LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasining 2021-yil 14-iyuldagi O‘RQ-701-sonli “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati tasdiqlansin (1-ilova).
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga muvofiq holga keltirsin, shuningdek vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar mazkur ro‘yxatga zid bo‘lgan o‘z normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini to‘liq yoki qisman yo‘qotgan deb hisoblansin.
Qurol-yarog‘ va uning o‘q-dorilarini, himoyalanish vositalarini, harbiy texnikani, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va priborlarini (agar ulardan boshqa tarmoqlarda foydalanilmasa), shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallarni va maxsus asbob-uskunani yaratish, ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Portlovchi va zaharli moddalarni, ularni qo‘llagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Bo‘shayotgan harbiy-texnika vositalarini tugatish (yo‘q qilib tashlash, utilizatsiya qilish, ko‘mib tashlash) va qayta ishlash.
Ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish.
Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan muomalada bo‘linadigan sohalardagi ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari, ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini loyihalashtirish, barpo etish va ularga xizmat ko‘rsatish, ular uchun texnologik asbob-uskunalar, radiatsiyadan himoyalanish vositalarini yasash va tayyorlash.
Ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini qazib olish, ishlab chiqarish, tayyorlash, qayta tayyorlash, ulardan foydalanish, ularni saqlash, ularga xizmat ko‘rsatish, ularni tashish hamda zararsizlantirish, utilizatsiya qilish va ko‘mib tashlash.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish.
(to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-iyuldagi O‘RQ-102-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 295-modda)
Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash.
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish.
Oldingi tahrirga qarang.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni olib kirish (olib chiqish), saqlash, realizatsiya qilish (berish), taqsimlash, tashish, ishlab chiqish va ishlab chiqarish, tayyorlash, yo‘q qilish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlardan ilmiy va o‘quv maqsadlarida, shuningdek ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun, shu jumladan tibbiyotda va veterinariyada foydalanish.
(o‘n ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrdagi 447-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 8-modda)
Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish.
Mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish.
Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish.
Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Ko‘chma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, zavodda idishlarga qadoqlanganlari bundan mustasno.
Banklar tomonidan, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida operatsiyalar o‘tkazish.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyat bilan shug‘ullanish (qimmatbaho qog‘ozlar bozoridagi investitsiya institutlarining faoliyati).
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(elliginchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-109-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 37-38-son, 377-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Tarkibida qimmatbaho va rangli metallar, qimmatbaho toshlar bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash.
Keyingi tahrirga qarang.
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dasturlar ishlab chiqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, ko‘paytirish va realizatsiya qilish.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 4-apreldagi O‘RQ-28-sonli Qonuniga asosan yetmish birinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2006-y., 14-son, 110-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 17-iyuldagi O‘RQ-102-sonli Qonuniga asosan yetmish ikkinchi va yetmish uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 29-30-son, 295-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvarda qabul qilingan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda).
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1992-yil 26-noyabrda qabul qilgan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 110-modda).
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi qarorining 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 16-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1993-yil 11-yanvarda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1992-yil 14-yanvarda qabul qilgan “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi 516-XII-sonli qarorga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 2, 124-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining uchinchi va beshinchi xatboshilari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 263-modda).
6. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Korxonalar (tashkilotlar) faqat maxsus ruxsatnomalar (litsenziyalar) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining ro‘yxati haqida”gi qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 330-modda).
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 51-modda).
8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 18-aprelda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxatiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 4, 109-modda).
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 143-modda).
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining 1994-yil 31-avgustda qabul qilingan “Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qo‘shma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shug‘ullanishga haqli bo‘lgan faoliyat turlarining Ro‘yxatiga o‘zgartish kiritish to‘g‘risida”gi qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 8-9, 244-modda).
11. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosatining ayrim qarorlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorining to‘rtinchi xatboshisi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 10, 258-modda).
12. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining X bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda).
13. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining XIX bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 56-modda).
14. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining III bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 241-modda).
15. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunining III bo‘limi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda).