Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 27.05.1998 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Davlat boshqaruvi organlari, kredit-moliya muassasalari, sug‘urta tashkilotlariga va hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlarga 2-ilovaga muvofiq kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalarning amalga oshirilishi uchun mas’uliyat yuklanishi belgilab qo‘yilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Kafolatlar va imtiyozlar mazmuni

Qonun hujjatlari

I.Kafolatlar va tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish

1.

Davlat kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi, erkin raqobat uchun shart-sharoit yaratadi, moddiy, moliyaviy, mehnatga oid va resurslardan foydalanishda teng imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik va xususiy tadbirkorlik masalalariga oid, hamma uchun majburiy bo‘lgan normativ hujjatlari tegishincha Adliya vazirligida, uning mahalliy organlarida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilishi, davlat ro‘yxatiga olinishi zarur, bu hujjatlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirishda o‘z tashabbusi bilan qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan har qanday qaror qabul qilishga haqlidir.
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatining xizmat yoki tijorat siri bo‘lgan axborotlarning himoya qilinishi kafolatlanadi.
“Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (6-modda).

2.

Soliq olishga doir qonun hujjatlariga kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun �irmuncha noqulayroq sharoitlarni yuzaga keltiradigan o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, mazkur subyektlardan keyingi ikki yil mobaynida ular davlat ro‘yxatidan o‘tgan paytda amalda bo‘lgan qonun hujjatlariga muvofiq soliq undiriladi. “Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (18-modda).

3.

Mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tartibga solish, nazorat qiluvchi organlar tomonidan ularning faoliyatiga asossiz aralashishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
Quyidagilar belgilab qo‘yilsin:
mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini qonunchilik normalarida belgilangan huquqlarga muvofiq amalga oshiriladigan tekshirishlarning hammasi nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bilan kelishilgan holdagina o‘tkaziladi. Respublika kengashi bilan kelishilmagan holda tekshirishlarni amalga oshiruvchi markazdagi va joylardagi nazorat qiluvchi organlarning rahbarlari belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF—1503-son Farmoni (1,3-bandlar).

4.

Belgilansinki, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi a’zolari bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalarining ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyatini tekshirishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF—1503-son Farmoni talablar�ga muvofiq palata va uning hududiy tuzilmalari yuridik xizmatlari albatta ishtirok etgan holda amalga oshiriladi.Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 21-apreldagi 166-son qarori.

5.

Belgilab qo‘yilsinki, asosan xalq iste’mol mollari ishlab chiqaradigan, qishloq xo‘jalik mahsulotlari chuqur qayta ishlanadigan mavjud kichik va o‘rta qo‘shma korxonalarni yanada rivojlantirish hamda shunday yangi korxonalarni barpo etish, shuningdek eng avvalo qishloq joylarda infrastrukturani rivojlantirish yo‘li bilan raqobatbardosh va eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda xizmat ko‘rsatishni ko‘zda tutuvchi investitsiya loyihalari jalb etilayotgan xorijiy kredit mablag‘lari hisobiga birinchi navbatda pul bilan ta’minlanadi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni (2-band).

6.

Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi vakolatli banklarining kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun, dehqon va fermer xo‘jaliklarini ham qo‘shgan holda, sarmoya loyihalariga ajratilgan xorijiy kreditlarni qayta taqsimlashdan tushadigan vositachilik yig‘imlarining umumiy miqdori subkredit summasidan olinadigan yillik foydaning 0,15 foizidan oshmasligi lozim;
xorijiy kredit yo‘nalishlari bo‘yicha olingan kreditlarni to‘lash muddati ular subzayomga qayta taqsimlanayotganida 3 oydan ortiq muddatga qisqartirilishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlant�rishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoni (7-band).

II.Kichik va o‘rta korxonalar faoliyatini rag‘batlantiruvchi imtiyozlar

7.

Energiya ta’minoti manbaidan foydalanishda qishloq xo‘jalik ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloqdagi kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham taalluqlidir.“Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag‘batlantirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (21-modda).

8.

1997-yilning 1-fevralidan boshlab kichik va o‘rta ishlab chiqarish korxonalari, lizing kompaniyalari jalb etiladigan xorijiy kreditlar hisobiga olib kelinadigan texnologik uskunalar uchun import boj haqi to‘lovlaridan ozod qilinsin.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-yanvardagi PF-1702-son Farmoni (5-band).

9.

