LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Sil kasalligiga qarshi kurashish va ayollarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish uchun Germaniya Federativ Respublikasi Hukumati tomonidan qo‘shimcha ravishda berilayotgan grantlardan samarali va belgilangan maqsadda foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston—Germaniya moliyaviy hamkorligi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “KfW” banki (Germaniya) o‘rtasida 2002-yil 17-iyulda tuzilgan Moliyaviy ta’minlash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida amalga oshirilayotgan “Sil kasalligiga qarshi kurashish—II” joriy loyihasiga qo‘shimcha ravishda, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida “Sil kasalligiga qarshi kurashish—III” dasturini amalga oshirish uchun 2,5 mln. yevro miqdorida grant ajratilganligi;
O‘zbekiston—Germaniya moliyaviy hamkorligi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “KfW” banki (Germaniya) o‘rtasida 2002-yil 10-sentabrda tuzilgan Moliyaviy ta’minlash to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida “Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish—II” dasturini amalga oshirish uchun qo‘shimcha ravishda 2,5 mln yevro miqdorida grant ajratilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
ko‘rsatib o‘tilgan grantlarni olish bilan bog‘liq barcha tartibotlarni Germaniya tomoni bilan kelishilgan muddatlarda rasmiylashtirish hamda sil kasalligiga qarshi kurashish va ayollarning reproduktiv, salomatligini muhofaza qilish uchun ajratilayotgan mablag‘lardan belgilangan maqsadda foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy ekspertlar va konsultantlarni jalb etish, “KfW” banki bilan “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish — II” dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash to‘g‘risidagi shartnomalarni moliyaviy hamkorlikning belgilangan tartibotlariga muvofiq tayyorlash va imzolash masalalarini hal etish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuklansin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34-36-son, 264-modda)
“KfW” banki bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha barcha shartlarning bajarilishini hamda ilovaga muvofiq “Sil kasalligiga qarshi kurashish—III” va “Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish — II” dasturlarining amalga oshirilishini ta’minlasin;
“Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish — II” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha xarid qilinadigan dori-darmonlar, preparatlar va asbob-anjomlar, transport vositalari ro‘yxatini moliyaviy mablag‘lar berilishi bo‘yicha rasmiy tartibotlar tugallangandan keyin bir hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.
4. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan grantlar doirasida dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, boshqa tovarlarni xarid qilish tender asosida, belgilangan moliyaviy hamkorlik tartibotlariga muvofiq amalga oshirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
5. Ko‘rsatib o‘tilgan grantlar doirasida xarid qilinadigan nooziq-ovqat tovarlar, tovarlar va asbob-anjomlar, “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish — II” dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha xarid qilinadigan dori-darmonlar, preparatlar va asbob-anjomlar, transport vositalari ro‘yxatiga muvofiq bojxona to‘lovlari to‘lashdan va import bo‘yicha yig‘imlardan ozod qilinsin.
6. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan grantlar doirasida olinadigan dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, sarflanadigan materiallarni yuklash-tushirish ishlarini va to‘plashni ularni aeroportda saqlashning butun davrida to‘lov undirmasdan tashkil etsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyurtmanomalariga binoan, “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda “Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish — II” dasturlarini amalga oshirishda, qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga kelish vizalarining konsullik yig‘imlari undirmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
8. Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda “Sil kasalligiga qarshi kurashish — III” hamda "Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish — II” dasturlarini amalga oshirish uchun yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan grantlar doirasida olinadigan dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, sarflanadigan materiallarni qabul qilib olish, to‘plash, yetkazib berish, taqsimlashni va ulardan belgilangan maqsadda foydalanilishini ta’minlasinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
T/r | Loyihaning nomi va turi | Mablag‘ bilan ta’minlash manbai | Xarajatlar miqdori (mln. yevro) | Loyihani amalga oshirishda qatnashuvchi ma’muriy hududlar | Bajarish muddati | ||||||||||
1. | “Sil kasalligiga qarshi kurashish—III” — tender asosida, dori-darmonlar, tibbiyot va laboratoriya asbob-anjomlari, transport vositalari sotib olish | “KfW” banki (Germaniya) granti | 2,5 | Andijon, Namangan va Farroia viloyatlari | 2002—2004-yillar | ||||||||||
2. | “Reproduktiv salomatlikka ko‘maklashish—II”— tender asosida zamonaviy kontratseptiv vositalar, o‘quv va axborot materiallari, tashkiliy texnika sotib olish | “KfW” banki (Germaniya) granti | 2,5 | Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari | 2002—2004-yillar |