O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida kadrlar tayyorlash darajasi va sifatini yanada oshirish hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini davlat ta’lim standartlari va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga javob beradigan yuqori malakali pedagog va muhandis-pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar 2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlari, shuningdek ularni o‘qitishda ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibi kasbiy saviyasining uzluksiz ravishda o‘sishi va malakasi oshirib borilishini ta’minlash;
o‘qitish jarayoniga zamonaviy xorijiy metodikalardan foydalanish hamda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagoglarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibining rivojlangan mamlakatlarning yetakchi o‘quv markazlarida tajriba orttirishi amaliyotini kengaytirish orqali ilg‘or xalqaro pedagogik tajribalarni joriy etish;
zamonaviy texnologiyalarga asoslangan korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatidan foydalangan holda ularning bazaviy oliy ta’lim muassasalari bilan kooperatsiyalashuvini va hamkorligini chuqurlashtirish yo‘li bilan muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlari va o‘qituvchilarining muntazam ravishda, kamida uch yilda bir marta attestatsiyadan o‘tkazilishini tashkil etish. Rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini tanlov asosida to‘ldirish;
zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet xalqaro axborot tarmog‘i imkoniyatlaridan keng foydalangan holda pedagog kadrlarni masofadan turib o‘qitish metodini joriy etish.
2010-yilgacha bo‘lgan davrda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 33-34-son, 390-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda 2001/2002 o‘quv yilidan boshlab o‘rta maxsus, professional ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borsin va davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq baholasin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga davlat talablarini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
2001—2010-yillarda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini hisobga olgan holda, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash hamda ular malakasini oshirishning o‘quv rejalari va dasturlarini ikki oy muddatda qayta ko‘rib chiqsin va tasdiqlasin;
har yili o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida kadrlar tayyorlash kasbiy darajasi monitoringi natijalariga ko‘ra akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishning miqdoriy ko‘rsatkichlarini va tartibini aniqlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbar, pedagog va muhandis-pedagog kadrlariga qo‘yiladigan malaka talablari to‘g‘risidagi Nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
“Ustoz” jamg‘armasi bilan birgalikda 2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini ro‘yobga chiqarishning aniq chora-tadbirlarini ishlab chiqsin va amalga oshirsin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining mintaqalardagi yoshlar va jamiyatning ma’naviy hamda aqliy rivojlanishiga ko‘maklashuvchi ma’rifat, madaniyat, ommaviy kompyuter savodxonligi markazlari sifatidagi rolini, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilarining ijtimoiy maqomi va jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin va amalga oshirsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari direktorlarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nomenklaturasiga kiritish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Bosh vazir o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi rahbari (H.S.Karomatov) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Tashkiliy-kadrlar ishlari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati bilan birgalikda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining tanlovdan o‘tgan direktorlarini tayinlash tartibini 15 kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Davlat test markazi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda:
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi rahbarlar tarkibini, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizomni;
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida rahbar va o‘qituvchilarning bo‘sh lavozimlarini egallash uchun ularni tanlov asosida tanlab olish to‘g‘risidagi Nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsinlar, tasdiqlasinlar va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
har yili O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti loyihasini tuzishda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga akademik litseylar, professional ta’lim muassasalarining rahbar, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va attestatsiyadan o‘tkazish uchun zarur budjet mablag‘lari ajratishni nazarda tutsin;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda o‘quv asbob-anjomlari xarid qilish uchun jalb etilayotgan grantlar va xorijiy kreditlar mablag‘laridan, shuningdek, o‘qituvchilarni rivojlangan mamlakatlarning yetakchi o‘quv markazlarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ham foydalanishni nazarda tutsin.
(7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari H.S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini shakllantirish va rivojlantirish akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini maxsus tayyorlangan yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlashni, ular faoliyatining raqobat muhitini shakllantirishni nazarda tutadi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning boshlang‘ich bosqichida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash hamda o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muassasalari tarmog‘ining ikki bosqichli tizimi tashkil etildi.
