LexUZ sharhi
Mazkur qarorning radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni o‘rnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga yer uchastkalari tanlashni kelishishga oid qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-sonli qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” va “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek, televideniye va radio dasturlarini shakllantirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni samarali muvofiqlashtirishni ta’minlash, radiochastota spektri, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlaridan oqilona foydalanishni, axborot xizmatlari iste’molchilarining huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi 1-ilovaga* muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
2. Quyidagilar Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib belgilansin:
davlat boshqaruvi organlari hamda, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning televideniye va radio dasturlarini shakllantirish va tarqatish, telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda ma’lumotlar uzatish va televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan oqilona foydalanish bo‘yicha faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlari iste’molchilarining huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini litsenziyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda ma’lumotlar uzatishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;
(2-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
radiochastota spektri hamda televideniye va radioeshittirish efir vaqtidan bexatar va oqilona foydalanish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, O‘zbekiston axborot tarmog‘ining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash;
(2-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
idoralararo normativ hujjatlar ishlab chiqilishini, kelishib olinishini va tasdiqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlari loyihalari tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;
radiochastotalardan to‘g‘ri va oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, teleradioeshittirish va axborotlar uzatish texnika vositalaridan foydalanishda qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun suiiste’molliklar qilinishini bartaraf etish sharoitlarini yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar o‘tkazish.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish va ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
davlat boshqaruvi organlaridan, tashkilotlar va korxonalardan Komissiya vakolatlariga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborotlar olish;
qonun hujjatlariga muvofiq televideniye va radioeshittirishlarini tarqatish bo‘yicha cheklashlar belgilash huquqi berilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining joriy ishlarini ta’minlash uchun uning huzurida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston MTRK mutaxassislaridan iborat 5 kishilik doimiy ishlovchi ishchi guruh tashkil etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Kommunikatsiyalar kompleksi, Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, “O‘zteleradio” kompaniyasi” bir hafta muddatda, tasdiqlangan shtatlar jadvali doirasida, guruh faoliyat ko‘rsatayotgan davrda uning xarajatlarini ta’minlagan holda, ishchi guruhni yuqori malakali mutaxassislar bilan butlasinlar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqarmasi ishchi guruhni Vazirlar Mahkamasi binosiga joylashtirsin, zarur aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyadan beradi va ularning amal qilishini to‘xtatadi;
(6-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi;
(6-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston MTRK teleradiodasturlarni tayyorlashda va shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
(6-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat aloqa inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi hududida radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), foydalanish, sotish va ularni chet ellardan olib kelish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
7. Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar elektr aloqasini, shu jumladan, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyatini faqat Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarori asosida beriladigan maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosida amalga oshiradilar.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi televideniye va radio dasturlarini yaratish, shakllantirish va tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish), telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda ma’lumotlar uzatish bilan shug‘ullanuvchi barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarni joriy yilning 1-oktabrigacha qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin. Belgilangan muddatda qayta ro‘yxatdan o‘tmagan xo‘jalik yurituvchi subyektlar amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq televideniye va radioeshittirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum bo‘ladilar va tugatiladilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2001-yil 1-yanvardan boshlab teleradiodasturlarni tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) va ma’lumotlarni uzatish uchun litsenziyalar besh yil muddatga beriladi.
(7-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-noyabrdagi 458-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2000-y., 9-10-son, 146-modda)
8. Belgilansinki, yuridik va jismoniy shaxslar foydalanishida bo‘lgan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar 1999-yil 1-yanvargacha O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligida ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan muddatda ro‘yxatdan (qayta ro‘yxatdan) o‘tkazilmagan taqdirda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish noqonuniy hisoblanadi hamda ushbu vositalar va qurilmalar egalariga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ma’muriy ta’sir choralari ko‘riladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (qayta ro‘yxatdan o‘tkazish), teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish bilan shug‘ullanish faoliyatiga litsenziyalar berish uchun hujjatlarni qabul qilish va rasmiylashtirish tartibi 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati o‘rnatish bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
O‘zbekiston Respublikasi hududida Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), foydalanish, sotish va ularni chet ellardan olib kelish tartibi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-noyabrdagi 453-sonli qarori bilan chiqarilgan — O‘R QHT, 2001-y., 22-24-son, 158-modda)
10. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi raisi (L. Axmetov) bir oy muddatda Komissiyaning ish rejasi, doimiy ishlovchi ishchi guruh to‘g‘risida nizom ishlab chiqilishini tashkil etsin va tasdiqlasin, Vazirlar Mahkamasiga amaldagi qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shu jumladan aloqa sohasidagi normativ hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati talablarini buzganlik uchun jazo choralari qo‘llash yuzasidan takliflar kiritsin.
