Tadbirlar | Ijro muddati | Moliyalashtirish manbai | Mas’ul ijrochilar | |
I. Sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish, sportchilarni tanlab olish (seleksiyasi), tayyorlash va mahoratini oshirish tizimini takomillashtirish | ||||
1. | Musobaqalarni o‘tkazishning quyidagi to‘rt bosqichli tizimi asosida olimpiya sport turlari bo‘yicha chempionatlarni tashkillashtirish: I bosqich — sport maktabi chempionati (sport maktabi sportchilari orasida); II bosqich — tuman (shahar) chempionati (tumandagi har bir sport maktabi chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida); III bosqich — viloyat chempionati (tuman (shahar) chempionatida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida); IV bosqich — respublika chempionati (viloyat chempionatlarida g‘olib bo‘lgan sportchilar o‘rtasida). | doimiy | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
2. | 2018 — 2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida futbolni yanada rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va kiritish. | 2018-yil | — | O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ |
3. | Bolalar-o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan sport maktablari ishini tashkil etishning amaldagi tizimini tanqidiy o‘rganish va uning yakunlari bo‘yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy shtat tuzilmalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi bo‘yicha hukumat qarori loyihasini kiritish. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
4. | O‘quv-mashg‘ulot jarayoni hamda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarni o‘tkazish davomida sportchilarni tibbiy jihatdan ta’minlash va kuzatib borishni tashkillashtirish tartibini, shuningdek, sport tibbiy muassasalari tarmog‘ini yaratish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi |
5. | O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish (tiklash), shuningdek, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda hammabop sport seksiyalari va t�garaklarini tashkil etish. | 2018-yil | Ijrochilarning mablag‘lari | Mudofaa vazirligi , Milliy gvardiya, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
6. | Jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, sport kadrlarini tayyorlashning o‘quv-mashq jarayonida ilmiy-metodik texnologiyalarni takomillashtirish maqsadida mutaxassislar guruhlari (sport bo‘yicha olimlar, o‘qituvchilar, shifokorlar, fiziologlar, diyetologlar va boshqa mutaxassislar)ning xorijiy mamlakatlarga tashriflarini uyushtirish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, MOQ, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
7. | Respublikaning butun hududida sport tayyorgarligini tashkil etishning yagona talablari o‘rnatilishini ta’minlaydigan olimpiya sport turlari bo‘yicha sport tayyorgarligining yagona standartlarini ishlab chiqish va sport-ta’lim muassasalari faoliyatiga tatbiq etish. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
8. | Olimpiya sport turlarini, jumladan respublikaning ta’lim muassasalarida rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha klublar, to‘garaklar va seksiyalarni tashkil etish. | 2018-2020-yillar | Ijrochilarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lari, xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
9. | Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) hamda sifatli olimpiya sport zaxirasini shakllantirish maqsadida ta’lim muassasalarida o‘quvchilar o‘rtasida olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil qilish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
10. | Joylarda fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlarini jalb etgan holda ayniqsa qishloq yoshlari, qizlar va ayollar o‘rtasida olimpiya sport turlarini ommalashtirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish. | Kalendar reja asosida | Ijrochilarning mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, “Mahalla” Jamg‘armasi, MTRK, O‘zMAA, O‘zA, EOAVMA, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
11. | Istiqbolli sportchilarni tanlash (seleksiya qilish) maqsadida paralimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tizimli asosda tashkillashtirish orqali parolimpiya sporti zaxirasi tarkibini mustahkamlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasida budjet mablag‘lari, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va hayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
12. | Paralimpiya sport turlari bo‘yicha idoralararo memorandumlar tuzish hamda BMT tomonidan 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar orasida sport tadbirlarini tashkil etish. | Kalendar reja asosida | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Paralimpiya assotsiatsiyasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, MOQ |
II. Sport muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sport infratuzilmasini takomillashtirish | ||||
13. | Jahondagi yetakchi ishlab chiqaruvchilar (Adidas, Reebok, Nike, Li-Ning, Eleiko, Janssen Fritsen, Gymnova va boshqalarni) jalb etgan holda sport kiyim-kechaklari, anjomlari va uskunalari ishlab chiqarishni tashkillashtirishga ixtisoslashayotgan “Sport” EIZ faoliyatini tashkil etish. | 2018-yil | Budjet va investorlarning mablag‘lari | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi , Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
14. | Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida yengil konstruksiyalardan tayyorlanadigan muz qoplamli sport saroylarini bosqichma-bosqich qurish va foydalanishga topshirishni tashkillashtirish: birinchi bosqich - 2018-2019-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida, Buxoro va Farg‘ona viloyatlarida; ikkinchi bosqich - 2020-2021-yillarda Samarqand, Xorazm va Andijon viloyatlarida. | 2018-2021-yillar mobaynida | Investorlar va xayriya mablag‘lari | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona, Andijon viloyatlari hokimliklari, MOQ, qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar |
15. | Eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Toshkent shahar Chilonzor tumanining “Beshyog‘och” mahallasi hududidan o‘tuvchi “Bo‘zsuv”, kanalida slalomda o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish uchun moddiy-texnika bazasini yaratish. | 2018-yil | Ijrochilar vaxayriya mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, “O‘zbekenergo” AJ, O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi |
16. | Sport yakka kurashlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxirasi maktabi va dyuzdo bo‘yicha R.Sobirov nomli sport klubi sportchilarini joylashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining “Dinamo” JTSJ hududida 120 o‘rinli mehmonxona qurilishi. | 2018-2019-yillar | Ijrochilarning mablag‘lari | Milliy gvardiya |
17. | Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Chimgan” qishlog‘ida joylashgan “Paxtakor” Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatining sport bazasini qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha Respublika oliy sport maktabi balansiga topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash. | 2019-yil | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
18. | Toshkent shahrining suv sporti turlarini rivojlantirish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan markaz hududida suvga sakrash va suv polosi bilan shug‘ullanish uchun basseynlar, sportchilar hamda boshqa mutaxassislar uchun 50 o‘rinli mehmonxona qurish. | 2019-2020-yillar mobaynida | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
19. | O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi akademiyasini joylashtirish uchun Toshkent shahrida binoni beg‘araz asosda ajratib berish. | 2018-yil | Xorijiy investorlar va xayriya mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi |
20. | Toshkent shahrida, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlarida Qilichbozlik federatsiyasining bo‘linmalari uchun inshootlarni rekonstruksiya qilish va foydalanishga topshirish. | 2018-2019-yillar mobaynida | Xorijiy investorlar va xayriya mablag‘lari | Toshkent shahri, Buxoro, Namangan, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo , Samarqand, Farg‘ona, Jizzax va Toshkent viloyatlari hokimliklari, O‘zbekiston Qilichbozlik federatsiyasi |
21. | Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qishlog‘ida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tomonidan o‘quv-mashq jarayonini o‘tkazish uchun O‘zbekiston Regbi federatsiyasining sport bazasi qurilishi. | 2019-2021-yillar mobaynida | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, xayriya mablag‘lari, | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari, MOQ, O‘zbekiston Regbi federatsiyasi |
22. | Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida gandbol bo‘yicha sport zali qurilishi. | 2019-yil | “Ipoteka bank” ATIB | “Ipoteka bank” ATIB, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Gandbol federatsiyasi |
23. | Respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatida o‘q-yoy otish bilan shug‘ullanish uchun yengil konstruksiyalardan qurilma, shuningdek, og‘ir atletika bo‘yicha sport zali qurilishi. | 2019-yil | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi, xayriya mablag‘lari | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston o‘q-yoy otish federatsiyasi |
24. | Farg‘ona viloyatining Qirguli shahridagi “Kimyochilar” stadioni hududida o‘q-yoy otish bazasini tashkil etish. | 2018-yil | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | Farg‘ona viloyati hokimligi, O‘zbekiston o‘q-yoy otish federatsiyasi |
25. | Yakkasaroy tumanidagi “Yakkasaroy sport-sog‘lomlashtirish majmuasi” sport kompleksini O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining Jismoniy tarbiya-sport jamiyatiga hamda Toshkent shahridagi kollejlardan birining bo‘shayotgan binolari va inshootlarini Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari markazini tashkil etish uchun O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasiga beg‘araz asosda topshirish. | 2018-yil | Ijrochilarning mablag‘lari | �chki ishlar vazirligi, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar hokimligi |
26. | Respublika hududlarida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Jismoniy tarbiya-sport jamiyatining sport turlari bo‘yicha sport mahorati maktablarini tashkil etish uchun binolar ajratish. | 2018-yil | O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablag‘lari – binolarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha ishlarga | Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi |
27. | Og‘ir atletika bo‘yicha terma jamoa a’zolari uchun baza yaratish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq qo‘rg‘onida joylashgan sobiq pionerlar uyini O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasiga beg‘araz asosda topshirish, shuningdek, uni rekonstruksiya qilish va jihozlash. | 2018-yil 30sentyabrgacha | O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi va xayriya mablag‘lari | Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Og‘ir atletika federatsiyasi |