Mazkur dastur Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishning sifat jihatidan yangi bosqichi vazifalaridan kelib chiqib islohotlar jarayonini chuqurlashtirishni nazarda tutadi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbar hamda muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini o‘zgartirish va takomillashtirish yo‘li bilan respublika iqtisodiyoti tarmoqlari uchun kadrlarni o‘qitish va ularni tayyorlash sifatini oshirishga ko‘maklashadi.
Dasturning maqsadi – pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini muntazam oshirish yo‘li bilan akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini davlat ta’lim standartlari talablariga javob beruvchi yuqori malakali pedagoglar va muhandis-pedagog kadrlar bilan ta’minlash.
Asosiy vazifa – pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining tuzilmasi va mazmunini takomillashtirish.
1. O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi talablarini hisobga oluvchi, pedagog kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning moslashuvchan ta’lim dasturlarini ishlab chiqish.
2. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
3. Oliy ta’lim muassasalari, institutlar, fakultetlar hamda pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazlarining professor-o‘qituvchilar tarkibining kasb darajasini oshirish, xorijiy tillarni o‘rganishni kengaytirish.
4. Tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishga kasb-hunar ta’limining ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan (dual) tizimini joriy etish.
5. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarning kasb darajasini oshirish jarayoniga ilg‘or zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish.
6. Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar oldindan tayyorlanishi, qayta tayyorlanishi va ularning malakasi oshirilishini ta’minlaydigan quyidagi ko‘rsatkichlarni har yili aniqlash:
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga bo‘lgan mutlaq va qo‘shimcha ehtiyojning prognoz ko‘rsatkichlari;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash manbalari;
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ko‘rsatkichlari;
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari.
Yangi pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq, o‘quv rejalari hamda bakalavriat va magistratura dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Pedagogik va muhandis-pedagogik yo‘nalishdagi bakalavrlar tayyorlash umumiy ta’lim maktablarining 11-sinflari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari orasidan, pedagogika mutaxassislari magistrlari esa – pedagogik yo‘nalishdagi bakalavriat bazasida amalga oshiriladi.
Umumta’lim fanlari o‘qituvchilarini tayyorlash o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining ehtiyojiga muvofiq respublikaning bazaviy va yetakchi universitetlarida va pedagogika institutlarida amalga oshiriladi.
Kasb-hunar kollejlarining tarmoq yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus fanlar o‘qituvchilari va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari va fakultetlarida amalga oshiriladi.
Umumiy rahbarlik, pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yo‘llari va usullarini belgilash, ular bazasida pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish amalga oshiriladigan ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati, shuningdek ular faoliyatini muvofiqlashtirish, idoraviy qarashliligidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini, ularni tayyorlashning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun pedagog kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi – 1-ilova.
Pedagogik faoliyat uchun zarur bo‘lgan bilimlar, o‘quv va malaka hajmi O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan ishlab chiqiladigan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda tasdiqlanadigan malaka talablari bilan belgilanadi.
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat ta’lim standartlarini hisobga olgan holda oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv rejalari va dasturlarini yangilash;
pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy-metodologik asosini rivojlantirish va takomillashtirish;
o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining o‘quv bazasidan va ishlab chiqarish korxonalarining ilg‘or moddiy-texnika bazasidan foydalanish yo‘li bilan pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlashning ishlab chiqarish bilan integratsiyalashgan (dual) tizimini joriy etish;
zamonaviy axborot texnologiyalari va Internet tarmog‘i imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘qitishning interaktiv metodlarini joriy etish;
pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilar tarkibini bosqichma-bosqich attestatsiyadan o‘tkazish.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash – o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlariga va zamonaviy talablar asosida ishlab chiqilgan o‘quv dasturlariga muvofiq pedagog kadrlarning kasb bilimlari, o‘quv va malakasini oldindan yangilash.
Qayta tayyorlash o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini, yangi pedagogik texnologiyalarni o‘rganishni, zamonaviy texnikani va ishlab chiqarish texnologiyalari rivojlanishi sohasidagi bilimlarni chuqurlashtirishni, xorijiy tillarni o‘rganishni taqozo etadi.
Umumta’lim maktablaridan, kasb-hunar texnika bilim yurtlari va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridan bo‘shab qoladigan pedagog va muhandis-pedagog kadrlar qayta tayyorlash bilan qamrab olinadi. Qayta tayyorlash muddatlari pedagoglarning kasb malakasi darajasiga qarab buyurtmachi tomonidan belgilanadi.