Qo‘rg‘onlar, qishloq va ovullarda yangidan barpo etilayotgan ishlab chiqarish-texnika sohasiga mo‘ljallangan mahsulotlar, qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, shuningdek qurilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, ta’mirlash, ta’mirlash-qurilish, maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatadigan xususiy korxonalarga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 31-moddasining 18-bandi tatbiq etilsin. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan imtiyozlar faqat Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasiga, Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasiga a’�o bo‘lgan kichik va o‘rta biznes korxonalarigagina tegishlidir.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlan?irishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoni (3-band).

10.

Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi a’zolariga mustaqil ravishda yoki ular tomonidan tashkil etiladigan tayyorlov kooperativlari orqali meva-sabzavot mahsulotlarini hamda ularni qayta ishlab olingan mahsulotlarni, valyuta tushumining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga sotmasdan, barter asosida eksport qilishga ruxsat berilsin.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 22-apreldagi 168-son qarori (7-band).

11.

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari davlat statistika va muhosiba hisobotlarini Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan, hisobotdorlikning soddalashtirilgan taomili hamda shakllarini nazarda tutadigan tartibda taqdim etadilar.“Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (5-modda, 1-qism)

12.

Kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lanishini nazarda tutuvchi soddalashtirilgan soliq solish tizimi qo‘llanilishi mumkin. Aksiz to‘lanadigan mahsulot chiqarayotgan korxonalarga soddalashtirilgan soliq solish tizimi tatbiq etilmaydi.
Soliq solish tizimini tanlash huquqi kichik korxonalarga beriladi. Yagona soliq to‘lash tartibi va stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Soliq kodeksi (8-modda, 1-3-xatboshilar).

13.

Quyidagi yuridik shaxslar daromad (foyda) solig‘idan ozod qilinadi:
1) xodimlari umumiy sonining kamida yetmish besh foizini o‘rta maktablar va hunar-texnika bilim yurtlari o‘quvchilari tashkil etadigan yuridik shaxslar;
2) protez-ortopediya buyumlari, inventari ishlab chiqarishga, shuningdek nogironlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan yuridik shaxslar — asosiy faoliyat turi bo‘yicha;
32) ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar, 1941—1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslardan tashqari;
8) yuridik shaxslar tarix va madaniyat yodgorliklarini ta’mirlash va qayta tiklash ishlarini amalga oshirishdan olingan daromadlar (foydalar) bo‘yicha;
12) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanadigan yuridik shaxslar tuzilgan paytdan boshlab birinchi daromad orttirgunga qadar, lekin uzog‘i bilan ro‘yxatdan o‘tgan vaqtidan e’tiboran uch yilgacha.
Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar foyda olgan birinchi yili ellik foiz, ikkinchi yili yetmish besh foiz, uchinchi yildan boshlab yuz foiz miqdorda soliq to‘laydi;
14) chet el investitsiyalari ishtirokidagi yangi tashkil etilib, eksportga yo‘naltirilgan va eksportning o‘rnini bosadigan mahsulotlar chiqaradigan korxonalar: agar ishlab chiqarish hajmining yigirma besh foizdan ortig‘i bolalarbop mahsulotlardan iborat bo‘lsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran besh yil muddatga. Keyingi yillarda soliq amaldagiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka bo‘yicha undiriladi;
agar chet el sarmoyasining ulushi korxona ustav fondining ellik foizi va undan ko‘pini tashkil etsa, ishlab chiqarish boshlangan paytdan e’tiboran ikk� yil muddatga;
15) ustav fondida chet el sarmoyasining ulushi ellik foiz va undan ko‘pni tashkil etadigan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari - ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga yo‘naltiriladigan daromadi (foydasi) bo‘yicha;
16) O‘zbekiston Respublikasining investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital mablag‘lar sarflaydigan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalari, ro‘yxatdan o‘tgan vaqtidan e’tiboran dastlabki yetti yil davomida;
17) qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish va ularni qayta ishlashga (uzum va mevalardan vinolar, o‘tkir ichimliklar tayyorlashdan tashqari), xalq iste’moli tovarlari va binokorlik materiallari, tibbiyot asbob-uskunalari, qishloq xo‘jaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati uchun mashinalar va asbob-uskunalar ishlab chiqarishga, ikkilamchi xomashyo va maishiy chiqindilarni tayyorlash hamda qayta ishlashga ixtisoslashgan, ustav fondidagi chet el kapitali o‘ttiz foizdan ortiq bo‘lgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar —ro‘yxatdan o‘tgan vaqtidan e’tiboran ikki yil davomida;
18) posyolkalar, qishloqlar va ovullar hududlarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va xalq iste’moli tovarlari ishlab chiqarish bo‘yicha yangi tashkil etilayotgan korxonalar mahsulot ishlab chiqarishni boshlagan paytdan e’tiboran uch yil muddatga. Keyingi yillarda soliq amaldagiga nisbatan ikki baravar kamaytirilgan stavka bo‘yicha undiriladi;
19) yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar (savdo, vositachilik, ta’minot, sotish va tayyorlash faoliyati bilan shug‘ullanuvchilardan tashqari) tashkil etilgan (ro‘yxatdan o‘tkazilgan) paytdan e’tiboran birinchi yili belgilangan stavkaning yigirma besh foizi miqdorida va ikkinchi yili ellik foizi miqdorida soliq to‘laydilar. Keyingi yillarda daromad (foyda) solig‘i belgilangan stavka bo‘yicha to‘liq miqdorda to‘lanadi.
Ushbu moddada yangi tashkil etilgan korxonalarga berilgan imtiyozlar avvaldan amal qilib turgan yuridik shaxslar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalari negizida tuzilgan yuridik shaxslarga (chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalardan tashqari), shuningdek korxonalar huzurida tuzilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular korxonadan ijaraga olingan asb�b-uskunalarda ishlayotgan bo‘lsalar, qo‘llanmaydi.
Ushbu moddaning 11, 12, 14, 17, 18 va 19-bandlarida nazarda tutilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrning bir yili o‘tguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun to‘liq miqdorda undirib olinadi.
Korxonalar hisobot yilining yakunlari bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti hajmini oshirishdan olgan erkin almashtiriladigan valyutaga teng tushumlarining summasi daromad (foyda) solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Ushbu imtiyoz vositachilik tashkilotlariga nisbatan, shuningdek eksport qilinadigan xomashyo tarmoqlari: paxta tolasi, lint, neft, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, gaz kondensati, tabiiy gaz, qimmatbaho, rangli va qora metallar, ip gazlama ishlab chiqaradigan korxonalarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Soliq kodeksi (31-modda).

