LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 25-apreldagi 210-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 18-yanvardagi PQ-91-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan yuqori likvidli hisoblanmagan tovarlarni eksport qilishga barter kontraktlari tuzishga ruxsat olish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 25-avgustdagi PQ-1604-son qaroriga asosan 2011-yilning 1-sentabridan bekor qilingan.
Jahon bozorida yuqori likvidli eksport resurslaridan oqilona foydalanish va xorijiy valyutadagi tushumni ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1996-yil 15-avgustdan boshlab ilovaga muvofiq yuqori likvidli tovarlarni barter asosida eksport qilish operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, ilovada ko‘rsatib o‘tilgan tovarlarni eksport qilish Vazirlar Mahkamasining qarorlariga ko‘ra faqat hukumatlararo bitimlar doirasida kliring asosida amalga oshirilishi mumkin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda)
ilovaga kiritilmagan tovarlarni eksport qilish uchun barter kontraktlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining qarorlariga ko‘ra, istisno tariqasida MDH va Baltiya mamlakatlarining xo‘jalik yurituvchi subyektlari bilan faqat tayyorlovchilar tomonidan (meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan hollarda) yoki eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarga ayirboshlash uchun tuzilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
barter asosida kontraktlar tuzishda ularda import tovarlarning majburiy tartibda oldindan yetkazib berilishi yoki O‘zbekiston Respublikasidan yetkazib beriladigan eksport tovarlarga bank kafolatlari berilishi nazarda tutiladi.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari barter kontraktlarini faqat ularda ko‘rsatib o‘tilgan talablarga rioya qilingan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va vakil qilingan banklarga barter kontraktlari bo‘yicha import tovarlarning o‘z vaqtida birinchi navbatda yetkazib berilishi yoki respublikadan yetkazib beriladigan eksport tovarlarga bank kafolatlari berilishi ustidan nazoratni ta’minlash mas’uliyati yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-oktabrdagi 420-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 19-son, 178-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qaror chiqqunga qadar tuzilgan va vakil qilingan bankda hamda Davlat bojxona qo‘mitasida hisobga qo‘yilgan barter kontraktlari ilgari belgilangan tartibga muvofiq nihoyasiga yetkazilishi to‘g‘risidagi taklifga rozilik berilsin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Eksport-import operatsiyalarini tartibga keltirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1995-yil 28-avgustdagi 343-son qarori 1-bandining to‘rtinchi xatboshi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
LexUZ sharhi
Ilovaga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 7-maydagi 90-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur ilovaning rus tilidagi matniga qarang.
Tartib raqami | Nomi | Tashqi iqtisodiy faoliyat TN kodi |
1. | Chorva mollari, parranda | 01 |
2. | Go‘sht, go‘sht mahsulotlari, ichak-chovoqlarni ham qo‘shib | 02 |
3. | Baliq, baliq mahsulotlari | 03, 1604, 1605 |
4. | Quruq sut | 0402 10—0402 21 |
5. | Choy xomashyosi, choy | 0902 |
6. | Don: bug‘doy, javdar, arpa, suli, sholi, makkajo‘xori, grechixa | 10 |
7. | Un, yorma | 1101-1106 |
8. | Qizilmiya ildizi | 1211 10 |
9. | O‘simlik yog‘i, mol yog‘i, margarin | 1502, 1507, 1512,1515, 1516 20, 1517 |
