LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 16-apreldagi O‘RQ-475-sonli “O‘rmon to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga asosan yangi tahrirda qabul qilingan.
O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Yer, suv, yer osti boyliklari va hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq o‘rmonlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘rmonga oid munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlaridagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining vazifalari o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish, takroriy ko‘paytirishni ta’minlash hamda o‘rmonlar mahsuldorligini oshirish maqsadida o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solishdan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlarini muhofaza qilishdan iborat.
O‘rmonlar asosan ekologik (suvni muhofaza qilish, qo‘riqlash, sanitariya-gigiyena, sog‘lomlashtirish, rekreatsion), estetik va boshqa vazifalarni bajaradi, cheklangan darajadagi foydalanish ahamiyatiga ega.
O‘rmonlar davlat mulki — umummilliy boylik bo‘lib, ulardan oqilona foydalanish lozim hamda ular davlat tomonidan qo‘riqlanadi.
davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan o‘rmonlardan, ya’ni davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari qaramog‘idagi o‘rmonlardan;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardagi daraxtlar va to‘p-to‘p daraxtlar, ekinzorlarning ihota daraxtzorlari, shuningdek boshqa daraxtzorlar va butazorlar;
temir yo‘l, avtomobil yo‘llari, kanallar va boshqa suv obyektlarining ajratilgan mintaqalaridagi ihota daraxtzorlari;
shaharlar va boshqa aholi punktlaridagi daraxtlar va tup-tup daraxtlar, shuningdek ko‘kalamzorlashtirish uchun ekilgan o‘simliklar;
Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtzorlar va butazorlarni barpo etish, parvarish qilish, qo‘riqlash hamda ulardan foydalanish o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘rmon bilan qoplangan yerlar, shuningdek o‘rmon bilan qoplanmagan, ammo o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berilgan yerlar o‘rmon fondi yerlari hisoblanadi. O‘rmon fondi yerlarining chegaralari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
O‘rmon fondi yerlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda egalik qilish, foydalanish uchun, shu jumladan ijaraga berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari davlat o‘rmon fondining bir qismi bo‘lib, ularning muayyan chegarasi, maydoni, joylashgan manzili, huquqiy rejimi qayd etilgan hamda chizma-kartografik materiallarda ko‘rsatilgan bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va uning joylardagi organlari davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 30-martdagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi to‘g‘risidagi Nizom.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlariga kiradi:
o‘rmonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini tashkil etish va amalga oshirish;
O‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan kelishgan holda yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalarini berish, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari hamda davlat milliy tabiiy bog‘larining qo‘riqxona mintaqalari bundan mustasno;
Keyingi tahrirga qarang.
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
o‘rmonlar holatiga zarar yetkazgan hollarda korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va tugatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish. Tadbirkorlik subyekti faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi;
(11-moddasining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 405-modda)
o‘rmonlarda mol boqish hamda yog‘ochga taalluqli bo‘lmagan resurslardan foydalanishning boshqa turlari normalarini davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari bilan birgalikda belgilash va tartibga solish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish borasida aholining ma’rifatli bo‘lishini tashkil etish;
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan davlat nazorati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish ustidan idoraviy nazorat O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘rmon qo‘riqchiligi o‘rmon xo‘jaligi korxonalarida o‘rmonlarni qo‘riqlash va muhofaza qilishni ta’minlash maqsadida tuziladi.
O‘rmon qo‘riqchiligining mansabdor shaxslari ayni bir vaqtda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlarining inspektorlaridir.
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘rmondan foydalanishga haqli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish, huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni tegishli organlarga olib borish;
qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini hamda uni qo‘lga kiritish vositalarini olib qo‘yish;
huquqbuzarlik sodir etgan shaxslarni intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi materiallarni tegishli organlarga yuborish;
o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish oqibatida yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash haqida sudga da’vo taqdim etish;
yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmon to‘g‘risidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish haqida ko‘rsatma berish.
