14.05.2018 yildagi PQ-3724-son
Hujjat 31.10.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 30-oktabrdagi PF-5564-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2018-y., 06/18/5564/2137-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar nomlanishi

Amalga oshirish mexanizmlari

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

I. ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISh BO‘YIChA NORMATIV-HUQUQIY VA NORMATIV BAZANI TAKOMILLAShTIRISh

1.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonunlariga o‘zgartirishlar kiritish, bunda quyidagilarni hisobga olish:

elektron tijoratda ishlatiladigan terminlarga aniq tushunchalar berish;

elektron tijorat subyektlari o‘rtasida hamkorlikning zamonaviy usullarini joriy etish imkoniyatlarini berish;

eletron tijoratda hujjatlarning elektron shakli va ularning yuridik kuchidan foydalanish masalalarini tartibga solish;

elektron tijoratda, biznes (V2V) kabi, yakuniy iste’molchi (V2S) uchun ham mahsulotlarni eksport va import qilish masalalarini tartibga solish;

elektron tijoratdan foydalangan holda raqamli tovarlar (dasturiy mahsulotlar, kontent mahsulotlar) va autsorsing xizmatlarini eksport va import qilish masalalarini tartibga solish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-aprelga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Markaziy bank, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Elektron tijorat subyektlariga xizmat ko‘rsatish, ularning manfaatlari va xorijiy tajribani hisobga olgan holda yetkazib berish xizmatlari faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan:

elektron shaklda (elektron chek) to‘lov qabul qilingani holatini fiskal ro‘yxatdan o‘tkazish yoki kassa chekini sotuvchidan xaridorga yetkazib berish xizmati orqali yetkazish;

barcha tovarlar uchun sotuvchi/xaridor nomidan elektron tijoratda kelishuvlar bo‘yicha tushiriladigan tovarlarni deklaratsiya qilishga yetkazib beruvchi xizmatlarining huquqini nazarda tutadigan tartibni joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2018-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, DSQ, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Elektron tijoratda tovar-kuzatuv hujjatlarini rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutuvchi, xususan elektron tijorat yordamida import-eksportda sotiladigan va xarid qilinadigan tovarlarning (deklaratsiya qilinishi) bojxona rasmiylashtiruvi tartibini ishlab chiqish va joriy etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-yanvarga qadar

DSQ, DBQ, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

4.

Elektron tijorat ishtirokchilari manfaatlarini himoya qilish va aholining elektron tijoratga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida, eksport kelishuvlarini hisobga olgan holda elektron tijorat ishtirokchilari o‘rtasida maxsus tartib-taomillarga muvofiq kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish bo‘yicha maxsus arbitraj joriy etish uchun normativ-huquqiy baza shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-iyulga qadar

Adliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

5.

Iste’molchilar, elektron tijorat subyektlari va boshqa ishtirokchilarning huquqlarini himoya qilish normalarini nazarda tutgan holda belgilangan elektron tijorat qoidalarini buzganlik uchun belgilangan javobgarlikka doir O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-aprelga qadar

Davlat raqobat qo‘mitasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, DSQ, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Intellektual mulk agentligi, DBQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

6.

O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullar aylanm�sini huquqiy tartibga solish, shuningdek, ular tomonidan, shu jumladan xorijiy elektron karmonlar bilan elektron tijoratda to‘lovlarni amalga oshirish bo‘yicha tartibni amalga oshirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-yanvarga qadar

Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, DSQ,

manfaatdor vazirlik va idoralar

7.

Elektron tijoratda intelektual mulk obyektlarini (dasturiy mahsulotlar, axborot mahsulotlari) bojxona deklaratsiya qilinishi, oldi-sotdi va eksport/import qilinishi holatlarini buxgalterlik hisobiga olish, shuningdek, onlayn-xizmatlarga litsenzion bitimlar yoki obuna bo‘lish asosida foydalanish huquqini rasmiylashtirish bo‘yicha zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun normativ-huquqiy bazani shakllantirish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Intelektual mulk agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Moliya vazirligi, DBQ, DSQ

8.

Auksion savdolari orqali mazkur platformalar foydalanuvchilarining tovarlarini sotish bo‘yicha onlayn-platformalarni yaratish imkoniyatini taqdim etish maqsadida elektron tijorat ishtirokchilari uchun internet-auksionlar o‘tkazish tartibini belgilash.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-iyulga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DSQ, Adliya vazirligi

II. ELEKTRON TIJORATNI RIVOJLANTIRISh UChUN QULAY ShART-ShAROITLARNI YaRATISh BO‘YIChA TAShKIL�Y-TEXNIK ChORA-TADBIRLAR

9.

Elektron savdo Milliy platformasini yaratish.

Texnik chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-iyulga qadar

Tashqi savdo vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

10.