28. | O‘zbekiston Suzish federatsiyasiga tutash bo‘sh yotgan yer uchastkasini beg‘araz asosda ajratib berish, shuningdek, bu erda 70 o‘rinli mehmonxona qurish. | 2018-yil | NKMK mablag‘lari | Toshkent shahar hokimligi, NKMK, O‘zbekiston Suzish federatsiyasi |
29. | Davlat-xususiy sherikligi shartlari asosida respublikaning har bir tumani va shahrida basketbol maydonchalari qurish uchun yer maydoni ajratib berish. | 2018-2020-yillar | Investorlar va xayriyajamg‘armalari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, O‘zbekiston Basketbol federatsiyasi |
30. | Olimpiya sport turlari bo‘yicha sportchilarni tayyorlash uchun moddiy-texnika bazasi va shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanidagi Bolalar-o‘smirlar sport maktabi “Kamalak” sport-sog‘lomlashtirish sihatgohini rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash. | 2019-2020-yillar | Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi va xayriya mablag‘lari | Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi |
31. | Respublikadagi barcha mavjud sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish inshootlarini pasportlashtirish ishlarini tashkil etish. Sport inshootlarining tegishli pasportlariga ega bo‘lmagan barcha sport obyektlari, shu jumladan ta’lim muassasalaridan foydalanishni to‘xtatish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilishini ta’minlash. | 2018 — 2020-yillar mobaynida | Ijrochilarning mablag‘lari | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
32. | Koreya Respublikasining Pxyonchxan shahrida 2018-yilgi XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarida milliy terma jamoamiz ishtiroki yakunlarini har tomonlama va tanqidiy tahlil qilishni inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida qishki sport turlarini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash. | 2018-yil | — | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, vazirliklar va idoralar |
33. | 2018-yil Buenos-Ayres shahri (Argentina)da o‘tkaziladigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqini beradigan litsenziyali musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlanishini ta’minlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
34. | 2018-yilda Pekin shahri (Xitoy)da VI Osiyo Plyaj o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasining qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
35. | 2019-yilda Neapol shahri (Italiya)da o‘tkaziladigan XXX Butunjahon talabalar o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
36. | 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
37. | 2020-yilda Tokio shahri (Yaponiya)da o‘tkaziladigan XVI Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston sport terma jamoasini qatnashishga yuqori darajada tayyorlashni ta’minlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
38. | O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro turnirlar, Osiyo va jahon chempionatlarini, shuningdek, boshqa sport tadbirlarini yuksak darajada tashkillashtirish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
39. | Sport maktablarining o‘quvchilari — 19 yoshgacha bo‘lgan sportchilarning xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi va o‘quv-mashq yig‘inlarining uzluksizligini ta’minlash orqali ularning sport mahorati va malakasi oshirilishini ta’minlash. | 2018 — 2021-yillar | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
40. | Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi tog‘-chang‘i trassalarida tog‘-chang‘i sporti va snoubord bo‘yicha O‘zbekiston chempionatlarini, xalqaro sport musobaqalarini, o‘quv-mashq yig‘inlarini o‘tkazish. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mab�ag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, MOQ |
41. | O‘zbekiston sport terma jamoasining qishki sport turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirokini ta’minlash. | Kalendar reja asosida | Kalendar reja doirasidagi budjet mablag‘lari, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari, federatsiyalar (assotsiatsiyalar) va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ |
III. Terma jamoalarning a’zolarini tibbiy-biologik, farmakologik va sport-psixologik jihatdan ta’minlash hamda imtiyozli chuqur tibbiy xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirish, ularning ruhiy bardoshliligini oshirish | ||||
42. | Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazida asosiy tarkibdagi sportchilarni – Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga nomzodlarni yiliga kamida ikki marta beg‘araz asosda tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish, zarur bo‘lganda esa ularni davolash. | doimiy | Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazining mablag‘lari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
43. | Mamlakat terma jamoalari a’zolarining musobaqalarda va o‘quv-mashq yig‘inlarida qatnashishlari vaqtida ularni tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatdan uzluksiz kuzatib borishni takomillashtirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
44. | Sportda dopinglar va taqiqlangan preparatlar hamda usullardan foydalanishga qarshi kurash bo‘yicha seminarlar, konferensiyalar turkumini tashkil etish, o‘quv-metodik qo‘llanma va dasturlar ishlab chiqish, ular bilan sport muassasalarini ta’minlash. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
45. | Olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha o‘quv-mashq yig‘inlari jarayonida sportchilarning psixologik, jismoniy va tibbiy-biologik holatini muttasil o‘rganish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
46. | Sport farmakologiyasi, sportchilarni farmokologik jihatdan korreksiya qilish va jismoniy holatini tiklash, chidamliligini oshirish bo‘yicha darsliklar, qo‘llanmalar ishlab chiqish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MOQ huzuridagi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
47. | Sportchilarning normalangan ratsional ovqatlanishi tizimini takomillashtirish, sportchilarning jismoniy holati va salomatligiga ijobiy ta’sir o‘tkazuvchi mahalliy mahsulotlardan tuzilgan taomnoma va ovqatlanish rejimini nazarda tutgan holda sportchilarning me’yorlangan ratsional ovqatlanishi bo‘yicha sport turlari federatsiyalari (assotsiatsiyalari) uchun metodik qo‘llanmalar ishlab chiqish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MOQ huzurid�gi Respublika ilmiy-amaliy sport tibbiyot markazi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
IV. Aholi orasida jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish | ||||
48. | Mamlakat sporti sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yutuqlarni yoritish borasidagi faoliyat samaradorligini yaxshilash, ularning mazmunini boyitish, shuningdek, mamlakatda va chet ellarda o‘tkaziladigan sport sohasidagi muhim tadbirlarni yoritish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida “Sport” gazetasi tahririyati Davlat korxonasini qayta tashkil etish orqali Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida “Sport” Media-markazini tashkil qilish. | 2018-yil | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
49. | Jismoniy tarbiya va sport vazirligining ommaviy-sport tadbirlari Kalendar rejasida belgilab qo‘yilgan olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy va xalqaro sport musobaqalari o‘tkaziladigan joylardan ommaviy axborot vositalarida ularni keng yoritish va translatsiyalarni tashkillashtirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
50. | 2018-yilda o‘tkaziladigan Pxyonchxan shahri (Koreya Respublikasi)dagi XXII qishki Olimpiya o‘yinlarini, Buenos-Ayres shahri (Argentina)dagi III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarini, Palembang shahri (Indoneziya)dagi Yozgi Osiyo o‘yinlarini respublikaning televizion kanallari orqali keng yoritishni tashkillashtirish. | musobaqalar o‘tkaziladigan davrda | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ |
51. | Sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va assotsiatsiyalarning jismoniy tarbiya-sport musobaqalari to‘g‘risidagi axborotni beg‘araz asosda ommaviy axborot vositalariga joylashtirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
52. | Olimpiya sport turlarini keng targ‘ib qilish bo‘yicha videoroliklar va teleko‘rsatuvlarni tayyorlash va namoyish etish, shuningdek, materiallarni e’lon qilishni tashkillashtirish. | Kalendar reja asosida | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MTRK, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
53. | Sog‘lom avlodni tarbiyalashga, sog‘lom turmush tarzini, jismoniy faollik va salomatlikni, shu jumladan O‘zbekistonda tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarni targ‘ib etishga, milliy qahramonlar – Olimpiya o‘yinlari chempionlari to‘g‘risidagi qisqa metrajli hujjatli filmlarni ishlab chiqish va namoyish etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish. | doimiy | Ijrochilar va xayriya mablag‘lari | MTRK, Tashqi ishlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, MOQ, sport turlari bo‘yicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.03.2018 yildagi PF-5368-son
Кучга кириш санаси
06.03.2018
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to‘liq foydalanishga to‘sqinlik qilmoqda. Xususan:
birinchidan, ayniqsa, joylarda jismoniy tarbiya va sport boshqaruvining samarali yaxlit tizimi mavjud emasligi ushbu sohada davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini lozim darajada muvofiqlashtirishni, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va targ‘ib qilishni ta’minlamayapti;
ikkinchidan, mamlakatimizda ham ommaviy sport, ham oliy sport yutuqlari sohasida aniq vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilagan holda, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmagan;
uchinchidan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida sportning zamonaviy moddiy-texnika bazasi va infratuzilmasini yaratish bo‘yicha nodavlat sektor bilan o‘zaro munosabatlarning past darajada ekanligi ushbu sohada mavjud muammolarni samarali hal etishga imkon bermayapti;
to‘rtinchidan, joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof tizimi mavjud emasligi terma jamoalar tarkibini sifatli to‘ldirish uchun sport zaxirasini shakllantirish va yuqori malakali sportchilarni tayyorlashni ta’minlashga to‘sqinlik qilmoqda;
beshinchidan, sport kadrlarini, ayniqsa boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi jismoniy tarbiya va sport boshqaruvi sohasida malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish imkonini bermayapti;
oltinchidan, jismoniy tarbiya va sport sohasini qo‘llab-quvvatlashning faqat alohida sport turlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan, nooqilona tizimi boshqa ommaviy olimpiya sport turlarini, eng avvalo, sport o‘yinlari va qishki sport turlarini rivojlantirishga e’tibor qaratilmasligiga olib kelgan;