11. Kommunikatsiyalar kompleksi (L. Axmetov) ikki oy muddatda Oliy Majlisga kiritish uchun “Radiochastota spektri to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini tayyorlasin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 9-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin va ayrimlariga o‘zgartirish hamda qo‘shimchalar kiritilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi amaldagi qonun hujjatlariga Vazirlar Mahkamasining mazkur qarorlaridan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida bir oy muddatda takliflar kiritsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari L. A. Axmetov va A. A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
1. Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi (keyingi o‘rinlarda Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi deyiladi) davlat boshqaruv organlarining, mulkchilik shakllardan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning axborotlarni shakllantirish va tarqatish hamda telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni uzatish, radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanish, teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlaridan foydalanuvchilar huquqlari himoya qilinishini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtiruvchi organ hisoblanadi.
2. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, xalqaro bitimlar va shartnomalarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi. Komissiya o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
4. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
5. Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining joriy faoliyatini amalga oshirish uchun uning huzurida 5 kishidan iborat doimiy ishlaydigan ishchi guruh tashkil etiladi.
Ishchi guruh rahbari Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi va komissiyaning mas’ul kotibi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishchi guruh xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi hamda O‘zbekiston MTRK mablag‘lari hisobiga shtatlar jadvali va joriy xarajatlar bo‘yicha teng ulushlar doirasida amalga oshiriladi.
(5-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Quyidagilar Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
davlat boshqaruvi organlarining va, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning televideniye va radio dasturlarini shakllantirish hamda tarqatish va telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni uzatish, televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish;
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar xizmatlari iste’molchilari huquq, va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini, loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini litsenziyalash;
Oldingi tahrirga qarang.
teleradioeshittirish va telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalangan holda ma’lumotlar uzatishga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar)ni rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish;
(6-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
radiochastota spektri hamda televideniye va radioeshittirish efir vaqtidan bexatar va oqilona foydalanish, ma’lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini belgilash;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish shartlarini, mamlakatimiz teleradioeshittirishlarini boshqa davlat hududida tarqatish, O‘zbekiston axborot tarmog‘ining jahon tarmoqlariga integratsiyalashuvi tartibi va shartlarini belgilash;
(6-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
idoralararo normativ hujjatlar ishlab chiqilishi, kelishib olinishi va tasdiqlanishini, shuningdek, qonun hujjatlari loyihalari tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkil etish;
radiochastotalardan to‘g‘ri va oqilona foydalanilishi ustidan nazoratni tashkil etish, teleradioeshittirish, axborotlar uzatish texnika vositalaridan foydalanishda qonun hujjatlari bilan taqiqlangan axborotlarni tarqatish uchun suiiste’mollar qilinishini bartaraf etish sharoitlarini yaratish.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar o‘tkazish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ularning televideniye va radioeshittirish dasturlarini shakllantirish va tarqatish, telekommunikatsiyalar vositalaridan foydalangan holda ma’lumotlarni uzatish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish masalalari bo‘yicha, televideniye va radioeshittirish radiochastota spektridan bexatar va oqilona foydalanilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli davlat boshqaruv organlari bilan o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtiradi.
