Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyati asossiz cheklanishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasi talablariga so‘zsiz rioya etish maqsadida:
1. 2005-yilning 1-iyulidan boshlab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini (ilovaga muvofiq) faqat sud orqali qo‘llanish tartibi joriy etilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish (taftish qilish) belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari, ular tomonidan tekshirish davomida soliq va valyutaga oid jinoyat alomatlari aniqlangan taqdirda esa — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamenti tomonidan amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-sentabrdagi PF-5547-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.10.2018-y., 06/18/5547/1975-son)
nazorat organlarining rahbarlari va mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarini o‘z vakolatlari va nazorat sohasi doirasidan tashqari masalalar bo‘yicha har qanday tekshiruvlar o‘tkazganligi uchun shaxsan javobgar, hatto jinoiy javobgar ham bo‘ladilar;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi PF-5027-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 310-modda)
davlat organlarining noqonuniy qarorlari yoki shu organlar mansabdor shaxslarining qonunga xilof harakatlari (harakatsizligi) natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sud qarori asosida to‘la hajmda bevosita ana shu davlat organlari tomonidan, birinchi navbatda, ularning budjetdan tashqari jamg‘arma mablag‘lari hisobiga qoplanishi lozim;
zararlarning o‘rnini qoplash sud qarori bilan ana shu yetkazilgan zarar uchun aybdor bo‘lgan davlat organlarining mansabdor shaxslariga, qonun hujjatlarida belgilangan tartib va miqdorlarda yuklanishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari o‘rtasidagi iqtisodiy nizolar iqtisodiy sud yoki hakamlik sudi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi va Savdo-sanoat palatasi bir oy muddatda belgilangan tartibda “Hakamlar sudi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin va bunda tadbirkorlik subyektlari hamda birlashmalarining o‘zlari tomonidan hakamlar sudi tashkil etilishi nazarda tutilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi nazorat organlari mansabdor shaxslarining tadbirkorlik subyektlari huquqlarini va qonuniy manfaatlarini buzganliklari uchun jazo muqarrarligini, ularning hatto jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’minlagan holda, tadbirkorlik faoliyati erkinligi kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari so‘zsiz bajarilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi quyidagi qarorlarning loyihalarini tayyorlasin va belgilangan tartibda taqdim etsin:
2005-yilning 1-iyuligacha — tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishni tayinlash va o‘tkazish tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qaror loyihasi. Bunda tekshirishlar sonini keskin kamaytirish hamda nazorat organlari mansabdor shaxslarining ruxsat berilmagan tekshirishlar o‘tkazilganligi uchun javobgarligini kuchaytirish, hatto jinoiy javobgarlikka tortish nazarda tutilsin;
2005-yilning 1-avgustigacha — ayrim faoliyat turlari bilan shug‘ullanish uchun ruxsat olish tartib-taomilini qisqartirish va soddalashtirish, shu jumladan muddatlari cheklanmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar (ruxsatnomalar) berish tizimini joriy etish, jumladan, shunday taomilni amaldagi litsenziyalar (ruxsatnomalar)ga ham tadbiq etish to‘g‘risidagi qaror loyihasi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Oliy xo‘jalik sudi va Oliy sudi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 2005-yilning 1-iyuliga qadar:
ushbu Farmonning 1-bandida nazarda tutilgan toifadagi ishlarni ko‘rib chiqish tartib-taomilini yanada takomillashtirish va soddalashtirish bo‘yicha;
xo‘jalik sudlariga da’vo taqdim etilishi chog‘ida to‘lanadigan xorijiy valyutadagi davlat boji stavkalarini milliy valyutadagi davlat bojlarining amaldagi stavkalari bilan unifikatsiya qilish bo‘yicha;
sud ishlarining qo‘shimcha toifalarini hisobga olgan holda sudlar tarkibi va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash masalalari bo‘yicha sudyalarni qayta tayyorlash borasidagi ishlarni tashkil qilish to‘g‘risida;
qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T.A. Xudaybergenov zimmalariga yuklansin.
2. Faoliyatni to‘xtatib qo‘yish. Favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf-xatar yuzaga kelishining oldini olish munosabati bilan faoliyatni ko‘pi bilan o‘n ish kunigacha to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qonunda nazarda tutilgan holatlarni mustasno qilgan holda, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 21-dekabrdagi PF-4158-son Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 558-modda)
4. Moliyaviy sanksiyalarni qo‘llash. Soliq va yig‘imlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya qo‘shish, shuningdek tadbirkorlik subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lish va moliyaviy sanksiya jarimalarini ixtiyoriy ravishda to‘lash hollari bundan mustasno.
6. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish litsenziyalari (ruxsatnomalari)ni o‘n ish kunidan ko‘proq muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki amal qilishini tugatish va bekor qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komissiyalari va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno).