LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1012-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Xususiylashtirish, raqobat va korporativ boshqaruvni rivojlantirish muammolarini tadqiq etish markazini tashkil qilish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Monopoliyaga qarshi kurashga oid qonun hujjatlari, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari sohasidagi tadqiqotlarning va normativ-huquqiy bazaning amaliy yo‘naltirilganligini kuchaytirish va rivojlantirish, mutaxassislarning monopoliyaga qarshi tartibga solish xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbyuroKES, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining TASIS dasturining “O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga ko‘maklashish” EDUZ—9802-son loyihasi ofisi negizida O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzurida Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini, shuningdek rivojlangan mamlakatlarda monopoliyaga qarshi tartibga solish amaliyotini tahlil qilish;
monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish hamda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyotning monopol tarmoqlarini boshqarish tizimi tarkibini o‘zgartirish jarayonlarini o‘rganish va rivojlangan mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bozorda kichik va o‘rta biznes subyektlarining faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlarini isloh qilish dasturlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring tadqiqotlarini olib borish;
tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirish sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa donor tashkilotlar grantlarini jalb qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyot tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng xabardor qilish;
respublika monopoliyaga qarshi kurash organlari kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz notijorat tashkiloti shaklida tashkil etiladi, unga belgilangan tartibda TASIS dasturining “O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga ko‘maklashish” EDUZ—9802-son loyihasining barcha texnik va ofis asbob-uskunalari beriladi.
4. Markazning shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 8 nafardan (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat bo‘lgan tashkiliy tuzilmasi va Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi to‘g‘risidagi Nizom 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda Markaz faoliyatini tashkil etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
6. Xalqaro va boshqa donor tashkilotlarning grantlari mablag‘lari, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasini ijtimoiy rivojlantirish va tizim xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar Markazni moliyalashtirish manbalari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Markaz O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qo‘mitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi, Davlat mulki qo‘mitasi, boshqa vazirliklar va idoralarning statistika axboroti byulletenlari majburiy tartibda yuboriladigan ro‘yxatga kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Toshkent shahar hokimligi Markazni Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5-uydagi ma’muriy binoning 10-qavatiga (TASIS dasturining EDUZ—9802-son loyihasi ofisi egallab turgan xonalar) joylashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi (keyingi o‘rinlarda matnda Markaz deb yuritiladi) monopoliyaga qarshi kurashga oid qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari sohasidagi tadqiqotlarning va normativ-huquqiy bazaning amaliy yo‘naltirilganligini kuchaytirish va rivojlantirish, mutaxassislarning monopoliyaga qarshi tartibga solish xalqaro amaliyoti sohasidagi bilim darajasini oshirish, monopoliyaga qarshi siyosat sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini yaratish maqsadida tashkil etilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Markaz mustaqil notijorat yuridik shaxs hisoblanadi, alohida mulkka, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, valyuta va boshqa hisob raqamlariga, dumaloq muhrga, firma blankasi, shtamp, logotip, uning faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar va belgilarga ega bo‘ladi.
3. Markaz o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qarorlari va buyruqlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
to‘liq nomi — O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Monopoliyaga qarshi siyosatni takomillashtirish markazi;
Keyingi tahrirga qarang.
Markazning yuridik manzili: O‘zbekiston Respublikasi, 700078, Toshkent shahri, Mustaqillik maydoni, 5.
Keyingi tahrirga qarang.
respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini monopoliyadan chiqarish jarayonlarini, shuningdek xorijiy mamlakatlardagi monopoliyaga qarshi tartibga solish amaliyotini tahlil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi tartibga solish va tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish sohasida qonun hujjatlarini, shuningdek iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlarini boshqarish tizimini tarkibiy o‘zgartirish jarayonlarini o‘rganish hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgangan holda ularni takomillashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash;
iqtisodiyotda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, bozorda kichik va o‘rta biznes subyektlarining faoliyat ko‘rsatishi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
tabiiy monopoliyalar va bazaviy tarmoqlar sohasida bozor qayta o‘zgartirish jarayonlarini tadqiq etish;
monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish tarmoq va hududiy dasturlari loyihalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika aholisini va xalqaro jamoatchilikni respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida monopoliyadan chiqarish jarayonlari to‘g‘risida ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘i orqali keng xabardor qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika monopoliyaga qarshi organlari kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish va kurslar tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
raqobat munosabatlarini ta’minlash va himoya qilishning huquqiy va institutsional asoslarini takomillashtirish sohasida loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya tashkilotlari va boshqa tashkilotlarning grantlarini jalb etish.
