25.01.2018 yildagi PQ-3493-son

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijromuddatlari

Xarajatlar

Moliyalashtirish manbalari

Ijrochilar

Amalga oshirish mexanizmi

I. AHOLI VA ZARARLANISh XAVFI YUQORI BO‘LGAN GURUHLAR O‘RTASIDA OIV INFEKSIYASI PROFILAKTIKASI, TAShXIS QO‘YISh VA DAVOLASh ChORA-TADBIRLARINI YANADA TAKOMILLAShTIRISh

1.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi chora-tadbirlarning hududiy rejalarini qabul qilish, bunda quyidagilar:

OIV infeksiyasi bo‘yicha epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida uning keng tarqalishi, yuqish yo‘llarini to‘xtatish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirishga urg‘u bergan holda hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek, aholining xabardorlik darajasini oshirishni hisobga olish;

mahalliy moliyaviy, kadrlar va moddiy resurslarni safarbar etish;

OIV infeksiyasi bilan bog‘liq muammolarning ijtimoiy, moliyaviy, yuridik, tibbiy va ma’naviy-ahloqiy jihatlarini hal etishga kompleks yondashish.

2018-yil 30-yanvargacha

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

Ishchi guruhni tuzish.

Hududlardagi epidemiologik vaziyat, kasallanishning ijtimoiy demografik jihatlarini, epidemiologik jarayonning harakatlantiruvchi

omillarini o‘rganish va tahlil qilish.

OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish chora-tadbir-larining hududiy rejalarini ishlab chiqish va Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishish.

Hududiy rejalarni tasdiqlash.

2.

Yashash joyiga qaytib kelganidan so‘ng migrantlarni konsultatsiyalar va OIVga test o‘tkazish bilan qamrab olish.

2018-yil 30-yanvar

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Milliy xavfsizlik xizmatining Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi (N. Usmonbekov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (A. Xaitov), Ichki ishlar vazirligi (P. Bobojonov), Adliya vazirligi (R. Davletov), Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norboyeva), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (A. Yusupov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (Q. Kuranboyev).

Idoralararo ishchi guruhini tuzish.

2018-yil 10-aprelgacha

Migrantlarni OIV infeksiyasiga test o‘tkazish uchun tibbiy muassasalarga majburiy yuborishni ta’minlashni nazarda tutgan holda Xatarli guruhlar o‘rtasida OIV infeksiyasi profilaktikasi bo‘yicha birgalikda ish olib borish tartibini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 10-maygacha

Tasdiqlangan Tartibga asosan tegishli idoraviy buyruqlarni chiqarish.

Doimiy asosda

Mahalla qo‘mitalari, profilaktika inspektorlari va tibbiyot xodimlarining qaytib kelgan migrantlar o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish hamda ularning OIV infeksiyasiga majburiy testdan o‘tishlarini ta’minlash borasida birgalikdagi ishlarini amalga oshirish.

3.

Tibbiyot muassasalaridan tashqarida OIVni ixtiyoriy konsultatsiya va test bilan qamrab olishni kengaytirishning innovatsion usullari.

2018-yil 15-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

Quyidagi hududlarda OIVga test o‘tkazish uchun mahalliy avtomobillar negizida OIV konsultatsiyalari va testlari uchun texnik ixtisoslashuv va ko‘chma laboratoriyalarga bo‘l-gan talab-ehtiyojning asosini ishlab chiqish:

davlat chegarasining migrantlar o‘tadigan punktlarida;

ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan (konsertlar) sport musobaqalari, bozorlar va boshqa) joylarda;

xatarli guruhlar vakillari to‘planadigan joylarda;

2018-yil 25-sentabrgacha

olis va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda OITSga qarshi kurashish bo‘yicha mintaqaviy markazlarni ko‘chma laboratoriyalar bilan jihozlash uchun mablag‘larni 2019-yilgi Davlat budjeti loyihasiga kiritish.

