“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 24-apreldagi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va imzolash tartibi to‘g‘risida” 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-son farmoyishini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari — komplekslar rahbarlari, Vazirlar Mahkamasi Apparatining Axborot-tahlil departamentlari mudirlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari so‘zsiz bajarilishini ta’minlasinlar.
Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan rahbarlar ularga berilgan topshiriqlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi va respublika Hukumatiga kiritilayotgan takliflar hamda Hukumat qarorlari loyihalarining sifati, ularning iqtisodiy va moliyaviy asoslanishi, markaziy iqtisodiy organlarda, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida, shuningdek tegishli vazirliklar va idoralarda kelishilishi uchun shaxsan javob beradilar.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan kiritilayotgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tizimli asosda tanqidiy va har tomonlama ekspertizadan o‘tkazsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosarlari vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlarining ishi puxta muvofiqlashtirilishini va ularning o‘zaro hamkorligini ta’minlasinlar, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilishi holatlariga prinsipial baho bersinlar, mas’uliyatsizlik, ishni yaxshi bilmaslik va intizomsizlik uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligi choralari to‘g‘risida takliflar kiritsinlar.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 10-avgustdagi 192-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 32-33-son, 248-modda)
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibi to‘g‘risida” 1999-yil 2-fevraldagi 47-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 2-son, 7-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ish tartibiga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2002-yil 1-iyundagi 193-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 6-son, 29-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 28-fevraldagi 112-son qaroriga ilovaning 16-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 2-son, 19-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi S.X. Bekenov zimmasiga yuklansin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
1. Ushbu Reglament O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va imzolash tartibi to‘g‘risida” 2005-yil 4-fevraldagi F–2118-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi — O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vakolatlarini amalga oshirish yuzasidan uning faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
3. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilishga, Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilishga, shuningdek Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri farmoyishlarini bekor qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasi vakolatlarining amalga oshirilishi Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, davlat boshqaruvi organlari rahbarlari, Vazirlar Mahkamasining Rayosati, Vazirlar Mahkamasining doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlari faoliyati, shuningdek Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati ishi bilan ta’minlanadi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasida uning vakolatlariga tegishli masalalar Vazirlar Mahkamasi, uning Rayosati majlislarida, Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari (vazifalar taqsimotiga muvofiq) tomonidan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladigan doimiy, muvaqqat komissiyalar va boshqa ishchi organlar majlislarida manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa organlar va tashkilotlar vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
6. Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi yoki muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlari qaror shaklida qabul qilinadi.
Vazirlar Mahkamasining tezkor va boshqa joriy masalalar bo‘yicha qarorlari Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari shaklida qabul qilinadi.
7. O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va unga rahbarlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsan javobgar bo‘ladi, Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uning qarorlarini imzolaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, Vazirlar Mahkamasining majlisida ko‘rib chiqishni talab qilmaydigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi masalalari bo‘yicha qarorlar qabul qiladi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalarni bajaradi.
Bosh vazir Vazirlar Mahkamasining ishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga muntazam ravishda axborot berib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislari, tegishli qarorlar loyihalari, tahliliy, axborot va boshqa materiallar tayyorlanishini va tashkil etilishini ta’minlaydi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini muntazam ravishda nazorat qilib va tekshirib boradi.
Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati va uning tarkibiy bo‘linmalari ish tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi.
Bosh vazir kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining funksional bo‘linmalari ishi Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtirib boriladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi Apparatida ish yuritish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ishlab chiqilgan hamda uning farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi majlislaridagi, boshqa muhim tadbirlardagi nutqlarida, shuningdek ko‘rsatmalar va topshiriqlar sifatida ifodalangan siyosatni amalga oshirishga yo‘naltiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining ishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlaridan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlaridan kelib chiquvchi vazifalar asosida shakllantirilgan yarim yillik rejalarga muvofiq olib boriladi.