yettinchidan, sportchilarni tayyorlash va ular tibbiy ta’minotining innovatsion tadqiqotlari va uslubiy ishlanmalari, zamonaviy talablarga javob beradigan standartlarining mavjud emasligi sifatli o‘quv-mashq jarayonining yo‘lga qo‘yilishini ta’minlamayapti;
sakkizinchidan, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliyaviy mablag‘lar sarflanishining asosliligi va haqqoniyligi ustidan nazoratning, eng avvalo, ichki nazoratning moliyaviy mablag‘lardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan va ushbu sohada suiiste’molchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan samarali mexanizmi shakllantirilmagan;
to‘qqizinchidan, xalqaro standartlarga javob beradigan sifatli mahalliy sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan, shuningdek, bunday ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan mexanizmi nazarda tutilmagan.
Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish, aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik), Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Toshkent shahar hokimligi, sport federatsiyalari (assotsiatsiyalari)ning:
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutini (keyingi o‘rinlarda — Institut) Vazirlik tasarrufiga berish, uni Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha Darvoza ko‘chasi, 27-uy manzilda joylashtirish, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida uning filiallarini tashkil qilish;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini (keyingi o‘rinlarda — Universitet) tashkil etish;
jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb qilgan holda sport kiyimi, anjomlari va jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun poytaxt mintaqasida “Sport” erkin iqtisodiy zonasini tashkil qilish;
jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish hamda ommalashtirishda, mamlakatimizning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirishda alohida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport sohasi xodimlari hamda boshqa shaxslarni taqdirlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya va sport xodimi” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risidagi takliflari qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-yanvardagi PF-52-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.01.2022-y., 06/22/52/0029-son)
Universitet jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy va o‘qituvchi kadrlar tayyorlash, shuningdek, soha mutaxassislarini o‘qitish hamda tayyorlashning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha respublikaning bazaviy oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot xamda ilmiy-uslubiy muassasasi hisoblanadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Institut maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari hamda o‘rta maxsus, professional ta’lim, shuningdek oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktorlari), kafedra mudirlari, ta’lim muassasalari va sport tashkilotlari trenerlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi boshqa mutaxassislarni qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishni amalga oshiradi.
(3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
4. Quyidagilar ommaviy sportni rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni saralash (seleksiya) sohasida ta’lim muassasalarining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlarida — boshlang‘ich gimnastika va harakatli o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borish orqali jismoniy rivojlantirish hamda salomatlikni mustahkamlash uchun tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlariga qiziqishni shakllantirish;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
umumta’lim maktablarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilarini jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy sport musobaqalarida ishtirok etish uchun sinfdan tashqari sport to‘garaklari va seksiyalari mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 4 soatdan);
(4-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida — o‘quvchilar orasidan jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport turi bo‘yicha trenerlarni jalb qilgan holda iste’dodli yoshlarni saralash va ixtisoslashtirilgan sport maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik mintaqaviy hamda respublika sport musobaqalarida ishtirok etish uchun olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha sinfdan tashqari sport to‘garaklari hamda seksiyalari mashg‘ulotlarini tashkil etish (haftasiga kamida 6 soatdan);
(4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
oliy ta’lim muassasalarida — iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) va sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoalari hamda respublika oliy sport mahorati maktablari sport zaxirasini shakllantirish maqsadida keyinchalik respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktori) hamda oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya o‘qituvchisi va kafedra mudiri lavozimlariga xalqaro darajadagi sport musobaqalari g‘oliblari tayinlanishi mumkin;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-oktabrdagi PQ-4857-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.10.2020-y., 07/20/4857/1357-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Oldingi tahrirga qarang.
oliy ta’lim muassasalarining jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (kafedra mudirlari) oliy ta’lim muassasalari rahbarlari tomonidan Vazirlik vakili ishtirokida belgilangan tartibda o‘tkaziladigan tanlov natijalariga ko‘ra lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
(5-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-fevraldagi PF-5668-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 06/19/5668/2652-son)
jismoniy tarbiya o‘qituvchisi (instruktor va kafedra mudirlari)ning ish faoliyati samaradorligini baholash o‘quvchi (talaba)larni jismoniy va kasbiy tayyorgarligi hamda ular orasidan iqtidorli sportchilarni tanlash (seleksiya)da, eng avvalo, erishilgan aniq natijalarni hisobga olgan reyting tizimi asosida amalga oshiriladi;
jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor va kafedra mudirlari)ni moddiy rag‘batlantirish ular faoliyatining shaxsiy ko‘rsatkichlarini reyting tizimida baholashga asosan amalga oshiriladi;
tuman (shahar) sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarining yagona kalendar rejalari tegishli tuman (shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi;
umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘quvchilari va talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini hamda ishtirokchilarni kiyim-kechak bilan ta’minlashni moliyalashtirish tegishliligi bo‘yicha “Yoshlik”, “Barkamol avlod” va “Talaba” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qo‘yilsinki, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Vazirlik bilan hamkorlikda yuqori malakali xorijiy sportchi, trener va boshqa mutaxassislarni olimpiya tayyorlash markazlari, sport federatsiya (uyushma)lari va boshqa sport tashkilotlarining o‘quv-mashg‘ulot jarayonlariga keng jalb qilinishini ta’minlaydi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-avgustdagi PF-5787-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.08.2019-y., 06/19/5787/3650-son)
Samarqand viloyati Samarqand tumanida universal olimpiya tayyorgarligi va xalqaro musobaqalar o‘tkazish markazi;
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Aziya-Chimgan” mehmonxonasi negizida milliy terma jamoalar uchun universal olimpiya tayyorgarligi markazi;
Jizzax viloyati Zomin tumanida “Aloqachi” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida gimnastika sport turi bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Namangan viloyati Chortoq tumanida serjantlar tayyorlash maktabi negizida sport o‘yinlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi;
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida “Gulnora” sog‘lomlashtirish oromgohi negizida sport yakkakurashlari bo‘yicha olimpiya tayyorgarligi markazi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashkil etilayotgan markazlar tasarrufida bo‘lgan vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda ushbu obyektlarni barcha bino va inshoot majmualari bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi tasarrufiga beg‘araz o‘tkazilishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Belgilab qo‘yilsinki, sport tashkilotlari (idoralari) rahbarligi lavozimiga, avval shug‘ullangan professional faoliyat turidan qat’i nazar, oliy ma’lumotli hamda boshqaruv sohasida amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lgan shaxslar tayinlanishi mumkin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-iyuldagi PF-6261-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 14.07.2021-y., 06/21/6261/0667-son)
9. Olimpiya sport turlarini 2018 — 2021-yillarda keyinchalik rivojlantirish va ommalashtirish kompleks chora-tadbirlari dasturi ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarni o‘z vaqtida, sifatli va to‘liq amalga oshirish uchun vazirlik, muassasa va boshqa tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi belgilansin.