4.

Diskordant juftliklarda OIV manfiy shaxslar uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan o‘ziga xos profilaktika qilish.

2018-yil 5-aprelgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A.Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslarga davolanishni taqdim etish bo‘yicha Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining jamiyatga moslashtirish va protokolini tasdiqlash.

2018-yil 25-sentabrgacha

2019-yil va kelgusi yillar uchun davlat budjeti s�etasiga kiritish uchun zarur mablag‘larda hisob-kitob olib borish.

5.

OIV aniqlangan barcha OIV yuqtirganlarning tashxisi tasdig‘ini topgan paytdan boshlab o‘ziga xos davolashga (ART) bosqichma-bosqich o‘tish va dispanserlik kuzatuviga olish.

2018-yil 5-aprelgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov), Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslarni Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining jamiyatga moslashtirish va davolanishni taqdim etish bo‘yicha protokolini tasdiqlash.

2018-yil 15-dekabrgacha

Birinchi bosqich:

OIV infeksiyasini yuqtirgan barcha 18 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni davolash.

Keyingi yillarda

Ikkinchi bosqich:

OIV infeksiyasini yuqtirgan barcha 30 yoshgacha bo‘lgan shaxslarni davolash.

OIV infeksiyasini yuqtirgan barcha shaxslarni davolash.

6.

Fuqarolik jamiyatini OIV infeksiyasiga qarshi kurash chora-tadbirlariga keng jalb etish.

2018-yil fevral-iyun

0,089 mln AQSh dollari

OITS, sil va bezgakka qarshi kurash Global jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Global jamg‘arma) mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

NNTlarni qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi

(O. Xusanov),

Din ishlari qo‘mitasi

(A. Yusupov)

Nodavlat notijorat tashkilotlarni OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasidagi profilaktik faoliyatga jalb etish bo‘yicha ular o‘rtasida ishlar olib borish.

Nodavlat notijorat tashkilotlarni OIV infeksiyasi profilaktikasi ishlarining metodlariga o‘rgatish.

Mamlakatning diniy konfessiyalar rahbarlarini axloqni shakllantirish, xavfli yurish-turish qoidalarini bartaraf etish, OIV muammosi bo‘lgan insonlarga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lishni shakllantirish bo‘yicha axborot ishlariga jalb etish.

2018-yil 1-dekabrgacha

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Nodavlat notijorat tashkilotlar uchun OIV infeksiyasiga qarshi kurash sohasidagi loyihalarga davlat grantlari ajratish.

7.

OIV infeksiyasi profilaktikasi masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini keng o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni qoplash uchun maxsus jamg‘arma tashkil etish.

2018-yil 1-avgustgacha

Moliya vazirligi (A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi (B. Xodjayev)

Adliya vazirligi

(R. Davletov),

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A .Shodmonov).

Tashabbus guruhini tashkil etish.

2018-yil 1-oktabrgacha

Jamg‘arma ustav va boshqaruvni tasdiqlash.

Doimiy asosda

Mulk shaklidan qat’i nazar xo‘jalik subyektlarining ixtiyoriy ajratmalari hisobidan jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va jamg‘armaning mablag‘laridan axborot kampaniyalarida foydalanish.

8.

Aholi o‘rtasida profilaktika ishlarini olib borishda yangi yondashuvlar.

2018-yil 1-sentabrgacha

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari va jalb qilingan donorlik mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Xalq ta’limi vazirligi

(U. Inoyatov),

Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

MTRK

(A. Xodjayev), “O‘zbekkino” MA

(F. Zokirov),

MAA

(A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(K. Quranbayev),

“O‘zbekiston

havo yo‘llari” MA

(U. Ro‘ziqulov), “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(A. Ramatov)

OIV infeksiyasi masalasida individual va konfidensial konsultatsiya olish va OIVga test o‘tkazish zarurligini tushuntirish uchun OITSga qarshi kurash markazlari huzurida kunu tun ishlaydigan “Ishonch telefonlari”ni tashkil etish va ularning ishlashini ta’minlash.

