Jami daromad miqdori | Soliq summasi |
eng kam ish haqining besh baravari miqdorigacha | daromad summasining 13 foizi |
eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1so‘m) o‘n baravari miqdorigacha | eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq + besh baravaridan oshadigan summaning 21 foizi |
Eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan (+1so‘m) va undan yuqori miqdoridan | eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan olinadigan soliq + o‘n baravaridan oshadigan summaning 30 foizi |
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 12.12.2003 yildagi 568-II-son
Кучга кириш санаси
24.02.2004
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 04.01.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
O‘zbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritilsin:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 76-modda; 1992-yil, № 9, 363-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan so‘zlar “kamida yigirma ming” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 22-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda) 4-moddasining 2-bandi quyidagi mazmundagi “t” va “u” kichik bandlar bilan to‘ldirilsin:
“t) qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari — tayyorlov va xizmat ko‘rsatuv tashkilotlari tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi bilan bog‘liq da’volar yuzasidan;
u) tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining manfaatlarini ko‘zlab kiritilgan da’volar yuzasidan”.
Keyingi tahrirga qarang.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 221-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda):
“suv va suvdan foydalanish to‘g‘risidagi qonunlarni qabul qilish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish”;
“suv fondi hosil qilish va undan foydalanish tartibini, shuningdek suvdan foydalanishning me’yorlari va limitlarini tasdiqlash tartibini belgilash”;
Suvdan foydalanuvchilarning barchasiga nisbatan suvdan limit bo‘yicha foydalanish tartibi belgilanadi.
Suvdan foydalanish limitlari suv manbalari, havza irrigatsiya tizimlari, magistral kanallar (tizimlar), irrigatsiya tizimlari, iqtisodiyot tarmoqlari, hududlar va har bir suvdan foydalanuvchi bo‘yicha belgilanadi, yer osti suvlari borasida esa geologiya va mineral resurslar hamda davlat konchilikni nazorat qilish organlari bilan kelishib belgilanadi.
Suvdan foydalanish limitlari qishloq va suv xo‘jaligi organlari tomonidan belgilanib, unga rioya etish idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, suvdan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir.
Suv tarmoqlarining, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning ta’minoti, suv obyektlarini asrash va tiklash uchun suvdan limit bo‘yicha foydalanish bilan bir qatorda suvdan to‘liq va qisman haq to‘lab foydalanish joriy etiladi.
Suv uchun to‘liq yoki qisman haq to‘lashni joriy etish, suvdan limit bo‘yicha foydalanish, shuningdek bunga rioya etilishini nazorat qilish shartlari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
Sug‘orish, suv chiqarish va sug‘orish-suv chiqarish tizimlaridagi, magistral kanallardagi, suv omborlaridagi va boshqa suv xo‘jaligi obyektlaridagi suvdan foydalanish ishlari suvdan foydalanish rejalari asosida yillik amaldagi suv bilan ta’minlanganlik hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ikki tomonlama ishlovchi zax qochirish tizimlarida suvdan foydalanish melioratsiya qilingan yerlardagi suv rejimini tartibga solish rejalari asosida amalga oshiriladi.
Suvdan foydalanish rejalari suvdan birlamchi foydalanuvchilar tomonidan tuzilib, irrigatsiya tizimlari boshqarmalari va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tomonidan umumlashtiriladi.
