O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi va “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalarning huquqiy maqomini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar to‘g‘risida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov zimmasiga yuklatilsin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy qamoqni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Qonuniga (keyingi o‘rinlarda Qonun deb ataladi) muvofiq, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonalar (keyingi o‘rinlarda maxsus qabulxona deb ataladi) faoliyatini tartibga soladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Maxsus qabulxona ichki ishlar organlari tizimiga kiruvchi, jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qarori asosida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus muassasa hisoblanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
3. Maxsus qabulxona O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Maxsus qabulxonalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari huzurida tashkil etiladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
5. Maxsus qabulxonalarning shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri tomonidan o‘rnatilgan tartibda tasdiqlanadi.
6. Maxsus qabulxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
7. Maxsus qabulxona davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini tashkil etish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan saqlash xarajatlarini undirish va ularni mehnatga jalb etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish.
9. O‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqqan holda maxsus qabulxona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudi sudyasining qarori, favqulodda holat rejimi sharoitlarida esa, shuningdek, harbiy komendantning yoki ichki ishlar organi boshlig‘ining qarori asosida ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni kechayu kunduz qabul qilish;
(9-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
ma’muriy qamoqqa olingan shaxsning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilishi, barmoq izlarining ro‘yxatga olinishi, ushbu shaxsning fotosuratga olinishi, undagi mavjud ashyolarning ko‘zdan kechirilishini tashkil etish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxsni qabul qilish paytidan boshlab unga telefon orqali advokatga, qarindoshlariga yoxud boshqa shaxslarga qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar qilish huquqini berish, shuningdek qabul qilinayotgan chet el fuqarosi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligini xabardor qilish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsi va psixologik jihatdan mosligi hisobga olingan holda saqlanishini tashkil etish;
maxsus qabulxona hududiga shaxslarning kirish-chiqish rejimiga rioya etilishi, shuningdek maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalariga amal qilinishini tashkil etish;
b) ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish, shuningdek ularga yuklatilgan majburiyatlarni bajarishlarini tashkil etish bo‘yicha:
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash, ularning hayoti va sog‘lig‘iga tahdidlarning oldini olish hamda bartaraf etish choralarini ko‘rish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning advokati, qarindoshlari va boshqa shaxslar bilan uchrashuv huquqi amalga oshirilishini tashkil etish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning og‘zaki yoki yozma shaklda bergan arizalari, takliflari va shikoyatlari bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishini tashkil etish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan pochta jo‘natmalarini va yo‘qlovlarni olish hamda jo‘natishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona hududidan chetga chiqish huquqidan foydalanishlarini tashkil etish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning maxsus qabulxona mol-mulkiga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlarini tashkil etish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslar tomonidan boshqa shaxslarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi, shuningdek o‘z hayoti va sog‘lig‘iga yoxud boshqa shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid soluvchi xatti-harakatlarni sodir etishlarining oldini olish choralarini ko‘rish;
v) ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha:
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablariga va yong‘in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan moddiy-maishiy sharoitlar yaratish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni belgilangan normalar bo‘yicha oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish vaqtida ularning orasida bemorlar va tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan shaxslarni aniqlash maqsadida birlamchi tibbiy ko‘rikni amalga oshirish;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda tibbiy davolanishga muhtoj bo‘lgan shaxslarni sog‘liqni saqlash organlari bilan hamkorlikda o‘rnatilgan tartibda tibbiy muassasalarga joylashtirish;
g) ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash xarajatlarini undirish va ularni mehnatga jalb etish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish bo‘yicha:
tegishli davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan maxsus qabulxonada saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni undirish choralarini ko‘rish;
tuman (shahar) hokimliklari bilan hamkorlikda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni foydali ijtimoiy mehnatga jalb etish choralarini ko‘rish;
mehnatga jalb qilingan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning haq olishlari va mehnatining muhofaza qilinishini ta’minlash;
mehnatga jalb etilgan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning doimiy nazoratda bo‘lishini tashkil etish.
maxsus qabulxonada jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishining, ichki tartib qoidalari buzilishining oldini olish hamda ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning xulq-atvori to‘g‘risida zarur axborot olish uchun nazorat va tekshiruvning audiovizual, elektron vositalari va boshqa texnik vositalarini qo‘llash;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan saqlash, tarqatish, iste’mol qilish va foydalanish taqiqlangan hujjatlarni, pul mablag‘larini, qimmatbaho buyumlarni, narsalarni hamda boshqa ashyolarni olib qo‘yish;
maxsus qabulxonaning ichki tartib qoidalariga rioya etayotgan va mehnatga vijdonan munosabatda bo‘layotgan ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan rag‘batlantirish (tashakkur e’lon qilish, O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha telefon orqali limitlangan bir martalik qo‘shimcha so‘zlashuv huquqini berish, har kungi sayr vaqtini uch soatgacha uzaytirish) hamda Qonun talablari va ichki tartib qoidalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan intizomiy jazo (ogohlantirish, telefon orqali navbatdagi so‘zlashuv huquqidan mahrum qilish, haq to‘lanmaydigan jismoniy ishlarga navbatdan tashqari jalb etish) choralarini qo‘llash;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning yozma roziligi bilan ularni haq to‘lanadigan mehnatga, shuningdek maxsus qabulxona xonalarida sanitariya-gigiyena, maishiy sharoitlarni yaxshilash, ichki ishlar organi yoki maxsus qabulxona hududini obodonlashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan haq to‘lanmaydigan jismoniy ishlarga jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida zarur choralar ko‘rish;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus qabulxona ish faoliyati haqida zarur ma’lumotlarni tayyorlash va bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalariga taqdim etish.
(11-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Maxsus qabulxona o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni samarali bajarilishi uchun javobgardir.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Maxsus qabulxonaga rahbarlikni bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan tayinlanadigan boshliq amalga oshiradi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
maxsus qabulxona vakolati doirasiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va maxsus qabulxonaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
maxsus qabulxona faoliyatida qonuniylikni ta’minlash choralarini ko‘radi, xodimlarning kasbiy tayyorgarligi va intizomi, xizmat faoliyati yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni rag‘batlantirish, shuningdek intizomiy jazo choralari qo‘llash to‘g‘risida buyruqlar chiqaradi va ularga e’lon qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(14-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. Maxsus qabulxonalar faoliyati ustidan nazorat bevosita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining Jamoat xavfsizligi xizmati Jamoat tartibini saqlash boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
(15-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-sentabrdagi 459-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.09.2023-y., 09/23/459/0690-son)
Maxsus qabulxonalarda qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)