Kadrlar malakasini oshirish — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlariga muvofiq kadrlarning kasb bilimlari, o‘quv va malakasini chuqurlashtirish va takomillashtirish, yuksak pedagogik mahoratni shakllantirishga ko‘maklashuvchi fanlar bo‘yicha zamonaviy bilimlar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish davriyligi ushbu muassasalar ehtiyojiga qarab belgilanadi. Tinglovchilarni o‘qitish muddatlari davlat talablariga muvofiq va ularning kasb tayyorgarligi darajasi hisobga olingan holda belgilanadi.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining buyurtmasi bo‘yicha institutlarda, oliy ta’lim muassasalarining fakultetlarida va ixtisoslashtirilgan markazlarida amalga oshiriladi.
Qayta tayyorgarlikdan o‘tgan kadrlarning bilim darajasi buyurtmachi tomonidan qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish shakllaridan biri – rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim va trening markazlarida tajriba orttirishni rivojlantirish davom ettiriladi. Bunda “Ustoz” jamg‘armasi va ushbu maqsadlar uchun jalb etiladigan xorijiy grantlar va kreditlar hisobiga tajriba orttirishni tashkil etishga asosiy e’tibor beriladi.
Xorijiy mamlakatlarning trening markazlari barpo etish va ular faoliyatini tashkil etish tajribasi asosida kasb-hunar kollejlarida ta’limning innovatsiya usullarini o‘rganish bo‘yicha tayanch markazlari tashkil etiladi.
Umumta’lim fanlari o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining ehtiyojiga muvofiq yetakchi va bazaviy universitetlarda, maxsus fanlar va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish esa – oliy ta’lim muassasalarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, fakultetlari va markazlarida amalga oshiriladi.
Elektron pochta va Internet tarmog‘i qo‘llanilgan holda pedagog kadrlarni masofadan turib qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish keng rivojlanadi.
Umumiy rahbarlik qilish, pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish yo‘llari va usullarini belgilash, ular bazasida kafedralar, fakultetlar va ixtisoslashtirilgan malaka oshirish markazlari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati, shuningdek ular faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga yuklanadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi buyurtmachi vazifasini bajaradi hamda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlarini belgilaydi.
Akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlar oliy ta’lim muassasalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qarori bilan chiqarilgan— O‘R QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan quyidagilar vositasida amalga oshiriladi:
malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimining ilmiy-metodologik asosini kuchaytirish va davlat talablarini doimiy ravishda yangilab borish;
akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida dars berishning zamonaviy usullari va shakllariga o‘qitishga qaratilgan variantli o‘quv rejalari va tabaqalashtirilgan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish;
institutlar, kafedralar, fakultetlar va malaka oshirish markazlarining professor-o‘qituvchilar tarkibini attestatsiyadan o‘tkazish;
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining amaliy mashg‘ulotlari tayanch o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida, kasbiy o‘qitish mutaxassislari va maxsus fanlar o‘qituvchilarining amaliy mashg‘ulotlari esa – ishlab chiqarishning yangi texnologiyalari qo‘llaniladigan va zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan ilg‘or ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazilishini tashkil etish;
ilg‘or xorijiy tajribadan foydalangan holda kasb-hunar kollejlari huzurida ta’limning innovatsiya usullarini o‘rganish bo‘yicha mintaqaviy tayanch markazlari tashkil etish;
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilgan va Internet tarmog‘i qo‘llanilgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarini masofadan turib o‘qitish tizimi va mexanizmini tashkil etish.
Prognoz hisob-kitoblarga ko‘ra yangi va qayta ta’mirlangan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ishga tushirilishi davomida pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga bo‘lgan mutlaq ehtiyoj 2010-yilda 167 ming kishidan ko‘proqni tashkil etadi (1-jadval*).
2010-yilgacha tashkil etiladigan 178 akademik litseyning pedagog kadrlarga ehtiyoji 8,4 ming kishini tashkil etadi, 1689 kasb-hunar kolleji uchun zarur bo‘lgan o‘qituvchilar soni esa 158,8 ming kishigacha o‘sadi (2, 3 va 4-jadvallar)*.