irrigatsiya tizimi boshqarmasi tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limi bilan kelishgan holda — suvdan birlamchi foydalanuvchi bo‘yicha;
irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi viloyat qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi bilan kelishgan holda — irrigatsiya tizimi bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi — havza irrigatsiya tizimi hamda viloyatlararo va respublika ahamiyatiga molik ayrim yirik suv xo‘jaligi obyektlari bo‘yicha tuzilgan va umumlashtirilgan suvdan foydalanish rejalarini tasdiqlaydi”;
5) 49-moddasining beshinchi qismidagi “tuman suv xo‘jaligi organi” degan so‘zlar “irrigatsiya tizimlari boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Suvning mavjud miqdorini va undan foydalanish darajasini baholash uchun daryolar havzalari, havza irrigatsiya tizimlari hamda iqtisodiy mintaqalar bo‘yicha suv xo‘jaligi balanslari tuziladi”.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 10-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda) 77-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sud apparati xodimlari tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan o‘tadilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda):
“a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyati, ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan jinoyati uchun va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
b) qasddan og‘ir jinoyat sodir etganlik va o‘ta og‘ir jinoyati uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda;
v) ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, qasddan yangi sodir etgan jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda”;
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlarga hamda qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlarga nisbatan jazoni manzil-koloniyalarda;
v) ilgari ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tab chiqib, yangi sodir etgan o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinayotganlarga, shuningdek o‘ta xavfli retsidivist deb topilganlarga nisbatan jazoni qattiq tartibli koloniyalarda o‘tash tayinlanadi”;
“Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo homilador ayollarga va uch yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarga nisbatan, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq yoshga doir pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Sud tomonidan jazoni manzil-koloniyada o‘tashi tayinlangan mahkum saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan taqdirda, sud uni jazoning o‘talmagan qismi muddatiga umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazadi”;
“Otib o‘ldirish tariqasidagi o‘lim jazosi faqat javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi), terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi”;
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
“Voyaga yetmay turib ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat sodir etgan, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etgan yoxud qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanmaydi”;
“Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoning o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan qismi muddatiga tayinlanadi”;
“O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi tomonidan josuslik, chet el davlatiga, chet el tashkilotiga yoki ularning vakillariga davlat sirlarini yetkazish yoxud O‘zbekiston Respublikasiga qarshi dushmanlik faoliyati olib borishda boshqacha yordam ko‘rsatish yo‘li bilan davlatga xoinlik qilish, ya’ni O‘zbekiston Respublikasining suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati, iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan qilmish — ”;
“Chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni chet el davlati, chet el tashkiloti yoki ularning agenturasiga yetkazishi, xuddi shuningdek yetkazish maqsadida qo‘lga kiritishi, yig‘ishi yoki saqlashi, shuningdek chet el razvedkasining topshirig‘i bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga zarar yetkazishda foydalanish uchun boshqa ma’lumotlarni yetkazishi yoki yig‘ishi — ”;
10) 182-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining o‘zbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga o‘xshatib yasalgan hujjatlardan aldash yo‘li bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni ko‘p miqdorda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tkazish, shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — ”;
11) 184-moddasi birinchi qismi dispozitsiyasining o‘zbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni, yig‘imlarni, boj yoki boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, — ”.
12) 221-moddasining birinchi qismidagi “kamera tipidagi xonaga (bir kishilik kameraga) yoki turmaga o‘tkazish qo‘llanilganidan” degan so‘zlar “jazoni ijro etish koloniyasining karseriga o‘tkazish tariqasidagi jazo qo‘llanilganidan yoki turmaga o‘tkazilganidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Qamoqda saqlanayotgan yoki ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan shaxsning qamoqdan yoki qo‘riqlov ostidagi saqlash joyidan qochishi —
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
“Jinoyat ishini sudda muhokama qilish muddati ishni muhokama qilish boshlangan kundan e’tiboran ikki oydan oshmasligi kerak”;
Jinoyat ishini ko‘rishni to‘xtatishning asosi sifatidagi, ushbu Kodeksning 420-moddasida nazarda tutilgan holatlar bartaraf etilgach, to‘xtatilgan jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanadi.
