Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini yanada to‘liqroq qondirish, ularning xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, narx-navoning oshib ketishi, inflatsiya va aholining real daromadlari tushib ketishiga olib keluvchi omillar shakllanishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi rahbarlarining muhim vazifalari etib — birinchi navbatda, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish asosida oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlarga aholining o‘sib borayotgan talabini barqaror ta’minlash, shuningdek, iste’mol bozorining balanslashganligi yuzasidan tizimli monitoring va nazorat olib borishni tashkillashtirish hamda tovarlar va xizmatlarga narx-navoning oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov boshchiligida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx- navoni monitoring va nazorat qilish respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 1-ilovaga* muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi huzurida Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga narx-navoni monitoring va nazorat qilish bo‘yicha doimiy faoliyat yuritadigan hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda — hududiy komissiyalar) 2-ilovaga* muvofiq tashkil etilsin;
* 1-2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ekvivalenti 100 mln. AQSh dollari bo‘lgan birlamchi badali hisobidan shakllantiriladigan Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish Jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan holda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus jamg‘armasi ko‘rinishida, uning mablag‘lari qat’iyan Respublika komissiyasi qarorlari bo‘yicha sarflanadigan holda tashkil etiladi;
Jamg‘arma mablag‘lari birinchi navbatda, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, g‘alla, un, kartoshka, sabzi, boshpiyoz, shuningdek, boshqa muhim ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarini ichki bozordagi oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talab va takliflarning mavsumiy va jadal tebranishlarini silliqlashtirishga yo‘naltiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Jamg‘armaning ishlatilgan mablag‘lari keyinchalik xarid qilingan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarini ichki iste’mol bozorida sotishdan kelib tushadigan mablag‘lar summasi hisobiga tiklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda Respublika komissiyasi qaroridan keyin, tanlov asosida, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan Respublika komissiyasi tomonidan belgilangan hajmlarda jumladan, go‘sht, o‘simlik va hayvon yog‘i, shuningdek, ichki bozorda yetishmayotgan boshqa muhim oziq-ovqat mahsulotlarining import qilinishini qisqa muddatlarda ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
yetkazib berishning tegishli jadvallari va savdo nuqtalarining joylashuvi jadvalini ishlab chiqqan va tasdiqlagan holda, Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan olib kiriladigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini o‘z vaqtida joylarga yetkazib berish va sotishni muvofiqlashtirilishini ta’minlab borsin;
narx-navoni sun’iy ravishda oshirishga hamda aybdor shaxslarga nisbatan qat’iy choralarni ko‘rgan holda, Jamg‘arma mablag‘laridan boshqa maqsadlarda foydalanishga bo‘layotgan urinishlarga yo‘l qo‘ymaslik ustidan huquqni muhofaza qilish organlari bilan birgalikda tizimli nazoratni amalga oshirsin;
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Mahalla” va boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini Jamg‘arma hisobidan yetkazib berish va sotishning barcha jarayonlari, oxirgi iste’molchiga yetib borguniga qadar bo‘lgan jarayonlari ustidan samarali jamoat nazoratini tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha Jamg‘arma hisobidan import qilinadigan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari 2018-yilning 1-apreligacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlaridan tashqari)ozod etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Respublikada ishlab chiqarilmaydigan yoki yetarli hajmlarda ishlab chiqarilmaydigan ichki iste’mol bozorida talabgor bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlarini;
respublika ishlab chiqarish quvvatlarini yetarli darajada faoliyat yuritishini ta’minlashni hisobga olgan holda, qoramolchilik tarmoqlarining extiyojlarini to‘laqonli va sifatli qondirish maqsadida yem-xashak ishlab chiqarish uchun g‘alla, urug‘lik materiallar va boshqa xomashyo resurslarini import qilishda bojxona stavkalarini kamaytirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
8. Belgilansinki, 2017/2018 o‘quv yillarida to‘lov-shartnoma asosida oliy ta’lim muassasalarida o‘qish (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 o‘quv yillari darajasida saqlanib qolinadi.
2017-yilda o‘zining shaxsiy valyuta resurslari hisobidan budjetdan moliyalashtiriladigan sog‘liqni saqlash muassasalari, avvalo, oilaviy poliklinikalar, shoshilinch va tez tibbiy yordam muassasalari uchun dori vositalari va tibbiyotga mo‘ljallangan buyumlarni xarid qilishga ekvivalenti 70 mln AQSh dollari miqdoridagi qo‘shimcha valyuta mablag‘larini ajratsin;
2018-yilgi va keyingi yillardagi O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetida mazkur maqsadlarga budjet mablag‘larining oshirilgan hajmlari saqlanib qolinishi nazarda tutilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasining Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining asosiy vazifalari etib, tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari kreditlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish hamda sanoat, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida tadbirkorlik subyektlari loyihalarini amalga oshirishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash orqali kredit shartlarini yumshatish, shuningdek, foizlarni to‘lashga bo‘lgan xarajatlarning bir qismini kompensatsiya qilish hamda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlarni taqdim etish ko‘rinishidagi ijtimoiy yo‘naltirilgan davlat dasturlarini amalga oshirish hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda foizlarni to‘lash xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish va tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafolatlarni taqdim etish mexanizmi ishlab chiqilishi va tasdiqlanilishini ta’minlasin.
