O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent shahri hokimligi muassisi hisoblanadigan “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” (keyingi o‘rinlarda “Yashnobod” texnoparki direksiyasi deb ataladi) davlat unitar korxonasi tashkil etilsin.
Toshkent shahri hokimligi huzuridagi “Yashnobod” innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasining boshqaruv xodimlari soni 9 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki (keyingi o‘rinlarda “Yashnobod” texnoparki deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq;
“Yashnobod” texnoparkining Muvofiqlashtiruvchi kengashi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmoni bilan tashkil etilgan Muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) “Yashnobod” texnoparki hududida amalga oshirilayotgan loyihalar soni ko‘payishiga ko‘ra “Yashnobod” texnoparki direksiyasi tuzilmasiga va xodimlari soniga o‘zgartirish kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar qabul qilinishini tashkil etadi, Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori asosida “Yashnobod” texnoparki rezidentlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi va ularni “Yashnobod” texnoparki rezidentlari reyestriga kiritadi va ularga rezident maqomi to‘g‘risida guvohnoma beradi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan bitimlar hamda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnomalar tuzadi;
“Yashnobod” texnoparki rezidentlari uchun imtiyozli kreditlar olish maqsadida kafil sifatida ishtirok etadi;
“Yashnobod” texnoparki rezidentlarida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‘ladigan tashkiliy va boshqa masalalarni hal etish chora-tadbirlarini ko‘radi, shuningdek “Yashnobod” texnoparki rezidentlari va qatnashchilarining og‘zaki va yozma murojaatlarini qanoatlantirishda tezkor amaliy yordam ko‘rsatadi;
“Yashnobod” texnoparki rezidentlari tomonidan o‘zlariga qabul qilgan majburiyatlarning zarur darajada bajarilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi, keyinchalik uning natijalarini Toshkent shahri Yashnobod tumani hokimligiga va Muvofiqlashtiruvchi kengashga taqdim etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahrida joylashgan va Toshkent shahri hamda Yashnobod tumani hokimliklari, shuningdek texnopark qatnashchilari tomonidan “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga belgilangan tartibda berilgan ishlab chiqarish maydonlari, bino va inshootlarni o‘z vakolatlari doirasida operativ boshqaradi;
investorlar yoki rezidentlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda Muvofiqlashitiruvchi kengash qarorlari asosida, “Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan tuzilgan bitimlarni va investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan shartnomalarni bekor qilish uchun sudga da’vo arizalari bilan murojaat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
“Yashnobod” texnoparki faoliyatini operativ boshqarish va rezidentlar tomonidan innovatsiya loyihalarining amalga oshirilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash bo‘yicha boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
4. “Yashnobod” texnoparkida amalga oshirish tavsiya etilayotgan innovatsiya loyihalari ro‘yxati 4-ilovaga* muvofiq ma’qullansin.
5. “Yashnobod” texnoparki rezidentlari faoliyatini moliyalashtirishning quyidagi mexanizmi belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
birinchi bosqich — ilmiy tadqiqotlarning barcha bosqichlarini o‘tkazish — Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, innovatsiya ishlanmalari buyurtmachilari, asosiy foydalanuvchilari va donorlar mablag‘lari, shuningdek xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
ikkinchi bosqich — tajriba loyihalarini amalga oshirish — innovatsiya ishlanmalarining buyurtmachilari va asosiy foydalanuvchilari mablag‘lari hisobiga;
uchinchi bosqich — tajriba-sanoat jihatidan joriy etish — innovatsiya ishlanmalari buyurtmachilari, asosiy foydalanuvchilari va donorlar mablag‘lari, shuningdek tijorat banklari kreditlari va xalqaro moliya institutlari grantlari hisobiga;
to‘rtinchi bosqich — tijorat jihatidan joriy etish — tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari kreditlari va donorlar mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va “Yashnobod” texnoparki direksiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda Muvofiqlashtiruvchi kengashga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun:
Innovatsiya loyihalarini tanlab olish mezonlarini belgilagan holda arizachilarning “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olishi uchun tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni;
Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga ko‘ra belgilangan stavkalarni qayta ko‘rib chiqish huquqi berilgan holda “Yashnobod” texnoparki hududida tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan “Yashnobod” texnoparki rezidentlarining sof tushumning 0,1 foizi miqdoridagi har choraklik ajratmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat mulki bo‘lgan hamda operativ boshqarish uchun belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga berilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlarning bir qismi;
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi asoslangan hisob-kitoblar bo‘yicha “Yashnobod” texnoparki direksiyasining 2017-yilgi ta’minoti uchun, keyingi yillarda uning o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tishi sharti bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasi hisobidan mablag‘ ajratsin.
o‘n kun muddatda “Yashnobod” texnoparki direksiyasi ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi faoliyatini tashkil etishda ko‘maklashsin hamda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga avtotransport vositalari, shuningdek ularni saqlashga tegishli limitlar ajratish yuzasidan belgilangan tartibda taklif kiritsin.
