1. | Murodov O.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, guruh rahbari |
2. | Mavlonov B.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari, guruh rahbari o‘rinbosari |
3. | Xidoyatov G.B. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi o‘rinbosari |
4. | Muxamedov F.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti direktori |
5. | Toychiyev N.D. | — | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining o‘rinbosari |
6. | Jo‘rayev N.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari |
7. | Kanyazov E.S. | — | O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining o‘rinbosari — Toshkent davlat yuridik universitetining rektori |
8. | lavozimi bo‘yicha | — | O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari |
9. | Xanayev U.U. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori |
10. | Achilov J.A. | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori |
11. | Xakimov R.R. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati |
12. | Burxanov A.E. | — | O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Taraqqiyot strategiyasi” Markazi ijrochi direktori |
13. | Rustambekov N.M. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i |
14. | Sotiboldiyev J.K. | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi boshqarma boshlig‘i |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi, 28.12.2017 yildagi F-5155-son
Кучга кириш санаси
28.12.2017
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida bayon qilingan g‘oya va ko‘rsatmalarni hayotga joriy etishning har tomonlama puxta o‘ylangan, asoslantirilgan tashkiliy-huquqiy hamda moliyaviy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini (keyingi o‘rinlarda Harakatlar strategiyasi deb yuritiladi) “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar zimmasiga Harakatlar strategiyasini 2018 — 2021-yillarda amalga oshirish bo‘yicha yillik davlat dasturlari loyihalarini tayyorlash vazifasi yuklatilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da Harakatlar strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha ilovaga muvofiq tarkibda yig‘ma ishchi guruh tashkil etilsin.
Yig‘ma ishchi guruh (O. Murodov) Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar bilan birgalikda:
2017-yilda Harakatlar strategiyasini amalga oshirilishini, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va xatolarni, jamoatchilik, milliy hamda xalqaro ekspertlar fikrlarini o‘rganish natijalarini, shuningdek o‘tkazilgan konferensiyalar, seminarlar, davra suhbatlari yakunlarini tanqidiy tahlildan o‘tkazsin;
2018-yilning 5-yanvarigacha bo‘lgan muddatda 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini (keyingi o‘rinlarda Davlat dasturi deb yuritiladi) ishlab chiqsin.
3. Davlat dasturi loyihasini tayyorlashda quyidagi muhim, ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilishiga alohida e’tibor qaratilsin:
Davlat dasturi “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ezgu g‘oyani hayotga so‘zsiz joriy etishga qaratilgan siyosatning mantiqiy davomi bo‘lishi kerak;
Davlat dasturida “qonunning birdan-bir manbai va muallifi tom ma’noda xalq bo‘lishi shart”, “mamlakat hayotiga taalluqli eng muhim qarorlar xalq bilan bevosita muloqot asosida, jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda qabul qilinadi” degan tamoyillarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni aks ettirish zarur;
belgilanayotgan tadbirlar xalq bilan bevosita muloqot natijalariga asoslanishi, shuningdek aholining keng qatlamini bezovta qilayotgan dolzarb muammolarning yechimini, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalaridagi vaziyatni tubdan yaxshilash bo‘yicha amaliy qadamlarni ko‘zda tutishi kerak;
keng ko‘lamli islohotlar va o‘zgarishlar, birinchi navbatda, aholi farovonligini uzoq kelajakda emas, aynan bugun yaxshilashga yo‘naltirilgan bo‘lishi hamda ularning kundalik hayotida aks etishi kerak;
yangi sharoitlarda davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish va keng rivojlantirish fuqarolarning ehtiyojlarini qondirishni ta’minlovchi ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak;
o‘sib borayotgan global raqobat sharoitida barqaror iqtisodiy ravnaqqa erishish innovatsion rivojlanish modeliga o‘tish, innovatsiyalar, yangi texnologiyalarni hayotga faol joriy etish, shuningdek progressiv, zamonaviy fikrlaydigan, tashabbuskor fuqarolar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali ta’minlanishi kerak;
ishlab chiqilayotgan tadbirlar aniq natijaga yo‘naltirilgan, ravshan maqsad va amalga oshirish mexanizmiga ega bo‘lishi, shuningdek boshqa dasturlar doirasida bajarilayotgan chora-tadbirlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lishi kerak.
2018-yilning 5-yanvaridan 18-yanvarigacha bo‘lgan davrda Davlat dasturi loyihasini keng jamoatchilik muhokamasini, shu jumladan Internet tarmog‘iga joylashtirish orqali tashkil etsin;
2018-yilning 20-yanvarigacha bo‘lgan muddatda jamoatchilik muhokamasi natijalari va kelib tushgan takliflarni tahlil qilgan holda qayta ishlangan Davlat dasturi loyihasini tasdiqlash uchun kiritsin.
5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha komissiyalar rahbarlari zimmasiga yuklansin.