LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 21-avgustdagi 361-sonli “O‘zavtoyo‘l” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari tarmog‘ini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek yo‘l ishlarini mablag‘ bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari yo‘l organlariga yo‘l jamg‘armasi mablag‘larini yig‘ishda hamma joyda yordam ko‘rsatsinlar. Bunda yo‘l jamg‘armasi mablag‘laridan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga taalluqli bo‘lmagan maqsadlarga ajratish man etilsin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 11-apreldagi 140-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 29-iyuldagi 261-f-son farmoyishi 1-bandi oltinchi xatboshining yo‘llarni saqlash va qurishga yig‘imlar to‘lashdan ozod etish bo‘yicha imtiyozlarga doir qismi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1993-yil 11-avgustdagi 402-son qaroriga 7-ilovaning 5-bandi;