Jinoyat ishini ko‘rish qaytadan boshlanganda jinoyat ishini muhokama qilish muddatining o‘tishi ham bir vaqtning o‘zida qaytadan boshlanadi. Mazkur muddatni yana uzaytirish ushbu Kodeksning 405-moddasi asosida, jinoyat ishini muhokama qilishning jinoyat ishini ko‘rish to‘xtatilishidan oldingi muddatini inobatga olgan holda amalga oshiriladi”;
birinchi qismi “jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatining taqdimnomasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismi “intizomiy qism qo‘mondonligining taqdimnomasiga” degan so‘zlardan keyin “yoki mahkumning, uning himoyachisining iltimosnomasiga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
beshinchi qismidagi “yuzasidan taqdim etilgan” degan so‘zlar “to‘g‘risidagi taqdimnomalar yoki” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6) 537-moddasining uchinchi qismidagi “va umumiy tartibli tarbiya koloniyasidan kuchaytirilgan tartibli tarbiya koloniyasiga” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
7) 542-moddasining uchinchi qismidagi “bir tartibli tarbiya koloniyasidan boshqa tartibli tarbiya koloniyasiga o‘tkazish to‘g‘risidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda) 320-moddasi uchinchi qismining o‘zbek tilidagi matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kassatsiya instansiyasi sudi sudyasining ma’muriy ishlar bo‘yicha sudyaning qarori yuzasidan berilgan shikoyat yoki bildirilgan protest bo‘yicha hal qiluv qarori qaror shaklida chiqariladi va chiqarilgan vaqtdan boshlab kuchga kiradi”.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 262-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 25-moddasi quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘plami O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari e’lon qilinadigan rasmiy manbadir”.
Keyingi tahrirga qarang.
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 1015-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan, qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqaruvchi qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxsda mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham mazkur summalar davlat tomonidan to‘lanadi”;
X. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda):
1) 6-moddasining birinchi qismidagi “kamida besh ming” degan so‘zlar “kamida yigirma ming” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 8-moddasi ikkinchi qismining yettinchi xatboshisidagi “besh ming nafar” degan so‘zlar “yigirma ming nafar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Notariat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 42-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 2-moddasining uchinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Advokatura to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 48-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
1) 3-moddasining ikkinchi qismidagi, 4-moddasining uchinchi qismidagi va 13-moddasining ikkinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahar hokimliklari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 13-moddasining birinchi qismidagi “viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari” degan so‘zlar “viloyatlar va Toshkent shahar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda):
“Mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lanishini nazarda tutuvchi soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin. Aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulot ishlab chiqarayotgan, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda aksiz solig‘i va yer ostidan foydalanganlik uchun soliq to‘laganlari taqdirda, yagona soliq to‘lashga o‘tishlari mumkin”;
2) 14-moddasining uchinchi qismidagi “faoliyatdan” degan so‘z “manbalardan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“19) yangi tashkil etilayotgan korxonalar, shu jumladan shaharchalar, qishloqlar va ovullar hududida tashkil etilgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalardan tashqari) ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran birinchi yili daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi, belgilangan stavkaning ikkinchi yili yigirma besh foizi miqdorida va uchinchi yili ellik foizi miqdorida soliq to‘laydi. Keyingi yillarda daromad (foyda) solig‘i belgilangan stavka bo‘yicha