12.06.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1250
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 12.06.2003 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1250
Кучга кириш санаси
22.06.2003
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.10.2012
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
“Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi “Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 133-sonli, 2004-yil 25-martdagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2003-yil 18-martdagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 147-sonli qarorlariga muvofiq muddatida to‘lanmagan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni qarzdor korxona va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirish to‘g‘risidagi xo‘jalik sudlari qarorlarining majburiy tartibda ijrosini ta’minlash maqsadida Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Yo‘riqnoma Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi “Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi 133-sonli, 2004-yil 25-martdagi “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish, sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 140-sonli va 2003-yil 18-martdagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 147-sonli qarorlariga asosan ishlab chiqilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tuman (shahar) sud ijrochilari bo‘limi ijro hujjatlarining ushbu Yo‘riqnomaning 7-bandi ikkinchi xatboshidagi talablar asosida rasmiylashtirilganligini tekshirib qabul qilib oladi va ularning ijrosini “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonun talablari asosida amalga oshiradi.
10. Qarzdor korxona muddatida to‘lanmagan soliqlar va jarimalarni “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga muvofiq sud ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda to‘lamagan taqdirda, sud ijrochisi qonunda belgilangan tartibda undiruvni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik sudi tomonidan ushbu murojaat “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 31-moddasida belgilangan 10 kunlik muddatda ko‘rib chiqiladi va natijalari yuzasidan tegishli sud ijrochilari bo‘limiga yozma ravishda tushuntirish beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu ariza xo‘jalik sudi tomonidan Xo‘jalik protsessual kodeksining 125-moddasida belgilangan muddatda va tartibda hal etilib, qabul qilingan sud hujjati mazkur Kodeksning 148-moddasida belgilangan muddatda tegishli sud ijrochilari bo‘limiga yuboriladi.
14. Xo‘jalik sudlarining ushbu toifadagi ijro hujjatlarini majburiy tartibda ijro etish jarayonida sodir etilgan Jinoyat kodeksining 232-233-moddalarida ko‘rsatilgan qonunbuzilish holatlari bo‘yicha sud ijrochisi jinoiy javobgarlik masalasini hal etish uchun o‘zi joylashgan joydagi jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudiga to‘plangan hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 18-martdagi “Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 147-sonli qaroriga muvofiq, ijro ishi bo‘yicha budjetga undirilgan summadan 10 foiz miqdordagi ajratmalar Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga (keyingi matnlarda Jamg‘arma deb yuritiladi) o‘tkaziladi. Bunda, ijro hujjatlari bo‘yicha sud ijrochilari tomonidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilingunga qadar soliq idoralari tomonidan qo‘yilgan inkasso topshiriqnomalariga asosan undirilgan summalardan 10 foizli ajratma olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.