LexUZ sharhi
Mazkur qarorga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 484-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan.
Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kadrlar tayyorlash, professor-o‘qituvchilar malakasining talab etiladigan darajasini ta’minlash, o‘qitishning innovatsiya usullarini joriy etish, moliyaviy resurslardan samarali foydalanish hamda talaba yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish masalalaridagi faoliyati ustidan nazorat bo‘shashtirib yuborilganligini, bu mutaxassislar tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligini qayd etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi faoliyatini takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlarni sifatli o‘qitish va tarbiyalashni tashkil etish maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qaroriga ko‘ra xodimlarning umumiy soni 387 nafar bo‘lgan 8 ta xo‘jalik hisobidagi Vazirlik tasarrufidagi tashkilot uning tuzilmasidan chiqarilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta maxsus, professional ta’limni rivojlantirish va takomillashtirish;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Oldingi tahrirga qarang.
respublikaning oliy va o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasiga va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash;
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish shaklini, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
(2-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
barcha manbalar, ayniqsa to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish.
LexUZ sharhi
2-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq ;
(3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziriga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oliy va o‘rta maxsus maktab muammolari instituti O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markaziga aylantirilsin.
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga talablarni ishlab chiqish va takomillashtirish, shuningdek mamlakat litseylari, kollejlari va oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining o‘zaro bog‘liqligi va uzluksizligini metodik ta’minlash;
o‘qitishning interaktiv metodlarini, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan multimediy o‘qitish dasturlarini ishlab chiqish va joriy etish;
litseylar, kollejlar, bakalavriat va magistratura ta’lim dasturlariga kiruvchi barcha fanlar bo‘yicha yangi avlod o‘quv adabiyotlari tayyorlashni va ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlashni tashkil etish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining faoliyat ko‘rsatishini ilmiy-metodik ta’minlash, raqobatbardoshli kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
ilg‘or jahon tajribasini o‘rganish asosida respublikada yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etishni takomillashtirish.
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligining Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, Jamg‘arma daromadlari homiylik xayriyalari mablag‘lari, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt (shu jumladan oshirilgan to‘lov-kontrakt) shaklida o‘qitishdan tushadigan mablag‘larining mazkur mablag‘lar bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarida aks ettiriladigan yil boshiga qoldik qismining 5 foizi miqdoridagi ajratmalari hisobiga shakllantiriladi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2019-y., 09/19/172/2676-son)
Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazining Nizomini hamda uning tuzilmasini;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda — Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi daromadlarini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-iyuldagi 472-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 649-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (keyingi o‘rinlarda matnda Vazirlik deb yuritiladi) respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limiga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
2. Vazirlik tizimiga O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim, kab-hunar ta’limini rivojlantirish markazi, idoraviy mansub oliy o‘quv yurtlari kiradi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
4. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Vazirlik faoliyati Vazirlikka ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga moliyalashtiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallab olgan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo‘ljallangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalariga o‘quv-pedagogik va ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshirish, ular faoliyatini muvofiqlashtirish, ularda davlat ta’lim standartlari talablari hamda ta’lim darajasi va mazmuniga, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligi sifatiga qo‘yiladigan boshqa talablar bajarilishini ta’minlash;
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvorliklariga muvofiq kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha korxonalar va tashkilotlar, shuningdek fuqarolar tomonidan ta’lim xizmatlariga bo‘lgan talabni o‘rganish va uning qondirilishini ta’minlash;
o‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
pedagog kadrlar va mutaxassislar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tashkil etish va takomillashtirish;
oliy o‘quv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam o‘zaro hamkorligini ta’minlash;
barcha manbalar, ayniqsa to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish.