O‘rmon qo‘riqchiligining faoliyat ko‘rsatish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 9-sentabrdagi 203-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rmon qo‘riqchiligi to‘g‘risida”gi nizom.
o‘rmonlarning himoya etish, sog‘lomlashtirish va boshqa foydali tabiiy xususiyatlarini saqlash va kuchaytirish;
o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish, ularning mahsuldorligini oshirish, nav tarkibi va sifatini yaxshilash;
Belgilangan maqsadi va bajaradigan vazifalariga ko‘ra o‘rmonlar quyidagi qo‘riqlanish toifalariga kiritiladi:
o‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalari;
o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar, uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalari;
shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan mintaqadagi o‘rmonlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni qo‘riqlanish toifalariga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-apreldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan, O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalari bo‘yicha bo‘linishi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 5-iyundagi 215-son qarori bilan tasdiqlangan O‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalarini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom.
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘rmon tuzish o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlashga, o‘rmon xo‘jaligi va o‘rmondan foydalanish oqilona yuritilishini ta’minlashga qaratilgan tadbirlar tizimi bo‘lib, quyidagilarni qamrab oladi:
davlat o‘rmon fondi uchastkalarining chegaralarini belgilash va davlat o‘rmon fondining o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar foydalanishidagi hududining ichki xo‘jaligini tashkil etish;
o‘rmonlarning etilish yoshini belgilash, o‘rmon xo‘jaligini yuritish bilan bog‘liq o‘rmon daraxtlarini kesish rejasini, daraxtlarni kesish hajmini hamda o‘rmondan foydalanishning boshqa turlari miqdorlarini aniqlash;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, qayta tiklash va barpo etish borasidagi ishlar hajmini, shuningdek boshqa o‘rmon xo‘jaligi ishlari hajmini aniqlash;
O‘rmon tuzish loyihalari davlat ekspertizasidan o‘tkaziladi hamda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi. O‘rmon tuzish loyihalari o‘rmon, qo‘riqxona va ovchilik xo‘jaliklari yuritish, o‘rmondan foydalanishni amalga oshirish, joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalashtirish ishlarini olib borish uchun asosiy normativ-texnik hujjatdir.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmon tuzish hamma o‘rmonlarda yagona tizim bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘rmonlarning davlat hisobi o‘rmon tuzish loyihalari asosida davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan, o‘rmon tuzish o‘tkazilmagan joylarda esa davlat o‘rmon fondini hisobga olish va tekshirish materiallari asosida olib boriladi.
O‘rmonlarning davlat hisobi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yagona tizim bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda olib boriladi.
Davlat o‘rmon kadastri O‘rmonlarning tabiiy, xo‘jalik va huquqiy rejimi, ularning toifalari, davlat o‘rmon fondi uchastkalarining sifat tavsiflari hamda ularning o‘rmondan foydalanuvchilar o‘rtasidagi taqsimoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hujjatlar tizimidan iborat.
Davlat o‘rmon kadastri manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o‘rmonga oid munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirish maqsadida o‘rmon to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan.
Davlat o‘rmon kadastri davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan davlat budjeti mablag‘lari hisobidan yagona tizim bo‘yicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda olib boriladi.
O‘rmondan foydalanish uchun haq to‘lanadi, ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. To‘lovlar miqdori va ularni undirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 30-sentabrdagi 278-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi nizom.
O‘rmon fondi yerlari doimiy egalik qilishga berib qo‘yilgan o‘rmon xo‘jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari o‘rmondan doimiy foydalanuvchilardir.
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanish qisqa muddatli — uch yilgacha va uzoq muddatli — o‘n yilgacha bo‘lishi mumkin.
O‘rmondan foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan yoki ular vakolat bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan beriladi.
