1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1998-yil, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 5, 112-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda; 2007-yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2010-yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012-yil, № 1, 4-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta badallari hisoblanadigan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — qonun hujjatlariga muvofiq hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar qo‘shiladi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasiga taalluqli bo‘lmagan shaxslarga pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqiga mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga o‘xshash pul ta’minotining barcha turlari qonun hujjatlariga muvofiq qo‘shiladi.
O‘qish davrida to‘langan stipendiya pensiya so‘rab murojaat etuvchining xohishiga ko‘ra ish haqiga tenglashtiriladi.
Ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan xodimlarning (yakka tartibdagi tadbirkor va u tomonidan yollangan xodimning, dehqon xo‘jaligi va oilaviy tadbirkorlik subyekti a’zosining) pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqining miqdori:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
“Chet elda yollanib ishlagan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining pensiyasini hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi quyidagicha aniqlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘langan sug‘urta badallarining miqdoridan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov miqdoridan kelib chiqqan holda aniqlanadi”;
“a) 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — faoliyat turi, mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan bo‘lsa;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — xodim tomonidan bajarilgan har qanday ish, agar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa”;
“g) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
“Chet elda ishlangan davrlar quyidagi shartlarga ko‘ra mehnat stajiga qo‘shiladi, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun – O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan taqdirda;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 26-dekabrda qabul qilingan O‘RQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-yil, 12-songa 1-ilova; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 7, 431, 433-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“fiskal tavakkalchiliklar — budjet jarayoni ishtirokchilari uchun budjet tizimi budjetlari mablag‘larini shakllantirish va sarflashda moliyaviy resurslardagi yo‘qotishlarni baholash”;
yigirma beshinchi — qirqinchi xatboshilari tegishincha yigirma oltinchi — qirq birinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Xarajatlarning dasturiy tasnifi davlat, tarmoq va hududiy rivojlantirish dasturlarini bajarish uchun mablag‘lar yo‘nalishini aks ettiruvchi xarajatlarni guruhlashdan iboratdir”;
“Mablag‘lari soliqlar, majburiy to‘lovlar va jarimalar, shuningdek budjet subsidiyalaridan shakllantiriladigan davlat maqsadli jamg‘armalari davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tashkil etiladi.
Davlat maqsadli jamg‘armalari yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan tuzilishi mumkin”;
“O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiritiladigan davlat maqsadli jamg‘armalarining ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi”;
4-bandi “abonent raqamidan foydalanganlik uchun to‘lov” degan so‘zlardan keyin “mahsulot taqsimotiga oid bitimlar bo‘yicha foyda keltiradigan maxsulotdagi davlat ulushi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aksiz solig‘i” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan pivo uchun aksiz solig‘i” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 70-modda birinchi qismi 5-bandining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonini” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
1-bandining to‘rtinchi xatboshisidagi “yordamchi tashkilotlarni” degan so‘zlardan keyin “tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“qishloq xo‘jaligi tashkilotlarini saqlab turish, shu jumladan hayvonlar kasalliklariga qarshi kurashuvchi muassasalar xizmatlariga haq to‘lash, yerlarni rekultivatsiya qilish ishlarini bajarish, shuningdek suv xo‘jaligi tashkilotlarini saqlab turish”;
oltinchi xatboshisi “o‘rmon xo‘jaligini” degan so‘zlardan keyin “o‘simliklar karantinini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
4-bandining uchinchi xatboshisi “Toshkent shahar hokimliklari, ularning boshqarmalari va bo‘limlarini” degan so‘zlardan keyin “hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo‘linmalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2-bandining ikkinchi xatboshisi “laboratoriyalarni” degan so‘zdan keyin “irrigatsiya tizimlarining havza boshqarmalari huzuridagi tumanlar (Quvasoy shahri) irrigatsiya bo‘limlarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3-bandi “bo‘limlarini” degan so‘zdan keyin “shuningdek tumanlar va shaharlar budjetlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilishi nazarda tutilgan davlat boshqaruvi organlarining boshqa hududiy bo‘linmalarini” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“Prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasi hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklari va o‘rta muddatli davr uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi asosida tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallarini kiritadi”;
“Budjetnoma — erishilgan natijalar hisobga olingan holda mamlakatni kelgusi davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini nazarda tutuvchi hujjat bo‘lib, ushbu yo‘nalishlar asosida Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihalari shakllantiriladi.
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘tgan yilgi asosiy yakunlarini va mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning joriy yilgi yakunlarining prognoz bahosini, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning o‘rta muddatli davr uchun asosiy yo‘nalishlarini;
Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘rta muddatli davr uchun prognozini;
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari joriy yildagi ijrosining prognoz bahosini;
prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallarini;
soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlariga, prognoz yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining loyihasiga hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallariga doir, fiskal tavakkalchiliklarni o‘z ichiga olgan tushuntirish xatini.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga — joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga xulosa taqdim etishi uchun — joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlari, shuningdek soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlari loyihalari bo‘yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga — joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan kiritiladi.
Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining, soliq va budjet siyosati asosiy yo‘nalishlarining loyihalari, shuningdek Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga yuborilishidan oldin majburiy ravishda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqiladigan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri jamoatchilik muhokamasi uchun parallel ravishda e’lon qilinadi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini, prognoz yil uchun Davlat budjetini, davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetlarini hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallarini qabul qiladi”;
“asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hamda prognoz yil uchun Davlat budjetining va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining parametrlari hamda kelgusi ikki yilga oid budjet mo‘ljallari”;
ikkinchi qismidagi “maxsus axborot portalida (O‘zbekiston Respublikasi tovar-xomashyo birjasining maxsus veb-saytida)” degan so‘zlar “operatorning maxsus axborot portalida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat xaridlari amalga oshirilishi to‘g‘risidagi e’lonlarni maxsus axborot portalida joylashtirish joriy moliya yilining 10-dekabridan kechiktirmasdan amalga oshiriladi”;
“Budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobidan ijro etilishi lozim bo‘lgan yuridik majburiyatlar g‘aznachilik bo‘linmalari tomonidan hisobga olinadi”;
“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yagona g‘azna hisobvarag‘idagi va boshqa bank hisobvaraqlaridagi budjet tizimi budjetlarining vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini boshqaradi”;
beshinchi va oltinchi qismlaridagi “O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetining” degan so‘zlar “Yagona g‘azna hisobvarag‘ining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 143-moddaning ikkinchi qismi “davlat aktivlarini xususiylashtirishdan” degan so‘zlardan keyin “va davlat daromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)