09.12.1992 yildagi 571-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
 LexUZ sharhi
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati haqida”gi Qonuniga binoan 1992-yilning dekabrida belgilangan tartibda amaldagi O‘zbekiston Respublikasining qonunlar majmuasini muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat sanitariya nazorati haqida”gi Qonunining 2, 6 va 31-moddalariga asosan sanitariya normalari, qoidalariga va gigiyena normativlariga rioya qilmaslik, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni o‘tkazmaslik natijasida odam va aholi guruhlari sog‘lig‘iga zarar keltirib, ular kasallangan va zaharlangan hollarda, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar va ayrim fuqarolar diagnostika qilish, davolash uchun hamda epidemiyaga qarshi ko‘rilgan chora-tadbirlarga ketgan xarajatlarni to‘lashga majburdirlar.