Keyingi tahrirga qarang.
monopoliyaga qarshi siyosatni, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini o‘rganish va takomillashtirish sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradi;
Keyingi tahrirga qarang.
xalqaro tashkilotlarni jalb etgan holda, seminarlar, konferensiyalar, simpoziumlar va boshqa tadbirlarni tashkil etadi va o‘tkazadi;
yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida anketa va boshqa ijtimoiy so‘rovlar tashkil etadi va o‘tkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, ilmiy-tadqiqot institutlari, vazirliklar, idoralar, respublika tashkilotlari va muassasalari bilan birgalikda prognoz hujjatlarni hamda maqsadli dasturlarni ishlab chiqishda qatnashadi;
respublika va xorijiy mamlakatlar ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan ilmiy hamkorlik qiladi, respublika va xalqaro loyihalarda ishtirok etadi;
malaka oshirish kurslarini, shu jumladan davlat monopoliyaga qarshi organi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarini o‘tkazadi;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va boshqa chet tashkilotlar buyurtmalari bo‘yicha tahliliy obzorlar va tadqiqotlar o‘tkazadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi uchun uning faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar tayyorlaydi.
o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlarning, jamoat va ilmiy jamg‘armalarning mablag‘larini, ixtiyoriy badallar va grantlarni jalb etish;
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublika korxonalari va tashkilotlaridan statistik, ilmiy yoki boshqa axborotlar va hujjatlarni belgilangan tartibda olish;
tadqiqotlar va sotsiologik so‘rovlar o‘tkazish hamda ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlarga kontrakt asosida davlat boshqaruv organlari mutaxassislarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar xodimlarini, shuningdek xorijiy olimlar va mutaxassislarni jalb etish, vaqtinchalik ishchi guruhlar va jamoalarni shakllantirish;
noshirlik faoliyatini amalga oshirish, Markaz ishlari sohasi bo‘yicha ma’lumotnomalar, obzorlar va boshqa axborot materiallarini chop etish va ularni tarqatish;
jismoniy va yuridik shaxslarga konsalting xizmatlari ko‘rsatish, marketing va sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
Markazning vakolatiga kiritilgan, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga zid bo‘lmagan boshqa xatti-harakatlarni amalga oshirish.
8. Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlikni amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz direktori amalga oshiradi, u lavozimga Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasining raisi tomonidan tayinlanadi.
Markaz faoliyatiga shtatdagi va shtatda bo‘lmagan mutaxassislar kuchi bilan ishlab chiqiladigan hamda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishilgan joriy va istiqbolli dasturlar asosida rahbarlikni amalga oshiradi;
yuridik va jismoniy shaxslar bilan, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzadi;
Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi bilan kelishgan holda xodimlar belgilangan soni doirasida Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq Markaz faoliyatini ta’minlash bo‘yicha boshqa masalalarni hal qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Markaz faoliyatini moliyalashtirish xalqaro grantlar va boshqa donor tashkilotlar mablag‘lari, Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasini ijtimoiy rivojlantirish va tizim xodimlarini moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hamda amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. TASIS dasturining “O‘zbekiston Respublikasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va davlat xizmatini isloh qilishga ko‘maklashish” EDUZ—9802-son loyihasining barcha texnik va ofis asbob-uskunalari, shuningdek shartnoma asosida bajariladigan ishlardan olingan daromadlar hamda O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar Markazning mol-mulkini shakllantirish manbalari hisoblanadi.