14.

Yuridik shaxslarning soliq solinadigan daromadi (foydasi) quyidagi summaga kamaytiriladi:
ekologiya, salomatlik va xayriya fondlari, madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga badallar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) bir foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; investitsiyalarga (asosiy ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishga), shuningdek investitsiyalar uchun olingan kreditlarni uzishga yo‘naltiriladigan xarajatlar summasiga, hisoblangan eskirishdan to‘liq foydalanish sharti bilan, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) ellik foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini o‘tkazishga ketgan xarajatlarning o‘ttiz foizi summasiga;
futbolni rivojlantirishga ko‘maklashish, futbol klublari va maktablarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga sarflanadigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan daromadning (foydaning) besh foizigacha miqdorda.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarning daromadlari bo‘yicha soliq solinadigan baza zaxira f�ndi ustav fondining yigirma besh foiziga etguniga qadar daromadning (foydaning) yigirma foizigacha miqdorda zaxira fondiga o‘tkaziladigan ajratmalar summasiga kamaytiriladi.
Ishlovchilari umumiy sonining uch foizidan ko‘prog‘ini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar uchun daromad (foyda) solig‘i summasi quyidagi tarzda: belgilangan normadan ortiq ishga joylashtirilgan nogironlarning har bir foiziga daromad (foyda) solig‘i bir foiz kamaytiriladi.
Soliq kodeksi (32-modda).

15.