LexUZ sharhi
7-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
oliy ta’lim muassasalarida va Vazirlik tizimidagi boshqa idoraviy mansub tashkilotlarda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bajarilishini ta’minlaydi;
bakalavriat ta’limi va magistratura mutaxassisliklari yo‘nalishlari bo‘yicha davlat ta’lim standartlarini, oliy ta’lim fanlarining namunaviy o‘quv rejalari va dasturlarini, shuningdek oliy ta’lim muassasalari faoliyatining aniq turlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Iqtisodiyot vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga muvofiq bakalavriat ta’limi va magistratura mutaxassisliklarining istiqbolli yo‘nalishlari ro‘yxatini belgilaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Oliy ta’limning yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritadi;
o‘quv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, yangi avlod o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlar, elektron kutubxonalar joriy etilishini ta’minlaydi;
oliy ta’lim tizimida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida milliy mustaqillik g‘oyalariga, xalqning boy milliy va madaniy-tarixiy an’analari va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash tashkil etilishini amalga oshiradi;
oliy ta’lim muassasasining namunaviy ustavini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda oliy ta’lim muassasalarining va Vazirlik tizimidagi boshqa idoraviy mansub tashkilotlarining ustavlarini tasdiqlaydi;
Davlat test markazi bilan birgalikda oliy ta’lim sifatini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga respublikaning oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni tanlash va qabul qilishni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga, shuningdek pedagog kadrlar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etishning samarali shakllarini, shu jumladan masofadan turib o‘qitish shaklini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining rahbarlari, pedagoglari va muhandis-pedagog xodimlariga qo‘yiladigan malaka talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
oliy ta’lim muassasasining rektori, prorektori va fakultet dekani lavozimiga nomzodlarni tanlash va ko‘rsatish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
ta’lim sifatini oshirishga, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga, pedagog kadrlarning samarali faoliyatini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ hujjatlarni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va o‘quv jarayoniga joriy etadi;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining pedagog kadrlarini ishga qabul qilishning tanlov tizimi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi hamda ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
oliy ta’lim sohasida marketing tadqiqotlarini tashkil etadi, respublikaning oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlashning mavjud va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha qabul ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi va ularni ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Vazirlik tizimining oliy ta’lim muassasalarini, shuningdek o‘quv-tarbiya jarayonini moddiy-texnik jihozlashni moliyalashtirishning davlat normativlarini belgilash to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi;
oliy ta’lim muassasalari, Vazirlik korxonalari va tashkilotlarining xo‘jalik, ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va tashkilotlarining ta’minotiga xarajatlar smetasini tasdiqlaydi hamda belgilangan tartibda ularni moliyalashtirishni amalga oshiradi;
Vazirlikning idoraviy mansub muassasalari va tashkilotlari boshqaruv xodimlari sonini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlaydi hamda budjetdan tashqari mablag‘lar tushumi va sarflanishi ustidan nazorat qiladi;
Vazirlikka markazlashtirilgan tartibda ajratiladigan mablag‘larni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun O‘zbekiston Respublikasining tijorat bankida joriy, hisob-kitob raqamlari va boshqa hisob raqamlari ochadi;
respublika ilmiy-texnik dasturlari bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni bajarishda oliy maktabning ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
mutasaddilik qilinadigan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarning ilmiy-texnika dasturlarini shakllantiradi va amalga oshiradi;
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi 18-sonli qaroriga muvofiq yigirma beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 4-5-son, 33-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-yanvardagi 18-sonli qaroriga muvofiq yigirma oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 4-5-son, 33-modda)
ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar aspirantura va doktorantura orqali belgilangan tartibda tayyorlanishini tashkil etadi;
oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida xorijiy sheriklar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalar o‘rnatadi;
idoraviy mansubligi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, respublikaning oliy ta’lim muassasalarida xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlanishini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda davlat tilida va boshqa tillarda darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini nashr etish va ularning nusxalarini ko‘paytirishning yillik va istiqbolli rejalarini ishlab chiqadi;
(8-bandning o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-iyundagi 457-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2019-y., 09/19/457/3235-son)
Vazirlik tizimi xodimlarini O‘zbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga taqdim etishga materiallarni ko‘rib chiqadi va xulosa beradi;
talabalar uchun belgilangan tartibda universiadalar va boshqa sport tadbirlarini o‘tkazadi, ularning g‘oliblarini xalqaro tanlovlar va musobaqalarga yuboradi;
oliy maktabni rivojlantirish, fan va texnikaning dolzarb masalalari bo‘yicha belgilangan tartibda respublika va xalqaro kengashlar, konferensiyalar, simpoziumlar o‘tkazadi;
idoraviy mansub tarkibiy bo‘linmalar, markazlar, Vazirlik tizimiga kiradigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar rahbarlarini tayinlaydi.
LexUZ sharhi
8-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-dekabrdagi 1039-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘ziga idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalar orqali hal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ko‘rib chiqishi uchun respublikada oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tuzilmasini takomillashtirish va boshqarish masalalari bo‘yicha takliflar kiritish;
hay’at majlislarida oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan respublika vazirliklari va idoralari rahbar xodimlarining axboroti (ma’ruzalari)ni ko‘rib chiqish;
davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlardan va mansabdor shaxslardan kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi axborotni, shu jumladan shartnoma asosida tayyorlangan mutaxassislarning ishga joylashtirilishi monitoringini yuritish uchun zarur bo‘lgan tahliliy materiallarni va boshqa materiallarni so‘rash va belgilangan tartibda olish;
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilikka rioya etilishini, Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari bajarilishini nazorat qilish;
(10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
idoraviy bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi hududida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish masalalari bo‘yicha ekspert xulosalar berish;
barcha manbalar, ayniqsa o‘qitishning to‘lov-kontrakt shakli bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari daromadlari shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish fakultetlari tashkil etiladigan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini belgilash;
respublika vazirliklari, idoralaridan va bevosita oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalaridan Vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan materiallarni hamda oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bo‘yicha belgilangan statistika hisobotini olish va Vazirlikning ta’lim muassasalarida hisob va hisobotning holati ustidan nazorat qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 172-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.02.2019-y., 09/19/172/2676-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda bank muassasalarida va boshqa kredit muassasalarida valyuta hisob raqamlariga ega bo‘lish;
(10-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mutaxassislarni shartnoma asosida maqsadli tayyorlash uchun idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda maxsus kurslar, kafedralar, fakultetlar va laboratoriyalar ochish;
Oldingi tahrirga qarang.
