Chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Keyingi yillarda respublikada chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarini rivojlantirishga, naslchilik ishini takomillashtirishga, ularda yetishtirilayotgan mahsulotlarni ko‘paytirishga katta e’tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatda 6 mingdan ortiq chorvachilik va 3 mingta baliqchilik xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yil yakunlari bo‘yicha 2319 ming tonna go‘sht, sun’iy hovuzlarda 60 ming tonna baliq yetishtirish kutilmoqda.
Shu bilan birga chorvachilik va baliqchilik tarmoqlarining ozuqa bazasini rivojlantirishga yetarlicha e’tibor berilmayapti. Chorvachilik, baliqchilik fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan ta’minlash borasidagi uzilishlar tufayli chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari yetishtirish hajmlarining o‘sish sur’atlari pastligicha qolmoqda.
Tarmoqlarning ozuqa bazasini tizimli asosda mustahkamlash, chorvachilik, baliqchilik xo‘jaliklari va tashkilotlarini yuqori sifatli ozuqa bilan barqaror ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2017-yilgi hosildan boshlab ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ tomonidan o‘tkaziladigan birja savdolarida sotiladi.
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun 2017-yilning II yarim yili va 2018-yilning I yarim yilida beriladigan va davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doy kvotalari hajmlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, “O‘zdonmahsulot” AJ rahbarlariga ushbu qarorda belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablarining amalga oshirilishi, ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doydan maqsadli foydalanish, shuningdek, chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari o‘rnatilgan narxlar bo‘yicha belgilangan hajmlarga muvofiq sotilishi shartlari bajarilishini nazorat qilish bo‘yicha Maxsus komissiya tashkil etsin;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga uch oyda bir marta Maxsus komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida hisobot va chorvachilik hamda baliqchilik xo‘jaliklarini ozuqa bilan ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish, ichki bozorni barqaror narxlarda go‘sht va baliq bilan to‘ldirishga doir takliflarni taqdim etsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
1. Ushbu Nizom Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibini belgilaydi.
chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari — chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtiradigan chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlari;
xaridorlar — o‘z ehtiyojlari uchun va chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari yetishtirishda ishlatiladigan ozuqa ishlab chiqaradigan chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi fermer xo‘jaliklari hamda tashkilotlar;
sotuvchilar — “O‘zdonmahsulot” AJning bug‘doyni birja savdolariga qo‘yadigan va sotadigan hududiy tashkilotlari;
xaridorlar reyestri — ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ajratiladigan bug‘doyni sotib olish huquqiga ega bo‘lgan chorvachilik, baliqchilik fermer xo‘jaliklari va tashkilotlari ro‘yxati;
o‘rnatilgan narx — balans bo‘yicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib belgilangan chorvachilik va baliqchilik mahsulotining narx birligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning yettinchi va sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
3. Davlat resurslaridan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun birja savdolari orqali sotiladi.
4. Sotuvchilar davlat resurslaridan bug‘doy tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga muvofiq sotilishini ta’minlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Ushbu Nizomga muvofiq chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan ularga mo‘ljallangan bug‘doyni xaridorlarning tasdiqlangan reyestriga binoan, ularning chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan hajmlar va narxlarda sotishi sharti bilan xarid qiladilar.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
6. Davlat resurslaridan bug‘doy chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha sotiladi.
7. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zdonmahsulot” AJ bilan birgalikda har yili davlat resurslaridan oziq-ovqat bug‘doyining balansini shakllantirishda chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun bug‘doy hajmlari birja savdolari orqali ajratilishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
8. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AJ va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi bilan birgalikda chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotiladigan bug‘doy hajmlarining har oylik jadvallarini hududlar bo‘yicha ishlab chiqadi va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Tumanlar hokimliklari, tumanlardagi qishloq xo‘jaligi bo‘limlari g‘alla qabul qilish tashkilotlari, tumanlardagi fermerlar kengashlari, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa uchastkalari egalari, hududiy “Baliqsanoat” MChJlar bilan birgalikda har oyda oyning beshinchi kunigacha xaridorlar reyestrini shakllantiradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga umumlashtirish va tasdiqlash uchun yuboradi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tumanlar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan xaridorlar reyestrini ikki ish kuni mobaynida umumlashtiradi va tasdiqlaydi hamda “O‘zdonmahsulot” AJga yuboradi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
11. “O‘zdonmahsulot” AJ xaridorlar reyestrini bug‘doyni birja savdolariga qo‘yish uchun o‘z hududiy tashkilotlariga va “O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJga birja savdolarini tashkil etish uchun ikki ish kunida yuboradi.