Qo‘shilgan qiymat solig‘idan quyidagilar ozod qilinadi:
1) sug‘urta bo‘yicha vositachilar va agentlar amalga oshiradigan sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari, shu jumladan bunday operatsiyalar bilan bog‘liq xizmatlar;
3) pul omonatlari, joriy hisobvaraqlar, to‘lovlar, o‘tkazmalar, cheklar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga daxldor operatsiyalar;
17) aholiga ko‘rsatiladigan uy-joy-kommunal va uy-joydan foydalanish xizmatlari;
21) tibbiy sanatoriy-kurort, sog‘lomlashtirish va turistik-ekskursiya xizmatlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalarining asosiy (soha) faoliyati bo‘yicha ko‘rsatadigan xizmatlari, bolalar dam olish lagerlarining xizmatlari;
29) arxiv hujjatlarini ilmiy-texnikaviy jihatdan qayta ishlash, ta’mirlash, muqovalash va ulardan foydalanishga, ish yuritishni takomillashtirishga doir xizmatlar.
30) davlat tilini va davlat tilida ish yuritishni o‘rgatish xizmatlari;
31) respublikada ishlab chiqariladigan hamda yakka tartibda imorat quruvchilarga sotiladigan binokorlik materiallari;
32) qurilish va maxsus montaj ishlarini amalga oshiruvchi pudrat, ta’mirlash-qurilish, maxsus montaj tashkilotlari xususiy uy-joy qurilishida bajargan ish hajmlari;
33) jismoniy va yuridik shaxslar uchun uy-joy qurish bo‘yicha “O‘zuyjoyjamg‘armabank” bilan tuzilgan shartnomalarga ko‘ra uy-joy qurilishida bajarilgan ishlar hajmi;
34) eksport qilinayotgan tovarlarni, shuningdek chet mamlakatlarning O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali olib o‘tiladigan yuklarini (�ranzit yuklarni) tashish, ortish, tushirish, qayta ortish bo‘yicha xizmatlar;
35) ishlovchilari umumiy sonining ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno.
Soliq kodeksi (71-modda).

16.

Quyidagilarga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi:
tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga, O‘zbekiston Respublikasiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportiga nisbatan soliq solish rejimini qo‘llaydigan davlatlarga tovarlarni (ishlar, xizmatlarni) realizatsiya qilish hollari bundan mustasno;
Soliq kodeksi (72-modda).

17*.

Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganida soliq solinadigan baza quyidagilarning qiymatiga kamaytiriladi:
tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadida va yong‘inga qarshi xavfsizlik uchun foydalaniladigan obyektlarning;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish, saqlash va ularning seleksiyasi, baliq etishtirish, ovlash va uni qayta ishlash uchun foydalaniladigan obyektlarning;
yo‘l xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlarining yo‘llarini ta’mirlash va saqlash ishlarida band bo‘lgan transport vositalarining.
Yuridik shaxslarning quyidagi mol-mulkiga soliq solinmaydi: Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan, turizm faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga tashkil etilgan vaqtidan e’tiboran dastlabki foyda olguniga qadar, lekin ular ro‘yxatdan o‘tgan vaqtdan e’tiboran uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga. Ana shu yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrdan keyin bir yil o‘tguniga qadar tugatilgan taqdirda soliq summasi ularning butun faoliyati davri uchu� to‘liq miqdorda undirib olinadi;
ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanadiganlari bundan mustasno;
yangi tashkil etilgan yuridik shaxslarning mol-mulkiga, ro‘yxatdan o‘tgan paytidan e’tiboran ikki yil mobaynida. Soliq bo‘yicha mazkur imtiyoz tugatilgan (qayta tashkil etilgan) korxonalar, ularning filiallari va tarkibiy bo‘linmalarining ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlari negizida tashkil etilgan korxonalarga, shuningdek korxonalar huzurida tashkil etilgan yuridik shaxslarga nisbatan, basharti ular ana shu korxonalardan ijaraga olingan asbob-uskunalarida ishlayotgan bo‘lsalar, qo‘llanilmaydi.
Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan ularning hududida mulki joylashgan soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha imtiyozlar berilishi mumkin.
Soliq kodeksi (92-modda).

18*.

Quyidagi yuridik shaxslar yer solig‘idan ozod qilinadilar:
2) madaniyat, maorif, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot muassasalari, bo‘ysunishidan qat’i nazar, o‘z zimmalariga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun ularga ajratilgan yer uchastkalari uchun;
4) chet el investitsiyalari ishtirokidagi, ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar — ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida;
5) ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil etgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar bundan mustasno;
7) Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkent shaharlarida yangi tashkil etilgan turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxslar — tashkil etilgan paytdan e’tiboran birinchi foyda olguniga qadar, biroq bu muddat ular ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran uch yildan oshmasligi lozim.
Ushbu moddaning birinchi qismi 3 va 4-bandlarida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar belgilangan imtiyozli davrda� keyin bir yil o‘tguniga qadar tugatilgan taqdirda, soliq summasi ularning butun faoliyat davri uchun to‘liq miqdorda undiriladi.
Soliq kodeksi (102-modda).

19*.

Quyidagilar ekologiya solig‘idan ozod qilinadi:
ishlovchilar umumiy miqdorining kamida ellik foizi nogironlar bo‘lgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanayotganlari bundan mustasno.
Soliq kodeksi (113-modda).

20*.

