Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida

ILOVA
“2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2019
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi Qonuni 51-moddasi va Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-fevraldagi 81-son qarori bilan tasdiqlangan 2018-yil uchun Davlat statistika ishlari dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2017-yil 9-noyabrdagi 6-mb-son “2018-yil uchun davlat statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2956, 2017-yil 19-dekabr) (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2017-y., 10/17/2956/0429-son) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
1. 1-banddagi “103” raqami “105” raqami bilan almashtirilsin.
2. 18-ilova mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-ilovasiga muvofiq tahrirda bayon etilsin.
3. Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2 va 3-ilovalariga muvofiq tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasiga investitsiyalar va O‘zbekiston Respublikasidan chet elga yo‘naltirilgan investitsiyalar to‘g‘risida hisobot shakli (104-ilova) va Respublikadagi madaniy meros obyektlari to‘g‘risida hisobot shakli (105-ilova) bilan to‘ldirilsin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”