LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 11-martdagi 63-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-son qarori)”gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 9-avgustdagi Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar va tashkilotlar mol-mulki hisobidan undirib olish tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Oliy xo‘jalik sudiga soliqlar to‘lovini qarzdor korxonalar mulki hisobidan undirib olish yuzasidan da’volarni ko‘rib chiqish tartibini soddalashtirish tavsiya etilsin, bunda uch kun muddatda qaror qabul qilish nazarda tutilsin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Budjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 9-avgustdagi PF—1504-son Farmoni asosida ishlab chiqilgan va soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha muddatida to‘lanmagan soliqlarni korxonalar, birlashmalar va tashkilotlar (bundan keyin qarzdor korxona deb ataladi) mol-mulki hisobidan undirib olish tartibini belgilaydi.
Soliqlar va budjetga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (bundan keyin muddatida to‘lanmagan soliqlar deb ataladi), shuningdek ularni o‘z vaqtida to‘lamaganlik uchun penyalar, jarimalar va soliqlar hamda budjetga to‘lanadigan boshqa to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligini buzganlik uchun jarimalar va boshqa xil sanksiyalar (bundan keyin — jarima sanksiyalari deb ataladi) qarzdor korxonalardan davlat soliq organlari tomonidan inkasso topshirig‘i berish yo‘li bilan so‘zsiz undirib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Qarzdor korxonaning hisob-kitob (joriy) schyotiga xizmat ko‘rsatuvchi bank inkasso topshirig‘ini olishi bilan 3 kun muddatda qarzni undirib oladi yoxud qarzdor korxonaning hisob-kitob (joriy) schyotida pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganligi tufayli topshiriq to‘liq yoki qisman bajarilmaganligi to‘g‘risida belgi qo‘yadi va bank belgisi qo‘yilgan inkasso topshirig‘ining nusxasini soliq organiga va qarzdor korxonaga yuboradi.
Mazkur Nizomda belgilangan talablarning bank tomonidan bajarilmasligi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq unga nisbatan choralar ko‘rish uchun asos bo‘lib hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qarzdor korxonaning banklardagi schyotlarida pul mablag‘lari bo‘lmagan taqdirda qarzlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning mol-mulkidan undirib olinadi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi 133-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 5-6-son, 51-modda)
3. Soliq organi topshiriq yoki qisman bajarilmaganligi to‘g‘risida bank belgisi qo‘yilgan inkasso topshirig‘i olgan kundan boshlab bir sutka muddatda chopar orqali yoki buyurtma xabar bilan, topshirilganligi to‘g‘risida xabardor qilgan holda, muddatida to‘lanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini to‘lash haqida qarzdor korxonaga yozma talabnoma yuboradi.
Soliq organining yozma talabnomasida mazkur talabnoma xabarnoma olingan vaqtdan boshlab bir oy mobaynida bajarilmagan taqdirda soliqlar qarzdor korxona mol-mulki hisobidan undirib olinishi to‘g‘risida xabar qilinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Soliq organining muddatida to‘lanmagan soliqlar va jarima sanksiyalarini to‘lash to‘g‘risidagi yozma talabnomasi olingandan (topshirilgandan) so‘ng o‘n kun mobaynida qarzdor korxona tomonidan qondirilmasligi yoki javobsiz qoldirilishi qarzni qarzdor korxonaning mol-mulki hisobidan undirib olish to‘g‘risidagi talablar bilan xo‘jalik sudiga ariza berish uchun asos hisoblanadi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi 133-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 5-6-son, 51-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Muddatida to‘lanmagan soliqlarni va jarima sanksiyalarini qarzdor korxona mol-mulki hisobidan undirib olish haqidagi ariza soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilgan joydagi davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i yoxud uning o‘rinbosari tomonidan imzolanadi. Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
soliq to‘lovchining soliqlar va budjetga boshqa to‘lovlar to‘lash bo‘yicha qarzi borligi to‘g‘risidagi mavjud shaxsiy schyotlaridan ko‘chirma;
soliq to‘lovchining banklardagi hisob-kitob, joriy, valyuta, maxsus ssuda yoxud boshqa schyotlarida pul mablag‘lari yo‘qligi to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi;
soliq to‘lovchi tomonidan soliq qonunchiligiga rioya qilinishini tekshirish (bunday tekshirishlar o‘tkazilgan taqdirda) dalolatnomalari bo‘yicha hisob-kitoblarni tekshirib chiqish natijalari to‘g‘risida ma’lumotnoma;
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi 133-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 5-6-son, 51-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xo‘jalik sudi soliq organi tomonidan taqdim etilgan ariza qondirilgandan so‘ng undirishni qarzdor korxonaning mol-mulkiga qaratish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Xo‘jalik sudining qarori asosida qarzni qarzdor korxonaning mol-mulkidan undirib olish sud ijrochilari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi 133-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 5-6-son, 51-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6—16-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 12-martdagi 133-sonli qaroriga muvofiq chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 5-6-son, 51-modda)