(10-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va mintaqalarda iqtisodiy islohotlarning borishi masalalarini Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida ko‘rib chiqish rejasini;
Vazirlar Mahkamasining doimiy, muvaqqat komissiyalari va boshqa ishchi organlari majlislarining kalendar rejasini o‘z ichiga oladi.
tarmoqlarda, iqtisodiyot sohalarida va ijtimoiy sohada, shuningdek respublika hududlarida iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi ahvolini tanqidiy va tizimli tahlil qilish;
islohotlar jarayonlariga to‘sqinlik qilayotgan kamchiliklar va muammolar sabablarini tizimli tahlil qilish;
muammoli masalalar va istiqboldagi vazifalarni hal etish bo‘yicha puxta ishlab chiqilgan va asoslangan takliflar tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari bajarilishi yuzasidan monitoring olib borish.
14. Vazirlar Mahkamasi ish rejalarini tayyorlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning, shuningdek ular rahbarlari va mutaxassislarining yarim yillik ish rejalari belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
16. Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonun bilan uning vakolatiga kiritilgan, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilangan masalalar kiritiladi.
Muhim davlat, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy masalalarni hal etish uchun Vazirlar Mahkamasining kompleks yoki maqsadli dasturlari va tadbirlari ishlab chiqiladi, ular ko‘rib chiqish uchun Bosh vazir o‘rinbosarlari tomonidan Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
17. Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni tomonidan yuborilgan boshqa hujjatlar ko‘rib chiqiladi va bajariladi.
18. Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun masalalar Vazirlar Mahkamasi a’zolari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, istisno hollarda esa ularning birinchi o‘rinbosarlari tomonidan kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Ushbu Reglamentning 16-bandida nazarda tutilmagan masalalar bo‘yicha yoki ushbu Reglamentning 18-bandida ko‘rsatilmagan organlar va tashkilotlar rahbarlari tomonidan kiritilgan murojaatnomalar Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli tarkibiy bo‘linmasi tomonidan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ko‘rib chiqish va ularning vakolatlariga muvofiq qarorlar qabul qilish uchun yuboriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun masalalar belgilangan tartibda, qoida tariqasida, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari (keyingi o‘rinlarda hujjatlar loyihalari deb ataladi) shaklida kiritiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek boshqa hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kiritish, kelishish va ko‘rib chiqishga tayyorlash ushbu bob hamda mazkur Reglamentning IV va V boblari talablariga, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga hamda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatida ish yuritish bo‘yicha Yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
22. Loyihalar aniq ifodalanishi, qonun hujjatlariga muvofiq kelishi, ko‘rib chiqilayotgan masalaning puxta tahlilini va xolis bahosini o‘ziga olgan bo‘lishi, ijrochilar oldiga aniq maqsad va vazifalar qo‘yishi, ularni bajarishning aniq muddatlarini belgilashi kerak.
Tayyorlanayotgan loyiha boshqa hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yoxud ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblashni talab etsa, ushbu o‘zgartirish va qo‘shimchalar, shuningdek ularni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risidagi takliflar tayyorlanayotgan hujjat loyihasiga kiritiladi yoki u bilan ayni bir vaqtda alohida hujjat loyihasi ko‘rinishida kiritiladi. Bu holda unga hujjat matnining amaldagi va taklif etilayotgan tahririning tegishli qiyosiy jadvallari tushuntirishlar bilan ilova qilinadi.
23. Aynan shu masalalar bo‘yicha ilgari qabul qilingan qarorlar bajarilmagan hollarda Vazirlar Mahkamasiga ana shu masalalar bo‘yicha qarorlar va farmoyishlar loyihalari kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, yangi vaziyatlar paydo bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
24. Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga javob berishi kerak, qonunlar loyihalari esa “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga ham javob berishi kerak.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 48-50-son, 483-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasiga “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Reglamenti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasida hamda “Qonunlar loyihalarini tayyorlash va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 27-moddasida nazarda tutilgan materiallar ilova qilingan holda taqdim etiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-noyabrdagi 246-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 48-50-son, 483-modda)
26. Hujjatlar loyihasining tegishli organlar va tashkilotlarda kelishib olinishi uchun javobgarlik hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritayotgan davlat yoki xo‘jalik boshqaruvi organi birinchi rahbariga yoki ushbu Reglamentning 18-bandida ko‘rsatilgan shaxslar jumlasiga kiruvchi boshqa rahbarga yuklanadi. Kelishib olish uchun yuborilgan hujjatlar loyihalariga (ularning nusxalariga) tegishli organlar va tashkilotlarning birinchi rahbarlari (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) tomonidan: qonun loyihalari bo‘yicha — 7 kalendar kun mobaynida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalari bo‘yicha — 3 kalendar kun, Vazirlar Mahkamasi farmoyishlari loyihalari bo‘yicha ko‘pi bilan 2 kalendar kun mobaynida rozilik imzosi qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Hujjat loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda hujjat loyihasi kelishmovchiliklar bilan birga faqat mulohazalari bo‘lgan tegishli birinchi rahbarlar (istisno hollarda — ularning birinchi o‘rinbosarlari) imzolagan asoslangan yozma mulohazalar bilan birga Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi mumkin.
Hal qilinmagan kelishmovchiliklar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladigan mulohazalar tegishli rahbarlarning o‘rinbosarlari tomonidan imzolanishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari ular mazkur Reglamentning 26-27-bandlariga muvofiq kelishilgandan keyin Vazirlar Mahkamasiga kiritilgunga qadar ularni qabul qilish zarurligi asoslari (shu jumladan qonun loyihasi konsepsiyasi, tegishli qiyosiy jadvallar) va kelishmovchiliklar (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) bo‘yicha yozma mulohazalar ilova qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga xulosa berish uchun yuboriladi.
(28-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ularning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunchilikka, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini aniqlash yuzasidan ekspertizadan o‘tkazadi;
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
qonunlar loyihalarini ularning mamlakatda o‘tkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga muvofiqligi, ularda korrupsiyaning yuzaga kelishi, davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida boshqa huquq buzilishlarining sodir etilishi uchun shart-sharoitlar yaratuvchi, shuningdek tadbirkorlik subyektlari uchun ortiqcha ma’muriy va boshqa cheklashlarni kirituvchi hamda tadbirkorlik subyektlarining asoslanmagan xarajatlari yuzaga kelishiga olib keluvchi qoidalar va normalarni aniqlash yuzasidan tahlil qiladi.
(28-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari topshiriqlari bilan kiritish muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, mazkur bandga muvofiq xulosa tayyorlash muddati 10 kundan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
(28-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlari Vazirlar Mahkamasiga kiritilayotgan hujjatlar loyihalarining asoslanganligi va sifati, keltirilgan ma’lumotlar va boshqa materiallarning to‘g‘riligi, shuningdek ularning manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan tegishli ravishda kelishib olinishi uchun shaxsan javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ilova qilingan hujjat masalani kiritayotgan organning rahbari tomonidan imzolangan, tegishli dalolatnoma loyihasiga, shuningdek uning ilovasiga viza qo‘yilgan bo‘lishi kerak. Hujjat loyihasi bilan birga uni ishlab chiqish va kelishish xronologiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma taqdim etiladi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
30. Mazkur Reglament talablariga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari quyidagi tartibda qaytarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarini, Vazirlar Mahkamasi, Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari topshiriqlarini bajarish yuzasidan kiritilgan hujjatlar loyihalari tushgan sanasidan boshlab 2 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda, qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda, faqat tegishli ravishda Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari qaroriga ko‘ra qaytarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Mazkur Reglament talablariga rioya qilinmasdan Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan boshqa hujjatlar loyihalari 2 kundan ortiq bo‘lmagan muddatda, qaytarish sabablari ko‘rsatilgan holda, Bosh vazirning tegishli o‘rinbosari bilan kelishgan holda axborot-tahlil departamentlari yoki boshqa tarkibiy bo‘linmalar tomonidan qaytariladi.
(30-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Hujjatlar loyihalari tushgan sanadan boshlab 2 kunlik muddat tamom bo‘lgandan keyin faqat Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari qaroriga ko‘ra qaytarilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Bunday huquq berilmagan shaxslar imzolagan holda tushgan loyihalar ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi va Vazirlar Mahkamasining tegishli axborot-tahlil departamenti yoki boshqa tarkibiy bo‘linmasi rahbari tomonidan jo‘natuvchiga qaytariladi.
(30-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Reglamentda belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishga tayyorlash Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati tomonidan 10 kun muddatda amalga oshiriladi. Ushbu muddatni uzaytirishga faqat Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqaruvchisi ruxsatiga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Iqtisodiyot, ijtimoiy va ma’naviy soha samarali faoliyat ko‘rsatishining muhim va ustuvor masalalari bo‘yicha Hukumat qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini ishlab chiqish, ko‘rib chiqish va imzolash tartibi to‘g‘risida” 2005-yil 4-fevraldagi F-2118-son farmoyishida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy ravishda kelishib olinishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi majlislarida ular bo‘yicha topshiriqlar berilgan Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari loyihalari ham kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan uning vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha qabul qilinadi.
34. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari topshiriqlariga muvofiq yoxud tashabbus ko‘rsatish tartibida ishlab chiqiladi.
35. Hujjatlar loyihalarini tayyorlash manfaatdor idoralar va tuzilmalar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ishlab chiqilgan loyihalar belgilangan tartibda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamda majburiy tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotning alohida sohalari va tarmoqlarini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, respublika budjetidan mablag‘lar ajratish bilan bog‘liq qarorlar va farmoyishlar loyihalari majburiy tartibda tegishli ravishda — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha — Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan, fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish va ularning faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha esa — O‘zbekiston Fermerlari kengashi bilan kelishilishi kerak.
(35-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 369-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 1-son, 8-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
36. Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarining kelishilgan loyihalari loyihani ishlab chiqish to‘g‘risidagi topshiriqnoma bilan birga (u mavjud bo‘lganda), Umumiy bo‘limda tegishli ravishda ro‘yxatdan o‘tkazgan holda Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparatiga kiritiladi.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
37. Hukumat qarori loyihasiga majburiy tartibda mazkur loyihaning maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat bo‘lgan tushuntirish xati, shuningdek zarur hisob-kitoblar va ko‘rib chiqish materiallari, taqdim etilayotgan loyihalarni amalga oshirish oqibatlari bahosi ilova qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
38. Umumiy bo‘limda ro‘yxatdan o‘tkazilib kiritilgan Hukumat qarorlari loyihalari ishlash uchun Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining tegishli Axborot-tahlil departamentiga beriladi.
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
39. Axborot-tahlil departamenti loyihani ekspertizadan o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda, hujjatni kiritgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda loyiha ustida qo‘shimcha ishlaydi hamda bildirilgan mulohazalarni bartaraf etadi.
Salbiy xulosaga kelganda Axborot-tahlil departamenti mazkur loyihani qabul qilishning maqsadga muvofiq emasligini asoslovchi xulosani tayyorlaydi.
40. Ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida Axborot-tahlil departamenti mudiri Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosariga axborot beradi.
Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari Axborot-tahlil departamentining salbiy xulosasiga rozilik bildirgan taqdirda Hukumat qarori loyihasi unga xulosani va Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari tegishli topshirig‘i ilova qilingan holda belgilangan tartibda qaytarilishi kerak.