teleradioeshittirish va ma’lumotlarni uzatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha asosiy talablar va normativ hujjatlarni ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
tegishli davlat organlari xulosalari asosida, elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatishga litsenziyalar berish, ularni bekor qilish, va ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar chiqaradi.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
teleradiodasturlarni tarqatishni, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirish, shu jumladan, ularni jahon axborot tizimlariga integratsiyalash davlat dasturlarini ekspertizadan o‘tkazish va kelishib olishni tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziya bitimlari shartlariga va elektron ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
(7-bandning oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
elektr aloqasi tarmoqlari va vositalari, radioeshittirish va televideniye faoliyat ko‘rsatishining axborot bexatarligini ta’minlash talablarini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi hududida radiochastotalarni tartibga solish va boshqarishning asosiy tamoyillarini belgilaydi.
radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni nazorat qilish ishlarini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi hamda Ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy-siyosiy jamg‘armasining teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlarni uzatish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi.
(7-bandning o‘ninchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
xorijiy davlatlar va kompaniyalarning teleko‘rsatuvlari va radioeshittirishlarini O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish imkoniyatini va maqsadga muvofiqligini aniqlaydi, hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalar tuzish bo‘yicha takliflar kiritadi.
O‘zbekiston televideniye va radioeshittirishlarini tarqatish hamda axborot tizimlarini jahon axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan muzokaralarda qatnashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining elektr aloqasini loyihalashtirish, qurish va undan foydalanishni litsenziyalash masalalari bo‘yicha, shuningdek, radiochastotalar bo‘yicha Davlat komissiyasining teleradioeshittirishlar radiochastotalari spektridan bexatar va oqilona foydalanish masalalari bo‘yicha hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi.
(7-bandning o‘n uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
respublikada teleradioeshittirishlarni, ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari va tizimlarini takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqadi;
Komissiyaning ish tartibi va rejasini, Komissiya huzuridagi doimiy ishlaydigan ishchi guruh to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etadi hamda tanlovlar o‘tkazadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tegishli davlat organlarining xulosalariga asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan, “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish, va ulardan foydalanish, shuningdek televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi maxsus ruxsatnoma (litsenziya)lar berish va ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
(8-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish huquqini berish yoxud rad etish (bekor qilish) to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qaroriga muvofiq uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
davlat boshqaruvi organlaridan, tashkilotlar va korxonalardan Komissiya vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha axborotlar olish;
o‘z majlislarida komissiya a’zolarining hamda vazirliklar va idoralar mas’ul vakillarining axborotlarini eshitish, tegishli qarorlar qabul qilish;
qonunchilikka muvofiq televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish bo‘yicha cheklashlarni belgilash;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bexatarligi darajasini ta’minlash va oshirish bo‘yicha takliflar kiritish.
Idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlarining davlat boshqaruvi organlari va, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning, shu jumladan xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ular tomonidan elektr aloqasining, axborotlarga ishlov berish va ma’lumotlarni uzatish tarmoqlariga oid qismini, shu jumladan “Internet” tarmoqlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish, shuningdek, televideniye va radioeshittirishlarni tarqatish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyalar beradi;
(9-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda teleradiodasturlarni ommaviy axborot vositalari sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ularni Yagona davlat reyestriga kiritadi;
(9-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va O‘zbekiston MTRK orqali teleradiodasturlarni tayyorlash va shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilinishini;
(10-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 41-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 83-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi orqali teleradiodasturlarni tarqatish bo‘yicha faoliyatning hamda ma’lumotlarni uzatishning litsenziya bitimlariga, texnikaviy normativlar va standartlarga muvofiq amalga oshirilishini, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanilishini;
(10-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining Maxsus aloqa xizmati orqali axborot bexatarligi ta’minlanishini;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aloqa inspeksiyasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi orqali radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalashtirish, qurish (o‘rnatish), foydalanish, sotish hamda ularni chet ellardan olib kelish tartibini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
teleradiomahsulotlarga mualliflik huquqi va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi;
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 6-sentabrdagi 248-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 36-son, 367-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi orqali teleradioeshittirishlarni tarqatish, O‘zbekiston axborot tizimlarini jahon axborot tarmoqlariga integratsiyalash masalalari bo‘yicha hukumatlararo bitimlar va xalqaro shartnomalarning bajarilishini nazorat qiladi.
(10-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
T/r | Lavozimlarning nomi | Xodimlar soni | Yagona tarif setkasi bo‘yicha razryad |
1. | Rahbar | 1 | 15 |
2. | Bosh mutaxassis | 2 | 12 |
3. | Yetakchi mutaxassis | 2 | 11 |
Jami: | 5 |
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib hujjatlarni qabul qilish, ularni ekspertizadan hamda teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) va ma’lumotlarni uzatish bilan shug‘ullanish faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish, shuningdek, ularni bekor qilish va amal qilishini to‘xtatish tartibini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translatsiya, retranslatsiya qilish) va ma’lumotlar uzatish bilan shug‘ullanish faoliyatiga maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) berish, shuningdek, ularni bekor qilish va amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risidagi qarorni Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi ekspert xulosalar yoki davlat boshqaruvi tegishli vakolatli organlari taqdimnomalari asosida qabul qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlardan, shu jumladan, xorijiy xo‘jalik yurituvchi subyektlardan litsenziyalar olish uchun hujjatlarni qabul qilish, ularni ekspertizadan o‘tkazishni tashkil etish, Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi qarorlari loyihalarini tayyorlashni Komissiya huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh amalga oshiradi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Faoliyat turiga litsenziya olish uchun xo‘jalik yurituvchi subyekt Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga litsenziya olish uchun qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hujjatlarni topshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasi huzuridagi doimiy ishlovchi ishchi guruh hujjatlarning to‘liq paketi mavjud bo‘lganda uch kun muddatda uni ekspert xulosa berish uchun O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga yuboradi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi ikki hafta muddatda Komissiya huzuridagi ishchi guruhga hujjatlar paketi bo‘yicha ekspert xulosa takdim etadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
7. Ishchi guruh Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining navbatdagi yig‘ilishiga umumlashtirilgan ekspert xulosa va qaror loyihasini kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Axborot faoliyati va ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha idoralararo muvofiqlashtirish komissiyasining qarori ijobiy bo‘lganda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi ikki hafta muddatda litsenziya bitimini rasmiylashtiradi va faoliyat turiga litsenziya beradi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ommaviy axborot vositasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va uni davlat reyestriga kiritadi.
(8-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Guvohnoma va litsenziya yig‘im va davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat mavjud bo‘lganda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 11-oktabrdagi 214-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 41-son, 415-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Davlat aloqa inspeksiyasi deb ataladi, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi xizmati ko‘rsatuvchi), shuningdek, telekommunikatsiyalar va pochta tizimlari va inshootlarini loyihalashtiruvchi va quruvchi, mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, yuridik shaxslar tomonidan qonun hujjatlari va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablari, litsenziyalar va xizmatlar ko‘rsatish shartlari bajarilishini va ularga rioya qilinishini ta’minlovchi davlat nazorati organi hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat aloqa inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Butunjahon pochta uyushmasi Konvensiyasiga va Bitimiga, Elektr aloqasi Xalqaro Uyushmasi Tavsiyalariga, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi buyruqlari, qoidalari, yo‘riqnomalariga, mazkur Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
3. O‘zbekiston Respublikasida pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati bo‘yicha Davlat aloqa inspeksiyasining o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq qabul qiladigan qarorlari O‘zbekiston Respublikasi hududida pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
4. Pochta va telekommunikatsiyalar rivojlanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari va O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa mablag‘lar Davlat aloqa inspeksiyasini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davlat aloqa inspeksiyasiga O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat aloqa inspeksiyasi tuzilmasi Davlat aloqa inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan kelishiladi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri davlat inspeksiyalarini o‘z tarkibiga oladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi 215-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 19-son, 220-modda)
7. Davlat aloqa inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi bank muassasalarida hisob-kitob schyotiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
8. Quyidagilar ustidan davlat nazoratini amalga oshirish Davlat aloqa inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
mulkchilik shakllari va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatuvchi barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan pochta va telekommunikatsiyalar sohasida amaldagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablari, litsenziyalar va sertifikatlashtirishning belgilangan tartibi bajarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish hamda pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik subyektlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
pochta va telekommunikatsiyalar tarmog‘i axborot bexatarligini, davlat hokimiyati va boshqaruv, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va milliy xavfsizligi manfaatlari xamda Favqulodda vaziyatlar shart-sharoitlarida ulardan ustuvor foydalanishni ta’minlash;
respublika hududida foydalaniladigan pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining, texnik vositalar va tizimlar parametrlarining, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarning radionurlanishlari parametrlarining amaldagi normalarga muvofiqligi;
radioelektron vositalarning sotib olinishi (berilishi), loyihalashtirilishi, qurilishi (o‘rnatilishi), O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalanilishi va chet ellardan keltirilishining, pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlarida sertifikatlashtirilgan asbob-uskunalar qo‘llanilishining belgilangan tartibiga rioya qilinishi;
sifat hamda pochta va telekommunikatsiyalar xo‘jalik yurituvchi subyektlari tomonidan normativ hujjatlar, davlat, tarmoq standartlari va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati talablari buzilganligi uchun sanksiyalar miqdorlarini hisoblash tartibiga rioya qilish bo‘yicha hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi.
respublika hududida joylashgan pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarida litsenziyalar shartlari bajarilishi aloqa xizmatlari parametrlari va sifat ko‘rsatkichlarining amaldagi normalarga muvofiqligi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatning muayyan turini tegishli litsenziyasiz amalga oshirayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarni aniqlaydi;
pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar loyihalashtirilishi, qurilishi va ulardan foydalanilishi bo‘yicha davlat, tarmoq standartlari, amaldagi normalar va qoidalar bajarilishi ustidan nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
pochta aloqasi xizmatlari tashkil etilishini, pochta jo‘natmalari va pul summalari saqlanishi ta’minlanishini, pochta jo‘natmalari qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi, berilishiga rioya qilinishini va ularning belgilangan nazorat muddatlarida o‘tishini tekshiradi;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida o‘lchash texnikasining kalibrlangan vositalari belgilagan tartibda qo‘llanilishini nazorat qiladi;
yuridik va jismoniy shaxslarning ariza va shikoyatlarini amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ko‘rib chiqadi;
davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan tariflar ro‘yxatiga kiruvchi pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari tariflari qo‘llanilishi to‘g‘riligini tekshiradi;
iste’molchilar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar, tariflar, xizmatlar ko‘rsatish qoidalari, ish rejimi va xo‘jalik yurituvchi subyekt ishini tartibga soluvchi boshqa axborot mavjudligini va ulardan foydalanish imkoniyatini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatilayotgan xizmatlar hajmi to‘liqligini va muddatlarini nazorat qiladi;
pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlari qurilishi va rekonstruksiyasi yangidan ishga tushirilayotgan obyektlari foydalanishga qabul qilib olinishi bo‘yicha komissiyalarda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tekshirishlar natijalari bo‘yicha aniqlangan tartib buzishlar haqida tegishli qarorlar qabul qiladi, yozma ko‘rsatmalar beradi va ularni bartaraf etish muddatlarini belgilaydi, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar litsenziyalarini amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida takliflar kiritadi, tartibni buzishlarga doir Davlat aloqa inspeksiyasi vakolatlariga tegishli bo‘lmagan materiallarni davlat nazorati tegishli organlariga ularning vakolatlari bo‘yicha belgilangan tartibda beradi;
(9-bandning o‘n birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 16-avgustdagi 200-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2005-y., 32-33-son, 255-modda)
xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pochta va telekommunikatsiyalar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati buzilganligi uchun sanksiyalar hisoblash va ularning miqdorlari tartibiga rioya qilinishini nazorat qiladi, normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari buzilgan taqdirda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga sanksiyalar qo‘llash to‘g‘risida belgilangan tartibda yozma ko‘rsatmalar beradi;
aloqa mahsuloti sifatiga va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga, telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlari va yuqori chastotali qurilmalar parametrlariga tegishli davlat va tarmoq standartlari, texnik shartlar, qoidalar, yo‘riqnomalar, litsenziya shartlari va boshqa normativ hujjatlar loyihalarini qo‘rib chiqadi va ular bo‘yicha xulosalar beradi;
vazirliklar, idoralar, korxonalar (birlashmalar), ilmiy-tadqiqot institutlari va laboratoriyalardan pochta va telekommunikatsiyalar vositalari va qurilmalari, texnik hujjatlari, qoidalari, ish normalarini oladi;
Davlat aloqa inspeksiyasi xodimlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;
o‘tkazilgan nazorat natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi, aniqlangan kamchiliklar va tartibni buzishlarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi, ularni boshqaruvning tegishli organlari qo‘rib chiqishi uchun kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘zaro hamkorlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy ommaviy axborot vositalarining teleradiomahsulotlarini tarqatish tartibiga rioya qilinishini belgilangan tartibda nazorat qiladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-martdagi 47-sonli qaroriga muvofiq xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 11-son, 87-modda)