Muntazam

Umumiy aholi uchunOIV infeksiyasi, an’analar va mentalitetni inobatga olgan holda o‘zini tutish qoidalari, OIV infeksiyasi bilan yashovchi insonlarga tolerant munosabatda bo‘lish muammolarini qo‘shgan holda ssenariylar ishlab chiqish va teleseriallarni chiqarish.

Muntazam

Milliy mentalitet va an’analarni inobatga olgan holda OIV infeksiyasini profilaktika qilish, yoshlar va o‘smirlar uchun “Tengga-teng” tamoyili asosida axloqiy tarbiya masalalarida yoshlar ishtirokida tele va radio ko‘rsatuvlar tayyorlash.

9.

O‘quvchi yoshlar o‘rtasida OIV infeksiyasining profilaktikasi masalalari bo‘yicha axborot-ta’lim ishlari.

2018-yil 1-sentabrgacha

Xalq ta’limi vazirligi

(U. Inoyatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(K. Quranbayev)

O‘rta maktablarda hayotiy ko‘nikmalarga o‘rgatish dasturlariga sog‘lom turmush tarziga ko‘maklashuvchi mustahkam hayotiy pozitsiyalarni shakllantirish masalalarini kiritish.

2018-yil 1-sentabrgacha

Oliy ta’lim muassasalari o‘quv dasturiga jinsiy yo‘l bilan yuqadigan OIV infeksiyasi va infeksiyalarini profilaktika qilishga urg‘u bergan holda xavfsiz hayotiy xulq-atvor ko‘nikmalarini o‘qitishni kiritish

Doimiy

Kollej o‘quvchilarini faol hayotiy pozitsiya bilan tengdoshlar o‘rtasida “Tengga-teng” tamoyili asosida OIV infeksiyasini oldini olish bo‘yicha ishlarga jalb qilish.

10.

Aholini OIV infeksiyasini profilaktika qilish choralari to‘g‘risida xabardor etish bo‘yicha tarmoqlararo va sektorlar rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 1-martgacha

100,0 mln so‘m

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(A. Xaitov),

Xalq ta’limi vazirligi

(U. Inoyatov),

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov),

MTRK

(A. Xodjayev),

NA “O‘zbekkino”

(F. Zokirov),

MAA (A. Ko‘chimov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(K. Quranbayev)

Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi,

(Sh. Javlonov),

O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi

(T. Norboyeva)

OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarga nisbatan tolerant munosabatda bo‘�ish masalalari bilan birga aholi o‘rtasida shu jumladan, migrantlar, endigina turmush qurganlar, homiladorlar, yoshlar o‘rtasida OIV infeksiyasini oldini olish bo‘yicha axborot-ma’rifiy dasturlarni amalga oshirish.

11.

OIV infeksiyasi profilaktikasi sohasida tushuntiri ishlarini olib borish usullarini tubdan qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha dasturni tasdiqlash.

2018-yil 15-fevralgacha

Ijrochilarning mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

(Q. Kuranbayev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(A. Xaitov),

“O‘zbekiston

havo yo‘llari” MAK

(U. Ro‘ziqulov),

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

(A. Ramatov)

Manfaatdor vazirliklar va idoralar, fuqarolik jamiyatining turli xil institutlari va OIV mutaxassislari orasidan ishchi guruh tuzish.

2018-yil 1-martgacha

Tushuntirish ishlari o‘tkazish dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

12.

OIV infeksiyaga testdan o‘tkazishni qamrab olishni kengaytirish, OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar orasida profilaktika chora-tadbirlarini olib borish.

2018-yil 30-yanvargacha

1,16 mln AQSh dollari

Global jamg‘armamablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

“Ishonch kabinetlarini” ularning uzluksiz ishlashini ta’minlash maqsadida tibbiy maqsadlarda foydalaniladigan buyumlar va OIV infeksiyasiga ekspress testlar bilan ta’minlash.