to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Yangi tashkil etilayotgan boshqa korxonalar, shu jumladan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar (savdo, vositachilik, ta’minot- sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalardan tashqari) ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran belgilangan stavkaning birinchi yili yigirma besh foizi miqdorida va ikkinchi yili ellik foizi miqdorida soliq to‘laydi. Keyingi yillarda daromad (foyda) solig‘i belgilangan stavka bo‘yicha to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Ushbu bandda nazarda tutilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrning bir yili o‘tguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi”;
ikkinchi xatboshisi “sport muassasalariga” degan so‘zlardan keyin “fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladigan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“t) patent egasi bo‘lgan jismoniy shaxsning (litsenziarning) sanoat mulki obyektlaridan o‘z ishlab chiqarishida foydalanishdan yoki foydalanish boshlangan sanadan e’tiboran amal qilish muddati doirasida ularga litsenziya sotishdan, shuningdek litsenziatning sanoat mulki obyektlaridan foydalanishdan olgan daromadi summasi:
Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir qismi bo‘yicha quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
1) sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari, shu jumladan bunday operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar;
3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga daxldor operatsiyalar;
4) qonuniy to‘lov vositasi bo‘lgan chet el valyutasi va pullar muomalasiga daxldor operatsiyalar, numizmatika maqsadida foydalaniladiganlari bundan mustasno;
5) qimmatli qog‘ozlar muomalasiga daxldor operatsiyalar, ularni tayyorlash va saqlash operatsiyalari bundan mustasno;
6) maxsus vakil qilingan organlar tomonidan bajariladigan va davlat boji, yig‘imlar undiriladigan harakatlar;
7) bolalarni maktabgacha tarbiya muassasalarida boqishga, bemorlar va qariyalarni parvarish qilishga doir xizmatlar;
9) intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni olganlik uchun patent bojlari, ro‘yxatga olish yig‘imlari va litsenziya to‘lovlari;
10) protez-ortopediya buyumlari, nogironlar uchun inventarlar ishlab chiqarish va nogironlarga ortopedik protezlash xizmati ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxonalarning mahsulotlari, davolash muassasalari huzuridagi davolash-ishlab chiqarish ustaxonalarining mahsulotlari;
12) pochta markalari (kolleksiya qilinadiganlaridan tashqari), markali otkritkalar va konvertlar sotish;
14) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-texnika taraqqiyotini muvofiqlashtirish kengashi qoshidagi Fan va texnologiyalar markazining ilmiy-texnika dasturlari doirasida davlat kontraktlari asosida bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlari;
15) shahar yo‘lovchilar transportining xizmatlari (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari), shuningdek umumiy foydalanishdagi temir yo‘l va avtomobil transportida (taksi, shu jumladan yo‘nalishli taksidan tashqari) shahar atrofidagi yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish xizmatlari;
17) xalq ta’limi sohasidagi, o‘quv-ishlab chiqarish jarayoni bilan bog‘liq xizmatlar, shuningdek oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlaridagi ta’lim uchun haq;
18) saqlab turish bo‘yicha vakolatli davlat organiga qimmatbaho metallarni realizatsiya qilish oborotlari;
20) tibbiy, sanatoriy-kurort va sog‘lomlashtirish, turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalarining asosiy (soha) faoliyati bo‘yicha ko‘rsatadigan xizmatlari, bolalar dam olish lagerlarining xizmatlari;
24) nashriyotlarning, gazeta va jurnallar tahririyatlarining, matbaa va kitob savdosi korxonalarining, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasining, O‘zbekiston Milliy axborot agentligining asosiy faoliyatiga doir mahsulotlari va xizmatlari;
27) respublikada ishlab chiqarilayotgan hamda yakka tartibdagi imorat quruvchilarga realizatsiya qilinayotgan binokorlik materiallari;
28) eksport qilinayotgan tovarlarni, shuningdek chet mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan yuklarini (tranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta ortish bo‘yicha xizmatlar;