10. “Yashnobod” texnoparki direksiyasi Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Majnuntol ko‘chasi, 5-uy manziliga joylashtirilsin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Yashnobod” innovatsiya texnoparkining maqsadi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, funksiyalarini, shuningdek “Yashnobod” innovatsiya texnoparki faoliyatini boshqarish tartibini belgilaydi.
“Yashnobod” innovatsiya texnoparki (keyingi o‘rinlarda “Yashnobod” texnoparki deb ataladi) — o‘zaro, davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik qiluvchi, tadbirkorlik, investitsiya faoliyatini va ilmiy faoliyatni yuritish maqsadida zamonaviy texnologik va tashkiliy muhitni shakllantiruvchi ilm-fan va ta’limning tijorat va notijorat tashkilotlari, moliya institutlari va tadbirkorlarning integratsiyalashuvi shakli;
texnopark rezidenti — texnopark hududida texnoparkning mol-mulkidan, nomoddiy aktivlaridan, preferensiyalar va ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanadigan va belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari reyestriga (keyingi o‘rinlarda Rezidentlar reyestri deb ataladi) kiritilgan, ilmiy ishlanmalarni, tadqiqotlarni, tajriba loyihalarini (keyingi o‘rinlarda investitsiya loyihasi deb ataladi) sanoatda, tijoratda joriy etishni amalga oshiruvchi yuridik shaxs;
texnopark hududi — “Yashnobod” texnoparki direksiyasining operativ boshqaruvidagi, shuningdek texnopark rezidentlari tomonidan, Toshkent shahri bo‘yicha sobiq hudud prinsipini hisobga olgan holda innovatsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida foydalaniladigan ishlab chiqarish maydonlari, binolar, inshootlar va yer uchastkalari;
Muvofiqlashtiruvchi kengash — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmoni bilan tuzilgan kollegial organ.
Keyingi tahrirga qarang.
Innovatsiya mahsulotlari yaratishning barcha bosqichlarida, shuningdek mahalliy va xorijiy ishlanmalar va texnologiyalar asosida innovatsiya, yuqori texnologiyali va ilmtalab mahsulotlar ishlab chiqarish tashabbuskorlariga ko‘maklashishni nazarda tutadigan innovatsiya tadbirkorligini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
texnopark rezidentlari texnologiyalarini sanoatning turli sektorlariga berish, texnopark hududida ishlab chiqarishni tashkil etgan holda zamonaviy xorijiy va mahalliy texnologiyalarning transferini ta’minlash;
kichik va xorijiy innovatsiya tadbirkorligini, olimlar va ishlanmalar yaratuvchilari jamoalarini xalqaro kooperatsiyaga kiritish masalalarini hal etish, eksportga yo‘naltirilgan innovatsiya ishlab chiqarishlarini jadal rivojlantirish;
innovatsiya tadbirkorligi, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikni tashkil etish, shu jumladan qo‘shma loyihalarni amalga oshirish sohasida samarali davlat-xususiy sherikchilikni yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashish.
kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyalari, o‘simliklarni himoya qilish vositalari;
materialshunoslik, metallarga ishlov berish texnologiyalari, seysmochidamlik, qurilish materiallari;
elektron o‘lchov asboblari, robototexnika, mashinasozlik, elektrotexnika sohalarida ilmiy ishlanmalar va tadqiqotlar, sanoat-tajriba sinovlari o‘tkazishga va innovatsiya mahsulotlari namunalarini o‘zlashtirish uchun berishga ixtisoslashadi.
