LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2021-yil 28-maydagi 30-sonli ““O‘zbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘larni ajratish tartibi to‘g‘risida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 1505-2, 05.06.2021-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-sonli “O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlar to‘plami” 2003-yil, 20-son) ijrosini ta’minlash maqsadida buyuraman:
1. Ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini ajratish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (yangi tahrirda) tasdiqlansin.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kundan keyin kuchga kiradi.
3. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1997-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘larni ajratish to‘g‘risida”gi tartibi (1997-yil, 30-dekabr, ro‘yxat raqami 386) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi orden va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘larni ajratish tartibini belgilaydi.
2. “O‘zbekiston Qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan shaxslar ish haqi yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda har oyda eng kam ish haqi miqdoriga teng bo‘lgan qo‘shimcha haq oladilar.
“Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining yetmish besh baravari miqdorida;
“Jaloliddin Manguberdi” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining oltmish besh baravari miqdorida;
“Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining oltmish baravari miqdorida;
“El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida;
“Fidokorona xizmatlari” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining qirq besh baravari miqdorida;
“Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida;
1-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida;
2-darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida;
1-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining qirq baravari miqdorida;
2-darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida;
“Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida to‘lanadi.
“Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining o‘n baravari miqdorida to‘lanadi.
“Shuhrat” medali bilan mukofotlangan shaxslarga eng kam ish haqining besh baravari miqdorida to‘lanadi.
4. Mukofot miqdori O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni imzolangan paytda belgilangan eng kam ish haqidan kelib chiqib hisoblab yoziladi.
5. Insonni uning vafotidan keyin mukofotlash paytida mukofotlash haqidagi hujjat va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti mukofotlangan shaxsning oilasiga topshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi ordenlari va medallari bilan mukofotlangan shaxslarga pul mukofotlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjetni tasdiqlash paytida rejalashtiriladi, mukofotlash haqidagi farmonlarning chiqishiga qarab yil davomida aniqlashtiriladi va aniq maqsadli hisoblanadi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi ordenlari va medallari bilan mukofotlangan shaxslar to‘g‘risidagi Farmon nusxasini olgandan so‘ng Toshkent shahar hokimiyatining Moliya bosh boshqarmasi 5 bank kuni davomida zarur mablag‘larni oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini yozib berish yuklangan O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining tuman bo‘limiga hisoblab o‘tkazadi.
8. Xalq bankining tuman bo‘limi mukofotlash haqidagi Prezident Farmoni nusxasini olgandan so‘ng oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklarini yozib berishni amalga oshiradi.
Oluvchining nomiga yozib berilgan hisob-kitob cheklari ularni ordenlar va medallar bilan mukofotlangan shaxslarga topshirishni tashkillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining mukofotlar shu’basiga qaytariladi.
9. Mukofotlarni to‘lash oluvchining nomi yozilgan hisob-kitob cheklari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining barcha muassasalari tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
11. To‘langan hisob-kitob cheklariga doir xarajatlarni qoplash to‘langan hisob-kitob cheklari talablari va reyestrlari asosida hisob-kitob cheklarini yozib bergan Xalq banki bo‘linmasi tomonidan amalga oshiriladi.
12. Ko‘rsatib o‘tilgan xarajatlar moliya organlari tomonidan budjetlar daromadlari va xarajatlari tasnifi 7016-bob 201-bo‘lim 48 21 190-moddasiga kiritiladi.