Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

2. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan bog‘liq jinoyat ishlarni ko‘rishda, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining (keyingi matnda — JK) 270 — 276-moddalari, O‘zbekiston Respublikasining “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 1999-yil 19-avgustdagi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, undan olib chiqish va tranzit tarzda o‘tkazish tartibini, shuningdek ularning muomalada bo‘lishi yuzasidan nazoratni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli Qarori, Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi Konvensiya (1971-yil 21-fevral, Vena), Giyohvandlik vositalari to‘g‘risidagi Yagona konvensiya (1961-yil, Vena), Birlashgan Millatlar Tashkilotining narkotik vositalar va psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (1988-yil 20-dekabr, Vena), shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining mazkur sohaga oid xalqaro kelishuvlariga rioya etilishi lozim.
4. Qonunga ko‘ra, ma’muriy va jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 12-noyabrdagi 330-sonli Qarori bilan tasdiqlangan quyidagi ro‘yxatlarga kiritilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilganda kelib chiqadi:
O‘zbekiston Respublikasining “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi 2010-yil 1-iyundagi O‘RQ-249-sonli Qonunining 12-moddasiga muvofiq giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalardan foydalaniladigan har qanday ekspertiza davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan o‘tkaziladi.
20. JK 271-moddasiga muvofiq, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni egallash uchun javobgarlik ular korxona, tashkilot va muassasalardan qonunga xilof ravishda olinganda, tarkibida narkotik moddasi bo‘lgan o‘simliklarni belgilangan tartibda yetishtirayotgan qishloq xo‘jaligi korxonalariga tegishli yerlardan, shuningdek, ularga qonuniy va qonunsiz ravishda egalik qilib turgan fuqarolardan qonunga xilof ravishda olinganda yuzaga keladi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni bosqinchilik, talonchilik, tovlamachilik, firibgarlik, o‘g‘irlik, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish, mansab mavqeini suiiste’mol qilish yo‘li bilan egallash JK 271-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim bo‘lib, JK o‘zgalar mulkini talon-toroj qilishni nazarda tutuvchi tegishli moddalari bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
21. JK 273-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish deganda, ularni turlicha usulda haq evaziga yoki tekinga (sotish, hadya etish, almashtirish, qarzi evaziga yoki qarz sifatida va h.k.) boshqa shaxsga berish tushunilishi lozim. Bunda vositalar, moddalar, o‘simliklar shaxs tomonidan bevosita yoki boshqa (masalan, ular saqlanadigan joy haqida xabar berish, shartlashilgan joyga qo‘yib ketish) usulda amalga oshirilishi mumkin.
Shaxsning giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazish uchun JK 273-moddasining tegishli qismi bilan javobgarlik ularning miqdori bilan bog‘liq holda kelib chiqadi.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni sotish usulida ko‘p miqdorda o‘tkazish ularni o‘tkazishning eng ijtimoiy xavfli ko‘rinishi hisoblanishi tufayli, mazkur qilmish JK 273-moddasining beshinchi qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Mazkur vosita yoki moddalarni ko‘p miqdorda boshqa barcha usullarda o‘tkazish JK 273-moddasining boshqa tegishli qismi bilan javobgarlik kelib chiqishiga sabab bo‘ladi.
22. Tushuntirilsinki, shaxsning giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni ancha, ko‘p, juda ko‘p miqdordagi chet el valyutasi evaziga o‘tkazishga qaratilgan harakatlari JK 177-moddasining tegishli qismi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi, chunki mazkur modda valyuta qimmatliklarini to‘lov vositasi sifatida emas, balki ushbu qimmatliklarning o‘zini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish uchun javobgarlikni nazarda tutadi.
25. Aybdorda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda o‘tkazishga (JK 273-moddasi birinchi, ikkinchi, uchinchi, beshinchi qismlari) qasd mavjudligi to‘g‘risidagi masalani hal etishda, sudlar bunday vosita yoki moddalar haqiqatdan o‘tkazish maqsadida tayyorlab qo‘yilganligiga oid dalillar majmuidan kelib chiqishlari lozim. Bunday dalillarga, masalan, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalar faqat iste’mol qilinishini istisno etadigan miqdorda topilganligi, bunday vosita yoki moddalar muayyan dozada (o‘lchamda) qadoqlanganligi, ular tashish yoki jo‘natishda maxsus maxfiy joyga yashirilganligi, ularni tayyorlash uchun asbob-uskunalar mavjudligi, ekspertizaning aybdor giyohvand emasligi to‘g‘risidagi xulosasi va h.k.lar kiradi. Ish bo‘yicha aniqlangan haqiqiy holatlardan kelib chiqib, aybdorning harakatlari JK 25-moddasining birinchi yoki ikkinchi qismi va JK 273-moddasining tegishli qismi bilan kvalifikatsiya qilinishi kerak.
26. Bangixonani tashkil qilish deganda, (JK 273-moddasining to‘rtinchi qismi), uni tuzishga qasddan qaratilgan harakatlar, masalan, turar-joy yoki noturar-joy qidirish, sotib olish yoki ijaraga olish, uni ta’mirlash, har xil uskunalar bilan jihozlash ishlarini moliyalash va keyinchalik bir necha shaxs tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni iste’mol qilish yoki tarqatish uchun foydalanish maqsadida sodir etilgan shunga o‘xshash harakatlar tushunilishi lozim. Bangixonani tashkil etish jinoyati uni tuzishga qaratilgan har qanday harakat sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
27. Sudlarning e’tibori shunga qaratilsinki, shaxsning JK 270-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi, JK 271-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi, JK 273-moddasi uchinchi qismi “a” bandi, JK 274-moddasi ikkinchi qismi “a” bandi, JK 276-moddasi ikkinchi qismi “b” bandi bilan jinoiy javobgarligi, u muqaddam JK XIX bobida nazarda tutilgan biron-bir sodir etgan jinoyati uchun sudlangan holdagina kelib chiqadi. Agar shaxs muqaddam sodir etgan jinoyati uchun jinoiy javobgarlikdan ozod etilgan yoki sudlanganlik holati tugallangan yoinki qonunda belgilangan tartibda olib tashlangan bo‘lsa, qilmish mazkur belgi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas.
30. JK 275-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti, faqat belgilangan tartibga (masalan, xizmat yo‘riqnomasi, yuqori turuvchi mansabdor shaxsning buyrug‘i yoki farmoyishi) ko‘ra vazifasiga mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan harakatlarni sodir etishda tegishli qoidalarga amal qilish yoki buning ustidan nazorat qilish kiradigan shaxs hisoblanadi.
JK 96-moddasiga muvofiq giyohvandlik yoki zaharvandlikdan majburiy davolash nafaqat ozodlikdan mahrum qilingan mahkumlarga nisbatan, balki ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlangan hollarda ham tayinlanishi mumkin.
33. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 14-moddasiga muvofiq, bunday faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan nazorat ostida olish, ya’ni giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarni iste’mol qilish yoki sotish maqsadini ko‘zlamasdan olishdan iborat bo‘lgan maxsus tadbir amalga oshirilishi mumkin bo‘lib, u jinoyat-protsessual qonunining tegishli talablariga qat’iy rioya etgan holda o‘tkazilishi lozim.
37. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi 21-sonli qarori hamda 1997-yil 22-avgustdagi “Sudlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1995-yil 27-oktabrdagi “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga oid jinoyat ishlari bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarorining bajarilishi to‘g‘risida”gi 13-sonli qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”