“Yashnobod” texnoparkining ixtisoslashuv sohasi Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga binoan kengaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
patent tozaligini inobatga olgan holda innovatsiya ishlanmalarini, ichki va tashqi bozorlarda talab qilingan yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sanoat-tajriba va kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish;
innovatsiya ishlanmalarining sanoat-tajriba sinovlarini o‘tkazish va ulardan ishlab chiqarishda intellektual mulk obyektlaridan foydalanishda huquqiy muhofazani ta’minlash;
zamonaviy xorijiy va mahalliy texnologiyalarni, mahalliy ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida joriy etish imkoniyatini inobatga olgan holda ularning transferini ta’minlash;
yuqori texnologiyali va innovatsiya ishlab chiqarishlarini tashkil etishdan manfaatdor bo‘lgan, shuningdek ushbu maqsadlar uchun salohiyat va resurslarga ega bo‘lgan mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilish;
ilmiy-tadqiqot va innovatsiya ishlanmalari samaradorligini oshirish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yuqori malakali mutaxassislarni, shuningdek ta’lim muassasalari talabalarni jalb etish maqsadida oliy ta’lim muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va ishlab chiqarish sohasi subyektlari bilan yaqin va amaliy o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
innovatsiya ishlanmalari natijalarini tegishli tarmoqlarda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning amaliy faoliyatiga keng joriy qilish.
7. “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari uning hududida quyidagi funksiyalarini bajarish yo‘li bilan amalga oshiriladi:
tadqiqotlar va ishlanmalarni tijoratlashtirishga mo‘ljallangan kichik innovatsiya korxonalarini tashkil etish va rivojlantirishga, shuningdek boshlovchi tadbirkorlarga innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda ko‘maklashish;
oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalarini, ilmiy tashkilotlar xodimlarini, alohida olimlar va mutaxassislarni tadbirkorlik faoliyatiga faol jalb qilish, ularning g‘oya va loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
texnopark rezidentlariga keng ko‘lamli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek texnopark rezidentlariga ilmiy-texnik tadqiqotlar, ishlanmalar va ixtirolar natijalarini tijoratlashtirishda ko‘maklashish;
innovatsiya menejmenti va innovatsiyalar marketingi sohasida tadbirkorlar va mutaxassislarni o‘qitishni va tayyorlashni tashkil etish, ularning kasbiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqaruv bilimlari darajasini oshirish;
ilmtalab texnologiyalar va raqobatbardoshli mahsulotlar yaratishga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik loyihalar va dasturlar ishlab chiqilishiga va ularning amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
innovatsiya loyihalarini moliyalashtirishga yoki tijoratlashtirishga ko‘maklashuvchi xorijiy va mahalliy moliya institutlari, tashkilotlar va yirik korxonalarning loyihalarini jalb etish;
tijorat, eksport, ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan hamda ilg‘or texnika va ilmtalab texnologiyalar asosida yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan innovatsiya takliflarini tanlab olishni tashkil etish;
texnopark rezidentlari va qatnashchilariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tkazishda, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini bajarish uchun laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlarini, asbob-uskunalarni, shuningdek ofis, ishlab chiqarish, omborxona, o‘quv binolarini, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa binolarni shartnoma asosida ijaraga berish yo‘li bilan ularning natijalarini ishlab chiqarishda o‘zlashtirishda ko‘maklashish.
8. “Yashnobod” texnoparki faoliyatini muvofiqlashtirish Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmonida belgilangan tashkilotlar “Yashnobod” texnoparkining qatnashchilari hisoblanadi.
Zaruratga ko‘ra, Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori asosida “Yashnobod” texnoparki qatnashchilari tarkibi yangi innovatsion, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish jarayonlari integratsiyalashuvidan va qo‘shimcha vazifalar belgilanishidan kelib chiqib o‘zgartirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirliklar, idoralar hamda ilm-fan sohasida tegishli ilmiy bo‘linmalar va infratuzilmaga va texnologiyalarga, shuningdek ilgari suriladigan innovatsiya ishlanmalarini baholash va ekspertizadan o‘tkazish sohasida tajribaga ega bo‘lgan boshqa tashkilotlar “Yashnobod” texnoparki qatnashchilari bo‘lishi mumkin.
“Yashnobod” texnoparki faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini va sohalarini, ularni Muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga kiritish uchun belgilash;
Keyingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan belgilangan tartibda innovatsiya mahsulotlarini yaratishga buyurtmalarni shakllantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
amalga oshirish tavsiya etilayotgan innovatsiya loyihalari bo‘yicha, keyinchalik ularni Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarida muhokama qilish uchun tanlab olish mezonlariga muvofiq xulosalar taqdim etish.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yashnobod” texnoparki direksiyasiga “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalariga muvofiq Direksiyaga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashish.