Xulosa ijobiy bo‘lganda va Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari ma’qullagan taqdirda Axborot-tahlil departamenti Bosh vazir o‘rinbosarlari tomonidan loyihaga rozilik imzosi qo‘yilishini tashkil qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
41. Axborot-tahlil departamenti Bosh vazir o‘rinbosarlari bilan kelishilgan Hukumat qarori loyihasini Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamentiga ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etadi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
42. Yig‘ma axborot-tahlil departamenti Hukumat qarori loyihasini respublikaning davlat manfaatlarini ta’minlash, iqtisodiy samaradorlik va undagi masalalarni barcha manfaatdor tuzilmalar bilan muvofiqlashtirish nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazadi.
Ekspert xulosasi salbiy bo‘lgan taqdirda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti loyihani puxta ishlash uchun tegishli Axborot-tahlil departamentiga qaytaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xulosa ijobiy bo‘lgan taqdirda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti loyihani ko‘rib chiqish uchun Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbariga kiritadi.
(42-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rozilik bergan taqdirda Yig‘ma axborot-tahlil departamenti rozilik imzosi qo‘yilgan loyihani tegishli Axborot-tahlil departamentiga uni Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga kiritishi uchun qaytaradi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
44. Bosh vazir o‘rinbosarlari o‘rtasida mulohazalar mavjud bo‘lgan taqdirda Bosh vazirning mutasaddi o‘rinbosari loyihani ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga kiritadi.
45. Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari tomonidan mulohazalar bildirilgan taqdirda loyiha puxta ishlab chiqiladi va ko‘rib chiqish uchun takroran kiritiladi.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati a’zolari o‘rtasida mulohazalar saqlanib qolgan taqdirda Bosh vazir uzil-kesil qaror qabul qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
46. Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi loyihani ko‘rib chiqadi va loyiha to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot beradi.
(46-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
47. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi majlisiga kiritiladi.
48. Vazirlar Mahkamasi qarorlari (alohida hollarda esa — farmoyishlarning ham) loyihalari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri (Vazirlar Mahkamasi majlisi) tomonidan ma’qullangandan keyin kelishish uchun belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Vazirlar Mahkamasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida kelishishni talab qilmaydigan qarorlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
50. Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi imzolanishi yoki kelishilishi kerak bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar loyihalarini Bosh vazirning rozilik imzosi bilan, alohida hollarda esa — Bosh vazirning (yoki Bosh vazir tegishli o‘rinbosarining — to‘g‘ridan to‘g‘ri topshiriq mavjud bo‘lganda) mazkur loyihaning maqsadga muvofiqligini asoslovchi axborot xati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmatiga kiritadi.
(50-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
51. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tegishli xizmati Hukumat qarorlarining kiritilgan loyihalarini mufassal o‘rganib chiqadilar va ular yuzasidan xulosalar tayyorlaydilar.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
52. Belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan majburiy ravishda kelishib olinishi belgilab qo‘yilgan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari loyihalari umuman yoki ularning tegishli prinsipial parametrlari ko‘rib chiqish materiallari bilan Davlat maslahatchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
53. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mulohazalar bildirilgan taqdirda davlat maslahatchilari xizmatlari Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati bilan birgalikda Hukumat qarorlari loyihalarini puxta ishlab chiqadilar, shundan keyin ular to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takroran axborot beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(53-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
54. Kiritilgan Hukumat qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ma’qullangan taqdirda ular imzolash uchun Vazirlar Mahkamasiga qaytariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ma’qullangan Hukumat qarorlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan imzolanadi.
55. Vazirlar Mahkamasi majlislari har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi. Vazirlar Mahkamasi majlislarida O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri raislik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Vazirlar Mahkamasi majlislarida raislik qilish huquqiga ega.
56. Vazirlar Mahkamasi majlislarida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar ko‘rib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
57. Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlashni Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari hamda Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi rahbarligida Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti, axborot-tahlil departamentlari, Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining boshqa bo‘linmalari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, boshqa markaziy iqtisodiy idoralar tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiradilar. Zarur hollarda masalalarni tayyorlashni Vazirlar Mahkamasi yoki uning Prezidiumi tomonidan tashkil etiladigan komissiyalar amalga oshiradilar
(57-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
58. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat statistika qo‘mitasi va boshqa markaziy iqtisodiy idoralar majlisning e’lon qilingan o‘tkazilish sanasidan kamida 15 kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, uni muhokama qilish tartibi loyihalarini hamda ma’lumotnomalarni, tegishli tahliliy materiallarni (shu jumladan jadvallarni), Vazirlar Mahkamasi majlisi protokoli loyihasini kiritadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
59. Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti tegishli axborot-tahlil departamentlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan kiritilgan materiallarni ekspertizadan o‘tkazadi hamda hududlardagi ishlarning ahvolini o‘rganish natijalarini va markaziy iqtisodiy idoralar va boshqa organlar tomonidan taqdim etilgan boshqa materiallarni hisobga olgan holda puxtalashtiradi.
(59-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
60. Puxta ishlab chiqilgan materiallar Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishiladi va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi. Materiallar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga axborot beriladi va majlisning e’lon qilingan o‘tkazilish sanasidan kamida 12 kun oldin Vazirlar Mahkamasi Rayosatida ko‘rib chiqish uchun kiritiladi.
(60-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
61. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan ko‘rib chiqilgan materiallar Rayosat a’zolari bildirgan mulohazalarni hisobga olgan holda puxta ishlab chiqiladi va majlis o‘tkaziladigan sanadan kamida 10 kun oldin Bosh vazirga axborot berish uchun hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmati bilan ushbu Reglamentning IV va V boblarida belgilangan tartibda kelishib olish uchun taqdim etiladi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
62. Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqish uchun kiritiladigan hujjatlar loyihalari ushbu Reglamentning III bobi talablariga muvofiq tayyorlangan bo‘lishi kerak.
Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritiladigan qonun loyihalari kelishish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga ular Vazirlar Mahkamasi majlisida ko‘rib chiqilishidan kamida 2 hafta oldin taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Vazirlar Mahkamasi majlisiga taklif etiladigan mansabdor shaxslar ro‘yxatlari Bosh vazir va Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi tomonidan belgilanadi.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
64. Vazirlar Mahkamasi majlisiga Konstitutsiyaviy sud raisi, Bosh prokuror, Oliy sud raisi, Oliy xo‘jalik sudi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisi, Davlat maslahatchisi — Tashkiliy-kadrlar xizmati rahbari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati qo‘mitalari raislari doimiy ravishda taklif etiladilar. Boshqa mansabdor shaxslar majlisga faqat ularga daxldor masalalar bo‘yicha taklif etiladilar.
(64-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi majlisiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari yarim yillik va butun kalendar yil yakunlari bo‘yicha respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarning natijalarini ko‘rib chiqishda, shuningdek majlisda respublikaning muayyan hududini iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy rivojlantirishni ta’minlash bilan bevosita bog‘liq masalalar ko‘rilayotganda taklif etiladilar.
Vazirlar Mahkamasining kalendar yilning birinchi chorak va to‘qqiz oylik yakunlari bo‘yicha majlislariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining tegishli masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari taklif etiladilar.
(64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-apreldagi 103-son qaroriga muvofiq ikkinchi va uchinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 15-16-son, 116-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
65. Vazirlar Mahkamasi majlislarida masalalar to‘g‘risida Bosh vazir o‘rinbosarlari, Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari, idoralar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, axborot-tahlil departamentlari va bo‘limlar mudirlari axborot beradilar.
(65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Majlis protokoli Makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy o‘zgartirishlar, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari yig‘ma axborot-tahlil departamenti va Umumiy bo‘lim tomonidan majlis tugagandan keyin bir sutka muddatda Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi va Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari rahbarligida rasmiylashtiriladi hamda majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 23-fevraldagi 48-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 8-9-son, 82-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan majlis bayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti imzolashiga kiritish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatiga taqdim etiladi.