29) nogironlarning jamoat birlashmalari, “Nuroniy” jamg‘armasi va O‘zbekiston chernobilchilar assotsiatsiyasi mulkida bo‘lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etuvchi yuridik shaxslar ishlab chiqarayotgan tovarlar, bajarayotgan ishlar va ko‘rsatayotgan xizmatlar (savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar bundan mustasno);
31) faoliyatning gastrol-konsert turi bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning gastrol-konsert faoliyati;
32) kitob mahsulotlarini, maktab o‘quv ashyolari va ko‘rgazmali qurollarini, dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlarni ulgurji realizatsiya qilish;
Faoliyatning tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) import qilishga doir qismi bo‘yicha quyidagilar qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod qilinadi:
1) tovarlarni bojsiz olib kirishning bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan normalari doirasida jismoniy shaxslar tomonidan import qilinayotgan tovarlar;
2) tabiiy ofatlar, qurolli mojarolar, baxtsiz hodisalar yoki falokatlar yuz berganda yordam ko‘rsatish uchun insonparvarlik yordami va beg‘araz texnik ko‘mak sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan tovarlar, shuningdek davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan xayriya maqsadida olib kirilayotgan tovarlar;
3) O‘zbekiston Respublikasi tuzgan shartnomalar (bitimlar) bo‘yicha xalqaro va hukumatga qarashli bo‘lgan chet el moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlari bergan qarzlar va grantlar hisobiga O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslari, shu jumladan norezidentlari tomonidan olib kirilayotgan asbob-uskunalar, materiallar (ishlar va xizmatlar);
4) budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan budjetdagi tashkilotlar buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar va xizmatlar);
chet el kreditlari hisobidan hukumat kafolati ostida moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan yangi qurilayotgan va qayta qurilayotgan korxonalar uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning ustav kapitaliga chet ellik investorlar tomonidan ulush sifatida olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihalarga muvofiq yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish, shuningdek ishlab turgan ishlab chiqarishlarni zamonaviylashtirish va texnik jihatdan qayta jihozlash uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
vakolatli bankning tegishli tasdig‘i bo‘lgan taqdirda, lizingga topshirish uchun olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
xususiylashtirilayotgan korxonalar uchun chet ellik investorning investitsiya majburiyatlari hisobidan olib kirilayotgan texnologik jihozlar;
7) chet el investitsiyalari ishtirokidagi, bolalar poyabzali ishlab chiqarishga ixtisoslashayotgan korxonalar tomonidan o‘z ishlab chiqarishlarida foydalanish uchun olib kirilayotgan xomashyo, materiallar va yarim tayyor mahsulotlar.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan imtiyozlar yuridik shaxslar tomonidan olib kirilayotgan iste’mol tovarlariga nisbatan tatbiq etilmaydi, ushbu modda ikkinchi qismining 2, 3, 5, 6 va 7-bandlarida nazarda tutilgan tovarlar bundan mustasno. Tovarlarni iste’mol tovarlari jumlasiga kiritish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi”;
10) 92-moddasi birinchi qismining to‘rtinchi va ikkinchi qismining beshinchi xatboshilari chiqarib tashlansin;
Agar o‘zaro aloqador yuridik shaxslar o‘zlarining tijorat va moliyaviy munosabatlarida o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan narxlardan farq qiladigan narxlarni qo‘llasalar, o‘zaro aloqador bo‘lmagan yuridik shaxslar o‘rtasida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan narxlardan soliq organlari soliq solish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishlari mumkin.
birgina jismoniy shaxs tomonidan yoki o‘zaro qarindosh yoxud qayin-bo‘yin va quda-anda jismoniy shaxslar tomonidan ta’sis etilgan yuridik shaxslar.
Er (xotin), uning to‘g‘ri va yon shajara bo‘yicha qarindoshlari, opa-singillari, aka-ukalari va ularning bolalari, nevaralari, chevaralari hamda evaralari, xotinning (erning) ota-onasi, opa-singillari va aka-ukalari ushbu modda maqsadiga ko‘ra o‘zaro qarindosh yoki qayin-bo‘yin va quda-anda jismoniy shaxslar hisoblanadi”.