Xorijiy mamlakatlarning tajribasini tahlil qilish hamda ID-kartalar orqali aholini identifikatsiya qilish tizimini amalga oshirish bilan integratsiya qilinishini hisobga olgan holda Mobile-IDdan (sim-karta ichidagi elektron raqamli imzo) foydalangan holda identifikatsiya qilish tizimini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,

DSQ, DPM, mobil aloqa operatorlari

11.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda uning hududiy bo‘linmalari tomonidan elektron tijorat sohasida xizmat ko‘rsatish, jumladan:

tadbirkorlik subyektlariga, o‘z faoliyatlarida elektron tijoratni joriy etishda konsultativ qo‘llab-quvvatlashda;

xizmatlarni, jumladan komissiya shartnomalari asosida elektron tijoratning xorijiy platformalarida tadbirkorlik subyektlarining tovarlari va xizmatlarini sotishni tashkil etishda;

Businessinfo.uz. onlayn portali orqali elektron tijoratni yuritish bo‘yicha axborot xizmatlarini ko‘rsatishda.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-oktabrga qadar

Savdo-sanoat palatasi,

Adliya vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi

III. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDA EKSPORT SALOHIYATINI OShIRISh VA XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISh

12.

HoReCa (Booking.com, Tripadvisor va boshqa tizimlar) xizmatlari segmenti xalqaro axborot tizimi orqali milliy turizm xizmatlarini amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar

dasturi

2018-yil
1-oktabrga qadar

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazi�ligi, Tashqi ishlar vazirligi

13.

Elektron tijorat sohasida mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan:

ShHTga a’zo davlatlarning elektron tijorat bo‘yicha Savdo-sanoat assotsiatsiyasi;

elektron tijorat (ETID) bo‘yicha JSTning ish dasturi;

Tariflar va savdo bo‘yicha bosh bitim (GATT, JST tovarlarini sotish bo‘yicha Kengash);

Xizmatlarni sotish bo‘yicha bosh bitim (GATS, JST xizmatlarini sotish bo‘yicha kengash);

Intellektual mulk aspektlari bo‘yicha bitim (TRIPS, JST TRIPS bo‘yicha Kengash).

Tashkiliy

chora-tadbirlar

2019-yil
1-iyulga qadar

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, DBQ, DSQ, Adliya vazirligi

14.

Markaziy Osiyo mintaqasida elektron tijorat uchun maxsus sharoitlar joriy qilinishini hisobga olgan holda, qo‘shni mamlakatlar (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston) bilan trans chegaraviy elektron tijoratni rivojlantirish.

Hukumatlararo bitim

2019-yil
1-yanvarga qadar

Tashqi savdo vazirligi, TIV, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Savdo-sanoat palatasi, DBQ

IV. ELEKTRON TIJORATNING LOGISTIK INFRATUZILMASINI RIVOJLANTIRISh

15.

Elektron tijorat subyektlariga xizmat ko‘rsatadigan yetkazib berish xizmatlarini rag‘batlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

Kompleks chora-tadbirlar

2019-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, “O‘zavtotrans” agentligi

16.

Elektron tijorat orqali tovarlarni yetkazib berishga ichki talabni qanoatlantirish bo‘yicha respublika hududlarida logistika markazlarini shakllantirishni hisobga olgan holda davlat-xususiy sherikchilik mexanizmini joriy etishni hisobga olib logistika infratuzilmasini yaratish.

Normativ-huquqiy hujjat

2020-yil
1-aprelga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi,

“O‘zavtotrans” agentligi,

“O‘zbekiston pochtasi” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

17.

Elektron tijorat orqali tovarlarni eksport qilish hajmini oshirishga qaratilgan, O‘zbekistonda logistika markazini barpo etish masalalarini yirik trans milliy logistika kompaniyalari (FedEx, UPS, DHLva boshqalar) bilan ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2019-yil
1-iyulga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,

Tashqi savdo vazirligi,

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zavtotrans” agentligi

V. ELEKTRON TIJORAT SOHASIDA KADRLAR SALOHIYATINI ShAKLLANTIRISh VA RIVOJLANTIRISh

18.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida elektron tijorat bo‘yicha bakalavr va magistratura ta’lim yo‘nalishlarini tashkil etish.

Normativ-huquqiy hujjat

2019-yil
1-aprelga qadar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

19.

Elektron tijoratning barcha ishtirokchilariga mo‘ljallangan, “Elektron akademiya” loyihasi doirasida elektron tijorat bo‘yicha ixtisoslashtirilgan onlayn kurslarni tashkil etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2018-yil
1-oktabrga qadar

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

VI. AHOLI VA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI ORASIDA ELEKTRON TIJORATNI TARG‘IB QILISh VA OMMALAShTIRISh

20.

Har yili o‘tkaziladigan ICTWEEK Uzbekistan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi doirasida elektron tijoratni rivojlantirishga bag‘ishlangan chora-tadbirlarni o‘tkazish.

Tashkiliy chora-tadbirlar

Har yili

Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi savdo vazirligi

21.

O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni yoritishga doir teleradiokanallarda hamda bosma OAVda maxsus ko‘rsatuvlar va ruknlar tashkil etish, mahalliy va xorijiy elektron savdo maydonchalarida tovar va xizmatlarni sotishga oid tadbirkorlar uchun tanishtiruv materiallari e’lon qilish.

Tashkiliy

chora-tadbirlar

doimiy

MTRK, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi

22.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘linmalari huzuridagi elektron tijorat bo‘yicha bahs-munozara maydonchalarini yaratish hisobidan, unda seminarlar, ko‘rgazmalar va forumlar o‘tkazishni o‘z ichiga olgan holda hududlarda elektron tijoratni kuchaytirish.

Kompleks

chora-tadbirlar

2018-yil

1-iyulga qadar

Savdo-sanoat palatasi, Axborot va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari,

O‘zbekiston elektron tijorat assotsiatsiyasi

Keyingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi