Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
Qonun hujjatlarini turkumlashni takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida

2-ILOVA
Me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tarqatish tartibi to‘g‘risida NIZOM

Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.12.2017
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
2. “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga muvofiq “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining axborotnomasi”, “O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari to‘plami”, “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari e’lon qilinadigan rasmiy manbalar hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasining izlash tizimi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori asosida, qonunchilikning mavzuli ma’lumotnomasi va alifbo-predmetli ko‘rsatkich, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlar rekvizitlari bo‘yicha shakllantiriladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”