“12) nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek xaridorga kvitansiya yozib berish, talonlar yoki ularga tenglashtirilgan boshqa cheklarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik uchun:
yuridik shaxslardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, o‘sha qilmishlar moliyaviy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida;
13) texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik uchun yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida, o‘sha qilmishlar takroran sodir etilganda esa eng kam ish haqining besh yuz baravari miqdorida jarima undiriladi;
14) dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi statsionar savdo shoxobchalaridan tashqarida nooziq-ovqat iste’mol tovarlarini realizatsiya qilganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida jarima undiriladi;
15) realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) uchun olingan pul tushumi summasini daromadlar va tovar operatsiyalarini hisobga olish ro‘yxatlariga kirim qilmagan holda savdoni amalga oshirganlik va pullik xizmatlar ko‘rsatganlik uchun yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida, o‘sha qilmishlar takroran sodir etilganda esa eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida jarima undiriladi;
16) statsionar savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari orqali aholi bilan pul hisob-kitoblari amalga oshirilayotganda naqd pul tushumini yashirgan taqdirda yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan yashirilgan naqd pul tushumi miqdorida jarima undiriladi;
17) iste’mol tovarlarini ulgurji realizatsiya qilishning belgilangan tartibini buzganlik uchun yuridik shaxslardan (ishlab chiqaruvchi korxonalardan va ulgurji yetkazib beruvchilardan) mazkur faoliyatdan olingan butun daromad (foyda) va yana shuncha miqdorda jarima undiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XIV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2004-yil 3-dekabrdagi 713-II-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 1-son, 4-modda)
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 6, 175-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda):
1) 45-moddasining beshinchi qismidagi “umumiy va kuchaytirilgan tartibli koloniyalarga bo‘linadi hamda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 46-moddasining ikkinchi xatboshisi “ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar uchun” degan so‘zlardan keyin “shuningdek qasddan uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyat sodir etganlik uchun” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan erkaklar saqlanadigan koloniyalar;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan ayollar saqlanadigan koloniyalar, ushbu Kodeksning 48-moddasida ko‘rsatilgan ayollar bundan mustasno”;
“Qasddan sodir etilgan og‘ir jinoyati uchun birinchi marta sakkiz yilgacha va sakkiz yil muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar alohida hollarda, mahkumning yozma roziligi bo‘lgan taqdirda, muassasa boshlig‘ining qaroriga binoan xo‘jalik xizmatiga oid ishlarni bajarish uchun tergov hibsxonasi yoki turmada qoldirilishi mumkin”;
8) 91-moddasining ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarga har yilgi mehnat ta’tili berilmaydi, jazoni manzil-koloniyalarda o‘tayotganlar bundan mustasno.
Manzil-koloniyalardagi mahkumlar muddati o‘n besh ish kunidan iborat haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega. Ta’til ushbu Kodeksning 82-moddasida belgilangan tartibda manzil-koloniya doirasidan chetga chiqish huquqi bilan beriladi. Mahkum jazoni ijro etish koloniyasining intizomiy bo‘linmasi turar joylarida saqlangan vaqt haq to‘lanadigan har yilgi mehnat ta’tili berish uchun zarur muddatga qo‘shib hisoblanmaydi”;
9) 105-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi oltinchi va yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga o‘tkazish;
saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi mahkumlarni manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan turmaga qaytarish”;
“Mahkumning jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yo‘llanmasi bilan bo‘lishi kerak bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishi ham manzil-koloniyada jazoni o‘tash tartibini qo‘pol tarzda buzish deb hisoblanadi”;
“Jazoni ijro etish muassasasi hududini yoki ma’muriyat yo‘llanmasi bilan bo‘lishi kerak bo‘lgan boshqa joyni o‘zboshimchalik bilan yigirma to‘rt soatdan ko‘proq muhlat mobaynida tashlab ketgan mahkum ham manzil-koloniyada saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topiladi”;
birinchi marta ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan mahkumlar ilgari ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni o‘tagan mahkumlardan alohida saqlanadilar”;
