Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 28-avgustdagi O‘RQ-635-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ushbu Qonun viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, ularning chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish hamda aholi punktlarini shahar, shaharchalari turkumiga o‘tkazish, ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari va ularning tarkibiy qismlariga, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fizik-jo‘g‘rofiy, geologik va boshqa obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Viloyatlarni tuzish va tugatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlarni tuzish va tugatish tegishli viloyat va Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarni tuzish va tugatish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan amalga oshiriladi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasi.)
Qishloqlar, ovullarni tuzish va tugatish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining chegarasi faqat uning roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges qaroriga asosan Oliy Majlis tomonidan o‘zgartirilishi mumkin.
Viloyatlar va tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli viloyatlar, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlarning chegaralarini o‘zgartirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qishloqlar va ovullar chegarasini o‘zgartirish, aholi punktlarini birlashtirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxtini belgilash va ko‘chirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining roziligi bilan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Tumanlar, qishloqlar, ovullarning ma’muriy markazlarini belgilash va ko‘chirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
IV. ShAHARLAR BO‘YSUNUVINI O‘ZGARTIRISh VA AHOLI PUNKTLARINI ShAHAR, ShAHARChALAR TURKUMIGA KIRITISh
Respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida), viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida o‘ttiz ming aholisi bo‘lgan, muhim ma’muriy ahamiyat kasb etadigan, istiqbolli iqtisodiy va madaniy markazlar deb hisoblangan shaharlar kiritilishi mumkin.
Shaharlarni viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustdagi 304-I-son “Jizzax viloyatining Dashtobod shahrini viloyatga bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risida”gi Qarori.
Shaharlarni respublika (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga, qoida tariqasida, kamida yetti ming aholisi bo‘lgan, sanoat korxonalari va rivojlangan infrastrukturasi mavjud shaharchalar, aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 4-dekabrdagi 135-II-son “Andijon viloyatining Asaka shahri va Asaka tumani hududlarini birlashtirish hamda Asaka shahrini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish to‘g‘risida”gi Qarori va boshqalar.
Shaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim obyektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida ikki ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Aholi punktlarini shaharchalar turkumiga kiritish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyuldagi PQ-120-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-sonli “O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori.
Shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli viloyat, Toshkent shahri hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2010-yil 7-maydagi 53-II-son “Shahrisabz shahrining chegarasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2009-yil 20-avgustdagi 1061-I-son “Zarafshon shahrining chegarasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida shaharlarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalarning chegaralarini belgilash va kengaytirish tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan Oliy Majlis tomonidan amalga oshiriladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish tegishli tuman, shahar hokimlarining iltimosnomasiga asosan xalq deputatlari viloyat Kengashlari tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa — Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish vaqtida O‘zbekiston Respublikasida mavjud bo‘lgan nomlarni berishga, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, aholi punktlariga esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoki ushbu viloyatda mavjud bo‘lgan nomlarni berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Viloyatlar, shaharlar, tumanlar, qishloqlar, ovullar, shaharchalar, aholi punktlariga odamlarning nomini berishga, shuningdek ularni tarixiy voqealar sharafiga nomlashga qoida tariqasida yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mahallalar, ko‘chalar, maydonlar, hiyobonlar, bog‘lar, aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining taqdimnomasiga muvofiq xalq deputatlari tegishli tuman, shahar Kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Aholi punktlarining tarkibiy qismlariga ushbu aholi punktida mavjud nomlarni berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Respublika bo‘ysunuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish ushbu obyekt joylashgan mahalliy hokimiyat organining roziligi bo‘lgan holda tegishli vazirlik, idoraning taqdimnomasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Mahalliy bo‘ysunuvdagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, viloyat, Toshkent shahri hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari, idoralari tizimiga kiruvchi mahalliy bo‘ysunuvidagi korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, viloyat, Toshkent shahar hokimlari tomonidan berilayotgan nomlar, ular bilan kelishilgan bo‘lishi kerak.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ushbu viloyat, Toshkent shahri hududida joylashgan boshqa obyektlarga berib bo‘lingan nomlarni berish, shuningdek tegishli vazirlik, idoraning boshqa tashkilotlariga berib bo‘lingan nomlarni berishga ruxsat etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Fizik-jo‘g‘rofiy obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Geologik obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tabiati muhofaza etiladigan obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining taqdimnomasiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Monumental san’at asarlariga nom berish, ularga oid tagso‘z matnlarini tasdiqlash Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumati, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(27-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Mahallalar, ko‘chalar, maydonlar, xiyobonlar, bog‘lar va aholi punktlarining boshqa tarkibiy qismlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga, fizik-jo‘g‘rofiy, geologik, tabiati muhofaza etiladigan va boshqa obyektlarga davlat, jamoat arboblarining, siyosiy arboblarining, Vatan himoyachilari, mehnat qahramonlari, fan, madaniyat arboblari va boshqa xizmat ko‘rsatgan odamlarning nomini berish faqat ularning vafotidan so‘ng amalga oshirilishi mumkin.
Odamlarning nomini berish to‘g‘risidagi davlat hokimiyati organlarining qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullarni tuzish, tugatish, chegaralarini o‘zgartirish, ma’muriy markazlarni ko‘chirish, aholi punktlarini shahar, shaharchalar turkumiga o‘tkazish, ma’muriy-hududiy birliklar va aholi punktlariga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish haqidagi qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasida e’lon qilinishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Mavjud aholi punktlari hisobining yuritilishini hamda yangi paydo bo‘lganlari ro‘yxatdan o‘tkazilishini tegishli ravishda Jo‘qorg‘i Kenges, viloyat hokimliklari ta’minlaydilar.
Ma’muriy-hududiy birliklar, aholi punktlari, boshqa toponimik obyektlar nomining yozilishiga aniqlik kiritishni, tegishli obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish huquqi berilgan organlar amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.