Spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari g‘ayriqonuniy ishlab chiqarilishi, ular kontrabandasi va aylanishi hollariga barham berish, budjetga daromadlar tushumining to‘liqligini ta’minlash, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblarni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Bosh vazir O‘.T. Sultonov va Bosh vazirning o‘rinbosari B.M. Olimjonov tomonidan “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi hamda spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati ustidan sust rahbarlik qilinayotganligi qayd etilsin.
Spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning rahbarlari, rahbarlarning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislar lavozimlarini maxsus ma’lumotga va tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lmagan shaxslar egallab turishi yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan hol deb hisoblansin.
Qonun hujjatlarini buzish, spirt va vino-aroq mahsulotlarini g‘ayriqonuniy ishlab chiqarish va sotish hollari davom etmoqda.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari faoliyati ustidan sust nazorat qilinayotganligi ko‘rsatib o‘tilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi moliya inspektorlari faoliyatiga har chorakda baho bersin hamda moliya inspektorlariga biriktirilgan korxonalarda aniqlangan har bir qonun buzilishini ularning egallab turgan lavozimiga nomuvofiqligi sifatida qarasin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Spirt va vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi xo‘jalik birlashmalari va korxonalarning rahbarlari, rahbarlarning o‘rinbosarlari, bosh mutaxassislari (muhandislar va texnologlar), bosh buxgalterlarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha 1-ilovaga* muvofiq tarkibda maxsus idoralararo komissiya tuzilsin.
Komissiya bir oy muddatda xodimlarning ko‘rsatib o‘tilgan toifalarini talabchanlik bilan attestatsiyadan o‘tkazsin hamda ularning saflarini kasbiga yaroqsiz shaxslardan va jinoyatchi unsurlardan shafqatsiz tozalasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari g‘ayriqonuniy ishlab chiqarilishi, keltirilishi va sotilishi hollarini aniqlash va ularga barham berish bo‘yicha rejali va muntazam ish olib borilishini ta’minlasinlar.
“O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi tizimiga kirmaydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan spirt ishlab chiqarilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
texnik spirt ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan “O‘zstandart” agentligining spirtdan foydalanish zaruriyatini va texnologiya ehtiyojlari uchun talab qilinadigan spirt hajmini tasdiqlovchi xulosasi bo‘yicha faqat yuridik shaxslarga sotiladi;
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda;)
Keyingi tahrirga qarang.
spirtni mas’uliyatli saqlashga topshirish daromadni yashirishga tenglashtiriladi hamda ishlab chiqaruvchi korxonalar rahbarlari ushbu tartib buzilishi uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
barter bitishuvlarida qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari vino-aroq mahsulotlari bilan barter operatsiyalari o‘tkazganligi uchun qonun hujjatlarida soliq to‘lashdan bosh tortganlik uchun nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladilar;
Keyingi tahrirga qarang.
vino-aroq mahsulotlari bilan barter operatsiyalarida qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga soliq organlari tomonidan bitishuv summasining 100 foizi miqdorida jarima solinadi, u respublika budjeti daromadiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
sotiladigan alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari uchun oldindan haq to‘lash miqdori kontrakt tuzilgan mahsulotning butun hajmi uchun aksiz solig‘i summasini o‘z ichiga olishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
alkogolli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar kontrakt tuzilgan mahsulotning haqi to‘langan hajmini o‘z vaqtida yuklab jo‘natmaganligi uchun (mablag‘lar tushgan kundan boshlab 3 bank kunidan ortiq) xaridorga muddati kechiktirilgan har bir kun uchun o‘z vaqtida yuklab jo‘natilmagan mahsulot qiymatining 3 foizi miqdorida aybona to‘laydilar.
9. “O‘zdavstandart” markazi tizimida xodimlarning umumiy soni doirasida Davlat inspeksiyasi tashkil etilsin va unga alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qilish vazifasi yuklansin.
“O‘zdavstandart” markazi “O‘zkimyosanoat” uyushmasi va “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda Alkogolli mahsulotlar sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi nizomini va tuzilmasini o‘n kun muddatda tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish va ularning aylanishi sohasida huquqni buzishga yo‘l qo‘ygan shaxslarni o‘z vaqtida ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarga og‘ishmay rioya qilinishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirsin;
Keyingi tahrirga qarang.
spirt, alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, keltirish va sotishni tashkil etishda yuzaga kelayotgan ahvolni yarim yillik yakunlari va umuman yil yakunlari bo‘yicha muntazam ravishda tahlil qilib borsin va Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.