10. | Qand-shakar | 1701, 1702 |
11. | Non-bulka mahsulotlari | 1905 |
12. | Etil spirti | 2207 |
13. | Omixta yem (kunjarani ham qo‘shib) | 2302, 2304—2306, 2309 |
14. | Tamaki | 24 |
15. | Osh tu�i | 2501 00910 |
16. | Marmar, granit | 2515, 2516 |
17. | Uran va boshqa radioaktiv moddalar, ulardan tayyorlangan buyumlar | 26, 2844, 2845 |
18. | Navli ko‘mir | 2701, 2704 |
19. | Neft xomashyosi, gaz kondensati | 2709 |
20. | Avtobenzin, aviakerosin, dizel yoqilg‘isi | 2710 00 250, 2710 00 390, 2710 00 510, 2710 00 590 |
21. | Tabiiy gaz | 2711 |
22. | Elektr energiya | 2716 |
23. | Neftni qayta ishlash va neft kimyosi korxonalari yarim tayyor mahsulotlari va chiqindilari, komponentlarni ham qo‘shib | 2712 20, 2712 90, 2713, 2714, 2920 10, 3823 20, 3823 90 |
24. | Mineral o‘g‘itlar, sintetik ammiak | 2814, 3102, 3105 2805, 74, 75, 76, 78, 79, 80 |
25. | Rangli metallar, rangli metallar buyumlari va prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari | 8101—8112 |
26. | Qimmatbaho metallar, qotishmalar, ulardan tayyorlangan buyumlar, qimmatbaho metallar rudalari, konsentratlari, parchalari va chiqindilari, qimmatbaho tabiiy toshlar va ulardan tayyorlangan buyumlar, ularning chiqindilari, kukunlari va rekuperatorlari | 2843, 3006 40 (faqat qimmatbaho metallardan), 7106—7115, 7118 (faqat qimmatbaho metallardan), 9003 19 100, 9021 29 100, 9101, 9111 10, 9113 10, 9608 10 300, 9608 39 100, 9705 (faqat qimmatbaho metallardan tayyorlangan tangalar), 2530 90 (faqat qahrabo), 7101—7103, 7105 (faqat tabiiy qimmatbaho toshlardan tayyorlangan), 7116 (faqat marvarid, tabiiy qimmatbaho toshlardan), 9602 (faqat ishlov berilgan qahrabo va undan tayyorlangan buyumlar) |
27. | Portlovchi moddalar va ularning chiqindilari | 36 |
28. | Poliuretan | 3909 50 |
29. | Sellyuloza va ularning hosilalari | 3912 |
30. | Charm va charm xomashyosi | 4101—4106, 4108, 4109, 4111 |
31. | Tabiiy mo‘yna | 4301, 4320 |
32. | Yog‘och materiallari va sellyuloza-qog‘oz materiallari (past navli yog‘ochlar va yog‘ochni qayta ishlash chiqindilaridan tashqari) | 4404, 4406, 4408, 4412, 4413, 45 |
33. | Makulatura va qog‘oz chiqindilari | 4707 |
34. | Qog‘oz, karton va ulardan tayyorlangan buyumlar | 48 |
35. | Pilla va xom ipak | 5001, 5002 |
36. | Shoyi gazlamalar | 5007 |
37. | Tabiiy jun | 5101, 5102, 5104, 5105 |
38. | Paxta tolasi, paxta linti | 5201, 5203, 140420 |
39. | Ip-kalava | 5205—5207 |
40. | Ip-gazlama | 5208—5212 |
41. | Kanop tolasi | 5303 |
42. | To‘qimachilik xomashyosi momig‘i va undan tayyorlangan mahsulot | 5601 |
43. | Noto‘qima materiallar | 5603 |
44. | Trikotaj polotno | 6001, 6002 |
45. | Brezent, soyabon va chodirlar | 6306 11 000—6306 29 000 |
46. | Qora metallar prokati, qora metallar parchalari va chiqindilari | 7201-7229, 7301—7306 |
47. | Qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus butlovchi qismlar | 8526 (faqat harbiy maqsadlarda), 8710, 8802 (8802 11 100, 8802 12 100, 8802 20 100, 8802 30 100, 8802 40 100 dan tashqari), 8803 (8803 10 100, 8803 20 100, 8803 30 100, 8803 90 910 dan tashqari), 8805 (8805 20 100 dan tashqari), 890600 100, 9013 10, 901320, 9013 80, 9014, 9301, 9302, 9305 (faqat jangovar qurolga), 9306 (9306 10, 9306 29 100, 930629200, 9306 29 400, 9306 30 910, 9306 30 930 dan tashqari) |
48. | Izolatsiyalangan simlar | 8544 |
49. | Katta badiiy, tarixiy, ilmiy yoki boshqa madaniy qimmatga ega bo‘lgan (kartinalar, skulpturalar va boshqalar) qadimiy buyumlar (Madaniyat ishlar vazirligi xulosasiga binoan) | 97-guruhga kiruvchilar |
Keyingi tahrirga qarang.