Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi qaror qiladi:
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-fevraldagi PQ-3514-son “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soliq solinadigan bazasini alohida xarajatlari bo‘yicha kamaytirish tartibini belgilaydi.
3. Ushbu Nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisida belgilangan soliq solinadigan bazaning 100 million so‘mgacha kamayishi, bir martalik yoki qismlarga bo‘lingan holda, 2020-yil 1-yanvar muddatigacha amalga oshiriladi.
4. Ushbu Nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisida belgilangan soliq solinadigan bazaning 12 million so‘mgacha kamayishi har yili 2025-yil 1-yanvargacha amalga oshiriladi.
5. Ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan imtiyozga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi sanitariya-gigiyenik tarmoqlarning sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq kelishi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli tuman (shahar) davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlarining xulosasini (bundan buyon matnda Markazning xulosasi deb yuritiladi) olishi lozim.
6. Ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq soliq solinadigan bazasi hujjatlar bilan tasdiqlangan, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan zamonaviy sanitariya-gigiyenik tarmoqlarini qayta tiklash, kapital ta’mirlash yoki qurish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
7. Mazkur Nizomning 4-bandida ko‘rsatilgan imtiyoz, soliq to‘lovchi tomonidan Markazning xulosasi olganidan keyin, taqdim etiladi.
8. Ushbu Nizomning 4-bandiga muvofiq soliq solinadigan bazasi sanitariya qoidalari, me’yorlari va gigiyena normativlariga muvofiq keladigan sanitariya-gigiyena tarmoqlarini (farroshlar ish haqi, gigiyena, tozalash va yuvish vositalarini sotib olish, kommunal xarajatlarni to‘lash), turizm infratuzilmasi obyektlarini (tarixiy va me’moriy yodgorliklar, muzeylar, teatrlar, madaniyat uylari, umumiy ovqatlanish punktlari, xizmat ko‘rsatish obyektlari, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari, avtomobillar uchun vaqtincha to‘xtash joylari, yo‘lbo‘yi infratuzilmasining xizmatlar ko‘rsatiladigan hududlari, bozorlar, rastalar, do‘konlar va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarni) saqlashga yo‘naltirilgan xarajatlarining hujjatlar bilan tasdiqlangan summasiga kamaytiriladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”