o‘z vakolatlari doirasida, mulkchilik shakllari va idoraviy qarashliligidan qat’i nazar, respublika hududida joylashgan pochta va telekommunikatsiyalar xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda tekshirishlar o‘tkazish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan pochta va telekommunikatsiyalar sohasida normativ hujjatlar va davlat, tarmoq standartlari talablari va ko‘rsatiladigan xizmatlar sifati buzilgan taqdirda ularga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sanksiyalar qo‘llash;
Keyingi tahrirga qarang.
pochta va telekommunikatsiyalar ish sifatini tekshirish uchun tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektlar mutaxassislarini jalb qilish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi va talab etiladigan normalar, davlat, tarmoq standartlari va pochta va telekommunikatsiyalarning ko‘rsatiladigan xizmatlari sifati respublika hududida ishlatiladigan telekommunikatsiyalar vositalari, radioelektron vositalar radionurlanishlar va yuqori chastotali qurilmalar parametrlari muntazam ravishda buzilishiga yo‘l qo‘yuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ayrim qurilmalari va texnologik uchastkalari ishini aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
teleradio qabul qilib olishiga to‘sqinlik yaratilishiga olib kelgan radionurlanish normalari buzilgan taqdirda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga berilgan ruxsatnomalarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish;
pochta va telekommunikatsiyalar sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlardan Davlat aloqa inspeksiyasi vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha zarur ma’lumotlar va materiallarni talab qilish.
11. Davlat aloqa inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va o‘z vakolati doirasida qabul qilingan qarorlar bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom radioelektron vositalar (REV) va yuqori chastotali qurilmalar (YuChQ)ni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), loyihalash, qurish (o‘rnatish), ishlatish hamda chet eldan keltirish tartibini belgilab beradi.
O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, uyushmalari, konsernlari, korxonalari, shu jumladan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalari, tashkilotlari va muassasalari;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olinadigan (beriladigan), loyihalanayotgan, qurilayotgan (o‘rnatilayotgan), ishlatiladigan hamda chet eldan keltirilayotgan radioelektron vositalarga va yuqori chastotali qurilmalarga tatbiq etiladi.
Ushbu Nizomning amal qilishi, shuningdek xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarida o‘rnatiladigan radiouzatgichlarga ham tatbiq etiladi.
a) televideniye va radioeshittirish dasturlarini qabul qilib olish uchun mo‘ljallangan qurilmalar, maishiy radioelektronika buyumlari, agar bunday qurilmalar va buyumlarni savdo tarmoqlari orqali sotishga ruxsat berilgan bo‘lsa;
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
b) Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Milliy xavfsizlik xizmati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi mudofaasi va xavfsizligi maqsadida foydalaniladigan va foydalanishga mo‘ljallangan radioelektron vositalar;
(2-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-iyundagi 159-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 273-modda)
v) fuqaro aviatsiyasi korxonalari tomonidan parvozlarni va havoda harakatlanish xizmatini radionavigatsiya bilan ta’minlash maqsadida foydalaniladigan hamda foydalanish uchun mo‘ljallangan, Xalqaro Elektr aloqasi Ittifoqi (XEI) tavsiyanomalariga va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) standartlariga muvofiq bo‘lgan bortda va erda ishlatiladigan radioelektron vositalar;
g) O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining ruxsatisiz foydalanishga yo‘l qo‘yiladigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar;
Keyingi tahrirga qarang.
d) O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit bo‘yicha olib o‘tiladigan, bojxona nazoratida bo‘ladigan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan butun vaqt mobaynida ishlatilmaydigan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Har qanday turdagi va maqsaddagi turg‘un radioelektron vositalarni loyihalash va qurish (o‘rnatish) faqat O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligining yoki u vakil qilgan organning (bundan keyin matnda Agentlik deb ataladi) ruxsatnomasi mavjud bo‘lgandagina amalga oshiriladi.
