash bo‘yicha vazirliklar va idoralararo, hokimliklar va korxonalar ishini muvofiqlashtiradi hamda nazorat qiladi;
nazorat-kassa mashinalariga nisbatan respublikada amalda bo‘lgan texnikaviy talablarga muvofiq ularni sinab ko‘rishni va ekspertizadan o‘tkazishni tashkil qiladi;
nazorat-kassa mashinalarining yangi modellarini Davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida talabnomalarni ko‘rib chiqadi va qaror qabul qiladi hamda ma’naviy eskirgan va talablarga nomuvofiq bo‘lgan nazorat-kassa mashinalari uchun mumkin bo‘lgan foydalanish muddatlarini belgilaydi;
turli idoralarning nazorat-kassa mashinalarini joriy etish, ularning ishlash imkoniyatini qo‘llab-quvvatlash va ulardan foydalanish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilishiga taalluqli bo‘lgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarida nazorat-kassa mashinalaridan foydalanish ustidan nazoratni tashkil qiladi;
savdo va xizmatlar ko‘rsatish sohasi korxonalarida nazorat-kassa mashinalarini joriy qilishga va ulardan foydalanishga doir barcha zarur axborotlarni respublika Hukumatiga taqdim etadi.
vazirliklar, idoralar va korxonalardan Davlat idoralararo komissiyasining huquq doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborotni talab qilish va olish;
vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va korxonalar rahbarlarining nazorat-kassa mashinalarini joriy etish hamda ishlatish masalalari bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
respublikada nazorat-kassa mashinalari bilan ta’minlash, ularni joriy etish va ishlatish masalalari bo‘yicha respublika vazirliklari, idoralari, hokimliklari va korxonalari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
zarurat bo‘lganda ishchi guruhlar, vaqtinchalik mehnat jamoalari tuzish va ularning ishida qatnashish uchun vazirliklar, idoralar, shuningdek, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish.
6. Davlat idoralararo komissiyasining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
komissiya ishlarini tashkil etadi va uning zimmasiga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun javob beradi;
komissiya faoliyat hamda respublikada nazorat-kassa mashinalari bilan ta’minlash, ularni joriy etish va ishlatishga doir ishlarning ahvoli to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
8. Davlat idoralararo komissiyasi o‘z ishlarini uning raisi tomonidan tasdiqlangan rejalarga muvofiq tashkil qiladi.
9. Davlat idoralararo komissiyasi majlisini uning raisi, u bo‘lmagan vaqtda esa o‘rinbosari o‘tkazadi.
Davlat idoralararo komissiyasining majlisi bayonnoma tarzida rasmiylashtiriladi. Davlat idoralararo komissiyasining majlis bayonnomalari va uning faoliyatiga oid boshqa axborotlar majlis o‘tkazilgandan keyin 5 kun mobaynida, materiallarni jo‘natish yo‘li bilan, komissiya a’zolariga hamda boshqa manfaatdor tashkilotlar va shaxslarga ma’lum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.