12. Birja savdolari “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq va birja savdolari qoidalari bo‘yicha amalga oshiriladi. Savdolar haftaning ish kunlarida muntazam o‘tkaziladi.
13. Mahsulotni birja savdolariga qo‘yishda boshlang‘ich narx O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “O‘zdonmahsulot” AJ tomonidan har yili tasdiqlanadigan davlat resurslaridan g‘alla, qo‘shimcha mahsulotlar hamda g‘allani birlamchi qayta ishlashdan olinadigan chiqindilarning erkin ulgurji-sotish narxlarini kelishish bayonnomasiga muvofiq belgilanadi.
14. Oldi-sotdi shartnomasi bitishuv bayonnomasi olingan kunda bayonnomada nazarda tutilgan shartlarga ko‘ra rasmiylashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. “O‘zdonmahsulot” AJ bug‘doyni sotish va yuklab jo‘natish yakunlariga asosan xaridorlar reyestrini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqqan holda, chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlarini belgilash uchun yuboradi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining hajmlari va ularni sotish narxlari bo‘yicha takliflarni ikki ish kuni mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari hajmlari hamda sotish narxlari bo‘yicha qaror qabul qilishadi va ushbu qarorni uch ish kuni mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga yuboradi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari chorvachilik va baliqchilik mahsulotlarining yarmarkalarda hamda boshqa tashkilotlarga belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishini ta’minlaydilar.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
19. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlari belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini ta’minladi hamda har oy yakunlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga sotilgan mahsulotlar hajmlari bo‘yicha axborot kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga har oyda 1 va 16-kunlari:
(20-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
“O‘zdonmahsulot” AJ hududiy tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlari bo‘yicha davlat resurslaridan ozuqa maqsadlari uchun foydalaniladigan bug‘doyni sotish hajmlari to‘g‘risida;
chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari rahbarlari — chorvachilik va baliqchilik tashkilotlari bo‘yicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga o‘rnatilgan narxlarda sotish uchun mo‘ljallangan, balans bo‘yicha davlat resurslari hisobidan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari har oyning 5-kunigacha O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasiga quyidagi axborotni taqdim etadilar:
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
tumanlar bo‘yicha ozuqa maqsadlari uchun davlat resurslaridan bug‘doyni sotish hajmlari to‘g‘risida;
chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun tumanlar bo‘yicha yarmarkalarda va boshqa tashkilotlarga o‘rnatilgan narxlarda sotish uchun mo‘ljallangan davlat resurslaridan ajratilgan bug‘doydan kelib chiqib chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarini sotish hajmlari to‘g‘risida axborot taqdim etadi.
22. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi chorvachilik hamda baliqchilik mahsulotlarining belgilangan hajmlar va narxlarga muvofiq sotilishi nazorat qilinishini ta’minlaydi va har oy yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot kiritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Ushbu Nizom buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Davlat resurslaridan bug‘doyni chorvachilik va baliqchilik yo‘nalishidagi tadbirkorlik subyektlariga ozuqa maqsadlari uchun sotish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
Hududlar nomi | Hammasi | shu jumladan: | |
chorvachilik tashkilotlari | baliqchilik tashkilotlari | ||
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 4313 | 2696 | 1617 |
viloyatlar: | |||
Andijon viloyati | 5118 | 2609 | 2509 |
Buxoro viloyati | 4435 | 3008 | 1427 |
Jizzax viloyati | 4477 | 2382 | 2095 |
Qashqadaryo viloyati | 6191 | 3751 | 2441 |
Navoiy viloyati | 1838 | 988 | 850 |
Namangan viloyati | 4409 | 1764 | 2645 |
Samarqand viloyati | 5035 | 3171 | 1864 |
Surxondaryo viloyati | 3452 | 2131 | 1321 |
Sirdaryo viloyati | 2881 | 1066 | 1864 |
Toshkent viloyati | 11967 | 1928 | 10039 |
Farg‘ona viloyati | 5958 | 2470 | 3488 |
Xorazm �iloyati | 4525 | 2035 | 2490 |
Jami: | 64600 | 30000 | 34600 |