Ehtiyojni qoplash uchun kelgusida 2010-yilgacha o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash hajmlarini har yili oshirib borish kutiladi. Hisob-kitoblar bo‘yicha akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarini pedagog kadrlar bilan to‘liq ta’minlash uchun 10 yil ichida 101,2 ming mutaxassis tayyorlanishi kerak, ya’ni oliy ta’lim muassasalarida pedagog va muhandis-pedagog yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar qabul qilish har yili 9-10 ming kishigacha yetkaziladi (5-jadval)*.
Bundan tashqari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus o‘quv yurtlari va kasb-hunar bilim yurtlaridan bo‘shab qoladigan 77 mingdan ko‘proq o‘qituvchi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga jalb etiladi. Oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilarini pedagogik faoliyatga, ayniqsa akademik litseylarga jalb etish davom ettiriladi. Har yili 16 mingdan 56 minggacha o‘qituvchi qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan qamrab olinadi (6 va 7-jadvallar)*.
2001—2010-yillarda akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining pedagog va muhandis-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashning hisoblab chiqilgan balansi 8-jadvalda* berilgan.
Xalqaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish, ilmiy-pedagog kadrlarni va pedagogik tajribani ayirboshlashni kengaytirish maqsadida mazkur Dasturning maqsadlari va asosiy vazifalarini amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan:
oliy o‘quv yurtlarining rivojlangan mamlakatlarning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorligi amaliyoti kuchaytiriladi, Internet tarmog‘i bo‘yicha ular bilan elektron aloqa o‘rnatiladi;
yetakchi xorijiy mamlakatlarning ilmiy-pedagogik salohiyatini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari uchun pedagog va muhandis-pedagog kadrlar tayyorlash jarayoniga jalb etish amaliyoti kengaytiriladi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining kafedralari mudirlari va o‘qituvchilarining xorijda tajriba orttirishlari faollashtiriladi, ushbu maqsadlar uchun xalqaro moliyaviy institutlarning grantlari va imtiyozli kreditlari jalb etiladi;
institutlar, fakultetlar va malaka oshirish markazlari professor-o‘qituvchilari tarkibining, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlari va pedagogik kadrlarining “Ustoz” jamg‘armasi orqali xorijda tajriba orttirishlari hajmlari ko‘paytiriladi.
Pedagog va muhandis-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mazmunini takomillashtirish oliy ta’lim muassasalari, kafedralar, fakultetlar va markazlarning o‘quv va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bilan birgalikda olib boriladi.
institutlar, kafedralar, fakultetlar va oliy ta’lim muassasalarining malaka oshirish markazlari moddiy-texnika bazasi darajasi va holati o‘rganiladi hamda ularning o‘quv-laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar bilan jihozlanishini yaxshilash chora-tadbirlari dasturi tayyorlanadi;
o‘qitish jarayoniga kompyuter texnikasini, audio-video materiallarni joriy etish va Internet tarmog‘iga ulanish chora-tadbirlari ko‘riladi;
pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy masofadan turib ta’lim berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari ko‘riladi;
oliy ta’lim muassasalarini jihozlashga qo‘shimcha grantlar va imtiyozli kreditlar jalb etiladi, shuningdek budjetdan tashqari mablag‘lardan samarali foydalaniladi.
Pedagog va muhandis-pedagoglar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturi:
respublika va mahalliy budjetlarning har yilgi parametrlarida ushbu maqsadlar uchun nazarda tutiladigan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar;
oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushadigan mablag‘lari, shuningdek budjetdan tashqari boshqa daromadlari;
asbob-uskunalar sotib olish, ta’lim jarayonini takomillashtirish, shuningdek o‘qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun jalb etiladigan grantlar va xorijiy kreditlar mablag‘lari;
amaldagi qonun hujjatlari shartlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga mablag‘ bilan ta’minlanadi.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi pedagog va muhandis-pedagog kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish dasturiga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 16-fevraldagi 25-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 6-7-son, 39-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 10-avgustdagi 243-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 33-34-son, 390-modda)