O‘rmondan foydalanishga maxsus ruxsatnoma — daraxt kesish yoki o‘rmon chiptasi asosida yo‘l qo‘yiladi, ushbu Qonunning 30-moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. O‘rmondan foydalanuvchilar davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan o‘rmondan foydalanishning maxsus ruxsatnomalarda nazarda tutilgan turlaridangina foydalanishga haqlidir.
davlat o‘rmon fondining o‘zlariga berib qo‘yilgan uchastkalarida o‘rmon xo‘jaligini mustaqil yuritish, o‘rmondan foydalanish;
o‘rmon fondi yerlaridan, suv resurslaridan, keng tarqalgan foydali qazilmalardan o‘rmon xo‘jaligi ehtiyojlari uchun belgilangan tartibda foydalanish;
belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish va uy-joy binolari hamda inshootlari qurish;
o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni ta’minlash;
o‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘rmondan doimiy foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari va o‘zga majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
o‘rmondan foydalanish huquqini beruvchi hujjatlarda ko‘rsatilgan davlat o‘rmon fondi uchastkalari doirasida, muddatlarida hamda undan foydalanish turlarida o‘rmondan foydalanishni amalga oshirish;
belgilangan tartibda yo‘l ochish, o‘rmon mahsulotini joylashtirish uchun maydonchalar jihozlash, ishlab chiqarish binolari va inshootlari qurish.
o‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga, tuproq va hayvonot dunyosiga, shuningdek suv obyektlarining va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymaydigan usullar bilan ish olib borish;
O‘rmondan vaqtinchalik foydalanuvchilar qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlarga ega bo‘lishlari va o‘zga majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
Davlat, xo‘jalik va boshqa organlar hamda tashkilotlar tomonidan o‘rmondan foydalanuvchilarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘rmondan foydalanuvchilarning buzilgan huquqlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda tiklanishi lozim.
O‘rmondan foydalanuvchilarning huquqlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararlar (shu jumladan boy berilgan foyda) to‘la hajmda qoplanishi lozim.
o‘rmondan foydalanish o‘rmonlar va boshqa tabiiy obyektlarning holatiga hamda ularni takroriy ko‘paytirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan usullar bilan amalga oshirilganda;
o‘rmondan qo‘shimcha foydalanish (pichan o‘rish, mol boqish, asalari uyalari va qutilarini joylashtirish, yovvoyi o‘simliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish);
davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish.
Ishlab chiqarish-texnik zaruratdan kelib chiqmagan binolarni, inshootlarni va kommunikatsiyalarni qurish paytida daraxtzorlar va butazorlarni kesish man etiladi.
Daraxtzorlar va butazorlarni kesish faqat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rmonlarni albatta qayta tiklash tarzida yo‘l qo‘yiladi.
Daraxtzorlar va butazorlarni kesish o‘rmonlarning qo‘riqlanish toifalariga qarab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan o‘rmonlarni kesish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida o‘rmonni parvarish qilish uchun kesish Qoidalari.
O‘rmonlarning daryolar, ko‘llar, suv omborlari va boshqa suv obyektlari sohillari bo‘ylab o‘tgan taqiqlangan mintaqalarida, temir yo‘l va avtomobil yo‘llari yoqalab o‘tgan ihota mintaqalarida, cho‘l va chala cho‘l mintaqasidagi o‘rmonlarda, shaharlar, boshqa aholi punktlari va sanoat markazlari atrofidagi ko‘kalamzorlashtirilgan o‘rmonlarda asosiy foydalanishdagi daraxtlarni o‘rmon holatini yaxshilash maqsadida kesishga yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat milliy tabiiy bog‘larining, alohida qimmatga ega bo‘lgan o‘rmon mavzelarining o‘rmonlarida, yong‘oqchilik tegrasi o‘rmonlarida, mevali daraxtzorlarda, shahar o‘rmonlari va o‘rmon-bog‘larda, suv ta’minoti manbalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish tegrasi o‘rmonlarida, kurortlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish mintaqasidagi o‘rmonlarda, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda va o‘rmonlarning ovlanadigan qimmatli baliqlar uvildiriq sochadigan joylarni muhofaza qiluvchi taqiqlangan mintaqalarida faqat oraliq foydalanishdagi kesishga (o‘rmon parvarishi va sanitariya maqsadida kesishga) yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hamma qo‘riqlanish toifalaridagi o‘rmonlarda yong‘inga qarshi oraliq joy hosil qilish bilan bog‘liq boshqa kesishlarga yo‘l qo‘yilishi mumkin, davlat qo‘riqxonalarining o‘rmonlari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Asosiy foydalanish bo‘yicha kesish miqdorlari o‘rmon kesish uchastkalari rejasi doirasida, oraliq foydalanishdagi kesish esa o‘rmon xo‘jaligi talablariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘rmon kesish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(26-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Davlat o‘rmon fondi uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga o‘rmondan qo‘shimcha tarzda foydalanishga berib qo‘yilishi mumkin.