Transport infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiyalar jalb etish miqdorini kengaytirish, xalq xo‘jaligi yuklarining uzluksiz tashilishini ta’minlash hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining lokomotivlar parkini zamonaviylashtirish va yangilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Direktorlar kengashi tomonidan “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasiga to‘rt yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 15 yil muddatga 68 mln AQSh dollari miqdoridagi kredit berilishini ma’qullanganligi;
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan tegishli kredit bitimi imzolanganligi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining dizel lokomotiv parkini zamonaviylashtirish loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida Kafolat bitimi imzolanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
ko‘rsatib o‘tilgan kredit bo‘yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi qarz oluvchi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kredit mablag‘lari tender asosida kompaniya lokomotivlari uchun yordamchi asbob-uskunalar bilan dizel-generator qurilmalari, shuningdek “Irgidromash” korxonasi bazasida metall quyish uchun asbob-uskunalar sotib olishga yo‘naltiriladi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-oktabrdagi 464-son qarori tahririda)
ko‘rsatib o‘tilgan kredit bo‘yicha asosiy qarzni qaytarish, foizlar va vositachilik haqi to‘lash 1-ilovaga* muvofiq kreditni qaytarish jadvaliga binoan “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi;
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi mazkur loyiha mablag‘lari hisobiga sotib olinadigan asbob-uskunalar, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod etiladi (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno).
3. Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy aloqalar kompleksi rahbari (G‘aniyev) xalqaro moliyaviy institutlar tomonidan taqdim etiladigan kredit liniyalari va grantlar doirasidagi xaridlar bo‘yicha tenderlar o‘tkazilishida suiiste’mollarga, narxlarni sun’iy pasaytirish va oshirishga yo‘l qo‘yilmasligi uchun qattiq nazorat o‘rnatsin.
4. “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashning 2-ilovaga* muvofiq ko‘rsatkichlari tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Dizel lokomotivlari parkini zamonaviylashtirish” loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasidagi Kafolat bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan chet ellik mutaxassislarni konsullik yig‘imlari va davlat bojlari to‘lashdan ozod etgan holda ularga ko‘p martalik vizalar berilishini va ularning muddati uzaytirilishini, shuningdek ular vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish muddati uzaytirilishini ta’minlasin.