ikki oy muddatda jismoniy tarbiya o‘qituvchilari (instruktor, kafedra mudirlari) faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
2018-yil 1-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni uzoq muddatli istiqbolga rivojlantirish konsepsiyasi loyihasini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda ishlab chiqsin va kiritsin;
uch oy muddatda bolalar va o‘smirlar sport maktablari, shu jumladan ixtisoslashtirilgan maktablarning ishlash tartibini tashkil etish tizimini tanqidiy jihatdan o‘rganib chiqish va natijasi bo‘yicha ularning faoliyatini tartibga solish va takomillashtirish, tashkiliy-shtat tuzilmasini qayta ko‘rib chiqish hamda ularni moliyalashtirish tizimini tartibga solish yuzasidan hukumat qarori loyihasini kiritsin;
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda sportchilar, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, yo‘riqchilari haqidagi ma’lumotlarni hamda ta’lim muassasalarida sport turlari bo‘yicha imtihon qilish tizimi tahlillari natijalarini o‘z ichiga olgan Yagona axborot tizimi yaratilishini ta’minlasin;
uch oy muddatda Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda olimpiya sport turlari bo‘yicha musobaqalar va o‘quv tayyorgarlik mashqlari davomida sportchilarni tibbiy ta’minlashni tashkil etish va kuzatib borish tartibini, shu jumladan sport tibbiyot muassasalari tarmoqlarini yaratishni o‘z ichiga olgan holda, tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
uch oy muddatda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi bilan hamkorlikda ta’lim muassasalari qoshida sport klublarini tashkil etish, faoliyat olib borishi hamda moliyalashtirilishi tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi hukumat qarori loyihasini kiritsin;
uch oy muddatda respublika hududida jismoniy tayyorgarlikni tashkil etishning yagona talablarini belgilashni ta’minlovchi, olimpiya sport turlari bo‘yicha tayyorgarlikning yagona me’yorlarini sport ta’limi muassasalari faoliyatiga tatbiq etishni ta’minlasin;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda 2018-yil 1-iyunga qadar sportning qishki va o‘yin turlarining rivojlanishi va ommalashishining amaldagi holatini har tomonlama va tanqidiy tahlilini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida sportning qishki va o‘yin turlarini yanada rivojlanishi yuzasidan takliflar tayyorlasin;
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlikda respublika olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qoshida olimpiya zaxiralari markazlarini tashkil etish taklifini kiritsin.
bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin;
bir oy muddatda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarori qabul qilinsin;
ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi nizomini, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari kontingentini to‘liq qayta tayyorlash va malakasini oshirish imkoniyatini qamrab olgan holda ularning tashkiliy-shtat tuzilmasini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda jismoniy tarbiya va sport sohasidagi barcha turdagi ta’lim muassasalarida ta’lim standartlari qayta ko‘rib chiqilsin, ta’limning har bir bosqichida umumiy ta’lim yuklamasidan oshmagan holda, dars soatlarini oshirish yordamida, sport tarmoqlari bo‘yicha baholash tizimini joriy qilish, natijalarni tizimli tahlil qilish ishlari olib borilsin;
ikki oy muddatda qurilish-montaj ishlari, zamonaviy sport jihozlari, texnikasi va inventarlar bilan ta’minlash, uzluksiz o‘quv-mashg‘ulot jarayoni va sportchilar, trener hamda boshqa mutaxassis va ishchilar yashashi uchun sharoit yaratishni inobatga olgan holda olimpiya tayyorgarlik markazlari faoliyatini tashkil qilish to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilinsin;
uch oy muddatda olimpiya zaxiralari maktab-internatlari qabul kvotalarini sport turlari bo‘yicha eng kam miqdorini hisobga olgan holda kerakli bo‘lgan samarali ta’lim tizimi tashkil etilsin;
uch oy muddatda trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha attestatsiyadan o‘tish va ruxsatnoma olish tartibini soddalashtirishga yo‘naltirilgan hukumat qarori qabul qilinsin.
12. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda boshqa tashkilotlarning sport infratuzilmasini tashkil etish va tizimli tarzda ishchilarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish amaliyotini joriy etish choralarini ko‘rsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi ikki oy muddatda Mudofaa vazirligining sport klubi, “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari faoliyatini takomillashtirish va kasaba uyushmalari federatsiyasi jismoniy tarbiya va sport jamiyatini tiklash, shuningdek, idoraviy sport bazalarini modernizatsiya qilish, ular qoshida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish uchun barchaning shug‘ullanishiga imkoni bo‘lgan seksiya va to‘garaklar tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilasin.
14. Vazirlik hamda Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4956-son Farmoni birinchi bandi uchinchi xatboshisi va uchinchi bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
16. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Q.V. Akmalov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi R.S. Qosimov va O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2020-y., 06/20/6099/1450-son)
LexUZ sharhi