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalarida pichan o‘rish va mol boqish yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan maydonlarda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Alohida qimmatli o‘rmon mavzelarida, yong‘oqlarni yig‘ib tayyorlash, kurortlarni sanitariya jihatidan muhofaza qilish doirasidagi o‘rmonlarda, eroziyadan saqlaydigan o‘rmonlarda mol boqishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik va jismoniy shaxslarga asalari uyalari va qutilarini joylashtirish uchun davlat o‘rmon fondi uchastkalari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasining ruxsatnomasi asosida belgilangan tartibda beriladi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Yovvoyi o‘simliklar dorivor xomashyosini tayyorlash (yig‘ish) va oziq-ovqat maqsadlari uchun yovvoyi o‘simliklarni tayyorlash (yig‘ish) mavjud resurslarning tamom bo‘lib qolishiga va o‘rmon xo‘jaligiga zarar yetkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydigan vositalar va usullar bilan amalga oshiriladi.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga beriladi. Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ovchilik xo‘jaligi ehtiyojlari uchun foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-oktabrdagi 508-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Hayvonot dunyosi obyektlaridan foydalanish, ularni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish hamda ovchilik-baliq ovlash xo‘jaligini yuritish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan ilmiy-tadqiqot maqsadlarida foydalanish qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yuridik va jismoniy shaxslarga davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar bilan kelishilgan holda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladi.
Davlat o‘rmon fondining madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun berilgan uchastkalarida o‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonlarni va tabiiy landshaftlarni saqlash, o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligi va sanitariya qoidalariga rioya qilish sharti bilan bu uchastkalarni obodonlashtirish tadbirlarini o‘tkazadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreatsion va estetik maqsadlarda foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadi.
(29-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Fuqarolar o‘simlik dunyosi obyektlaridan umumiy foydalanishni ko‘zlab o‘rmonlarda bo‘lish, yovvoyi dorivor hamda oziq-ovqatbop o‘simliklar, mevalar va qo‘ziqorinlarni o‘z ehtiyojlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan shartlarda yig‘ish huquqiga ega.
Fuqarolar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishlari, daraxtlar va butalarni sindirishga, kesishga, o‘rmon ekinlariga shikast yetkazilishiga, o‘rmonlarning ifloslanishiga, chumoli inlari, qush uyalarining yo‘q qilinishi va buzilishiga yo‘l qo‘ymasliklari, shuningdek qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa talablarni bajarishlari shart.
Chegara mintaqalarida o‘rmondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita bilan kelishilgan holda davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat xokimiyati organlari, tabiatni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi davlat organlari o‘rmonlardan foydalanish tartibi buzilishidan, shu jumladan noqonuniy kesish (yaganalash)dan hamda o‘rmonlarga boshqacha tarzda zararli ta’sir ko‘rsatishdan o‘rmonlar qo‘riqlanishini ta’minlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahalliy davlat xokimiyati organlari va davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmonlarni yong‘indan qo‘riqlash va yong‘inga qarshi kurashishga oid chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydilar, zarur hollarda yong‘inlarni o‘chirish uchun aholini, korxona, muassasa va tashkilotlarning o‘t o‘chirish, yer qazish texnikasi va transport vositalarini jalb etadilar, yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan davrda aholining o‘rmonda bo‘lishini va o‘rmonlarga transport vositalarining kirishini cheklaydilar yoki taqiqlaydilar.