3-bandning birinchi xatboshiga Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Ushbu vositalarni o‘rnatish uchun qurilish yoki maydonchalarga yer uchastkalari tanlash Agentlik bilan kelishuv bo‘yicha, o‘rnatilayotgan vositalarning ushbu hududda ishlatilayotgan va ilgari qurishga loyihalashtirilgan radioelektron vositalar va elektr aloqasi vositalari bilan elektromagnit jihatidan mosligi ta’minlanishini, shuningdek radiouzatish va radioelektron vositalar joylashtiriladigan hududlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Radioelektron vositalarning elektromagnit jihatidan mosligini ekspertizadan o‘tkazish ushbu vositalarni qurish uchun uchastkadan foydalanish mumkinligini Agentlik bilan tanlash va kelishib olish jarayonida, loyihalovchi tashkilotlar tomonidan bajariladi.
4. Har qanday turdagi va maqsaddagi radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni respublikada yaratish, modernizatsiyalash (radionurlanishning texnikaviy tavsiflarini o‘zgartirgan holda), keng ko‘lamda ishlab chiqarish, chet eldan sotib olish, shuningdek radiochastotalardan foydalangan holda ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazish faqat Agentlik tomonidan tegishli radiochastotalar ajratilgandan hamda texnikaviy topshiriqlar va texnikaviy shartlar kelishib olingandan keyin amalga oshiriladi.
4-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Ushbu Nizomning 2-bandida nazarda tutilganlardan tashqari, barcha turdagi va maqsadlardagi radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotish faqat savdo tashkilotlari orqali, Agentlikning tegishli ruxsatnomasini ko‘rsatgan holda amalga oshiriladi.
5-bandga Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
6. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasining bitta vazirligi, idorasi, korxonasi, muassasasi, tashkiloti, fuqarosi, xorijiy yuridik shaxs va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs tomonidan sotib olish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa vazirlikka, idoraga, korxonaga, muassasaga, tashkilotga (shu jumladan bitta vazirlik yoki idora ichidagi), fuqaroga, xorijiy yuridik shaxsga va fuqaroga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun berish Agentlik ruxsatiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ishlatishga faoliyatning ko‘rsatilgan turiga belgilangan tartibda beriladigan litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda ruxsat etiladi.
8. Respublika hududida foydalanishga mo‘ljallangan har qanday turdagi va maqsaddagi radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni (shu jumladan turli xil asbob-uskunalarga va transport vositalariga butlovchi buyumlarni chet eldan O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish Agentlik ruxsatiga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni xorijiy davlatlar vakolatxonalari hamda xorijiy firmalar, banklar va tashkilotlar vakolatxonalari va delegatsiyalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish Agentlik tomonidan tegishli vazirliklar va idoralarning iltimosnomalari bo‘yicha berilgan, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan ruxsatnomaga binoan, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan shartlarda qaytarib olib ketish majburiyati bilan amalga oshiriladi.
9-bandning birinchi xatboshiga Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Havaskorlik radio aloqasi bo‘yicha rasmiy musobaqalarda foydalanish uchun mo‘ljallangan radioelektron vositalarni xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish Agentlikning “Vatanparvar” O‘zbekiston Respublikasi mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkilotlar Markaziy kengashi iltimosnomasi bo‘yicha berilgan ruxsatnomaga binoan, O‘zbekiston Respublikasida belgilangan shartlarda qaytarib olib ketish majburiyati bilan amalga oshiriladi.
