LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-avgustdagi PF-5147-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining vakolatlarini kengaytirish, budjet jarayonini chuqurroq va har tomonlama tahlil etish va uning bajarilishini nazorat qilishni ta’minlash maqsadida:
Davlat budjeti loyihasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va parametrlarini shakllantirish jarayonini chuqur va puxta o‘rganish, ularni bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni erkinlashtirish borasida o‘tkazilayotgan siyosatning g‘oyat muhim ustuvor yo‘nalishlariga, respublikani iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish sohasida qabul qilingan maqsadli kompleks dasturlarga to‘la-to‘kis mos kelishi nuqtai nazaridan tanqidiy baholash;
tarmoqlar va hududlar bo‘yicha Davlat budjetining daromad qismi shakllantirilishi va ijrosini moddama-modda, har tomonlama chuqur tahlil etish, budjet daromadlarining asosiy moddalari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining realligi va tig‘izligiga baho berish, bunda yoqilg‘i-energetika kompleksi, qazib chiqarish sanoati, iste’mol tovarlari ishlab chiqarish va savdo, iqtisodiyotning daromad hosil qiluvchi boshqa tarmoq va sohalaridagi zaxiralarni aniqlashga alohida e’tibor qaratish;
agrosanoat kompleksidagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy holati monitoringini amalga oshirish, qishloq va suv xo‘jaligini rivojlantirishga ajratiladigan budjet mablag‘lari hamda budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘laridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
mahalliy budjetlar shakllantirilishi va amalga oshirilishini, ularning balanslanishini muntazam tahlil etish va nazorat qilish, mahalliy boshqaruv va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar hamda funksiyalarni bajarish uchun ularga real moliyaviy mablag‘lar ajratib berish vazifasini hal etish zarurligidan kelib chiqqan holda respublika va mahalliy budjetlar o‘rtasidagi nisbatni maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
respublika darajasida ham, mahalliy darajada ham davlat budjetining ijrosi va davlat mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni tashkil qilish va ta’minlash. Davlat xarajatlarini kamaytirish rezervlarini aniqlash. Markazda va joylarda budjet mablag‘laridan qonuniy, maqsadli va samarali foydalanilishini, ulardan foydalanishda qonunbuzarliklar va suiiste’molchiliklarning oldini olish choralarini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
budjetdan tashqari jamg‘armalar — Respublika yo‘l jamg‘armasi, Pensiya jamg‘armasi, Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi, Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi, Qishloq xo‘jaligini avanslash jamg‘armasining davlat budjeti tarkibida yig‘iladigan mablag‘lari to‘liq tushishi, ulardan maqsadli, oqilona va samarali foydalanilishi ustidan qattiq nazoratni amalga oshirish;
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-yanvardagi PF-4416-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 3-4-son, 26-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
o‘tkazilayotgan pul-kredit siyosatini, milliy valyutani mustahkamlash, uning xarid qobiliyatini oshirish, pul massasi va pul agregatlarini maqbul holga keltirish, bankdan tashqari pul aylanishini keskin qisqartirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni chuqur tahlil qilish va baholash;
respublika tashqi savdo oborotining ahvolini chuqur tahlil qilish, respublika to‘lov balansini shakllantirish va undan foydalanishni baholash. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi bajarilishi, mahsulot importi maqbullashtirilishining ta’minlanishi, eksport tushumlari va xorijiy valyutani sotish to‘la-to‘kis va o‘z vaqtida bo‘lishi monitoringini amalga oshirish. Ichki valyuta bozorida valyutaga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish, ayirboshlash kursi dinamikasi bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, milliy valyutaning erkin almashtirilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
tashqaridan olinadigan qarzlarning hajmlari va maqsadga muvofiqligini tanqidiy baholash, olinadigan xorijiy kredit va grant mablag‘laridan samarali va oqilona foydalanilishini, shuningdek Hukumat tomonidan yoki Hukumatning kafolati bilan olingan tashqi kreditlarga o‘z vaqtida xizmat ko‘rsatilishini qattiq nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
oltin-valyuta zaxiralarining holati va uning harakati ustidan nazoratni amalga oshirish, tashqi aktivlarni boshqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qilish va ularni xorijiy banklarda samarali joylashtirish va qayta joylashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, oltin-valyuta zaxiralari, shu jumladan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar ustidan nazoratni ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining cheklangan soni 20 kishidan iborat bo‘lgan yangi tuzilmasi hamda boshqaruv sxemasi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq;
* 1, 2, 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasi huzuridagi yangilangan Hay’at tarkibi 4-ilovaga** muvofiq tasdiqlansin.
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil b yanvardagi PF-3536-sonli Farmoni 1-bandi, shuningdek mazkur Farmonning ilovasi;
“O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 4-noyabrdagi PF–3157-sonli Farmoni 1 va 2-bandlari, shuningdek mazkur Farmon ilovasi;
“O‘zbekiston Respublikasining Hisob palatasini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 21-iyundagi PF-3093-sonli Farmoni 3-ilovasi.
4. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari V.A. Golishev zimmasiga yuklatilsin.