11. Texnopark faoliyatini operativ boshqarish Toshkent shahri hokimligi huzuridagi “Yashnobod innovatsiya texnoparki direksiyasi” davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
12. Direksiyaga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi direktorining o‘rinbosari va xodimlari “Yashnobod” texnoparki direksiyasining direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
texnopark rezidenti maqomini olish uchun yuridik va jismoniy shaxslardan buyurtmanomalar qabul qilinishini tashkil etish;
Muvofiqlashtiruvchi kengashning qaroriga asosan rezidentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish va ularni Rezidentlar reyestriga kiritish, Texnopark rezidenti maqomi berilganligi to‘g‘risida guvohnoma (keyingi o‘rinlarda Guvohnoma deb ataladi) berish;
Keyingi tahrirga qarang.
texnopark rezidentlarini texnopark hududida joylashtirish, shuningdek “Yashnobod” texnoparki direksiyasi tomonidan belgilangan tartibda Rezidentlar reyestrini yuritish;
texnopark rezidentlariga innovatsiya jarayoni va innovatsiya mahsulotlarini tijoratlashtirishning barcha bosqichlarida moliyalashtirishni, shu jumladan davlatning, ilmiy tashkilotlar va ta’lim muassasalarining, tadbirkorlik subyektlarining, tijorat banklarining, xalqaro moliya institutlari va donor mamlakatlarning, venchur fondlarning, ijtimoiy moliyalashtirishning (kraudfanding) moliyaviy resurslarini va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘larni jalb etishda ko‘maklashish;
texnopark rezidentlarining innovatsiya loyihalarini amalga oshirishi davomida, shu jumladan ularni texnopark hududida joylashtirishda, ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni ishlab chiqishda, ekspertizadan o‘tkazish va kelishishda, pudratchilarni tanlashda hamda qurilish pudrati shartnomalarini tuzishda, qurilish-montaj va ishga tushirish-sozlash ishlarini amalga oshirishda, zarur mehnat, energetika, tabiiy va boshqa resurslar bilan ta’minlashda tashkiliy va boshqa masalalarni hal etishda ko‘maklashish;
Toshkent shahrida joylashgan hamda Toshkent shahri hokimligi va Yashnobod tumani hokimligi, shuningdek “Yashnobod” texnoparki qatnashchilari tomonidan belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga berilgan bino va inshootlarni berilgan vakolatlar doirasida operativ boshqarish;
“Yashnobod” texnoparkida ishlash, “Yashnobod” texnoparki va uning rezidentlari muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va mulkiy komplekslariga xizmat ko‘rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;
rezidentlar mahsulotlarining xalqaro ko‘rgazmalarda namoyish etishda ko‘maklashish, shuningdek Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari asosida ta’lim dasturlari va treninglar tashkil etish;
Keyingi tahrirga qarang.
texnopark rezidentlariga ularning muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga belgilangan tartibda ulanishida ko‘maklashish;
xalqaro xamkorlikni va xorijiy innovatsiya texnoparklari tajriba almashishini amalga oshirish, “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish uchun xorijiy ekspertlarni jalb etish.
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalariga, shuningdek Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham bajarishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
14. “Yashnobod” texnoparki direksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
“Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan bitimlar tuzish hamda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun shartnomalar tuzish;
shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan konsalting, muhandislik, logistika, ta’lim, servis, yuridik, marketing, ta’mirlash, savdo-maishiy, moliyaviy, foydalanish, vositachilik xizmatlari va xizmatlarning boshqa turlarini, shuningdek huquqiy muhofaza, intellektual mulkni himoya qilish va ulardan foydalanish sohasida patent-litsenziya kuzatuvi va xizmatlarini, shu jumladan chet tashkilotlarni jalb etgan holda ko‘rsatish;
texnopark rezidentlari va qatnashchilariga, boshqa xo‘jalik subyektlariga “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga operativ boshqarish uchun innovatsiya mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish, xorijiy va mahalliy texnologiyalarning transfer qilinishini ta’minlagan holda yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni barpo etish, raqobatbardoshli, importning o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun belgilangan tartibda berilgan asbob-uskunalarni, laboratoriya, eksperimental-ishlab chiqarish maydonlarini, ofis, ishlab chiqarish, omborxona, o‘quv binolarini, konferens-zallar, auditoriyalar va boshqa binolarni shartnoma asosida ijaraga berish;
innovatsiya loyihalarini, shu jumladan moliyaviy resurslarni va “Yashnobod” texnoparki direksiyasining o‘z mablag‘larini jalb etish hisobiga tijoratlashtirish tashabbuskori (sherigi) bo‘lish, shuningdek texnopark rezidentlari innovatsiya loyihalarini tijoratlashtirish maqsadida grantlar olish uchun buyurtmanomalar berish;
innovatsiya loyihalari amalga oshirilishi monitoringini va texnopark investorlari va rezidentlari tomonidan qabul qilingan majburiyatlar zarur tarzda bajarilishini nazorat qilish, keyinchalik ishlar natijalarini Muvofiqlashtiruvchi kengashga va Yashnobod tumani hokimligiga taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari asosida investorlar yoki rezidentlar tomonidan qabul qilingan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda “Yashnobod” texnoparki hududida investitsiyalash to‘g‘risida investorlar bilan tuzilgan bitimlarni hamda “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan innovatsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida shartnomalarni bekor qilish yuzasidan sudga da’vo arizalari bilan murojaat qilish.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi hamda faoliyatning qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turlarini amalga oshirishi mumkin.
