02.05.2005 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1474
Hujjat kuchini yo‘qotgan 13.08.2019
Hujjat 12.05.2005 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi 168-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta konini qo‘shimcha ochish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi qaror qiladilar:
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis axborotnomasi, 1998-y., 2-son, 36-b.), O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi “Mahsulot taqsimotiga oid bitim to‘g‘risida”gi 312-II-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 9-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Shaxpaxta konini qo‘shimcha ochish to‘g‘risida”gi 168-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-apreldagi 262-f-son farmoyishi, 2004-yil 14-aprelda “O‘zbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda “Zarubejneftegaz” Yopiq aksiyadorlik jamiyati va “Gas Project Development Central Asia AG” Kompaniyasi tarkibidagi Konsorsium o‘rtasida tuzilgan “Shaxpaxta” konini qo‘shimcha ochish bo‘yicha mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq ishlab chiqilgan va qayd etilgan Bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
5. Operator MTB bo‘yicha ishlar amalga oshirilishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 20-noyabrdagi 523-son Qarori va 2004-yil 27-fevraldagi ““Bojxona ombori” bojxona rejimi to‘g‘risida”gi 1318-son Nizomga muvofiq bojxona omborini ta’sis etish huquqiga ega (2004-yil 27-fevralda 1318-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 8-son, 103-modda).
14. Bojxona rasmiylashtiruvi maqsadlarida majburiy sertifikatlanadigan sarflanadigan tovarlarning sertifikatlanishi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 6-iyuldagi 318-son Qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 27-son, 315-modda) va “Majburiy sertifikatlanadigan tovarlar (mahsulotlar)ni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnoma (2000-yil 26-fevralda 901-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklar, davlat qo‘mitalari va muassasalari me’yoriy hujjatlar byulleteni, 2000-y., 4-son).
15. Erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga joylashtirilgan sarflanadigan tovarlar, “Bojxona reeksport rejimi to‘g‘risida”gi Nizom bilan belgilangan shartlar va talablarga rioya qilingan taqdirda, Investor va/yoki Operator yoki Pudratchi arizasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga reeksport rejimida olib chiqilishi mumkin (2002-yil 2-mayda 1134-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan — Me’yoriy hujjatlar byulleteni, 2002-y., 9-son).
18. Investorning tabiiy gaziga Operatorning arizasiga muvofiq vakolatli organ tomonidan belgilangan tartibda “Tovarlarni olib o‘tish sertifikatlarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq tovarlarni olib o‘tish sertifikatlari beriladi (2010-yil 13-avgustda 2131-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 33-son, 279-modda).
21. Investorning tabiiy gazi eksporti uchun vaqtincha bojxona yuk deklaratsiyasi (vaqtincha BYuD) “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga muvofiq (1999-yil 3-noyabrda 834-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan — Me’yoriy hujjatlar byulleteni, 1999-y., 12-son), quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda to‘ldiriladi:
24. BYuD “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risida”gi Yo‘riqnomaga muvofiq (1999-yil 3-noyabrda 834-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan — Me’yoriy hujjatlar byulleteni, 1999-y., 12-son), quyidagi o‘ziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda to‘ldiriladi:
27. MTB 18.3.5-bandiga muvofiq Vakolatli kompaniya tomonidan Investordan xarid qilinadigan Investorning tabiiy gazi bojxona rasmiylashtiruvi dastlab mazkur Qoidalar IV bo‘limiga muvofiq bojxona eksport rejimida, so‘ngra esa Vakolatli kompaniya nomiga bojxona reimport rejimida amalga oshiriladi. Bunda transport xarajatlari mavjud emasligi tufayli BYuD 20-grafasida EXW (Inkoterms-2000) yetkazib berish shartlari qayd etiladi.
31. Mazkur Qoidalarning 29-bandi bilan nazarda tutilgan vazifalar tuzilgan shartnomalarga muvofiq Investor, Operator va Pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaxslar tomonidan bajarilishi mumkin.