Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) me’yoriy hujjatlari ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin, agar hujjatning o‘zida kechroq muddatda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kuchga kiradi va bajarilishi kerak;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi;
me’yoriy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib raqami va sanasi ko‘rsatilmagan holda tarqatilishi va e’lon qilinishi taqiqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan me’yoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning fuqarolarning, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinligi va qonuniy manfaatlariga taalluqli umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlari “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi” — “Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv Respubliki Uzbekistan”da albatta e’lon qilinishi kerak.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ko‘rsatib o‘tilgan Nizomni qo‘llashga doir tushuntirishlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlar qabul qilish va qo‘llash shuningdek, qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni e’lon qilish va manfaatdor shaxslar e’tiboriga yetkazish bo‘yicha ishini nazorat qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga o‘n kun muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qo‘yish huquqi berilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan da’volar sudga berilganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi negizida Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi” — “Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv Respubliki Uzbekistan” nashr etilishi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan byulletenning o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlash bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni 1997-yil 1-noyabrgacha hal etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik to‘g‘risidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning me’yoriy hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda “me’yoriy hujjatlar” deb ataladi) huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning (keyingi o‘rinlarda “vazirliklar va idoralar” deb ataladi) me’yoriy hujjatlarini, ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi ma’lumotlarning xususiyatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda vazirlik yoki davlat qo‘mitasi hisoblanmagan, ijro etish va (yoki) farmoyish berish funksiyalari, shuningdek, umumiy majburiy tusdagi me’yoriy hujjatlarni qabul qilish huquqi berilgan boshqaruvning umumdavlat organlari yoxud maxsus vakolatli boshqaruv organlari (agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar) tushuniladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlari huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlar, shuningdek, standartlashtirish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarga tegishli bo‘lmagan texnik qoidalar va normalar mazkur Nizomga muvofiq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaydi. Qoidalar va normalarni texnik hujjatlarga tegishli deb topish Adliya vazirligi bilan kelishuv bo‘yicha amalga oshiriladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ularni o‘n kun mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tmagan me’yoriy hujjatlar qo‘llanilganligi aniqlangan taqdirda Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va bajarishdan chaqirib olish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar o‘n kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur me’yoriy hujjatning noqonuniyligi to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishga haqlidir.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan organga yuklanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Normativ hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq bo‘lishi kerak.
korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi;
Keyingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi va tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalar kiritilishi taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Normativ hujjatlar Idoraviy normativ hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar o‘z vakolatlari doirasida normativ hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladilar. Nizomlar, qoidalar va yo‘riqnomalar shaklida qabul qilinadigan normativ hujjatlar buyruqlar yoki qarorlar bilan tasdiqlanadi.
(6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy yozma ko‘rsatmalar (xat, telefonogramma, xususiy masalalar bo‘yicha tushuntirishlar va boshqalar)ning huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga, shuningdek, yakka tartibdagi xususiyatga ega bo‘lgan hujjatlarga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo bo‘lgan taqdirda, agar ushbu masalalarni me’yoriy tartibga solish o‘z vakolatlariga kirsa, tegishli me’yoriy hujjatlarni o‘z vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga tegishli me’yoriy hujjatni qabul qilish zarurligi, uni ishlab chiqish muddati haqida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan me’yoriy hujjat qabul qilish muddati, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, bir oydan oshmasligi kerak.
(6-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Me’yoriy hujjatda mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qaysi qarorini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi farmonini, qarorini yoki farmoyishini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
8. Me’yoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, bo‘lajak hujjat bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlash kerak.
Agar me’yoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unda kirish qismi beriladi. Me’yoriy tusga ega bo‘lgan qoida kirish qismiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Me’yoriy hujjat qoidalari aniq va yorqin adabiy tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha talqin qilinishini istisno qilish uchun ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan ahamiyatiga muvofiq bir xilda qo‘llaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanadi va boshqa qisqartirishlar tushuntiriladi. Eskirgan va ko‘p ma’noli so‘zlar va iboralar, obrazli qiyoslashlar, majozlar, sifatlashlar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjatlarda amaldagi qonun hujjatlari qoidalari so‘zma-so‘z takrorlanishi taqiqlanadi. Me’yoriy hujjatlar matniga amaldagi qonun hujjatlariga havola qilish kiritilishiga faqat istisno hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur me’yoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlariga havola qilish ularning o‘zaro aloqasini ko‘rsatish yoki takrorga yo‘l qo‘ymaslik zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjatning har bir bandida bitta me’yoriy ko‘rsatma bo‘lishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar me’yoriy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Me’yoriy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Amaldagi me’yoriy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning ushbu organ muhri bilan tasdiqlangan imzosi.
(9-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Agar me’yoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotishi e’tirof etilishini yoki ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan me’yoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
me’yoriy hujjatni chiqarish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, me’yoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan boshqa holatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ushbu masala bo‘yicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni o‘zgartirish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Tayyorlangan me’yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirilishi kerak.
(12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan me’yoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qo‘yilgan, ilova qilingan ma’lumotnoma esa imzolangan bo‘lishi kerak.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan me’yoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Zarurat bo‘lsa, ekspertizadan o‘tkazishda Adliya vazirligi qo‘shimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, me’yoriy hujjatlar bo‘yicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agar taqdim etilgan me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lgan va mazkur Nizomning II bo‘limida ko‘rsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjat, agar hujjatning o‘zida yanada kechroq muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgach kuchga kiradi va bajarilishi kerak.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshilar bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Agar me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, mazkur Nizomning II bo‘limi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa, me’yoriy hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlarni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga ko‘ra qabul qilingan me’yoriy hujjatlarni mukammallashtirish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
17. Me’yoriy hujjatning asl nusxasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin unga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, ikki nusxasi hisobga olish va e’lon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z me’yoriy hujjatlarini qonunchilikka muvofiqlashtirish hamda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlarini qonunchilikka muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar ushbu holda o‘n kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zlari qabul qilgan me’yoriy hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi me’yoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu me’yoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Me’yoriy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Nizoli masalalar paydo bo‘lgan, shuningdek, me’yoriy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha me’yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini to‘xtatishga haqlidir. Mazkur bandda va mazkur Nizomning 20-bandida nazarda tutilgan me’yoriy hujjatning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish hamda uni qayta kuchga kiritish Adliya vazirining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi, uning nusxasi tegishli organga jo‘natiladi
(18-bandning birinchi va to‘rtinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
19. Me’yoriy hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi, ularning tarqatilishi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun muddatda barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi kerak. Me’yoriy hujjatni manfaatdor shaxslarga yetkazish me’yoriy hujjatning matni bilan to‘siqsiz (erkin) tanishish huquqini beruvchi har qanday shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Mazkur qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi vazirlik yoki idora tomonidan tegishli chora-tadbirlar ko‘rilmaguncha me’yoriy hujjatning amalda bo‘lishini to‘xtatib qo‘yishga haqlidir.
Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va nashr etilishi (e’lon qilinishi) kerak bo‘lgan me’yoriy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar bajarish uchun yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Xalq so‘zi” — “Narodnoye slovo” gazetalarida muntazam ravishda e’lon qilib berilishi shart.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish berish zarurligi to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha barcha tushuntirishlarning nusxasi majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga jo‘natiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan)
Keyingi tahrirga qarang.