15.02.2018 yildagi 120-son
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 8-maydagi 193-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.05.2023-y., 09/23/193/0260-son)

T/R

Chora-tadbirlar

Ijro

Moliyalashtirish manbalari

Ijro uchun mas’ullar

I. Tashkiliy masalalar

1.

Diniy qoidalar va milliy
urf-odatlarni e’tiborga olgan holda qabristonlar tuzilishining yagona namunaviy loyihasini ishlab chiqish.

2018-yil

aprel

Mahalliy budjet mablag‘lari

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

Toshkent islom universiteti, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,

“Nuroniy” jamg‘armasi,

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi,

Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi

2.

Respublika hududidagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarni yanada obodonlashtirish yuzasidan ularning joylashuv xaritasi, sxematik tarxi va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan pasporti, hozirgi holati aks ettirilgan fotoalbomlarni tayyorlash.

2018-yil

mart

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

3.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlar joylashgan hududdagi mavjud talabni o‘rganib chiqqan holda ushbu maskanlarda diniy marosimlarni (janoza, marhumlarni xotirlash) o‘tkazishga mo‘ljallangan maxsus joy tashkil etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish.

2018-yil

mart

Mahalliy budjet mablag‘lari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

4.

Fuqarolarning o‘z ajdodlarini xotiralash va ziyorat qilishlari uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida qabristonlar hududlarida ehtiyojdan kelib chiqib, ixcham (50 o‘ringa mo‘ljallangan) yopiq xonaqolar qurish (yo‘q joylarda) va ularda zarur shart-sharoitlar tashkil qilish.

2018-yil

sentyabr

Mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi

5.

Qabristonlarda har bir qabrni (shu jumladan raqamlanmagan qabrlarni) raqamlash va hisob daftarida tizimli qayd etib borish.

2018-yil

iyul

Mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi

6.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish ishlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2018-yil boshiga mavjud mablag‘ining tasdiqlangan aylanma kassa mablag‘lari miqdoridan oshgan qismi hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga 3 mlrd. so‘mdan mablag‘ ajratish va ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish.

2018-yil

I yarim yillik

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Moliya vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

7.

Rekonstruksiya qilish va ta’mirlash talab etiladigan eski masjidlar ro‘yxatini shakllantirish.

2018-yil

aprel

_

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

II. Obodonlashtirish va rekonstruksiya ishlari

8.

Eski masjidlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

2018-2019-yillar davomida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

Muqaddas qadamjolarni saqlash va obod etish xayriya jamoat fondi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

9.

Qabristonlardagi mavjud holatdan kelib chiqib, hududni devor bilan o‘rash, qabr va ichki yo‘laklarni ta’mirlash, manzarali daraxt, gul va rayhon ko‘chatlari ekish bilan bog‘liq obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish.

2018-yil davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi

10.

Qarovsiz qolgan qabrlarni suvoq qilish, atrofini obod etish va saqlash ishlarining yaqin qarindoshlari tomonidan amalga oshirilishini va ularning imkoniyati bo‘lmagan hollarda mahalliy hokimliklar tomonidan olib borilishini ta’minlash.

2018-yil

aprel

Mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi

11.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar va qabristonlarga tegishli yordamchi binolar, muhandislik inshootlarining zarur darajada ishlashini ta’minlash.

2018-yil davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi,

“Nuroniy” jamg‘armasi

12.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni ziyorat qilish odoblari bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarda ziyorat qilish odoblari yozilgan lavhalarning tegishli joylarda o‘rnatilishini ta’minlash.

2018-yil

fevral

Mahalliy budjet mablag‘lari,

homiylik xayriyalari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari

III. Ma’naviy-ma’rifiy va targ‘ibot-tashviqot ishlari

13.

Ajdodlar xotirasini ulug‘lash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, muqaddas maskanlarni obod etishga bag‘ishlangan dolzarb mavzularda maxsus juma tezislarini tayyorlash va joylarga yetkazish.

2018-yil

har chorakda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mablag‘lari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

14.

“Ziyo” mediamarkazi tomonidan qabristonlarni ziyorat qilish odoblari, ushbu maskanlarni obod etish fazilati hamda turli xurofiy odatlarga barham berish mavzulariga bag‘ishlangan maxsus videoroliklar tayyorlash va ularni sohaga daxldor tashkilotlar internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga joylashtirish.

2018-yil

iyun

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti mablag‘lari

Toshkent islom universiteti,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi

15.

“Hidoyat sari” va “Ziyo” ko‘rsatuvlarida islom dini ta’limotlarida muqaddas maskanlarni ziyorat qilish va ularni obod etish fazilatlariga bag‘ishlangan mavzularni yoritish.

2018-yil

Reja asosida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Toshkent islom universiteti mablag‘lari

Toshkent islom universiteti,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

16.

Imom-xatiblar tomonidan juma ma’ruzalari va diniy-ma’rifiy tadbirlarda fuqarolarda ajdodlar xotirasiga hurmat, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish mavzularidagi targ‘ibot ishlarini yanada jadallashtirish.

2018-yil davomida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mablag‘lari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

17.

“Hidoyat” jurnali va “Islom nuri” gazetasida ziyorat odoblari, ziyorat maskanlarini obod etish fazilati hamda turli xurofiy odatlarga barham berish mavzulariga bag‘ishlangan turkum maqolalar chop etish.

2018-yil davomida

O‘zbekiston musulmonlari idorasi mablag‘lari

O‘zbekiston musulmonlari idorasi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi,

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi

18.

Ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar o‘rtasida “Ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom” shiori ostida targ‘ibot aksiyasini o‘tkazish.

2018-yil

mart

_

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Ma’naviyat
va ma’rifat markazi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

19.

Yosh avlodni milliy qadriyatlarimizga hurmat va sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obod qilish hamda ularda muqaddas maskanlarni qadrlash, saqlash va ajdodlar xotirasiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish tuyg‘ularini tegishli fanlar mashg‘ulotlari hamda maqsadli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali shakllantirish;

umumxalq bayramlari, shu jumladan, diniy bayramlar arafasida muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirishga doir xayriya hasharlarida ko‘ngilli ravishda tashabbuslar bilan chiqqan yoshlarning ishtirokini ta’minlash.

2017-2018 o‘quv yili davomida

Mahalliy budjet mablag‘lari

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi,

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xalq ta’limi vazirligi,

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi

20.

Muqaddas qadamjolar, ziyoratgohlar, masjidlar va qabristonlarni obodonlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilishini tashkil etish.

muntazam

_

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi,

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi

1.

A.J. Ramatov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi bo‘yicha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosarlari

3.

O.O. Yusupov

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

4.

U.T. Alimov

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy

5.

B.S. Sayfullayev

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri

6.

Sh.S. Javlonov

�uqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

7.

Sh.I. Djalilov

O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi respublika boshqaruvi raisi

8.

D.M. Mirzadjanova

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisi o‘rinbosari

9.

O.P. Tadjiyev

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari

10.

B.I. Zokirov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi

11.

A.X. Abdullayev

Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

12.

R.V. Abdullayev

Toshkent islom universiteti rektori

13.

A.D. Xadjayev

O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi v.b.

14.

A.K. Kuchimov

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori

15.

L.X. Tangriyev

O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi bosh direktori