Oldingi tahrirga qarang.
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda; )
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 542-sonli “Tadbirkorlik subyektlari bo‘lmagan ayrim yuridik shaxslarni tashkil etish va tugatishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonining 12-bandiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
2. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, ittifoqlar, aksionerlik jamiyatlari va boshqalar), mulkchilik shaklidan qat’i nazar, 1994-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida davlat ro‘yxatidan o‘tishlari kerak.
Belgilangan muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan xo‘jalik birlashmalarining faoliyati noqonuniy hisoblanadi hamda ularning daromadi tegishli budjetga musodara qilinadi.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari faoliyat ko‘rsatayotgan barcha xo‘jalik birlashmalarining 1994-yil 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tishlarini ta’minlash majburiyatlarini yuklasinlar.
4. Vazirlar Mahkamasining 1991-yil 12-iyundagi 159-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston SSR hududidagi Nizomning 1-bandidan “birlashmalar” so‘zi chiqarib tashlansin (O‘zSSR, QT, 1991, 6-son, 19-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(nizom nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-yil 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasidagi yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini nazarda tutadi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 15-16 -son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmalari, shuningdek, Toshkent shahrida joylashgan yuridik shaxslar birlashmalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tadilar.
Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yuridik shaxslar birlashmasi deyilganda qatnashchilari ikki yoki undan ko‘p ma’muriy-hududiy tuzilmalar (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyatlar)da joylashgan birlashma tushuniladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi yuridik shaxslar birlashmalari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida, viloyat hokimliklari adliya boshqarmalarida ro‘yxatdan o‘tadilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgust 347-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida ariza va belgilangan shakldagi ro‘yxatga olish kartasi;
b) ta’sis shartnomasi va Ustav qabul qilinganligi to‘g‘risidagi ta’sis yig‘ilishi (konferensiyasi) bayoni;
Keyingi tahrirga qarang.
d) yuridik shaxslar birlashmasini ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun belgilangan miqdorda yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi bank to‘lov hujjati.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yuridik shaxslar birlashmasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik uchun eng kam ish haqining besh baravari miqdorida yig‘im undiriladi. Olingan mablag‘ning 20 foizi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining markazlashtirilgan schyotiga, qolganlari respublika (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilganda) yoki mahalliy budjetga o‘tkaziladi.
Ta’sis hujjatlari o‘zgarganda yoki ularga qo‘shimchalar kiritilganda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmasi qayta tashkil etilganda qayta ro‘yxatdan o‘tkazish amalga oshiriladi, buning uchun ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘langan summaning yarmi miqdorida yig‘im undiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish zarur hujjatlar ilova qilingan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza taqdim etilgan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida amalga oshiriladi. Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma tadbirkorlik subyektlari uchun belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-avgust 2001-yil 347-sonli qarori asosida o‘z kuchini yo‘qotdi— O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Faoliyat ko‘rsatib turgan yuridik shaxslar birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo‘lgan ta’sis hujjatlari taqdim etilganligi munosabati bilan uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilganda, ro‘yxatga oluvchi bu haqda hisob-kitob operatsiyalarini to‘xtatish uchun mablag‘ bilan ta’minlovchi bankka ma’lum qiladi. Yuridik shaxslar birlashmasini tugatish O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22-avgustdagi 2001-yil 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son , 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ro‘yxatga oluvchi organ sifatida yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan o‘zlarining ta’sis shartnomalari va ustavlariga rioya etishlari ustidan nazoratni amalga oshiradi. Ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi buzilgan taqdirda, shuningdek, yuridik shaxslar birlashmalari tomonidan ta’sis hujjatlariga rioya qilinmaganda (korxonalarning xo‘jalik faoliyatiga aralashish va boshqalar) ro‘yxatga oluvchi organ birlashmadan xo‘jalik sudi orqali eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida jarima undirib olishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Jarima sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi. Bunday da’volar bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va uning organlari davlat boji to‘lashdan ozod qilinadilar.
(9-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-apreldagi 197-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2003-y., 7-8-son, 66-modda)
Agar yuridik shaxslar birlashmalari ulardan jarima undirib olingandan keyin amaldagi qonun hujjatlarini buzishni davom ettirsalar hamda ta’sis hujjatlarida belgilangan vakolatlardan chetga chiqsalar, ro‘yxatga oluvchi organ ularni tugatish to‘g‘risidagi da’vo bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar birlashmalari qayta tashkil etilgan yoki asosiy faoliyat turlarida o‘zgartishlar yuz bergan taqdirda, ular bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tkazgan organga qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun hujjatlarni taqdim etadilar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Yuridik shaxslar birlashmalari vakolatli davlat organlarini o‘zlarining pochta manzillari o‘zgarganligi to‘g‘risida o‘n kun muddatda xabardor qilishga majburdir. Vakolatli davlat organlarini pochta manzili o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilmaganlik uchun yuridik shaxslar birlashmalarining mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-avgustdagi 347-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2001-y., 15-16-son, 106-modda)