Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi maqsadlarini ro‘yobga chiqarishning muhim sharti olib borilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlanishga doir muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va samarali hal etish borasida davlat boshqaruvi tizimining aniq faoliyat yuritishini talab etadi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi davlat-hokimiyat vakolatlari berilgan, davlat apparatining zarur darajada faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qiluvchi idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirishni nazarda tutadi.
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, davlat-hokimiyat vakolatlarini qayta taqsimlash hamda vazirlik va idoralarning mustaqil yurituviga berish maqsadida:
2. 2018-yil 1-oktabrdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tuzilgan ayrim idoralararo kollegial organlar 1-ilovadagi* ro‘yxatga muvofiq ularning vakolatlari tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga o‘tkazilgan holda tugatilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”