LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Chegaradosh davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali kirib kelishi va tranziti uchun yagona yig‘imlar belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan Qozog‘iston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi yuk avtotransport vositalariga nisbatan to‘lovning yagona normalari, shuningdek Turkmanistonning avtotransport vositalari barcha turlariga nisbatan yig‘imlarning tabaqalashtirilgan stavkalari belgilanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. 2000-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tadigan Qirg‘iziston Respublikasi yuk avtotransport vositalari uchun 300 AQSh dollariga teng miqdordagi to‘lov belgilansin, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tadigan yuk avtotransport vositalari va avtobuslar bundan mustasno.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 10-oktabrdagi 391-sonli qarori tahririda)
3. Qirg‘iziston Respublikasi bitta yuk avtotransporti vositasi va avtobusining O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududi orqali kirib kelishi va o‘tishi uchun to‘lov bevosita bojxona postlarida milliy valyuta “so‘m”da undirilishi belgilab qo‘yilsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-oktabrdagi 810-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Oldingi tahrirga qarang.
Qirg‘iziston Respublikasi yuk avtotransporti vositalari va avtobuslaridan to‘lovlar bevosita bojxona postlarida undiriladi, olingan mablag‘lar tijorat banklari bo‘limlari orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasining valyuta hisob raqamiga o‘tkaziladi
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 25-dekabrdagi 567-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 241-modda)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 18-fevraldagi 58-sonli qarori tahririda)
Yig‘imlarni undirish naqd pulsiz shaklda yoki tijorat banklari tomonidan bevosita bojxona postlarida naqd pul shaklida amalga oshiriladi, olingan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-martdagi 202-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 09/18/202/0904-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-maydagi 239-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 20-son, 237-modda)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari L.A. Axmetov va R.R. Yunusov zimmasiga yuklansin.