Ushbu Nizomda nazarda tutilgan tegishli faoliyat qonun hujjatlarida litsenziyalanishi belgilab qo‘yilgan taqdirda “Yashnobod” texnoparki direksiyasi faoliyatning ushbu turini tegishli litsenziyalovchi organ bilan tuzilgan litsenziya bitimi asosida litsenziya olmasdan amalga oshirishga haqli.
Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga ko‘ra belgilangan stavkalarni qayta ko‘rib chiqish huquqi berilgan holda “Yashnobod” texnoparki hududida tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan “Yashnobod” texnoparki rezidentlarining sof tushumning 0,1 foizi miqdoridagi har choraklik ajratmalari;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat mulki bo‘lgan hamda operativ boshqarish uchun belgilangan tartibda “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga berilgan bino va inshootlarni ijaraga berishdan olingan tushumlarning bir qismi;
16. “Yashnobod” texnoparki direksiyasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi.
Ushbu Nizomning 15-bandida ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish jamg‘armasining bank hisob raqamida jamlanadi hamda “Yashnobod” texnoparki infratuzilmasini va hududini, “Yashnobod” texnoparki direksiyasini va uning binolarini saqlash va rivojlantirishga, “Yashnobod” texnoparki direksiyasi xodimlarini moddiy rag‘batlantirishga, shuningdek “Yashnobod” texnoparki faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va funksiyalariga muvofiq boshqa maqsadlarga yo‘naltiriladi.
17. “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom, “Yashnobod” texnoparki direksiyasining shtatlar jadvali va xarajatlari smetasi Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Yuridik va jismoniy shaxs (O‘zbekiston Respublikasi rezidenti) texnopark rezidenti maqomini olish uchun talabgor bo‘lishi mumkin.
Jismoniy shaxsga texnopark rezidenti maqomini berish yuzasidan Muvofiqlashtiruvchi kengashning xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda ushbu jismoniy shaxs belgilangan tartibda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yuridik shaxsni ro‘yxatdan o‘tkazadi (tashkil etadi).
Keyingi tahrirga qarang.
19. “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olish uchun talabgorlarni tanlab olish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
20. Texnopark rezidenti maqomi “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini olish uchun talabgorlarni tanlab olish natijalariga ko‘ra Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga binoan 10 yilgacha muddatga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori asosida texnopark rezidentini ro‘yxatdan o‘tkazadi, Rezidentlar reyestriga kiritadi va Guvohnoma beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Texnopark rezidentlarining, shu jumladan texnopark rezidenti maqomi sobiq hudud prinsipini hisobga olgan holda berilgan holatlarda ham statistik hisobi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida amalga oshiriladi.
21. Texnopark rezidentiga investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki direksiyasi bilan tuzilgan shartnomada “Yashnobod” texnoparki rezidentlari zimmasiga qo‘yilgan majburiyatlar belgilangan tartibda yuklanadi.
22. Texnopark rezidenti maqomidan mahrum qilishga Muvofiqlashtiruvchi kengash qaroriga, shu jumladan texnopark rezidenti tomonidan innovatsiya loyihasini amalga oshirish to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan shartlar va talablar bajarilmagan taqdirda “Yashnobod” texnoparki direksiyasining xulosasiga ko‘ra, shuningdek ixtiyoriy tarzda yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Alohida soliq rejimi va bojxona imtiyozlarining amal qilishi faqat texnopark hududida amalga oshiriladigan texnopark rezidentlari faoliyatiga, shuningdek texnopark rezidentining investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan faoliyat turlariga tatbiq etiladi.
24. Qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va preferensiyalarning amal qilishi Guvohnoma berilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi texnopark rezidenti maqomi berilganligi fakti to‘g‘risida soliq, statistika organlarini va boshqa manfaatdor organlarni Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorini ilova qilgan holda xabardor qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
25. Texnopark rezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslarning investitsiya loyihalarini amalga oshirish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki rezidentlari bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilmagan boshqa sohalardagi faoliyatini tartibga solish umumiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
26. Toshkent shahri Yashnobod tumani hududidagi yer uchastkalari texnopark rezidentlariga innovatsiya ishlab chiqarishi va “startaplar” tashkil etish uchun doimiy foydalanishga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Yashnobod tumani hokimligi Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi bilan birgalikda Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan va texnopark rezidentlariga doimiy foydalanishga berish uchun tavsiya etilayotgan yer uchastkalari ro‘yxati, uning davriy ravishda yangilab turilishini ta’minlagan holda shakllantiriladi hamda Yashnobod tumani hokimligining va “Yashnobod” texnopark direksiyasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Texnopark rezidentlari “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga “Yashnobod” texnoparki direksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan innovatsiya ishlab chiqarishi va “startaplar” tashkil etish maqsadida obyekt qurish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risida “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga ariza taqdim etadilar.
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi texnopark rezidentidan ariza olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida uni, arizachiga texnopark rezidenti maqomini berish to‘g‘risida Muvofiqlashtiruvchi kengash qarori (yoki qarorning ko‘chirmasi)ni ilova qilgan holda Yashnobod tumani hokimligiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yashnobod tumani hokimligi ikki ish kuni mobaynida texnopark rezidentiga yer uchastkasi berish to‘g‘risida Yashnobod tumani hokimining iltimosnomasi bilan birga hujjatlarni belgilangan tartibda Toshkent shahri hokimligiga hamda Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmasiga yuboradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi besh ish kuni mobaynida Toshkent shahri hokimining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori loyihasini tayyorlaydi, qarorga quyidagilar ilova qilinadi:
Keyingi tahrirga qarang.
ajratilayotgan yer uchastkasining tutash yer uchastkalari va ularning foydalanilishi maqsadi ko‘rsatilgan holdagi rejasi;
yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari zararlarining (mavjud bo‘lsa) hisob-kitobi;
buzilayotgan binolar va inshootlarning (ular mavjud bo‘lsa) bahosi to‘g‘risida baholash tashkilotining hisoboti;
ajratilayotgan yer uchastkasining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari erning olib qo‘yilayotgan (xarid qilinayotgan) yerlari aks ettirilgan holdagi chegaralari rejasi.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Yer uchastkalari berish materiallarini tayyorlash bo‘yicha ishlar, ularga tasdiqlangan narxlar bo‘yicha, yer uchastkalari berilayotgan texnopark rezidentlari mablag‘lari hisobiga Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi tomonidan shartnoma asosida bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni kelishish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan yuridik va jismoniy shaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini tanlov asosida doimiy foydalanishga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 19 — 22-bandlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi kelishuv yakunlariga ko‘ra, ko‘rib chiqish va texnopark rezidentiga yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun Toshkent shahri hokimligiga yer uchastkasi ajratish bo‘yicha materiallarni kiritadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Materiallarni ko‘rib chiqish va Toshkent shahri hokimining qarorini qabul qilish bir ish kuni mobaynida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
32. Yer uchastkasi ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin bir ish kuni mobaynida Toshkent shahri arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi Toshkent shahri yer resurslari va davlat kadastri bosh boshqarmasi bilan birgalikda yer uchastkasi chegaralarini naturaga ko‘chirishni amalga oshiradi, dalolatnoma tuzadi, dalolatnoma ishlarni bajaruvchilar hamda yer uchastkasi berilayotgan texnopark rezidenti tomonidan imzolanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Toshkent shahri hokimining yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori asosida Toshkent shahri yer resurslari va davlat kadastri bosh boshqarmasi tomonidan bir ish kuni mobaynida texnopark rezidentining yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va unga yer uchastkasiga huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnomani beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. Yer uchastkasi ajratish materiallari rasmiylashtirilgandan keyin Toshkent shahri hokimligi texnopark rezidenti bilan yer uchastkasidan doimiy foydalanish to‘g‘risida shartnoma tuzadi.
Yer uchastkasidan foydalanish to‘g‘risidagi shartnomada yer uchastkasidan doimiy foydalanish shartlari, tomonlarning yer uchastkasidan foydalanish bo‘yicha huquqlari va majburiyatlari, shartnomaning tugatilish holatlari, shuningdek yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining uzaytirilishi va tomonlarining xohishiga ko‘ra boshqa masalalar belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligi manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash zarur bo‘lganda, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan boshqa holatlarda texnopark faoliyatini muddatidan oldin to‘xtatishga yo‘l qo‘yiladi.