tijorat banklarining ustav kapitallarini 500 mln AQSh dollari summasida oshirishni hisobga olgan holda, tijorat banklarining likvidligi mavjudligi ustidan doimiy monitoringni ta’minlash, xo‘jalik subyektlarining, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni uzluksiz o‘z vaqtida to‘lanilishini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan chora-tadbirlar qabul qilish;
pul-kredit siyosati instrumentlarini jadallashtirish va undan qayishqoqlik bilan foydalanish, shu jumladan, qisqa muddatli likvidlikni boshqarish va majburiy rezerv talablari stavkalari bo‘yicha operatsiyalarni, shuningdek, tijorat banklari tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilish ustidan nazoratni kuchaytirish;
O‘zbekiston banklari uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda zamonaviy to‘lov texnologiyalarini yanada keng joriy etish va bank plastik kartochkalaridan foydalanish jozibadorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tijorat banklari bilan birgalikda bir oy muddatda pul vositalarining bankdan tashqari aylanmasini qisqartirish, shu jumladan, xo‘jalik subyektlari tomonidan savdo tushumini to‘liq va o‘z vaqtida inkassatsiya qilish va muntazam nazorat tekshiruvlarini o‘tkazish orqali uni yashirishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
bir hafta muddatda Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi vaqtincha nizomni tasdiqlasin;
bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Prezidiumi majlisida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-oktabrdagi “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-2647-sonli qarori ijrosining amalga oshirilib borilishini tanqidiy ko‘rib chiqsin hamda natijalar bo‘yicha amaldagi tartibni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlari (non, un, paxta yog‘i, shakar), shuningdek, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan ulgurji va chakana narxlarni boshqarishning amaldagi mexanizmlari samaradorligini tanqidiy o‘rganib chiqsin;
qishloq xo‘jaligi ekinlari ekishda bozor mexanizmi asosida va uning tuzilmasini takomillashtirishni ta’minlaydigan sog‘lom raqobat muhitini yaratish, ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari va yem-xashak-ozuqa mahsulotlarining asosiy turlariga barqaror narxlarni shakllantirish, shuningdek, aholining ijtimoiy hojadmand qatlamlarini tegishli choralar orqali manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid aniq takliflarni tanqidiy o‘rganishlar natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining (keyingi o‘rinlarda — departament) ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga narx-navoni oshirishga qarshi kurashish sohasidagi qo‘shimcha vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Keyingi tahrirga qarang.
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga (yurtimizda ishlab chiqarilgan o‘simlik yog‘i va un, go‘sht, shakar), shuningdek, sheluxa va shrotga bo‘lgan narx-navoni sun’iy oshirishga, ularga bo‘lgan tanqislik va ajiotaj talabning vujudga kelishiga yo‘naltirilgan qonunga xilof harakatlarni aniqlash va chek qo‘yish;
markazlashtirilgan resurslar hisobidan oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasini xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiyaga qarshi kurashish;
ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga, shuningdek, sheluxa va shrotni sotishda narx-navoni shakllantirishning belgilangan mexanizmlariga rioya etilishini tizimli o‘rganish, aniqlangan qonunchilik buzilishlari bo‘yicha materiallarni qonun hujjatlariga muvofiq chora ko‘rish uchun vakolatli organlarga yo‘naltirishi;
nazorat qiluvchi organlar va bozorlar ma’muriyati xodimlari tomonidan yo‘l qo‘yilgan korrupsiya, ular tomonidan bozorlar faoliyatini tashkil etishning belgilangan tartiblari va qonun hujjatlari talablariga rioya etmaslik, shu jumladan, narxlarni asossiz ko‘tarish, ularning hududlarida o‘z faoliyatini norasmiy olib borayotgan shaxslarga nisbatan choralar ko‘rmaslik holatlarini aniqlash.
Departament, ularning mulkdorligi shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslardan va fuqarolardan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, sheluxa va shrotga bo‘lgan narxlarning oshirilishi, narx-navoni manipulatsiya qilish, tanqislik va ularga ajiotaj talabni sun’iy vujudga keltirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiyaga qarshi kurashish holatlarini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va tushuntirishlarni talab qilib olish huquqiga ega;
Departament tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlari, paxta shroti va sheluxasiga bo‘lgan narxlarni oshirish, ularni xarid qilish, yetkazib berish va sotishda suiiste’mol qilinishlar va korrupsiya holatlarini aniqlash bo‘yicha tezkor-qidiruv chora-tadbirlarini olib borish, moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hisoblanmaydi hamda bunda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maxsus ruxsati talab etilmaydi.
Departament tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv chora-tadbirlari natijalari, xususan, tahliliy materiallar, tekshiruv xaridlari yoki nazorat xaridlari natijalari bo‘yicha olingan tovar yoki kassa cheklari, shuningdek, qonun buzilishini tasdiqlovchi cheklarni bermaslik holatlarini aniqlash, keyinchalik qonunbuzarlikning keng miqyosini, narxlarni oshirish usullari va mexanizmlarini aniqlash uchun zarur hollarda Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish respublika kengashining maxsus ruxsati talab etilmagan holda moliya- xo‘jalik faoliyatini tekshirish uchun asos hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ikki oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining nizomi va tuzilmasiga tegishli o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
16. O‘zbekiston Respublikasi Xususiy korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi davlat soliq xizmati organlari va O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan narx-navoni shakllantirish tartibi buzilishi holatlari aniqlanishi bo‘yicha materiallarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va choralar ko‘rishni ta’minlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasi Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq tovarlar va xizmatlarni tanlab olish usullarini nazarda tutgan holda inflatsiya darajasini monitoring va hisob-kitob qilishning takomillashtirilgan usullarini 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab amaliyotga joriy etsin.
18. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.