muammoli laboratoriyalar tashkil etish va ularni yopish hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda — Vazirlik tizimining oliy ta’lim muassasalarida tarmoq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil etish va ularni yopish;
(10-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
Vazirlikda respublikaning oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun yetakchi olimlar, yuqori malakali o‘qituvchilar va mutaxassislardan ilmiy-metodik kengashlar tashkil etish;
markaziy apparatning tasdiqlangan tuzilmasiga Vazirlikning mehnatga haq to‘lash fondi va apparat xodimlarining cheklangan soni doirasida boshqaruvning texnologiyasi va texnikasini takomillashtirish zaruriyati tufayli kelib chiqqan o‘zgartirishlar kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
idoraviy mansub muassasalarning amaldagi qonunchiligi, Vazirlikning normativ-huquqiy hujjatlari buzilgan holda chiqarilgan buyruqlarini bekor qilish;
(10-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
belgilangan tartibda Vazirlikning mukofotlari, ko‘krak belgilari va faxriy yorliqlarini ta’sis etish hamda ular bilan ilg‘or xodimlarni va professor-o‘qituvchilar tartibini, shuningdek eng yaxshi ilmiy va eksperimental konstruktorlik ishlari uchun oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarining talabalari va o‘quvchilarini mukofotlash;
oliy ta’lim muassasalarining talabalarini belgilangan tartibda bir o‘quv muassasasidan boshqasiga o‘tkazish, talabalikka tiklash va talabalikdan chiqarish, yakuniy davlat attestatsiyasini qayta topshirishga ruxsatnoma berish;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(10-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalariga ega bo‘lgan vazirliklar va idoralar bajarishi majburiy bo‘lgan, ta’lim sifatini oshirishga, raqobatbarbosh kadrlar tayyorlashga, pedagog xodimlarning samarali ishini rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
12. Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
13. Vazirlik oliy ta’lim sohasida davlat siyosati amalga oshirilishi, Vazirlik mablag‘laridan samarali foydalanilishi, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir rahbarlik qiladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan to‘rt nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosarlari bo‘ladi. Birinchi o‘rinbosarlardan biri Vazirlikning O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi direktori hisoblanadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyati alohida uchastkalariga rahbarligi va tasarrufidagi tashkilotlar va muassasalar ishlari uchun javobgarligi darajasini belgilaydi;
Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparatining, tasarrufidagi organlar va muassasalarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiradigan tasarrufidagi boshqa tashkilotlar va muassasalarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
oliy ta’lim muassasasining rektori lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi, Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, oliy ta’lim muassasalari prorektorlarini, Vazirlik tizimiga kiradigan boshqa idoraviy mansub tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod etadi, ularni attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etadi (rektorlardan tashqari);
pedagog kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijiy sheriklar bilan hamkorlik to‘g‘risida idoralararo bitimlar, shartnomalar tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Vazirlik faoliyatining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, hozirgi zamon bozor sharoitlarida ishni tashkil etishning ilg‘or usullari va shakllarini egallagan yuqori ma’lumotli, malakali kadrlar tayyorlashga yo‘naltirilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, ilg‘or jahon tajribasini hisobga olgan holda respublikada oliy va o‘rta masxus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish va takomillashtirish, shuningdek oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sohasida Kadrlar tayyorlash milliy dasturida mo‘ljallangan maqsad va vazifalar bajarilishini ta’minlash bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Vazir paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
17. Vazirlikning idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlari o‘z faoliyatini belgilangan tartibda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan ustavlar va nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Vazirlik jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarida o‘rtaga qo‘yilgan masalalar to‘g‘ri va adolatli hal etilishiga erishib, amaldagi qonunchilikka muvofiq ushbu murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini tashkil etadi hamda Vazirlik tizimining oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, korxonalari va tashkilotlari faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘radi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligini qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)