Qayd etilsinki, “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi tegishli 595-sonli qarorini ijro etish yuzasidan Xalq banki va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimini amalda joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Respublikaning barcha mintaqalaridagi Xalq banki bo‘limlarida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning taqdimnomasi bo‘yicha fuqarolar uchun yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlari ochilgan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya daftarchalari berilmoqda, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yishning elektron ma’lumotlar bazasi shakllantirilmoqda.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tuman va shaharlar hokimliklari hamda boshqa tegishli organlari tomonidan fuqarolarning shaxsiy kodini berish, ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlar, xususan fermer xo‘jaliklari tomonidan xodimlarni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish uchun Xalq banki filiallariga ma’lumotlar taqdim etish ishlari hali talab darajasida tashkil etilmagan.
Aholi o‘rtasida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining afzalliklari to‘g‘risidagi tushuntirish ishlari yetarlicha olib borilmayapti, pensiya jamg‘armalarini fuqarolar va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mablag‘lari hisobiga emas, balki davlat budjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lardan ajratmalar hisobiga shakllantirish mexanizmi va xususiyatlari sust yoritilmoqda.
Ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etish, jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining barqaror ishlashini va texnika bilan tegishli darajada jihozlanishini ta’minlash maqsadida:
1. Fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallar jismoniy shaxslar daromad solig‘ining budjetga yo‘naltiriladigan bir qismi hisobidan amalga oshirilishi hamda budjetga to‘lanadigan soliqlar va majburiy to‘lovlarga tenglashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2005-yilning 1-iyulidan boshlab barcha yuridik shaxslar fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallar ajratishni jismoniy shaxslar daromad solig‘ini budjetga belgilangan shakl va muddatlarda to‘lash bilan birga amalga oshiradilar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Markaziy banki Xalq banki bilan birgalikda ikki hafta muddatda ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy badallarni qo‘shish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqib, tasdiqlasinlar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi zimmasiga yuridik shaxslar tomonidan majburiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallarining to‘g‘riligi, to‘liq hisoblanishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi hamda fuqarolarning yakka tartibdagi jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga qo‘shilishi ustidan nazorat o‘rnatish vazifasi yuklansin.
Belgilansinki, fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga badallar o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazilmaganligi uchun aybdor shaxslarga nisbatan soliqqa oid amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq ta’sir choralari qo‘llaniladi.
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar va tumanlarning hokimliklari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari Moliya vazirligi, Xalq banki, O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi, Matbuot va axborot agentligi bilan birgalikda:
aholi o‘rtasida jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining mexanizmi va afzalliklari to‘g‘risidagi tushuntirish ishlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini doimiy asosda amalga oshirib borsinlar, bunda fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag‘larni budjetga ajratmalarni kamaytirish hisobiga shakllantirish hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va fuqarolarning manfaatlarini kamsitmaydigan tartibiga alohida e’tibor bersinlar;
jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining prinsipial xususiyatlari hamda uni joriy etishning ijobiy tajribasini yoritishda ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan keng foydalansinlar.
5. 2005-2006-yillarda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining barqaror ishlashi uchun Xalq bankini bosqichma-bosqich zamonaviy kompyuter texnikasi hamda programmalari bilan ta’minlash tadbirlari va xarajatlarning prognoz ko‘rsatkichlari dasturi 1-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Belgilab qo‘yilsinki, xarajatlarning uzil-kesil cheklangan miqdorlari tender savdolarining natijalariga qarab o‘rnatiladi, tejab qolingan mablag‘lar jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga xizmat ko‘rsatish uchun Xalq bankini qo‘shimcha ravishda jihozlashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Xalq banki buyurtmanomalari bo‘yicha o‘z foydasi hisobidan 6,9 mlrd. so‘m, shu jumladan 2005-yilda 4,6 mlrd. so‘m miqdorida mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Xalq banki o‘rnatilgan tartibda o‘zining ustav jamg‘armasini o‘z muassislarining qonun hujjatlarida belgilangan ulushlariga muvofiq ko‘paytirsin.
2005-2006-yillarda Xalq bankining asosli buyurtmanomalari bo‘yicha 5 yil muddatga Narxlarni tartibga solish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 7,2 mlrd. so‘m, shu jumladan 2005-yilda 4,8 mlrd. so‘m foizsiz budjet ssudasi ajratishni, 2008-yilning 1-aprelidan boshlab uning har chorakda teng ulushlarda to‘lab borilishini nazarda tutsin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga jamg‘arib boriladigan pensiya to‘lovlarini olish huquqi to‘g‘risidagi guvohnomalarni tayyorlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan 7,6 mln. so‘m miqdorda mablag‘ ajratsin.
8. Xalq bankini kompyuter texnikasi bilan jihozlash va programmalari bilan ta’minlash bo‘yicha tadbirlar Dasturini amalga oshirishga oid idoralararo komissiya tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* 2-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
tasdiqlangan tadbirlar Dasturining belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsin;
o‘n kun muddatda kompyuter texnikasi xarid qilish bo‘yicha tender hujjatlarini tayyorlasin va belgilangan tartibda tender savdolarini o‘tkazsin, tender shartlarida g‘olibning yetkazib beriladigan kompyuter texnikasi 3 yil mobaynida uzluksiz ishlashini hamda servis xizmati ko‘rsatilishini ta’minlash majburiyatini nazarda tutsin;
2005-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlangan tadbirlar Dasturining amalga oshirilishi to‘g‘risida axborot bersin.
9. Xalq banki va uning filiallari rahbarlari zimmasiga xarid qilinayotgan kompyuter texnikasining saqlanishi va maqsadga muvofiq foydalanilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki ajratilayotgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha moddiy-texnika bazasining o‘z vaqtida shakllantirilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi Xalq bankida tashkil etiladigan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi respublika yagona elektron ma’lumotlar bazasining holatini har yili tahlil etib, uni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki hamda Moliya vazirligiga xulosalar va takliflar berib borsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
LexUZ sharhi
10-bandga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4910-sonli Farmoniga asosan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan. Rus tili matnga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 21-dekabrdagi “Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 595-sonli qaroriga 3-ilovaga** muvofiq o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin.
**3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmalariga yuklansin.