(67-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh vazir raisligida o‘tkazilgan majlis bayoni imzolangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun ushbu Reglamentning IV va V boblarida belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish xizmatiga taqdim etiladi.
(67-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Vazirlar Mahkamasi Rayosati tarkibiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisi kiradi.
(68-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining kotibiyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ishchi organi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining doimiy ishlaydigan organi sifatidagi Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislari har haftada O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan o‘tkaziladi.
69. Vazirlar Mahkamasi Rayosatining ko‘rib chiqishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlarining ijrosini tashkil etish masalalari va Vazirlar Mahkamasining vakolatiga kiruvchi masalalar kiritiladi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq faqat Vazirlar Mahkamasi majlislarida ko‘rib chiqiladigan masalalar bundan mustasno.
70. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun masalalarni tayyorlash Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
71. Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida qabul qilingan qarorlar bayon shaklida chiqariladi, ularning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir kotibiyatiga, Bosh vazir o‘rinbosarlariga va axborot-tahlil departamentlari mudirlariga yuklanadi. Bayon majlisda raislik qiluvchi tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati majlislarida muhokama etish davomida mulohazalar bildirilgan, qo‘shimchalar yoki o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlar loyihalari tegishli axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar yoki majlislarda tuzilgan komissiyalar (ishchi organlar) tomonidan puxta ishlanadi hamda, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, majlisdan keyin ikkinchi kuni imzolashga taqdim etiladi. Loyihalarga kiritiladigan o‘zgartirishlar Bosh vazirning tegishli o‘rinbosarlari bilan kelishilishi kerak.
Puxta ishlangan loyiha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasining Ijro etuvchi apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi.
(72-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
73. Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi Bosh vazir tomonidan imzolangan Vazirlar Mahkamasi qarorlariga sana qo‘yadi, ularning asl nusxa ekanligini o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi hamda chiqarilishini tashkil qiladi.
Hujjatning chiqarilishiga to‘sqinlik qiluvchi holatlar aniqlanganda, Ijro etuvchi apparat boshqaruvchisi ular to‘g‘risida Bosh vazirga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslahatchisiga axborot beradi va ular tomonidan qabul qilingan qarorlarga muvofiq ish tutadi.
(73-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmoyishlari ular imzolangan sana bo‘yicha rasmiylashtiriladi hamda tegishli Axborot-tahlil departamentlari va boshqa tarkibiy bo‘linmalar tomonidan tuziladigan jo‘natish ro‘yxati bo‘yicha darhol ijrochilarga yuboriladi.
(74-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
75. Vazirlar Mahkamasining normativ tusdagi qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plamida va O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
76. Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddatlar belgilanmagan bo‘lsa, imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi. Vazirlar Mahkamasining normativ xususiyatga ega bo‘lgan qarorlari, agar ushbu hujjatlarda boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, ular rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
(76-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
77. Respublikani keng va tezkorlik bilan tanishtirish zarur bo‘lganda qarorlar va farmoyishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Bosh vazirning topshirig‘iga binoan matbuotda e’lon qilinadi, televideniye va radio orqali eshittiriladi.
78. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi majlis qarorlaridagi topshiriqlarning hamda Hukumat qarorlarining, shuningdek Bosh vazir va uning o‘rinbosarlari topshiriqlarining bajarilishini tashkil etish Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarorida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
79. Vazirlar Mahkamasiga tushgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari to‘g‘risida darhol Bosh vazirga axborot beriladi va ular yuzasidan hujjatlarning mas’ul ijrochilariga topshiriqlar rasmiylashtiriladi.
