O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “O‘zauksionsavdo” tashkilotini tugatish to‘g‘risida” 2005-yil 11-yanvardagi 13-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish va ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2003-yil 14-yanvardagi 17-son qaroriga 1-ilovaning 30-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Ishlab chiqarilgan va sotiladigan paxta tolasi uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 3-iyundagi 240-son qarorining 6-bandi;
Vazirlar Mahkamasining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-fevraldagi 57-son qaroriga 3-ilovaning 42-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 2-son, 10-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-son qarori 4-bandining beshinchi xatboshi va 6-bandining birinchi—to‘rtinchi xatboshlari (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda) chiqarib tashlansin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Birjadan tashqari valyuta bozori faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 10-iyuldagi 294-son qaroriga 1-ilova 4-bandining to‘rtinchi xatboshi va 7-bandining “b” kichik bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 7-son, 38-modda) chiqarib tashlansin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki hamda Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish uchun normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2004-yil 30-martdagi 153-son qaroriga 4-ilova 4-bandining uchinchi xatboshi, 5-bandining beshinchi xatboshi va 8-bandining birinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
4. Vazirlar Mahkamasining “Tovar-xomashyo birjalari faoliyatini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2004-yil 31-maydagi 251-son qaroriga 1-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 50-modda):