Quyidagi yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqdan ozod qilinadilar:
yer osti ma’danli suvlaridan davolash maqsadida foydalanuvchi sog‘liqni saqlash muassasalari, ular ma’danli suvdan savdo tarmog‘ida realizatsiya qilish uchun foydalangan hollar bundan mustasno; farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanuvchi va suvdan dori vositalari tayyorlash uchun foydalanuvchi yuridik shaxslar;
ishlovchilari umumiy sonining kamida ellik foizini nogironlar tashkil qilgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar bundan mustasno.
Soliq kodeksi (119-modda).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

Organning nomi

Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha vazifalari

Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi

Kichik va o‘rta biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash.
Davlat boshqaruvi organlari va bozor infratuzilmasining kichik va o‘rta biznesni hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish:
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash, shu jumladan, xorijiy kredit liniyalari hisobiga mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit resurslaridan foydalanishda ularning kafolatlariga va imtiyozlariga rioya qilish.
Monitoringni tashkil etish va investitsiya loyihalarini va takliflarni tanlov asosida tanlab olish mexanizmini ishlab chiqish.
Investitsiya loyihalarini va takliflarini mablag‘ bilan ta’minlash mexanizmini ishlab chiqish, kreditlashning muammoli masalalarini hal qilish, bunda sansalorlik, buyruqbozlik va salbiy holatlarni bartaraf etish yuzasidan qattiq nazorat o‘rnatishni ta’minlash.
Mablag‘ bilan ta’minlash uchun qabul qilingan investitsiya loyihalarini hisobga olish tizimini tashkil etish, ularning amalga oshirilishini, ajratilgan kredit resurslarining samaradorligini va ulardan maqsadli foydalanilishini muntazam ravishda tahlil qilish.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklariKichik va o‘rta biznes subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun mahalliy soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha imtiyozlar belgilash.
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning hududiy dasturlarini ishlab chiqish.
Kichik va o‘rta biznes korxonalari uchun turar-joy bo‘lmagan binolarni ijaraga berish va ularni sotuvga qo‘yish.
O‘zbekiston Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha respublika muvofiqlashtiruvchi kengashi qarorlarini amalda ro‘yobga chiqarish ishlarini tashkil etish.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida kichik biznes manfaatlarini ifodalash.
Davlat registri asosida kichik biznes subyektlari reyestrini yuritish.
Kichik biznes korxonalarini rivojlantirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyatini, investitsiya jarayonining barcha bosqichlarida investitsiya loyihalarini, shu jumladan, jalb qilinadigan xorijiy kredit liniyalari bo‘yicha investitsiya loyihalarini amalga oshirishning samaradorligi monitoringi yuritilishini tashkil etish.
Dastlabki hisobga olish va hisobotni yuritish, moliya resurslaridan samarali foydalanish, investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari, mahsulotni eksport qilish, kadrlarni kasb-hunarga o‘rgatish bilan bog‘liq masalalarda yordam ko‘rsatish.
Biznes-fond “Madad” sug‘urta agentligi, “O‘ztadbirkorbank” tomonidan o‘tkaziladigan kichik biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlash tadbirlarini muvofiqlashtirish.
Xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalar tashkil etish.
Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, “Asaka banki”,
“O‘ztadbirkorbank”, kredit beruvchi va kredit liniyalariga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari
Kichik va o‘rta biznes subyektlarini kreditlash uchun xorijiy kredit liniyalarini jalb etish.
O‘z mablag‘lari va jalb qilingan kredit resurslari, budjetdan tashqari jamg‘armalar, xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobidan kreditlar berish.
Investitsiya loyihalarini kompleks ekspertiza qilish.
Kredit mablag‘laridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish. Keng ko‘lamda bank xizmatlari ko‘rsatish (faktoring, lizing, kredit, kafolatlar berish va boshqalar).
Biznes-fond, shuningdek, budjetdan tashqari boshqa jamg‘armalar Kichik va o‘rta biznes subyektlariga kreditlar berish uchun tijorat banklarida kredit liniyalari ochish.
Kichik va o‘rta korxonalarning ustav kapitalida qatnashish.
Maslahat va axborot xizmatlari ko‘rsatish shaklida texnik yordam ko‘rsatish.
Infratuzilmani rivojlantirishga ko‘maklashish.
Olinadigan kreditlar va qo‘llab-quvvatlashning boshqa shakllari uchun kafolatlar, majburiyatlar va kafilliklar berish.
“Madad”, “Kafolat”,
“O‘zagrosug‘urta” sug‘urta kompaniyalari va boshqalar
Kichik va o‘rta biznes subyektlari tavakkalchiliklarini, shu jumladan, tuzilgan kontraktlarga oid tavakkalchiliklarni sug‘urta qilish.