O‘rmondan foydalanuvchilar o‘rmonlarda yong‘in xavfsizligiga rioya etishlari, ish joylarida yong‘inga qarshi tadbirlar o‘tkazishlari, o‘rmonda yong‘in chiqqan taqdirda uni o‘chirishni ta’minlashlari shart.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 22-noyabrdagi 506-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi o‘rmonlarida yong‘in xavfsizligi Qoidalari.
O‘rmonlarni zararkunandalar, kasalliklar va boshqa salbiy omillardan muhofaza qilish o‘rmondan doimiy foydalanuvchilar tomonidan quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
o‘rmon zararkunandalari va kasalliklari o‘choqlarini, sanoat va kommunal-maishiy ifloslanishlar hamda boshqa omillarning salbiy ta’sir doiralarini hisobga olish va oldindan aytib berish;
o‘rmon zararkunandalarining ommaviy ko‘payish va o‘rmon kasalliklarining tarqalish o‘choqlarining yuzaga kelishi va kengayishining oldini olish, o‘rmonlarning biologik jihatdan chidamliligini oshirish tadbirlarini o‘tkazish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
(33-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
daraxt kesilgan joylarda va o‘rmon bilan qoplanmagan boshqa yerlarda xo‘jalik jihatidan qimmatli navli daraxtlarni majburiy ravishda qayta ekishni ta’minlash;
o‘rmonlarning nav tarkibini yaxshilash, ularning mahsuldorligini va muhofaza xususiyatlarini oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rmonlarni tiklash tartibi va muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan belgilanadi.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
O‘rmonlarni ko‘paytirish o‘rmonlardan doimiy foydalanuvchilar tomonidan hududlarning serdaraxtliligini oshirish, o‘rmonlarning nav tarkibini yaxshilash, qimmatli navli daraxtlarni ko‘paytirish va eroziya jarayonlarining oldini olish maqsadida maxsus dasturlar asosida olib boriladi.
O‘rmonlarni ko‘paytirish uchun berib qo‘yilgan qishloq xo‘jaligiga va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar qonun hujjatlariga muvofiq o‘rmon fondi yerlari toifasiga o‘tkaziladi.
LexUZ sharhi
O‘rmonlarning mahsuldorligini oshirish o‘rmonlarni takroriy ko‘paytirish, ularning nav tarkibini yaxshilash, o‘rmon melioratsiyasi va o‘rmonlarni plantatsiya usulida etishtirish natijasida amalga oshiriladi.
Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsuloti olib qo‘yilishi lozim. Qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritilgan o‘rmon mahsulotini olib qo‘yishning imkoni bo‘lmagan taqdirda, uning qiymati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 75-bandi.
O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta’sir etadigan yangi va qayta tiklanayotgan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish va ishga tushirish, shuningdek yangi texnologiyalarni joriy etish o‘rmonlarni muhofaza qilish va takroriy ko‘paytirish tadbirlari ta’minlangan holda amalga oshiriladi.
O‘rmonlarning holatiga va ularni takroriy ko‘paytirishga ta’sir etadigan korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, shuningdek navli daraxtlarni kesish zarurligi qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda majburiy davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazilib davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishiladi.
LexUZ sharhi
O‘rmon fondi yerlarida o‘rmon xo‘jaligini yuritish va o‘rmondan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish va portlatish ishlari, foydali qazilmalarni qazib olish, kabellar, quvurlar va boshqa kommunikatsiyalarni o‘tkazish, parmalash va boshqa ishlar davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari va mahalliy davlat xokimiyati organlari bilan kelishilgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘rmondan foydalanish huquqi o‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablari buzilgan taqdirda, shuningdek o‘rmonlarni va boshqa tabiiy obyektlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash va takroriy ko‘paytirish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda cheklanishi, to‘xtatilishi yoki taqiqlanishi mumkin.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘riqlash, ulardan oqilona foydalanish va ularni takroriy ko‘paytirishni iqtisodiy rag‘batlantirish tadbirlarini amalga oshirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O‘rmonlarni qo‘riqlash va ulardan foydalanish masalalariga oid nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
O‘rmon to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 78—81 va 84-moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198 va 202-moddalari.