10. Rasmiy sport musobaqalarida, shuningdek ko‘rgazma va yarmarkalarda foydalanish uchun chet elga vaqtinchalik olib ketilgan radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga qaytarib olib kelish ushbu vositalar va qurilmalarni olib ketish vaqtida ularni qaytarib olib kelish to‘g‘risida bojxona organiga berilgan majburiyatlar asosida amalga oshiriladi.
11. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Agentlikning ruxsatnomasisiz O‘zbekiston Respublikasi hududiga keltirish taqiqlanadi, ushbu Nizomning 2-bandida ko‘rsatilgan vositalar va qurilmalar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlatish bevosita Agentlik ruxsatnomasi bo‘yicha, xorijiy firmalar, banklar, tashkilotlarning vakolatxonalari, xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan ishlatish esa vazirliklar va idoralarning tegishli xizmatlari orqali amalga oshiriladi.
12-bandga Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
13. Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik va konsullik vakolatxonalarida o‘rnatiladigan radiouzatgichlarni ishlatish Agentlik ruxsatnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari, idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan tegishli ruxsatnomasiz tayyorlangan yoki sotib olingan radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar ish qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ko‘rib chiqilgungacha musodara qilinadi.
15. Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalar ishining davlat nazorati belgilangan tartibda Agentlik tomonidan amalga oshiriladi. Agentlikning vakolatli mansabdor shaxslari O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, fuqarolari, xorijiy yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar foydalanishida bo‘lgan radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni to‘sqinliksiz kirib ko‘rish huquqiga egadirlar va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan huquqlardan foydalanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Vazirliklar, idoralar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlari Agentlikning mansabdor shaxslariga ularning ushbu Nizom bilan belgilangan vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishi uchun zarur bo‘lgan har tomonlama yordamni ko‘rsatishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Vazirliklar va idoralar ushbu Nizom talablarining o‘z tasarruflaridagi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan bajarilishi uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Davlat avtomobil nazorati avtotransport vositalarini davriy texnik ko‘riklardan o‘tkazishda avtomobillardagi va O‘zbekiston Respublikasi Davlat avtomobil nazoratining nazoratida bo‘lgan boshqa transport vositalaridagi radioelektron qurilmalarning o‘rnatilishiga Agentlik ruxsatnomalari mavjudligini nazorat qiladi.
18-bandga Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 11-noyabrdagi 499-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
19. Ichki ishlar, bojxona va soliq organlari ushbu Nizom bilan belgilangan, O‘zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni keltirish va undan olib ketish, tayyorlash, sotish, sotib olish va ishlatish tartibiga rioya qilinishida Agentlikka belgilangan tartibda zarur yordam ko‘rsatadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Radioelektron vositalarni va yuqori chastotali qurilmalarni ushlash, musodara qilish, saqlash va musodara qilinganlaridan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-noyabrdagi 453-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 22-24-son, 158-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 23-sentabrdagi 328-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 139-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1997-yil 31-iyuldagi 380-son qaroriga 1a, 4 va 4a-ilovalardan Elektrmagnit mosligi markazi” so‘zlari chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 28-avgustdagi 420-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997 i., 8-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Pochta va telekommunikatsiyalarni rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risida nizomdagi:
“Mulkchilik shakllari va qaysi idoraga qarashliliklaridan qat’i nazar, pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan normativ hujjatlar, davlat tarmoqlar standartlari talablarini, pochta va telekommunikatsiyalar sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini buzganlik uchun sanksiyalar shaklida, monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun solinadigan iqtisodiy sanksiyalar va jarimalardan boshqa, undiriladigan mablag‘lar”;
“O‘zbekiston Respublikasi qishloqlari va uzoq aholi yashash joylari telekommunikatsiya infratuzilmasini qayta jihozlash va uni yanada rivojlantirishni maqsadli mablag‘ bilan ta’minlash”.
Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 16-yanvardagi 13-son qarori (O‘zSSR QT, 1991-y., 1-son, 3-modda)ga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 13-avgustdagi 379-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 8-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-sentabrdagi 406-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 9-son 27-modda)ga ilova;
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 19-fevraldagi 89-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 2-son, 6-modda)ga ilovaning 5-bandi 6, 7-xatboshilari.