Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Investorlarga “nol” xarid qiymati bo‘yicha berilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining budjetga va budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlar bo‘yicha oldingi yillardagi to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarzlari, shu jumladan ular bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida

TASDIQLANGAN
Investorlarga “nul” xarid qiymati bo‘yicha berilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha oldingi yillardagi to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarzlari, shu jumladan, ular bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini aniqlash va hisobdan chiqarish tartibi to‘g‘risida NIZOM

I. Qarz summalari hisobdan chiqariladigan korxonalar

II. TO‘LANIShIGA IShONCh BO‘LMAGAN QARZ SUMMALARINI ANIQLASh

III. TO‘LANIShIGA IShONCh BO‘LMAGAN QARZNI HISOBDAN ChIQARAYOTGANDAGI TARTIB VA TALABLAR

IV. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI

V. YAKUNIY QOIDA

ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summalarini mutanosib ravishda hisobdan chiqarishga misol

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarini va obyektlarni xususiylashtirishni jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2003-yil 26-avgustdagi 368-son, “Davlat mulki ayrim obyektlarini investitsiya majburiyatlari evaziga bepul berishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2004-yil 5-maydagi 209-son va “Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarorlariga muvofiq investorlarga (shu jumladan, chet ellik investorlarga) “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotilgan past rentabelli, zarar ko‘rib ishlayotgan, iqtisodiy nochor davlat korxonalarining O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat budjeti), O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasiga va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — davlat maqsadli jamg‘armalari)ga to‘lovlar bo‘yicha oldingi yillardagi to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarzlari, shu jumladan, ular bo‘yicha hisoblangan penya va jarimalar summalarini (keyingi o‘rinlarda — qarzdorlik)ni aniqlash va hisobdan chiqarish tartibini belgilaydi.
2. Xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nol” xarid qiymati bo‘yicha sotilayotgan davlat mulki obyektlari ro‘yxatini shakllantirish va tanlov shartlarini tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan, Davlat mulki obyektlarini xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar qabul qilinishi sharti bilan “nul” xarid qiymati bo‘yicha sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom bilan aniqlanadi.
7. Komissiya mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq to‘lanishiga ishonch bo‘lmagan qarz summasini aniqlaydi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-avgustdagi 368-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari to‘plami, 2003-yil, 8-son, 78-modda) muvofiq qarzni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Nizomga
ILOVA

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”