“Mahkumlar yigirma bir yoshga to‘lganidan, salbiy tavsifga ega mahkumlar esa o‘n sakkiz yoshga to‘lganidan keyin jazo o‘tashni davom ettirish uchun tarbiya koloniyasidan umumiy tartibli koloniyaga o‘tkaziladi”;
16) 164-moddasining ikkinchi qismi “taqdim etish masalasini” degan so‘zlardan keyin “agar mahkum yoki uning advokati tegishli iltimosnoma bilan sudga bevosita murojaat etmagan bo‘lsa” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Boj tarifi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 228-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda) 33-moddasi birinchi qismining yigirma to‘rtinchi xatboshisidagi “va o‘rta” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-songa ilova; 2001-yil, № 1-2, 11-modda):
1) 2-moddasining ikkinchi qismidagi “da’vo tartibidagi ishlarni” degan so‘zlar “buyruq tartibidagi ishlarni, da’vo tartibidagi ishlarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 16-moddasidagi “hal qiluv qarori, ajrimi va qarori”, “hal qiluv qarori, ajrim va qarorning” degan so‘zlar tegishincha “hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug‘i”, “hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 18-moddasining birinchi qismidagi “hal qiluv qarori, ajrim, qaror” degan so‘zlar “hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 34-moddasining birinchi qismidagi “hal qiluv qarori, ajrimi va qarori”, “hal qiluv qarori, ajrim va qarorning” degan so‘zlar tegishincha “hal qiluv qarori, ajrimi, qarori va buyrug‘i”, “hal qiluv qarori, ajrim, qaror va buyruqning” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Sud buyrug‘i undiruvchining pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi yoki ko‘char mol-mulkni nizosiz talablar bo‘yicha qarzdordan talab qilib olish to‘g‘risidagi arizasi bo‘yicha sudya sudda ishni ko‘rmasdan chiqargan hujjatdir.
Sud buyrug‘i ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrug‘i bo‘yicha undiruv buyruq berilganidan keyin va sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3) agar voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish haqidagi, otalikni belgilash bilan yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bog‘liq bo‘lmagan talab arz qilingan bo‘lsa.
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi ariza sudga ushbu Kodeksning 22-bobida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalari bo‘yicha beriladi.
2) undiruvchining nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi (yuridik shaxsning joylashgan eri va rekvizitlari);
3) qarzdorning nomi (familiyasi, ismi va otasining ismi) hamda uning yashash joyi (yuridik shaxsning joylashgan eri va rekvizitlari);
Ariza undiruvchi yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan berilayotgan arizaga uning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ilova etilishi kerak.
Sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risida ariza berganlik uchun qonun hujjatlarida da’vo ishi yuritish uchun belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji undiriladi.
Undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda qaytarib beriladi.
Undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji sud buyrug‘i bekor qilingan taqdirda qaytarib berilmaydi. Undiruvchi tomonidan to‘langan davlat boji, undiruvchi qarzdorga da’vo ishi yuritish tartibida da’vo taqdim etgan taqdirda, to‘lanishi lozim bo‘lgan boj hisobiga o‘tkaziladi.
Sudya sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni ushbu Kodeksning 152-moddasida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha rad etadi. Bundan tashqari sudya quyidagi hollarda arizani qabul qilishni rad etadi, agar:
Sudya arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ajrim chiqaradi.
Arizani qabul qilishning rad etilishi undiruvchining ana shu talab bo‘yicha da’vo ishini yuritish tartibida da’vo taqdim etish imkoniyatiga to‘sqinlik qilmaydi.
Agar ariza ushbu Kodeks 2383-moddasining talablariga javob bermasa yoki ariza berganlik uchun davlat boji to‘lanmagan bo‘lsa, sudya sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishga va o‘z ajrimi bilan undiruvchiga kamchiliklarni bartaraf etish yoxud davlat bojini to‘lash uchun ko‘pi bilan uch kun muhlat belgilashga haqli.
Agar undiruvchi sudyaning ko‘rsatmalariga muvofiq, u belgilagan muddatda kamchiliklarni bartaraf etsa, davlat bojini to‘lasa, ariza sudga dastlab taqdim etilgan kuni berilgan hisoblanadi. Aks holda, sudya ushbu Kodeksning 2385-moddasiga muvofiq arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Arz qilingan talabning mazmuni bo‘yicha sud buyrug‘i ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran uch kun ichida sudya tomonidan chiqariladi.