13.

OIV infeksiyasini spetsifik profilaktika qilish va davolash uchun retrovirusga qarshi preparatlar bilan ta’minlash.

2018-yil 30-yanvargacha

2,38 mln AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

TIV (A. Kamilov)

VICh infeksiya bilan yashovchi shaxslarga ARV-terapiyani uzluksiz taqdim etish uchun retrovirusga qarshi preparatlarga mablag‘lar ajratish:

2018-yil 30-yanvargacha

2,37 mln AQSh dollari

Global jamg‘armamablag‘lari

Respublikaga retrovirusga qarshi preparatlar olib kirish.

14.

OIV infeksiyasi bilan yashovchi shaxslarda qo‘shimcha virusli, bakterial, zamburug‘lar tufayli yuzaga keladigan kasalliklarni profilaktika qilish va davolash.

2018-yil 30-yanvargacha

811,0 mln so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

Milliy protokollarga muvofiq qo‘shimcha kasalliklarni profilaktika qilish va davolash uchun preparatlar bilan ta’minlashga mablag‘lar ajratish.

15.

OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar uchun jinsiy yo‘l bilan yuqadigan infeksiyalarni sindrom davolashni taqdim etish.

2018-yil 5-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

Ishchi guruhi tuzish.

2018-yil 5-aprelgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘ini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2018-yil 25-iyungacha

OITSga qarshi kurash markazlari tizimida “Do‘stona kabinetlar” tashkil etish.

2018-yil 25-sentabrgacha

2019-yil Davlat budjetiga qo‘shish uchun zarur mablag‘larni hisob-kitoblar qilish.

16.

OIV infeksiyasini yuqtirgan onalardan tug‘ilgan 6 oygacha bo‘lgan bolalarni quruq sutli qorishmalar bilan ta’minlash.

2018-yil 20-fevralgacha

3 000,0 mln so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev),

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

OIV infeksiyasini yuqtirgan onalardan tug‘ilgan 6 oygacha bo‘lgan bolalarni quruq sutli qorishmalar bilan uzluksiz ta’minlash to‘g‘risida tartibni ishlab chiqish va tasdiqlash bo‘yicha ishchi guruhni tashkil etish.

2018-yil 1-martgacha

Sog‘liqni saqlashning hududiy boshqarmalari tomonidan quruq sutli qorishmalarga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish.

2018-yil 10-martgacha

Quruq sutli qorishmalarni yetkazib berish va tarqatish.

17.

18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bolalarni kasallikning qaysi klinik bosqichda bo‘lishidan qat’iy nazar tashxis qo‘yilgan paytdan boshlab ijtimoiy nafaqa bilan ta’minlash.

2018-yil 20-martgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-sentabrdagi 256-son qarori asosida tayinlanadigan OIV infeksiyasi bilan kasallangan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy nafaqalar berishni takomillashtirish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘ini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Doimiy

Ehtiyojga muvofiq

O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

OIV infeksiyasi bilan kasallangan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ijtimoiy nafaqalarni to‘lashni ta’minlash.

Tasdiqlangan rejaga muvofiq

OITSga qarshi kurash respublika va hududiy markazlari

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-sentabrdagi 256-son qarorining 18 yoshgacha bo‘lgan OIV infeksiyali bolalarga ijtimoiy nafaqalar to‘lash talablariga rioya qilish ustidan tizimli monitoring olib borish.

II. OIV INFEKSIYASI PROFILAKTIKASI VA DIAGNOSTIKA QILISh HAMDA DAVOLASh MASALALARI BO‘YIChA NORMATIV-HUQUQIY BAZANI QAYTA KO‘RIB ChIQISh

18.