37. Texnopark faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom “Yashnobod” texnoparkining Muvofiqlashtiruvchi kengashi (keyingi o‘rinlarda Muvofiqlashtiruvchi kengash deb ataladi) faoliyatini tashkil etish tartibini, vazifalari, funksiyalari va huquqlarini belgilaydi.
2. Muvofiqlashtiruvchi kengash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish to‘g‘risida” 2017-yil 5-iyundagi PF-5068-son Farmoni bilan tashkil etilgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat bo‘lgan kollegial organ hisoblanadi.
3. Muvofiqlashtiruvchi kengash o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari “Yashnobod” texnoparkining barcha qatnashchilari tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, tijorat banklari, ilmiy muassasalar va ta’lim muassasalarining “Yashnobod” texnoparkini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish, innovatsiya ishlanmalari negizida “startaplar” tashkil etish uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlash;
innovatsiya jarayonining barcha bosqichlarida “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga moliyalashtirishda, shu jumladan innovatsiya mahsulotlarining potensial iste’molchilari, tijorat banklari, homiylarning, shu jumladan xorijiy homiylarning mablag‘lari hisobiga moliyalashtirishda ko‘maklashish;
“Yashnobod” texnoparki direksiyasi (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) faoliyatiga, shu jumladan investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi rezidentlarni jalb etish, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish uchun ishlab chiqarish binolari va yer uchastkalari ajratilishi masalalarida ko‘maklashish;
yuqori texnologik loyihalarni amalga oshiruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining innovatsiya ishlanmalarini, keyinchalik ularga “Yashnobod” texnoparki rezidentlari maqomini berish uchun ekspertizadan o‘tkazish;
ichki bozorda barqaror kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yishda va ishlab chiqarilgan innovatsiya mahsulotlari eksport qilinishida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga ko‘maklashish;
tajriba-sanoat va (yoki) kichik innovatsiya ishlab chiqarishini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun beriladigan, “Yashnobod” texnoparki istalgan qatnashchisiga, Toshkent shahri va Yashnobod tumani hokimliklariga tegishli ishlab chiqarish binolarini (ularning bir qismini) va yer uchastkalarini “Yashnobod” texnoparki hududiga kiritish bo‘yicha qarorlar qabul qilish;
“Yashnobod” texnoparki mahsulotini olishga, shu jumladan ekshududiylik prinsipini hisobga olgan holda tanlov o‘tkazish asosida 10 yilgacha bo‘lgan muddat bilan “Yashnobod” texnoparki rezidenti maqomini berish bo‘yicha qaror qabul qilish, keyinchalik ularni rezident sifatida Direksiya tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish;
“Yashnobod” texnoparki investorlari va rezidentlari tomonidan o‘zlari qabul qilgan majburiyatlarining zarur tarzda bajarilishini nazorat qilish, samarasiz faoliyat aniqlangan taqdirda “Yashnobod” texnoparkining rezidenti maqomidan mahrum qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Muvofiqlashtiruvchi kengash “Yashnobod” texnoparkining samarali faoliyatini ta’minlash maqsadida boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga “Yashnobod” texnoparki rezidentlari maqomini berish, keyinchalik ularni ushbu sifatda Direksiya tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish;
Direksiyaning, shuningdek “Yashnobod” texnoparki qatnashchilarining innovatsiya loyihalarini amalga oshirish va joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari, “Yashnobod” texnoparki rezidentlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining taqdimnomasi bo‘yicha Texnopark direksiyasi direktorini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
“Yashnobod” texnoparkini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni, Direksiyaning shtat jadvalini va Direksiyaning daromadlari va xarajatlari smetasini tasdiqlash, shuningdek Direksiya direktorining ish haqi miqdori va uni moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga texnoparkda innovatsiya faoliyatini kengaytirish uchun qonunchilik bazasini takomillashtirish to‘g‘risida takliflar kiritish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, “Yashnobod” texnoparki rezidentlaridan Muvofiqlashtiruvchi kengash vakolatiga tegishli bo‘lgan statistik va boshqa axborotni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Toshkent shahri hokimligi tomonidan “Yashnobod” texnoparki rezidentlari tomonidan tajriba-sanoat va kichik innovatsion ishlab chiqarishni tashkil etish uchun davlat mulki bo‘lgan foydalanilmayotgan binolar va inshootlarni, keyinchalik “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga bergan holda, Yashnobod tumani hokimligiga operativ boshqarish uchun berish bo‘yicha qaror qabul qilish;
ilmiy ishlanmalarni va tadqiqotlarni o‘tkazish, tajriba loyihalarini amalga oshirish, innovatsiya ishlanmalarini sanoat-tajriba tarzida joriy etish va tijoratlashtirish innovatsiya loyihalarini amalga oshirish uchun “Yashnobod” texnoparki qatnashchilarining (uyushgan a’zolarining) foydalanilmayotgan binolari, inshootlari va hududlarini “Yashnobod” texnoparki rezidentlariga berish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishining nazoratini tashkil etish;
yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari ishlarini muvofiqlashtirish;
Muvofiqlashtiruvchi kengashning samarali ishlashini ta’minlash uchun qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa harakatlarni bajarish.
Oldingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Muvofiqlashtiruvchi kengashning ishchi organi va uni ilmiy-metodologik ta’minlash organi (keyingi o‘rinlarda ishchi organ deb ataladi) hisoblanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-fevraldagi 109-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son)
barcha zarur materiallarning Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi majlisiga o‘z vaqtida tayyorlanishini ta’minlaydi va unga “Yashnobod” texnoparki direksiyasidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan va Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolaridan zarur materiallarni va ekspert xulosalarni olish huquqi beriladi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolarining, “Yashnobod” texnoparki direksiyasi va rezidentlarining, tijorat banklarining, homiylarning, shu jumladan xorijiy homiylarning, manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning takliflarini hisobga olgan holda Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi kun tartibini shakllantiradi, keyinchalik kelishish uchun Muvofiqlashtiruvchi kengash raisiga kiritadi;
kun tartibi masalalari bo‘yicha tahliliy materiallarni, shuningdek Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarorlariga muvofiq boshqa materiallarni tayyorlashni tashkil etadi va Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolarining ko‘rib chiqishi uchun oldindan taqdim etadi;
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislari bayonlarini yuritadi va ularning Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari bilan kelishilishini ta’minlaydi;
9. Muvofiqlashtiruvchi kengash majlislarni zaruriyatga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkazadi.
10. Majlisni Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi, u bo‘lmagan taqdirda — Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining o‘rinbosari o‘tkazadi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisi unda Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qonuniy hisoblanadi (kvorumga ega bo‘ladi).
11. Muvofiqlashtiruvchi kengashning qarori uning majlisda ishtirok etayotgan a’zolarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng bo‘lganda Muvofiqlashtiruvchi kengash raisining ovozi hal qiluvchi ovoz hisoblanadi.
Muvofiqlashtiruvchi kengashning har bir a’zosi qabul qilinayotgan qarorlar bo‘yicha o‘z fikrini yozma ravishda ifodalashga haqlidir.
Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolari bilan kelishilgan ayrim masalalar bo‘yicha qarorlarni so‘rov yo‘li bilan tasdiqlashi mumkin.
12. Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisining bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash majlisining bayoniga barcha a’zolar tomonidan viza qo‘yiladi, kotib tomonidan imzolanadi, Muvofiqlashtiruvchi kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolariga, “Yashnobod” texnoparki direksiyasiga va manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Muvofiqlashtiruvchi kengash bayonining asl nusxasi va unga doir materiallar ishchi organda saqlanadi.
13. Ishchi organ Muvofiqlashtiruvchi kengash qarorlari bajarilishini tizimli ravishda o‘rganadi va ko‘rib chiqadi, zarurat bo‘lganda Muvofiqlashtiruvchi kengash raisiga tegishli takliflar kiritadi.
14. Muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolaridan birining tashabbusi bilan Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdan tashqari majlisi o‘tkazilishi mumkin. Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdan tashqari majlisini o‘tkazish to‘g‘risidagi asoslangan talab yozma shaklda ishchi organga yuboriladi.
15. Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritilgan masalalar ishchi organ tomonidan majlis o‘tkaziladigan sanadan kamida besh kun oldin Muvofiqlashtiruvchi kengashning har bir a’zosiga yuboriladi.
16. Kun tartibi o‘zgargan taqdirda ishchi organ Muvofiqlashtiruvchi kengashning har bir a’zosini Muvofiqlashtiruvchi kengashning navbatdagi majlisi o‘tkazilishi sanasi e’lon qilinishigacha uch kundan kech bo‘lmagan muddatda ro‘y bergan o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor qiladi.
17. Muvofiqlashtiruvchi kengash o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan belgilangan tartibda to‘xtatadi.
Keyingi tahrirga qarang.