80. Vazirlar Mahkamasining topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan, agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa, hujjat yuborilgan kundan boshlab 10 kalendar kun mobaynida bajarilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
81. Qonun hujjatlarini va Hukumat qarorlarini O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha topshiriqlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan, agar amalga kiritish to‘g‘risidagi hujjatda boshqa muddat nazarda tutilmagan bo‘lsa, bir oy mobaynida bajarilishi kerak. Mazkur topshiriqlarni bajarish ushbu qonunlarni tayyorlagan vazirliklar, idoralar, Vazirlar Mahkamasining axborot-tahlil departamentlari (boshqa tarkibiy bo‘linmalari)ga Adliya vazirligi va Vazirlar Mahkamasining Huquqiy ekspertiza va xalqaro shartnomalar boshqarmasi bilan birgalikda yuklanadi.
(81-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
82. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Vazirlar Mahkamasiga berilgan topshiriqni bajarish natijalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Bosh vazir yoki Bosh vazirni tegishli ravishda xabardor qilgan holda uning o‘rinbosarlari tomonidan (to‘g‘ridan to‘g‘ri topshiriq mavjud bo‘lganda) imzolangan tegishli hujjat (yozma axborot, tegishli hujjat loyihasi) yuboriladi.
84. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarining, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarining bajarilishini va nazorat qilishni tashkil etish:
respublika, tarmoq va hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim va ustuvor masalalari, shuningdek uzoq davrga mo‘ljallangan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
tegishli tarkibiy bo‘linmalar, mansabdor shaxslar va xodimlar tomonidan amaliy chora-tadbirlarni tasdiqlangan muddatlarda amalga oshirish;
ularning bajarilishini vazirliklar, idoralar, boshqaruvning hududiy tarmoq organlari va mahalliy hokimiyat organlarida, bevosita korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda maqsadli o‘rganish;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlarni bajarish yuzasidan qabul qilgan o‘z qarorlarining bajarilishini ko‘rib chiqish;
respublika tarmoqlari va hududlaridagi ishlarning ahvolini kompleks o‘rganish, ularning yakunlarini Vazirlar Mahkamasi komplekslari majlislarida ko‘rib chiqish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari, majlis qarorlari va topshiriqlarida qo‘yilgan vazifalarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishini ta’minlamagan rahbarlar, mansabdor shaxslar va xodimlarga nisbatan shaxsan javobgarlik choralarini ko‘rish bilan ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida nazorat faoliyatini muvofiqlashtirib borish ushbu Reglament hamda Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(84-bandning to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
85. Vazirlar Mahkamasi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari rahbarlarining O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlarning bajarilishi, davlat budjetining ijrosi, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlari qarorlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarini muntazam ravishda eshitib boradi, ularning so‘zsiz ro‘yobga chiqarilishini ta’minlash choralarini ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, mahalliy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari Vazirlar Mahkamasida o‘tkaziladigan majlislar va yig‘ilishlarga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — Makroiqtisodiy rivojlantirish, iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgartirishlar va hududlarni kompleks rivojlantirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda taklif etiladi, ushbu Reglamentning VI bobida nazarda tutilgan majlislar bundan mustasno.
(85-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 28-dekabrdagi 336-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 574-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
86. Vazirlar Mahkamasining bajarilgan qarorlari va farmoyishlarini nazoratdan chiqarish to‘g‘risidagi qaror Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan qabul qilinadi.
87. Davlat hokimiyati va boshqaruvi yuqori organlarining qarorlarini hayotga tatbiq etishga ko‘maklashish, Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlarning bajarilishini nazorat qilish hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlari faoliyatini muvofiqlashtirib borish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan uning doimiy va muvaqqat komissiyalari, shuningdek boshqa ishchi organlari tuzilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
88. Doimiy va muvaqqat komissiyalar majlislari Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining yarim yillik ish rejalari asosida o‘tkaziladi.
(88-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 2-maydagi 81-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 19-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(X bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
89. Vazirlar Mahkamasi o‘z vakolatlari doirasida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
(89-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
90. Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli Nizom bilan belgilanadi.
(90-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 31-martdagi 74-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 13-son, 155-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.