6) undirilishi lozim bo‘lgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim bo‘lgan ko‘char mol-mulkning qiymati ham ko‘rsatilgan holdagi belgisi;
Voyaga yetmagan bolalar uchun alimentlar undirish to‘g‘risidagi sud buyrug‘ida ushbu moddaning 1—5 va 8-bandlarida nazarda tutilgan ma’lumotlardan tashqari quyidagilar ko‘rsatiladi: qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ta’minoti uchun aliment undirilishi lozim bo‘lgan har bir bolaning ismi va tug‘ilgan sanasi, qarzdordan har oyda undiriladigan to‘lovlar miqdori va ularni undirish muddati.
Sud buyrug‘ining ko‘chirma nusxasini olgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddat ichida qarzdor arz qilingan talabga qarshi o‘z e’tirozlarini buyruqni chiqargan sudga yuborishga haqli.
Agar belgilangan muddatda qarzdordan arz qilingan talabga qarshi e’tirozlar tushsa, sudya sud buyrug‘ini bekor qilib, bu haqda ajrim chiqaradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimda sudya undiruvchi arz qilgan talab da’vo ishlarini yuritish tartibida taqdim etilishi mumkinligini tushuntiradi. Sud buyrug‘ini bekor qilish to‘g‘risidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirmay taraflarga yuboriladi.
Agar belgilangan muddatda qarzdordan sudga e’tiroz tushmasa, sudya sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ini ijro etishga taqdim qilish uchun undiruvchiga beradi.
Undiruvchining iltimosiga ko‘ra, sud buyrug‘i ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuborilishi mumkin.
Qarzdordan davlat bojini undirish maqsadida sudning muhri bilan tasdiqlangan sud buyrug‘ining alohida nusxasi ijro etish uchun bevosita sud tomonidan yuboriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 84-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 33-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida) mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi. Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) fermer xo‘jaliklari etib qayta tashkil etilgan hollarda, mazkur summalar qayta tashkil etilayotgan qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida) mablag‘ bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq to‘lanadi”;
XX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 86-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda) 35-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan fermer xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi”.
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 88-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 31-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan dehqon xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi”;
Keyingi tahrirga qarang.
XXII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 93-modda) 4-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “va o‘rta” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda):
ikkinchi qismi “sudning hal qiluv qaroriga” degan so‘zlardan keyin “yoki sud buyrug‘iga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Aliment undirish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro etiladi”;
3) 115-moddasining birinchi qismidagi “sud qarori” degan so‘zlar “sudning hal qiluv qarori yoki sud buyrug‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Alimentning ixtiyoriy ravishda to‘lab turilishi aliment undiruvchini aliment undirish haqidagi da’vo yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilish huquqidan mahrum etmaydi”;
5) 136-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlari quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Mazkur shaxs, nizo bo‘lmagan taqdirda, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ariza bilan sudga murojaat etishga haqli bo‘lib, bu ariza buyruq tartibida ish yuritish tarzida ko‘rib chiqiladi.
Agar ta’minot uchun mablag‘ olish choralari sudga murojaat qilingunga qadar ko‘rilganligi, ammo aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxsning uni to‘lashdan bosh tortganligi oqibatida aliment olinmaganligi sud tomonidan aniqlansa, o‘tgan davr uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab uch yillik muddat doirasida undirib olinishi mumkin”.
XXIV. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda) 19-moddasining ikkinchi qismidagi “va o‘rta” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXV. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda):
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shu’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi”;
XXVI. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 8-modda):
“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari loyihalarining yuridik ekspertizasi viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining to‘plami”, “O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir.
“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining to‘plami”, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rasmiy nashrlari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining normativ-huquqiy hujjatlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalardir”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXVII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 12-modda) bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi Sud xodimlarining mansab darajalari to‘g‘risidagi nizomning:
“5. 1, 2 va 3-darajali adliya maslahatchisi, shuningdek 1, 2 va 3-darajali yurist mansab darajalarini:
3) 12 va 13-moddalaridagi “O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.