Kreditlar olish, shu jumladan, xorijiy tijorat banklari kreditlarini olish uchun zarur bo‘lgan sug‘urta kafolatlari berish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiQo‘shma korxonalar tashkil etish, eksport mahsulotlarini sotish bozorlarini, jahon bozori konyunkturasi, mahsulot ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyalari to‘g‘risidagi axborot bilan ta’minlash uchun xorijiy sheriklar izlab topishda ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasiKichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga ularning soliqlarni to‘g‘ri hisoblashida va buxgalteriya hisobini yuritishida yordam ko‘rsatish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirishni takomillashtirish to‘g‘risida” 1996-yil 8-avgustdagi PF-1503-son Farmonining kichik va o‘rta biznes subyektlarini tekshirishlarni muvofiqlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni asossiz ravishda ko‘p martalab tekshirishlar tufayli korxonalarni ishlab chiqarish faoliyatidan uzoq vaqt chalg‘itilishiga yo‘l qo‘ymaslikka oid qismida qat’iy rioya qilinishini ta’minlash, shuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq solishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiKichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlarini tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish. Kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlariga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishlarida ko‘maklashish.
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiYangi tashkil etilgan kichik va o‘rta biznes korxonalarini davlat registriga kiritish va ularga davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning tegishli raqamini berish.
Kichik va o‘rta biznes subyektlari bo‘yicha davlat statistika hisobotini yuritish.
Tashkiliy-huquqiy shakllari va hududlar hamda tarmoqlar bo‘yicha kichik va o‘rta biznes korxonalarini tashkil etish, tugatish dinamikasini ular faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini aks ettirgan holda tahlil qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Tijorat banklarida kichik va o‘rta biznes subyektlarining hisob-kitob schyotlarini ochishning, naqd pul tushumi sifatida kichik biznes korxonalariga tushadigan naqd valyutalarni inkassatsiya qilishning umumiy tartibini belgilash.
Kichik va o‘rta biznes korxonalarini kreditlashning umumiy qoidalarini belgilash.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiAdliya vazirligida, uning joylardagi organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar va joylardagi davlat hokimiyati organlarining kichik va o‘rta tadbirkorlik masalalariga oid me’yoriy hujjatlarini ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish.
Garov shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
Kichik va o‘rta biznes sohasidagi qo‘shma korxonalarni va aksiyadorlik jamiyatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish. Qonunchilikning, shu jumladan, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha qonunchilikning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy tadbirkorlik, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 9-apreldagi PF-1987-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish uchun berilgan xorijiy banklar kredit liniyalari doirasida loyihalarni tanlab olish va mablag‘ bilan ta’minlashni boshlash mexanizmini belgilab beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Imkoniyatga ega bo‘lgan qarz oluvchining mulkini, shu jumladan kreditni ta’minlash uchun garovga qo‘yilgan mulkini sug‘urtalash, mazkur Tartibning 11-bandida ko‘rsatilgan sug‘urta agentliklaridan birortasi tomonidan, ularning ustavlariga qat’iy muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ikkinchi va uchinchi bo‘limlarning birinchi bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
ikkinchi bo‘limning 2-bandidagi birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin: “Imtiyozli kredit berish jalb etilgan va Biznes-fondning o‘z mablag‘lari hisobiga iqtisodiyotning quyidagi tarmoqlaridagi kichik va o‘rta biznes subyektlari investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun Biznes-fond tomonidan ochiladigan kredit yo‘nalishlarini banklar tomonidan o‘zlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi:”;
uchinchi bo‘limning 2-bandida (2 va 3-xatboshilarda) va 3-bandida “O‘ztadbirkorbank” so‘zi “kredit liniyasiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
4-banddagi “va “O‘ztadbirkorbank” so‘zlari chiqarib tashlansin.
a) 3-band “subyektlarini” so‘zlaridan keyin “(shu jumladan kichik va o‘rta biznes korxonalari tomonidan olinadigan kreditlarni ta’minlash uchun qo‘yilgan garovlarni)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 4-ilovadagi matnda “Biznes-fond” so‘zlari “kichik va o‘rta biznes korxonalariga kredit beruvchi bank” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”