Jazoni ijro etish muassasalaridagi OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslar va OITS bilan kasallanganlarga tibbiy xizmat ko‘rsatishning uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha idoralararo hamkorlikning samaradorligini oshirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalari va jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan OIV infeksiyasini yuqtirgan va OITS bilan kasallanganlarga retrovirusga qarshi terapiyani taqdim etish tartibi to‘g‘risida Yo‘riqnomani (26.12.2007-yilda 1752-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

2018-yil 1-aprelgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Ichki ishlar vazirligi

(P. Bobojonov),

Adliya vazirligi

(R. Davletov)

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda Jazoni ijro etish maskanlarida OIV infeksiyasini yuqtirgan shaxslarga tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishda ketma-ketlikni ta’minlash, tahlil qilish va o‘zaro harakatlar mexanizmlarini baholash uchun idoralararo ishchi guruhni tuzish.

2018-yil 30-iyungacha

Qo‘shma qaror loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

19.

Butunjahon Sog‘liqni Saqlash Tashkilotining zamonaviy tavsiyalariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining OIV infeksiyasini profilaktika, diagnostika qilish va davolash masalalari bo‘yicha qabul qilingan buyruqlarini yangilash.

2018-yil 10-fevralgacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov)

Ishchi guruhi tuzish.

2018-yil 10-maygacha

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining yangilangan buyruqlarini ishlab chiqish va ularni tasdiqlash

III. OITSGA QARShI KURASh MARKAZLARI VA OIV INFEKSIYASINI DIAGNOSTIKA QILISh BO‘YIChA TUMANLARARO LABORATORIYALARINING MODDIY-TEXNIK BAZASINI MUSTAHKAMLASh

20.

OITSga qarshi kurash tumanlararo diagnostika laboratoriyalari va hududiy markazlar laboratoriyalari moddiy-texnik uskunalarini mustahkamlash.

2018-yil 30-yanvargacha

2,0 mln AQSh dollari

Global jamg‘arma mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vairlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Zarur diagnostika asbob-uskunalarini xatlovdan o‘tkazish, ro‘yxatini shakllantirish va tasniflash bo‘yicha komissiya tuzish.

2018-yil 30-noyabrgacha

Tegishli diagnostik laboratoriyalarga diagnostika qilish uskunalarini o‘rnatilgan tartibda sotib olish, taqsimlash va o‘rnatish.

21.

Laboratoriyalarni OIV infeksiyasini diagnostika qilish uchun zarur miqdordagi test-sistemalari va limfotsitlarni (SD-4) aniqlash uchun, shuningdek, OIV infeksiyasini davolashni monitoring qilish uchun (polimeraz-zanjir reaksiya) reagentlar bilan ta’minlash.

2018-yil 30-yanvargacha

0,979 mln AQSh dollari

O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov), Iqtisodiyot vazirligi

(B. Xodjayev)

Ehtiyojni aniqlash, moliyalashtirishga talabnomani tayyorlash.

2018-yil 25-aprelgacha

2018-yil uchun test-sistemalari va reagentlarni sotib olish va taqsimlash.

22.

Avtotransport olishga talabnoma loyihasini ko‘rib chiqish uchun taqdim etish.

2018-yil 1-aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov),

“O‘zavtosanoat” AJ

(U. Salimov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarining amaldagi avtomobil parkini keyinchalik uni modernizatsiya qilish takliflari bilan xatlovdan o‘tkazish.

IV. OIV INFEKSIYASI SOHASIDA KADRLAR VA ILMIY SALOHIYATNI MUSTAHKAMLASh, XALQARO HAMKORLIKNI KENGAYTIRISh

23.

Respublika va hududiy OITSga qarshi kurash markazlarining shtat tizimlarini turdosh mutaxassisliklarni (ftiziatr, psixolog, farmatsevt) kiritishni hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.

2018-yil 25-iyungacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),

Moliya vazirligi

(A. Haydarov),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

(A. Xaitov)

Ishchi guruh tuzish va OITSga qarshi kurash markazlarining yangi shtat normativlarini ishlab chiqish.

2018-yil 25-avgustgacha

Yangi shtat normativlarini ko‘rib chiqishga taqdim etish.

2018-yil 25-sentabrgacha

OITSga qarshi kurash markazlarining yangi shtat normativlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash.

2018-yil 25-noyabrgacha

Yangi shtat normativlarini tasdiqlash.

24.

OIV infeksiyasini diagnostika qilish, davolash va profilaktika qilish sohasida dunyo tajribasini o‘rganish va tatbiq etish uchun xalqaro ekspertlar ishtirokida respublika konferensiyasini tashkil etish va o‘tkazish.

2018-yil 13-14-aprel

Ijrochilar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar ijrochilari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash va�irligi

(A. Shodmonov),

TIV

(A. Kamilov),

Davlat investitsiyalar bo‘yicha qo‘mitasi

(A. Axmedxodjayev),

xalqaro va xorijiy tashkilotlar

Tashkiliy qo‘mitani tuzish, ishtirokchilar ro‘yxatini aniqlash va dasturni tasdiqlash.

Konferensiyani tajriba almashish, aloqalar o‘rnatish, OIV infeksiyasi sohasida qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida o‘tkazish.

25.

Respublika OITSga qarshi kurash markazi huzurida OIV infeksiyasini profilaktika, diagnostika qilish va davolash sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyati va innovatsion ishlanmalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha ilmiy kengashni tashkil etish.

2018-yil 10-iyulgacha

Davlat grant loyihalari mablag‘lari va ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shodmonov), Innovatsion rivojlanish vazirligi

(I. Abduraxmanov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

(I. Madjidov)

Ilmiy kengash tarkibi va Nizomini tasdiqlash.

ko‘rib chiqish uchun talabnomalar tushishi bilan

OIV infeksiyasini profilaktika, diagnostika qilish va davolash sohasida amaliy innovatsion va fundamental ilmiy loyihalarni muntazam ko‘rib chiqish.

2018-yil 20-noyabrgacha

Yil yakuni bo‘yicha ilmiy va innovatsion ishlanmalarni joriy etish natijalarining samaradorligining muhokamasini kengaytirilgan ilmiy Kengashda muntazam ko‘rib borish.

26.

Epidemiologik, laborator va davolash jihatlarini hisobga olgan holda, OIV infeksiyasi aniqlangan holatlarni monitoringini ta’minlash bilan, shuningdek, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishi va mavjudligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining korporativ tarmoq qismi sifatida monitoring qilish axborot tizimini yaratish.

2018-yil 1-avgustgacha

0,05 mln AQSh dollari

Global jamg‘arma mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shodmonov),

Axborot kommunikatsiyalari

va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi

(Sh. Shermatov)

OIV infeksiyasini monitoring qilish axborot tizimini yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqish.

2018-yil 10-dekabrgacha

Axborot dasturini ishlab chiquvchi kompaniyani tanlab olishni belgilangan tartibda o‘tkazish.

27.

Epidemiologik, laborator va davolash jihatlarini, shuningdek, real vaqt rejimida preparatlar va diagnostikumlarning harakatlanishi va mavjudligini hisobga olgan holda OIV infeksiyasi aniqlangan holatlarni monitoring qilish axborot tizimini joriy etish va doimiy ishlashini ta’minlash.

2018-yil 1-iyungacha

Sog‘liqni saqlash vazirligi

(A. Shodmonov)

OIV infeksiyasiga qarshi kurashish sohasida xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning kompyuter-ofis texnikasi bilan ta’minlanganligini xatlovdan o‘tkazish.

2018-yil 1-iyulgacha

300,0 mln so‘m

Ijrochilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

Kompyuter-ofis texnikasini olishga talabnoma berish.

 LexUZ sharhi